MAHALLIY QO'YLAR RATSIONINI BOYITISH UCHUN AZOLLA CAROLIANA SUVO'TINI O'STIRISHNING O'ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI
Normuhammedova Feruza Shavkatjonovna
SamDU tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11468623
Annotatsiya. Ushbu maqolada Azolla yuksak suvo'tining foydalilik xususiyatlari jumladan, tarkibidagi proteinning boshqa qishloq xo'jalik ekinlariga nisbatan ancha yuqoriligi, to'yimliligi, minerallar va efirga boyligi hamda Samarqand sharoitida yetishtirishning tartib -qoidalari hamda kavsh qaytaruvchilarga mansub bo'lgan O'zbekistonda go'sht-yog' yo'nalishidagi mahalliy zot jaydari qo'ylar ratsioniga qo'llash haqida ma'lumotlar va natijalar keltirib o'tilgan.
Kalit so'zlar: azolla Carolina, jaydari qo'ylar, efir ekstrakti, protein, lizin, mahsuldorlik
Абстракт. В данной статье рассмотрены полезные свойства водоросли Азолла, в том числе высокое содержание белка по сравнению с другими сельскохозяйственными культурами, ее пищевая ценность, богатство минеральными веществами и эфиром, а также способы ее выращивания в условиях Самарканда и ее использования. в Узбекистане, относящегося к жвачным животным, приведены сведения и результаты по использованию местной породы джайдари в рационе овец на откорме.
Ключевые слова: азолла Каролина, овца Джайдари, эфирный экстракт, белок, лизин, продуктивность.
Abstract. This article discusses the benefits of Azolla, a highly nutritious aquatic fern. It highlights its high protein content (significantly higher than other agricultural crops), its nutritional value, its rich mineral and ether content, and the specific methods for growing it in the conditions of Samarkand. The article also provides information and results regarding the use of Azolla as a feed additive for local meat-and-fat oriented Jaydari sheep in Uzbekistan.
Keywords: azolla Carolina, Jaydari sheep, ether extract, protein, lysine, productivity.
Hozirgi kunda jahon miqyosida konsentrat va yashil yem-xashakning tanqisligi va hayvonlarni oziqlantirishda uning yuqori narxi tufayli hayvonlar ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirishga intilayotgan seleksionerlar uchun oson va arzon alternativ manbalarni izlash juda muhim bo'lib qoldi. Azolla invaziv o'simlik bo'lib, chuchuk suvli ko'llar, daryolar, botqoq yerlar va ariqlarda mo'tadil va tropik mamlakatlarda ishlab chiqarish xaraj atlari past bo'lgan holda tezroq o'sadi. U biologik xilma-xillik va suv ekotizimlarini sezilarli darajada o'zgartirishi mumkin. Azolla azot biriktiruvchi ko'k-yashil suv o'tlari -Anabaena azollae bilan simbiotik aloqaga ega , bu Azolla tarkibidagi protein miqdorini oshiradi va uni oqsil manbai sifatida eng katta alternativ ozuqa tarkibiy qismlaridan biriga aylantiradi, Azolla yuksak suvo'ti kavsh qaytaruvchi hayvonlarga berilishi mumkin, chunki yuqori protein va past lignin hisobiga oson hazm bo'ladi. Hayvonlarning ozuqa samaradorligini, o'rtacha kunlik daromadini va sut ishlab chiqarishni oshiradi. Shu sababli, ushbu maqola Azolla Carolina yuksak suvo'tini O'zbekiston sharoitida o'stirish va biomassa olishga qaratilgan.
Dunyoda Azollaning 21 turi mavjud bo'lib, ulardan eng mashhurlari Azolla caroliniana , Azolla pinnata, Azolla Mexicana, Azolla cristata hisoblanadi. U xom proteinga, organizm uchun muhim bo'lgan aminokislotalarga, vitaminlarga, o'shishni rag'batlantiruvchi moddalarga, kalsiy, fosfor, temir , kaliy, magniy va mis , rux kabi minerallarga hamda efir ekstraktiga boy bo'lgan
paporotnikdir. Lignin miqdori nisbatan past bo'lganligi bois, hayvonlar uni oson hazm qiladi, tez moslashadi, hamda yetishtirish shartlari ancha tejamkor va tarkibida efir borligi tufayli kavsh qaytaruvchi hayvonlar ratsioni uchun muqobil ozuqa hisoblanadi. [1,4]Azolla ishlab chiqarilishi fermerlarga chorva uchun qo'shimcha ozuqa xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Bioo'g'it va chorva ozuqasi sifatida egizak salohiyati Azolla suv paporotnikini integratsiyalashgan dehqonchilik, qishloq xo'jaligi va chorvachilikning muhim tarkibiy qismlariga samarali kirish imkonini beradi.Azollaning ozuqaviy qiymati yuqori protein tarkibini o'z ichiga oladi. Muhim aminokislota tarkibi , xususan, lizin, makkajo'xori va bug'doy kepagidan 0,42% ga yuqori. Azolla qisqa muddatda hamda o'stirilishi oson, ozuqaviy tarkibi yuqori, arzon va ekologik toza mahsulot sifatida istiqbolli tur hisoblanadi. [2,3]
Ushbu maqolamizda Azolla o'stirish sharoitlari va uning samaradorligiga ta'sir qiluvchi omillar, azolla carolinani qo'ylar ratsioniga kiritish me'yorlari haqida ma'lumotlar va tajriba usullarimiz keltirilgan.
1-rasm. Azolla caroliana o'stirish va olingan biomassasi
Azolla ishlab chiqarish asosan suvning kimyoviy va biologik xususiyatlariga bog'liq. Azolla tez o'sib, 2-3 kun ichida 2 baravar ko'p biomassa hosil qiladi. Azolla kunduzi 20 -25°C kechasi 15-25° bo'lgan sharoitda uzunligi 2.5-1.5-0.2 metr bo'lgan hovuzlarda o'stirildi. Suv harorati 15.5-22° edi.
1kg Azolla o'simligini o'stirish uchun hovuzga 5 kg elakdan o'tgan tuproq , 5kg mol go'ngi va 40g superfosfatni 10litr suvga aralashtirib solindi. Mana shu joyni 13 kunda to'ldirdi. Suv yuzasi to'lgandan keyin elak bilan ma'lum qismini olib, go'ng hidi kelmasligi uchun suv bilan yuvib soya joyda quritib olindi. Keyingi kunlari 500-600g atrofida har kuni 15 kun davomida biomassa oldik. Hosil kamaymasligi uchun har 1 hafta oralig'ida 30g superfosfat va 1 kg mol go'ngi aralashmasini soldik. Jami 1kg azolladan quritganimizda o'rtacha 6-7kg atrofida biomassa olindi. Azollani o'stirishda tashqi muhit omillaridan yomg'irning ko'p va doimiy miqdorda yog'ishi o'sish dinamikasini pasaytirmasligi uchun yomg'ir yog'ish vaqtida usti yupqa to'r bilan berkitildi. Suvning pH miqdori o'sish dinamikasi uchun 5.5-7 oralig'igacha norma hisoblanishi tajriba davomida ph metr yordamida o'lchanib borildi. Eng normal harorat 22° , pH 6.5 ekanligi aniqlandi. Tajribalarimiz davomida go'sht-yog' yo'nalishidagi jaydari zotli qo'chqorlarning kunlik ratsiondagi protein tarkibining 15%i miqdorida qo'llaganimizda o'rtacha kunlik o'sish nazorat guruhlarimizga qaraganda ortganligi aniqlandi.
Xulosa qilib aytganda, Azolla yuksak suv o'ti arzonligi, ishlab chiqarish xarajatlarining kamligi tarkibidagi oqsillarning va muhim aminokislotalarning ko'pligi, kalsiy fosfor temir kaliy rux mis kabi mikroelementlar va davolovchi xususiyatga ega bo'lgan efir ekstraktining borligi ularni qo'ylar ratsioniga qo'llashimiz bugunning dolzarb masalasi bo'lgan oziq-ovqat xavfsizligi muammosi bo'layotgan bir davrda ham iqtisodiy ham innovatsion ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. N. A. N. M. Nasir, I. A. Zakarya, S. A. Kamaruddin, and A. K. M. A. Islam, "Advances and future prospects on biotechnological approaches towards azolla for environmental sustainability," Pertanika Journal of Tropical Agricultural Science, vol. 45, no. 3, pp. 595 -609, 2022.
2. Rehman, H. Ma, I. Ozturk, and R. Ulucak, "Sustainable development and pollution: the effects of CO2 emission on population growth, food production, economic development, and energy consumption in Pakistan," Environmental Science and Pollution Research, vol. 29, no. 12, pp. 17319-17330, 2022.
3. S. B. Katole, S. R. Lende, and S. S. Patil, "A review on potential livestock feed: Azolla," International Journal of Livestock Research, vol. 5, no. 1, pp. 1-9, 2017.
4. N. A. Kamaruddin, N. M. Yusuf, M. F. Ishak, and M. S. Kamarudin, "Study on chemical composition of Azolla filiculoides and Hydrilla verticillata," Journal of Agrobiotechnology, vol. 10, no. 1S, p. 6874, 2019,
5. https://journal.unisza.edu.my/agrobiotechnology/index.php/.