Научная статья на тему 'MAHALLIY BUG‘DOY DONLARINI TOZALASH JARAYONIDA HOSIL BО‘LGAN CHIQINDILARNI NAZORAT QILISHDA SAMARALI USKUNANI QО‘LLASH'

MAHALLIY BUG‘DOY DONLARINI TOZALASH JARAYONIDA HOSIL BО‘LGAN CHIQINDILARNI NAZORAT QILISHDA SAMARALI USKUNANI QО‘LLASH Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
121
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qishloq-xо‘jalik / bug‘doy / texnologiya / don / separator / aralashma / boshoq / chiqindilar / omixta yem

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Eshkobilova Mohira Shermatovna

Bugungi kunda dunyo miqyosida qishloq xо‘jalik xom ashyolarini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishva xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shunga kо‘ra bug‘doy donalrin turli xil aralashmalardan tozalash, texnologik jarayon va uskunalarning energiya va resurs tejamkor texnika va texnologiyalarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Bu borada bug‘doy donlarining fizik-kimyoviy xossalari hamda geometrik о‘lchami va massasiga kо‘ra fraksiyalash, boshqa aralashmalardan tozalashda energiya resurslarini tejash, yuqori sifatli mahsulotlar olish imkonini beruvchi texnika va texnologiyalarni yaratishga alohida e’tibor berilmoqda

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAHALLIY BUG‘DOY DONLARINI TOZALASH JARAYONIDA HOSIL BО‘LGAN CHIQINDILARNI NAZORAT QILISHDA SAMARALI USKUNANI QО‘LLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

MAHALLIY BUG'DOY DONLARINI TOZALASH JARAYONIDA HOSIL BO'LGAN CHIQINDILARNI NAZORAT QILISHDA SAMARALI USKUNANI QO'LLASH

Eshkobilova Mohira Shermatovna

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Email; proficient.mokhira@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.8014000

Annotatsiya. Bugungi kunda dunyo miqyosida qishloq xo'jalik xom ashyolarini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishva xavfsizligini ta'minlashga alohida e 'tibor qaratilmoqda. Shunga ko'ra bug'doy donalrin turli xil aralashmalardan tozalash, texnologik jarayon va uskunalarning energiya va resurs tejamkor texnika va texnologiyalarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Bu borada bug'doy donlarining fizik-kimyoviy xossalari hamda geometrik o'lchami va massasiga ko'ra fraksiyalash, boshqa aralashmalardan tozalashda energiya resurslarini tejash, yuqori sifatli mahsulotlar olish imkonini beruvchi texnika va texnologiyalarni yaratishga alohida e'tibor berilmoqda

Kalit so'zlar: qishloq-xo'jalik, bug'doy, texnologiya, don, separator, aralashma, boshoq, chiqindilar, omixta yem,

Qishloq-xo'jalik xom ashyolarini chuqur qayta ishlashda, jumladan bug'doy donining namligi, fizik va mexanik xususiyatlarini tahlil qilish asosida tarkibida mavjud bo'lgan organik, mineral va yirik aralashmalardan tozalash, massasiga ko'ra fraksiyalarga ajratish muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan donli mahsulotlarni qayta ishlash texnologik jarayonlarni takomillashtirish, donli ekinlarni qayta ishlashni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, progressiv innovatsion texnologiyalarni jadal tatbiq etish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada bug'doy donlarining fizik-kimyoviy xossalari hamda geometrik o'lchami va massasiga ko'ra fraksiyalash, boshqa aralashmalardan tozalashda energiya resurslarini tejash, yuqori sifatli mahsulotlar olish imkonini beruvchi texnika va texnologiyalarni yaratishga alohida e'tibor berilmoqda. Respublikamizda innovatsion texnologiyalarni qo'llash orqali bug'doyning mahaliy navlarini sifatli fraksiyalash va tozalashda separatorlarning asosiy ishchi organlarini loyihalashtirish bo'yicha chora tadbirlar amalga oshirilib, muayyan ilmiy natijalarga erishilmoqda.

Texnologiya ishlab chiqarishning asosi bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun uni mohirona boshqarish faqat texnologiyani tashkil qilish va boshqarish usullarini qo'llagan holda ta'minlanishi mumkin. Ularni samarali ishlatish ularni konstruksiyalari, ularning samaradorligiga xar xil omillar ta'siri tavsifi, nazorat qilish usullari va ular ishlarini boshqarish haqida bilimni talab qiladi. [3].

Donni qayta ishlash korxonalarida texnologik jarayonni tashkil qilish va boshqarish zamonaviy ilmiy asoslarga suyanmog'i kerak. Un va yorma zavodlarida donning texnologik xossalari muhim ahamiyatga ega. Jarayonning texnologik samaradorligini ta'minlash uchun bu xossalarni optimal darajada barqarorlashtirish lozim. Don qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. Un va yorma ishlab chiqarishda umumiy sarfning 90...95 % i don zimmasiga tushadi. Shuning uchun uni yuqori samaradorlik bilan ishlatish, minimal solishtirma ishlatish sarflarida sifati yuqori bo'lgan tayyor mahsulotning chiqishini maksimal ta'minlash zarur.

Bunday muhim injenerlik vazifani faqat korxonalarda texnologiyaning yuksak usullarini va yuqori unumdorli jihozlarni qo'llagan holda, qayta ishlash jarayonida don xususiyatlarini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

boshqarish asosida hal qilish mumkin. Buning uchun mutaxassis korxonaga qabul qilinayotgan donning texnologik xususiyatlarini baholay olishi va uning alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda texnologik jarayonlarning maqsadga muvofiq tartibini tanlashi kerak. [1].

Tegirmonlarda don massasidan aralashmalarni ajratish uchun aspiratorlar, pnevmaseparatorlar, havo-g'alvirli separatorlar, toshajratgichlar, triyerlar, magnitli separatorlarlardan foydalaniladi. Amaliyot tajribalar dondan aralashmalarni tozalash sxemasida separatorlar joylashuvini quyidagi ketma-ketligini ishlab chiqqan: xavo-g'alvirli separator-toshajratgich-triyerlar-magnit separator-triyerlar-magnit separator.

Aralashmalarni tozalash uchun A1-VIS-12, A1-VIS-100 rusumli xavo-g'alvirli separatorlar yoki boshqa don tozalovchi mashinalar qo'llaniladi. Xavo-g'alvirli separator jarayonining boshlanishida o'rnatiladi chunki u don massasini asosiy aralashmalar aralashmasidan ya'ni yengil, yirik va mayda aralashmalarni tozalashni ta'minlaydi. Bu tozalash sxemasida joylashgan keyingi separatorlar ishini osonlashishiga olib keladi. Yirik aralashmalarni ajratish uchun yuqorida - 4,5 x 25 mm li uzunchoq teshikli saralovchi elak, mayda aralashmalarni ajratish uchun - 2 mm li aylana teshikli g'alvirlar o'rnatiladi; yengil aralashmalarni ajratish uchun xavo oqimining tezligi bug'doy uchun - 5,5 -6,5 m/s va javdar uchun 5,0 - 6,0 m/s. [1].

Donni tozalash jarayonida olingan chiqindilarda ma'lum miqdorda to'la donlar va foydali (yemga ishlatish uchun yaroqli) donlar mavjud bo'ladi. Tarkibidagi donlarni miqdoriga qarab chiqindilar 3 kategoriyaga bo'linadi. 1 kategoriya tarkibida 30 dan 50% gacha va 10dan 30% gacha don mavjud; 2 kategoriya tarkibida 2 dan 10% gacha don mavjud; 3kategoriya, tarkibida 2% gacha don mavjud bo'lgan chiqindilar.

Tarkibida 10% dan ortiq bug'doy, javdar yoki 20% dan ortiq boshqa donlar mavjud bo'lgan chiqindilar kerakli donlarni ajratib olish maqsadida qayta tozalanadi. Chegaralangan meyor (konditsiya) (iflos chiqindilar 5 % gacha, don chiqindilari 8 % gacha)da qabul qilingan donni tozalaganda 3,5 % gacha turli kategoriya chiqindilar olinadi. Tozalanadigan donlar qancha sifatli bo'lsa, chiqindilar ham shuncha kam olinadi. 3 kategoriya chiqindilar korxonadan chiqindi to'kiladigan joylarga chiqarib yuboriladi. 1 va 2 kategoriya chiqindilar omixta yem ishlab chiqarishga yoki to'g'ridan to'g'ri yem sifatida foydalanishga yo'naltiriladi. [2].

Xavo-g'alvirli separatorlar ishining samaradorligi ko'pgina omillarga bog'liq: solishtirma yuklama, elak harakatining kinematik parametrlari (chastotasi va amplitudasi), don aralashmasi tarkibi, g'alvirning tozalash sistemasi, pnevmo kanaldagi xavoning o'rtacha tezligi va boshqalar. Xavo-g'alvirli separatorlarning samarali ishi natijasida yirik aralashmalar 100 %, mayda-65...75 %, yengil-70...85 % tashkil qiladi.

Mahalliy bug'doy donini qayta ishlashga tayyorlashda xavo-g'alvirli separatordan ajratib olingan 1 va 2 kategoriya chiqindilar tarkibida pishgan va tula pishmagan boshoqlar ichida sof don yo'qotilishi kuzatiladi. Bizga ma'lumki bu aralashmalar tugridan-tugri omixta yem sexiga yuboriladi. Mana shu boshoklar tarkibidagi donlarni ajratib olib, qayta ishlab un chiqishini orttirish mumkin. Shu sababli biz ushbu don tozalash texnologiyasini takomillashtirish orqali, yuqori texnologik ko'rsatkichlarga ega bo'lgan mahalliy bug'doy donlarini tozalash jarayonidan ajratib olingan chiqindi tarkibidagi boshoqli aralashmalardan sof, butun donlarni ajratib olish imkonini beruvchi uskunani yaratishni taklif etaayabmiz..

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Tadqiqot olib borishdan oldin O'ZDONMAHSULOT AK tarkibidagi "DUNYO AJ"va "Koson DMQQ" MCHJ lardagi xavo-g'alvirli separatordan ajratib olingan chiqindilar tarkibidagi donlarni sifatini tahlil qilib ko'rish kerakligiga alohida e'tibor qaratdik

Shu munosabt bilan "ASIA INGREDIENTS COMPANY" MCHJ ning eng zamonaviy laboratoriya jihozlari mavjud bo'lgan Don va un sinov laboratoriyasida tajriba o'tkazdik.

Fransiya davlatining "CHOPIN" firmasi tomonidan yaratilgan laboratoriya qurilmalarida donlarni sifatini analiz qilib ko'rdik.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

Пр сведение испытаний по д о ст а вл енному о бр а зцу

<<21 »январь 2023г.

Наименован не предприятия: «ДУНЕ М» АО , «Косон ДМКК» ООО Адрес: г.Карши Наименован не образца: зерно

Показатели качества зерна (: «ДУНЕ М» АО)

Влажность 12.5

Количество и качество сырой клейковины (р^^чной метод) идк 30 70

Описание сырой клейковины (р}:чной метод) Неоднородная, липкая

Число падения ПЧПЗ 380

Показатели качества зерна («Косон ДМКК» ООО)

Влажность 12

Количество и качество сырой ктейковины (р^^чной метод) ИДК 25 60

Описание сырой ктейковины (р}:чной метод) Неоднородная, липкая

Число падения ПЧПЗ 375

Don sifati buyicha olib borilgan tahlil natijalari, xavo - g'alvirli separatordan ajratib olingan chiqindilar tarkibidagi donlarni yaroqliligi aniqlanganligi va asoslanganligi don tozalash texnologiyasini takomillashtirish kerakligini izohlaydi.

Respublika bo'yicha xar yili qayta ishlanadigan bo'g'doy donini tozalash jarayonida ajratib olinadigan chiqindilar tarkibidagi sof donlarni ajratib olib, uni qayta ishlash un mahsulotlari ishlab chiqarishda katta iqtisodiy samaradorlikni olib keladi. Amaldagi qullanilib kelayotgan dondan aralashmalarni tozalash sxemasidagi separator qurilmalariga nisbatan elektr energiyasini tejash imkonini beradi

REFERENCES

1. R. T. ADIZOV, A.X. G'AFFOROV DONNI TOZALASH VA MAYDALASH TEXNOLOGIYASI Toshkent "Turon Ikbol" - 2006 168-b.

2. Tursunxodjayev P. va boshqalar Tarmoq texnologiyasi -T.: "IQTISOD-MOLIYA" 2013, -160b.

3. Технологическое оборудование для переработкизернових культур в пишевие продукти учеб. пособие / В.А. Самойлов, В.Н. Невзоров, А.И. Ярум; Краснояр. гос. аграр. унт. - Красноярск, 2015. - 196 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.