Научная статья на тему 'DON EKINLARINI SAQLASHDA TOZALASH VA SARALASH MASHINALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI'

DON EKINLARINI SAQLASHDA TOZALASH VA SARALASH MASHINALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

568
137
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Don ekinlari / sifati / hosili / texnologiyalari / qayta ishlash / saqlash / don ajratgich / elak ajratgichlar / havo / aspiratsion trier separatorlari / fotoelektron separatorlar. / Grain crops / quality / harvest / technologies / processing / storage / grain separator / sieve separators / air / aspiration trier separators / photoelectronic separators.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — X. M. Tilavov, T. R. Mixliyev, E. Sh. Devletshayeva

Ushbu maqolada fotoelektron separatorlardan foydalanish samaradorligi, don mahsulotlarining sifati va saqlanishiga ta'siri haqida ma'lumotlar muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses information about the effectiveness of the use of photoelectronic separators, the impact on the quality and storage of grain products

Текст научной работы на тему «DON EKINLARINI SAQLASHDA TOZALASH VA SARALASH MASHINALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI»

DON EKINLARINI SAQLASHDA TOZALASH VA SARALASH MASHINALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

X. M. Tilavov

Dotsent

T. R. Mixliyev

magistr

E. Sh. Devletshayeva

assistent

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada fotoelektron separatorlardan foydalanish samaradorligi, don mahsulotlarining sifati va saqlanishiga ta'siri haqida ma'lumotlar muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar. Don ekinlari, sifati, hosili, texnologiyalari, qayta ishlash, saqlash, don ajratgich, elak ajratgichlar, havo, aspiratsion trier separatorlari, fotoelektron separatorlar.

This article discusses information about the effectiveness of the use of photoelectronic separators, the impact on the quality and storage of grain products.

Keywords: Grain crops, quality, harvest, technologies, processing, storage, grain separator, sieve separators, air, aspiration trier separators, photoelectronic separators.

O'tgan o'ttiz yilda mamlakatimizning g'allachilik sohasida katta o'zgarishlar ro'y berdi. G'alla hosilining sifati va miqdori yildan-yilga ortib borayotgani bunga misol buladi. 2020-yilda Respublikamiz bo'yicha o'rtacha hosildorlik gektariga 57 sentnerni, 2021-yilda esa 64 sentnerni tashkil etdi. 2022-yilda har gektardan 70 sentnerdan g'alla oldikiga erishidi.

O'zbekistonda galla navlarini yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlari ham ortmoqda.

ABSTRACT

KIRISH

October 5-6

Bu yil dalalarimizdan 7 million tonnadan ortiq mo'l hosil olidi. Olingan hosil o'tgan yilga nisbatan 1 million tonnaga ko'pdir.

Bundan 5,5 million tonna xajdagi g'alla aholining iste'moli va boshqa ehtiyojlari uchun yetarli bo'ladi. Yana 2 million tonna g'alla yetishtirish chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va , boshqa tarmoqlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

G'alla ekinlari hosildorligini oshirish bug'doyning yangi, serhosil navlarini joriy etish orqali ham, uni birlamchi qayta ishlashda eng yangi texnologiyalarni qo'llash orqali ham omalga oshirish mumkin. Demak, donni saqlash vaqtida uning namligi, turli xil aralashmalarning yo'qligi, saqlash sharoitlari muhim bo'lib, don massasining sifati va uzok muddatsaqlashiga ta'sir qiladi.

Donni turli xil aralashmalardan tozalash don ekinlarini saqlashning muhim bosqichi bo'lib, bu hosilning yuqori sifati va saqlash barqarorligini ta'minlash imkonini beradi.

Donni uzoq muddatli saqlash uchun o'z vaqtida yig'ib olingandan so'ng uni birlamchi qayta ishlash kerak. O'rim-yig'im kombaynlar tomonidan amalga oshiriladi. Kombaynlardan so'ng donni kichik va katta aralashmalardan tozalash kerak, hosilga qarab 14% yoki undan kam namlikgacha quritilishi, so'ngra uzoq muddatli saqlash uchun maxsus shamollatiladigan silosga jo'natiladi. Hosil yetishtirish uchun katta mehnat sarflanadi va bu ish besamar ketmasligi uchun uni sifatli saqlash masalasiga jiddiy yondashish zarur.

Tadqiqot maqsadi. Eng yangi fotoelektron separatorlardan foydalanish samaradorligini baholash, don mahsulotlarini saqlash sifatini yaxshilash uchun an'anaviy separatorlarga nisbatan fotoelektron separatorlardan foydalanishning afzalliklarini aniqlash.

Tadqiqot usullari. Tadqiqotlar an'anaviy separatorlar va fotoelektron seperatorlar o'rtasida begona aralashmalardan tozalashning sifatini solishtirishi buicha amalga oshirildi.

Don seperatori - donli, dukkakli, moyli va boshqa ekinlari yig'im-terilganidan keyin qayta ishlash, shuningdek, urug'lik materialini tayyorlash uchun qurilmadir. Xom-ashyo begona aralashmalaridan minimal don yo'qotilishi bilan tozalanadi.

Donni aralashmalardan tozalash uchun separatordan foydalanish yig'ilgan hosilni saqlash, sotish va qayta ishlashga tayyorlash uchun zarurdir. Foydalanish maqsadidan (sanoat, oziq-ovqat) qat'i nazar, natijaga erishish uchun daladan olingan don barcha turdagi aralashmalardan tozalanishi kerak.

Donni oldindan tozalash uchun an'anaviy separatorlarni

quyidagi turlarga ajratishi mumkin: 1. oddiy. Xom ashyoni ikki

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

qismga - chiqindi va donga ajratish uchun ishlatiladi. Bu mahsulot maqbul sifatli buladi, 2. murakkab. Bir nechta turdagi kurilmalar kombinatsiyasi qo'llaniladi, bu odatda eng yuqori sifatli va mos turdagi xom ashyoni olish imkonini beradi. Bundan tashqari, elak, havo, aspiratsiya va aerodinamik kurilmalarda foydalanilada. Kurilma tanlash ishning o'ziga xos xususiyatlariga va ma'lum bir korxona ehtiyojlariga bog'liqdir.

Elak separatorlar an'anaviy konstruksiyadir. Ishlash printsipi doimo harakatdagi va elaklar hom ashyo tuxtovsiz silqitib tebratishgan asoslanadigan. Natijada, ulchamlari bo'yicha ajratiladi. Ba'zi hollarda maksimal tozalash natijalariga erishish uchun turli xil elak shakllari qo'llaniladi

Havo qurilmalari hom ashyo tivmatik kanalga asoslangan. Bunda xom ashyo havo qarshiligiga tugri keladi, buning natijasida chiqindilar ajratiladi va yuqori sifatli mahsulot olinadi.

Trier separatorlari uzunligi bo'yicha saralash uchun ishlatiladi.

Aspiratsiya moslamasi engil aralashmalarni ajratadi. Asosiy mahsulot esa oldinga siljishda davom etadi va maxsus idishlarga joylashadi Tozalash bosqichlari:

Dastlabki. Ushbu bosqichda donni tozalash separatorining qurilmasi har hil bo'lishi mumkin, masalan, elak separatordan foydalanish mumkin.

Birlamchi tozalashda turli usullarni kullab murakkab kurilmalardan foydalanish.

Ikkilamchi. Mahsulotni (sifatli) sotilish holatga keltirish uchun pnevmotorlar va trier separatorlaridan foydalanish.

471

Fotoelektron separatorning samaradorligi birlamchi konvertordan olingan ma'lumotlar asosida donni sifat sizligi to'g'risida qaror qabul qilish tezligi bilan belgilanadi.

Fotoelektron seperatorlar nafaqat sifatsiz urug'larni rangi bo'yicha tozalash, balki aniq morfologik rangga ega bo'lgan turli xil nav namunalarini ajratish imkonini beradi. Rangni saralash vositasining o'ziga xosligi - mexanik va aerodinamik turdagi an'anaviy tozalash mashinalari bilan ajratib bulmaydigan va ko'pincha imkonsiz bo'lgan ajratilishi qiyin bo'lgan aralashmalardan tozalaydi.

Asosiy mahsulot bilan bir qatorda birlamchi saralashdan o'tgan aralashmalarning aksariyati o'xshash fiziologik xususiyatlarga ega: bir xil shakl va massa. Bunday mahsulotlarni saralash printsipi nafaqat ko'rinadigan yorug'lik spektrida emas, balki tulik va shikastlangan urug'larning rangini solishtirishga asoslangan. Bunday aralashmalarni ajratishda fotoelektron separatorning sifati juda yuqori (hatto 99,99% tozalikka erishiladi).

Fotoelektron separatorlar don mahsulotlarni ibrfcn etkazmaydigan kurilmasi tozalashda eng yumshoq hisoblanadi. Donga hech qanday mexanik ishlov berish, yuvish, kalibrlash amalga oshirilmaydi, bu esa mahsulotga zarar etkazishi mumkin. Fotoelektron separator tozalash jarayonining yakuniy bosqichlaridan biridir. Buning sababi, mexanik tozalash saralangan urug'larni sifatli tozalash darajasini bermaydi.

Urug'lar massasi, shakli, o'lchami, elektr o'tkazuvchanligi va aerodinamik xususiyatlari kabi ko'rsatkichlarga ko'ra mexanik elakdan o'tkaziladi. Lekin, shuningdek, ekinlar urug'lari massasi tarkibidagi begona o'tlar urug'larining bir qismi bir xil xususiyatlarga ega va asosiy ekin bilan birga tozalashning barcha oldingi bosqichlaridan o'tadi.

Fotoelektron separator ishi uchun eng xarakterli parametrlar urug'ning rangi, turi va yuzasining rilefi hisoblanadi. Rang o'rganilayotgan ob'ektda oson va tezda tanib olinadi va masalan, to'q rangli chiqindi urug'larini ochiq rangdagi don ekinlar urug'laridan ajratishga imkon beradi. Silliq va g'adir-budur urug'larni farqlanishini ham urug'lik sirtining farqlovchi ko'rsatkich bo'lib xizmat qilishi mumkin. Urug'ning relefi notekis qirra ob'ektning markazidagi botiqligi va yoriqlar bilan ajratilishi mumkin, bu uning ma'lum bir navga tegishli ekanligini ko'rsatishi mumkin.

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

Fotoelektron separatorning ishlash printsipi.

Fotoelektron separator.

Xulosa. Fotoelektron separatorlar donli mahsulotlarni shikastlanmay uchun avtomaüashtirilgan tozalash usullarining usuli hisoblanadi. Donni tozalashni mexanik ishlov berish, yuvish, kalibrlash jarayonlari amalga oshirilmaydi, bu esa mahsulotga zarar etkazishi mumkin. Fotoelektron separatorlardan foydalanish talab etilgan yuqori istemol sifatli toza bir xil, 99,9% sof mahsulot olish imkonini beradi.

Donni aralashmalardan tozalash don ekinlarini saqlashning muhim bosqichi bo'lib, bu hosilning yuqori sifati va uni saqlash barqarorligini ta'minlash imkonini beradi. Fotoelektron separatordan foydalanish mahsulot tannarxini pasaytirib beradi, bu esa aholiga sifatli va arzon don mahsulotlarini sotish olish imkonini beradi.

October 5-6

473

REFERENCES

1. Карпов Б.А. Технология послеуборочной обработки и хранения зерна М: Агропромиздат, 1987-288с.

2. Мельник Б.Е., Лебедев В.Б., Технология приемки, хранение и переработка зерна. - М. Агропромиздат, 1990, 367с.

3. Симбирский В.А., Мишков Б.М., Батурин В.М. Справочник по заготовкам и качеству зерна-М: Агропромиздат, 1985-336с.

4. Х.Н.Атабаева, И.В.Массино Биология зерновых культур.2005-20с.

5. https://www.standart.uz/ru/page/view?id=47

6. https://aksiom-agro.by/

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.