Научная статья на тему 'MAHALLALARDA KRIMINOGEN VAZIYATDAN KELIB CHIQQAN HOLDA AYOLLARNING MUAMMOLARINI O‘RGANISH BO‘YICHA PROFILAKTIK ISHLARNI AMALGA OSHIRISH'

MAHALLALARDA KRIMINOGEN VAZIYATDAN KELIB CHIQQAN HOLDA AYOLLARNING MUAMMOLARINI O‘RGANISH BO‘YICHA PROFILAKTIK ISHLARNI AMALGA OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kriminogen vaziyat / ayollar / ”Individual dastur” / “Ayollar daftari” / inson huquqlari / ayollar huquqlari / zo‘ravonlik

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Ganiyev Farrux Taxirjanovich, Ganiyeva Gulandon Ibragimovna, Ismoilova Malika Doniyor Qizi

ushbu maqolada mamlakatimizda maxallarardagi kriminogen vaziyatni hamda ayollarning muammolarini o‘rganish, shu bilan bir qptorda ularga yechim topish borasidagi chora-tadbirlarni qo‘llash va ularning bandligini taminlash bo‘yicha xamkorlikni yulga qo‘yish faoliyati taxlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAHALLALARDA KRIMINOGEN VAZIYATDAN KELIB CHIQQAN HOLDA AYOLLARNING MUAMMOLARINI O‘RGANISH BO‘YICHA PROFILAKTIK ISHLARNI AMALGA OSHIRISH»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A

CKNljuL ASIAN |(jlljíMAi OF MULÍiUISCIPEIflSRY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

ü

VOLUME LISSUE tUM4)-CA|MRMS

MAHALLALARDA KRIMINOGEN VAZIYATDAN KELIB CHIQQAN HOLDA AYOLLARNING MUAMMOLARINI O'RGANISH BO'YICHA PROFILAKTIK ISHLARNIAMALGA OSHIRISH Ganiyev Farrux Taxirjanovich

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi Toshkent, 100197, Uzbekistan,e-mail: [email protected]

orcid.org/0009-0005-2423-050X

Ganiyeva Gulandon Ibragimovna

Namangan davlat universitetining Psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha) yo'nalishi 2-kurs magistranti

Ismoilova Malika Doniyor qizi

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan 3-o'quv

kursi 313-guruh kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14236741

ARTICLE INFO

Received: 19 th November 2024 Accepted:20th November 2024 Published:28th November 2024 KEYWORDS Kriminogen vaziyat, ayollar/lndividual dastur", "Ayollar daftari", inson huquqlari, ayollar huquqlari, zo'ravonlik.

ABSTRACT

ushbu maqolada mamlakatimizda maxallarardagi kriminogen vaziyatni hamda ayollarning muammolarini o'rganish, shu bilan bir qptorda ularga yechim topish borasidagi chora-tadbirlarni qo'llash va ularning bandligini taminlash bo'yicha xamkorlikni yulga qo'yish faoliyati taxlil qilingan.

Mamlakatimiz o'z mustaqilligini qo'lga kiritib, huquqiy demokratik, davlat fukarolik jamiyati qurish jarayoni ketayotgan xozirgi kunda onalik va bolalikning muhofazasi, ularni ijtimoiy hayotdagi huquqlari, xotin-qizlar muammolari jamiyatning kundalik vazifasiga aylanib bormoqda.

Hozirgi kunda jamiyatimiz hayotida ko'plab isloxotlar amalga oshirilmoqda.Xususan davlatimiz raxbari Sh.M.Mirziyoevning quyidagi so'zlaridan ham bilishimiz mumkin -"Barchamiz uchun aziz va mo'tabar bo'lgan ayol zoti xaqida gap ketganda, avvalambor, bizni dunyoga keltirgan oq sutberib, voyaga yetkazgan Ona siymosi oldida bosh egib tazim qilamiz. Yer yuzida muqaddas degan so'zga yeng munosib zot bu avvalo,- Onadir.Xalqimiz ona siymosini doimo ulug'lab, ardoqlab yashaydi.Yurtimizda onalarni sharaflab muhtasham haykallar bunyod etilgani ham shundan dalolat beradi."1

1 Y36eKHCTOH PecnyönHKacn npe3HgeHTH ffiaBKaT Mnp3HëeBHHHr Mnnnnn TapaK^HëT ËynHMH3HH K;atTHflT 6nnaH gaBOM эттнрн6, aHru 6ocK;HHra KyTapaMH3-TomKeHT:Y36eKHCTOH HMHy,2017. -5926

Volume 1, Issue 16, November 2024

Page 27

Shu o'rinda yurtboshimiz tomonidan maxallalar kesimida ayollarning muammolarini o'rganish tizimini isloh qilish maqsadida 2020 yil 18 fevraldagi "Jamiyatda ijtimoiy-manaviy muhitni sog'lomlashtirish, maxalla insitutini yanada qo'llab quvvatlash hamda xotin-qizlarni bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora tadbirlari to'g'risida"gi PF 5938 son farmoni qabul qilingan.

Mamlakatimizda oila, xotin-qizlar va keksalarga yordam ko'rsatish, xuquq va qonuniy manfatlarini himoya qilish, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari bilan xamkorlik qilish soxasida davlat siyosatini ishlab chiqadigan va amalga oshiradigan idora -"Mahalla va Oilani qo'llab quvvatlash vazirligi'va uning hududlardagi bo'limlari tashkil yetildi.

Kriminogen vaziyat- bu shaxsni jinoyat sodir etishga undaydigan xodisa yoki holat shuningdek shaxsning onggi his tuyg'ulari va irodasiga tasir qiladigan va jinoyat sodir etilishiga olib keladigan holatlar majmuidir.Bu shaxsning axloqiy fazilatlari uning jinoyat sodir etish niyati va qatiyatini bevosita belgilaydi.Kriminogen vaziyat jinoyat sodir etilishining bevosita sababi bo'lmagan holda xuddi jinoyatchining shaxsiyati atrof muxit va jinoyat o'rtasida oraliq o'rinni egallaydi.

Bugungi kundagi xotin qizlarimiz uchun yaratilgan imtiyozlarimizni ko'rib chiqadigan bo'lsak: Xotin qizlar o'qishga kirishida qo'shimcha davlat granti va imtiyozli kreditlar.

- Kam taminlangan oilalardagi xotin-qizlar;

- To'liqsiz oilada tabiyalanayotgan yoxud ota-onasining ikkisi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muxtoj qizlar;

- Turmush o'rtog'i vafot etgan.Voyaga yetmagan farzandini yolg'iz o'zi tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muxtoj ayollar;

- Nogironligi bo'lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

Yuqoridagi extiyojmand toifalarga tavsiyanoma Maxalla va Nuroniylarni qo'llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladi hamda bu toifalar Ayollar daftari ga 30 yoshdan oshgan xotin qizlarimizni qamrab oladi.

Mamlakatimizda 7 mln dan ortiq ishchi xizmatchi talabalarni o'zida mujassamlashtirgan 14 ta yirik kasaba uyushmalari azolarining yarmidan ko'pini ayollar tashkil etadi. Ko'rishimiz mumkinki davlat boshqaruv faoliyatida xotin qizlarimizdan Deputat Vazir Senator Akademik Direktor lavozimlarda faoliyat olib borayotganlari buning yaqqol misolidir.Har bir maxalla kesimida xotin qizlarning bandligini taminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu markazlarda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin qizlarning doimiy bandligini taminlash maqsadida bandligi taminlanadigan har bir nafar ishsiz xotin qiz uchun tadbirkorlarga 3 million so'mgacha davlat grantlari ajratilishi belgilab o'tilgan.

Ayol - ( arabcha-oila; xotin;) balog'atga yetgan, xotin-qiz jinsidagi inson,odam bolasini dunyoga keltiruvchi ayol.1

Ayol huquqlarining rivojlanish bosqichlari qanday tarixiy jarayonni bosib o'tgan?

Xitoyda ayollar huquqlari harakati-XX asrgacha Xitoyda ayollar erkaklarnikidan tubdan farq qilar edi. Qing sulolasining oxirigacha ko'proq bilimga ega bo'lgan ayollar xuquqlari uchun kurashda tashabbus ko'rsatadilar va fenizm asosan shu yerdan boshlangan. Fenizm atamasi 1 marta Xitoyga 1791 yilda Olympe de Gouges tomonidan taklif qilingan va ayollar ozodligi ni ilgari surgan.

G'arb jamiyati ayollar harakati davomida tasirchan o'zgarishlar ro'y berdi,shu jumladan ayollarning saylov huquqi, ajrashish to'g'risidagi ish yuritish va aybsiz ajralish huquqi, ayollarning homiladorlik bo'yicha individual qarorlar qabul qilish huquqi va mulkka egalik qilish huquqi.Shuningdek,ayollarning yanada adolatli ish haqi evaziga keng ish bilan taminlanishiga va universitetda talim olishga olib keladi.

Zamonaviy ayollar huquqlari ayollar huquqlari harakatining 1 to'lqini ayollarning saylov huquqi kabi asosiy siyosiy va fuqarolik huquqlari uchun yangi axloqiy tamoyilga ega jamiyat uchun kurashadi.

BMTning 2004 yildagi Inson taraqqiyoti to'g'risidagi hisobotida malum bo'lishicha,pullik ish haq to'lanmagan uy vazifalari hisobga olinsa,ayollar yerkaklarga qaraganda ko'proq ishlaydi. Ayollar dunyo ishining 66 foizini bajaradi,oziq ovqatning 50 foizini ishlab chikaradi,lekin daromadning 10 foizini oladi va mulkning 1 foiziga egalik qiladi.

Zo'ravonlik- bu jarohatlash,suistemol qilish,zarar yetkazish yoki yo'q qilish uchun jismoniy kuch ishlatishdir.1 Xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta'sir o'tkazish yoki bunday ta'sir o'tkazish choralarini qo'llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog'lig'i, jinsiy daxlsizligi, sha'ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g'ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik)2

O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi:

- xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

- xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida ijtimoiy reabilitatsiya qilishga hamda o'z joniga qasd qilishning oldini olishga doir tadbirlar o'tkazadi;

- xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.1

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ayollarning muammolarini o'rganish,ularning bandligini taminlash choralarini ko'rish, shu o'rinda ularga nisbatan qilinayotgan tazyiq va zo'ravonliklarni oldini olish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish lozim:

> jamiyatga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlardan jabrlanish ehtimoli yuqori bo'lgan ayollar va yoshi katta qariyalarga nisbatan ijtimoiy profilaqtika choralarini samarali qo'llash;

> ijtimoiy jixatdan og'ir ahvolga tushgan ayollarga ijtimoiy tomonlama ko'mak berish maqsadida "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Saxovat va ko'mak" jamg'armalari faoliyatini tashkil etish;

> Xotin qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish maqsadida davlat dasturlarini ishlab chiqish va reabilitatsiya qilish choralarini ko'rish;

> Tazyiq va zo'ravonlikni oldini olish borasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikni amalga oshirish;

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, mahallalarda kriminogen vaziyatdan kelib chiqqan holda ayollarning muammolarini o'rganish va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boriladigan faoliyati samaradorligini inobatga olib, ichki ishlar organlari bilan hamkorligining aniq mexanizmlarini ishlab chiqish bu yo'nalishdagi faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2022-2026-yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasi.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi" PF-60-son.

3. O'zbekiston Respublikasining Qonuni,"XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO'RAVONLIKDAN HIMOYa QILISh TO'G'RISIDA" 02.09.2019 yildagi O'RQ-561-son.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Milliy Taraqqiyot yo'limizni qatiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz-Toshkent:O'zbekiston NMIU,2017. -5926.

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "XOTIN-QIZLARNI IJTIMOIY QO'LLAB-QUVVATLASh BO'YIChA QO'ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO'G'RISIDA" 08.01.2021 yildagi 2-son qarori.

6. O'zbek tili izohli lug'ati ensiklopediya // URL: http://

7. Ganiev F. O'g'irlik jinoyatlarining profilaktikasi tushunchasi va turlariga oid ayrim mulohazalar //Evraziyskiy jurnal prava, finansov i prikladnbix nauk. - 2023. - T. 3. - №. 4. - S. 37-42.

8. G'aniev F. AXBOROT XAVFSIZLIGI HAMDA MUHOFAZASI TA'MINLANGANIGA QARAMASDAN SODIR ETILADIGAN JINOYaTLAR //Evraziyskiy jurnal prava, finansov i prikladnbix nauk. - 2023. - T. 3. - №. 1. - S. 129-138.

9. G'aniev, Farrux Taxirjanovich. "O 'ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MILLIY PREVENTIV MEXANIZMI." Results of National Scientific Research International Journal 3.3 (2024): 84-90.

10. G'aniev, Farrux Taxirjanovich. "TURKIYA RESPUBLIKASI: TABIYATI, MADANIYATI VA AN'ANALARI." Results of National Scientific Research International Journal 3.3 (2024): 101116.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.