Научная статья на тему 'MAFKURAVIY FAOLIYATDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNING O‘RNI'

MAFKURAVIY FAOLIYATDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
115
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot asri / mafkuraviy va maʻnaviy tajovuzlar / ijtimoiy fanlar / axloqsizlik / diniy ekstremizm / shovinizm / demokratiyani eksport qilish / gʻarbona ommaviy madaniyat / mantiqiy va tanqidiy fikrlash koʻnikmasi / bagʻrikenglik va insoniylik. / information Age / ideological and spiritual aggression / social sciences / immorality / religious extremism / chauvinism / export of democracy / Western mass culture / logical and critical thinking skills / tolerance and humanity.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Tadjibayeva, Dilnavoz Ozodovna

Axborot asrining oʻziga xos xususiyatlari, mafkuraviy va ma’naviy tajovuzlarning kuchayayotganligi ijtimoiy fanlarning ahamiyatini bir necha marotaba oshirdi. Dunyodagi yovuz niyatli siyosiy harakat va kuchlar oʻz taʻsir doirasini millatchilik, axloqsizlik, diniy ekstremizm, shovinizm, neofashizm, irqchilik, separatizm, demokratiyani eksport qilish, gʻarbona ommaviy madaniyat kabi niqoblangan gʻoyalar va mafkuralar orqali kengaytirishga harakat qilib, yangidan-yangi usul va vositalarni kashf qilmoqda. Maqolada mafkuraviy faoliyatda ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni, boʻlajak mutaxassislarning oʻz faoliyatida masʻuliyatni his etgan holda siyosiy jihatdan hushyor boʻlishi, voqelikni toʻgʻri baholashi, mantiqiy va tanqidiy fikrlash koʻnikmasiga ega boʻlishidadi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES IN IDEOLOGICAL ACTIVITY

The peculiarities of the information age, the intensification of ideological and domestic aggression have repeatedly increased the importance of social sciences. Some political movements and forces in the world are discovering new methods and tools, trying to expand their circle of influence on nationalism, morality, religious extremism, chauvinism, neo-fascism, racism, separatism, export of democracy, Western mass culture. The article describes the role of social sciences and humanities in ideological activities, the importance for future specialists to develop skills of logical and critical thinking.

Текст научной работы на тему «MAFKURAVIY FAOLIYATDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNING O‘RNI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

MAFKURAVIY FAOLIYATDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNING

O'RNI

Axborot asrining o 'ziga xos xususiyatlari, mafkuraviy va ma 'naviy tajovuzlarning kuchayayotganligi ijtimoiy fanlarning ahamiyatini bir necha marotaba oshirdi. Dunyodagi yovuz niyatli siyosiy harakat va kuchlar o'z ta'sir doirasini millatchilik, axloqsizlik, diniy ekstremizm, shovinizm, neofashizm, irqchilik, separatizm, demokratiyani eksport qilish, g'arbona ommaviy madaniyat kabi niqoblangan g'oyalar va mafkuralar orqali kengaytirishga harakat qilib, yangidan-yangi usul va vositalarni kashf qilmoqda. Maqolada mafkuraviy faoliyatda ijtimoiy-gumanitar fanlarning o 'rni, bo 'lajak mutaxassislarning o 'z faoliyatida mas 'uliyatni his etgan holda siyosiy jihatdan hushyor bo'lishi, voqelikni to'g'ri baholashi, mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko 'nikmasiga ega bo 'lishidadi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so izlar: axborot asri, mafkuraviy va ma 'naviy tajovuzlar, ijtimoiy fanlar, axloqsizlik, diniy ekstremizm, shovinizm, demokratiyani eksport qilish, g'arbona ommaviy madaniyat, mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko'nikmasi, bag'rikenglik va insoniylik.

Особенности информационного века, усиление идеологической и бытовой агрессии неоднократно повысили значимость социальных наук. Некоторые политические движения и силы в мире открывают новые методы и инструменты, пытаясь расширить свой круг влияния на национализм, нравственность, религиозный экстремизм, шовинизм, неофашизм, расизм, сепаратизм, экспорт демократии, западную массовую культуру. В статье описывается роль социальных и гуманитарных наук в идеологической деятельности, важность для будущих специалистов для правильной оценки действительности, для развития навыков логического и критического мышления.

Ключевые слова: информационный век, идеологическая и духовная агрессия, социальные науки, безнравственность, религиозный экстремизм,

Tadjibayeva Dilnavoz Ozodovna

TDYU Umumta'lim fanlar va madaniyat kafedrasi

dotsent v.b. tadj ibaevadilnavozzz@mail .ru

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(7), July, 2023

шовинизм, экспорт демократии, западная массовая культура, навыки логического и критического мышления, толерантность и человечность.

ABSTRACT

The peculiarities of the information age, the intensification of ideological and domestic aggression have repeatedly increased the importance of social sciences. Some political movements and forces in the world are discovering new methods and tools, trying to expand their circle of influence on nationalism, morality, religious extremism, chauvinism, neo-fascism, racism, separatism, export of democracy, Western mass culture. The article describes the role of social sciences and humanities in ideological activities, the importance for future specialists to develop skills of logical and critical thinking.

Keywords: information Age, ideological and spiritual aggression, social sciences, immorality, religious extremism, chauvinism, export of democracy, Western mass culture, logical and critical thinking skills, tolerance and humanity.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni, moddiy hayotni farovonlashtirishga qaratilgan harakatlar barobarida xalq turmushining ma'naviy, ma'rifiy, madaniy va mafkuraviy jihatlariga ham muntazam diqqat qaratibgina qolmasdan, balki muammolar yechimi uchun yetarli mablag' ham, kuch ham, e'tibor ham ajratilyapti, ijro nazorati bir kun bo'lsin susaytirilayotgani yo'q. "Buni ma'naviy hayot, g'oyaviy-mafkuraviy ish deb qo'yibdi. Bu bizga g'alla yoki chigit ekish emas, urug'ni tuproqqa tashladik, bo'ldi, endi kutamiz, deb qarab o'tirsak. Mafkura sohasida bo'shliq degan narsaning o'zi hech qachon bo'lmaydi"[1].

Bugungi dunyoning turli hududlarida terroristik harakatlar tufayli ro'y berayotgan xunrezliklar, o'n yillardan beri davom etayotgan birodarkushlik urushlari, dunyo yoshlari orasida axloqsizlik, xayosizlikni hayot normasi qilib olgan guruhlarning tobora ko'payib borayotgani, bunday harakatlarni rag'batlantirishga "xolis hissa" qo'shadigan "ommaviy madaniyat" xurujining kun sayin kuchayib va kengayib bormoqda. Buni teran his qilgan O'zbekiston rahbari, o'z kundalik faoliyatining salmoqli qismini xalqi ma'naviyatini asrash va takomillashtirish, ma'rifatini oshirish, axloqini yuksaltirish yo'lidagi masalalarni hal etish, muammolarni bartaraf qilish ishiga bag'ishlamoqda. Ayni maqsadda qanchadan-qancha tashkiliy o'zgarishlar amalga oshirildi, sohaga mutasaddi idora va muassalar faoliyatini jonlantirish, o'zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi mexanizmlar yaratildi, huquqiy hujjatlar imzolandi:

• "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonunning qabul qilingani;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

• avvalgidek hukumat rahbari emas, shaxsan Prezident boshchilik qiladigan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi hamda uning ijro organi - Ma'naviyat va ma'rifat markazining tuzilishi;

• Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi O'zbekistondagi Islom madaniyati markazining tashkil etilgani;

• madaniyat va san'at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va OAVi faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag'batlantirish bo'yicha qator qo'shimcha sa'y-harakatlarning amalga oshirilayotgani;

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Asosiy vazifa -tabiatan sog'lom va mukammal yaratilgan bola voyaga yetadigan muhitni sozlash - sog'lomlashtirish bo'lib qolyapti. Bu muhit esa o'zida nihoyatda keng va rang-barang "hudud"larni qamrab oladi: oila, bog'cha, maktab, litsey yoxud kollej, oliy ta'lim muassasasi, mahalla, ishxona... bir so'z bilan aytganda - butun jamiyat!

BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti so'zlagan nutq ham o'zining ko'lami, ahamiyati bilan chinakam tarixiylik kasb etdi. Zero, mazkur nutqdan o'rin olgan masalalar ham milliy, ham umuminsoniy miqyosda g'oyat dolzarb ekani bilan xarakterlidir.

Yurtboshimiz faqat o'z yurti yoshlarining emas, balki dunyo aholisining salmoqli qismini tashkil etadigan, Yer yuzining ertangi taqdiriga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir etuvchi kuch bo'lmish yoshlarning ongu tafakkurini ma'rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash lozimligiga, yosh avlod muammolariga befarqlik o'ta xatarli ekaniga insoniyat e'tiborini qaratdi. Bu muhim masala, nutqda, mana qanday shakl va mazmunda ifoda etildi:

"Ekstremistik faoliyat va zo'ravonlik bilan bog'liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga etmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda.

Bugungi dunyo yoshlari - son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda.

Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo'ravonlik g'oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir"[2].

Yurtboshimiz O'zbekiston kelajagi haqida gapirar ekan, uni yoshlarimizsiz, ularning bugungi kunda qanday insonlar bo'lib voyaga yetishlaridek muhim omilsiz tasavvur qilib bo'lmasligini qayta-qayta ta'kidlaydi. Jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: "Buyuk yunon olimi Aristotelning "Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi", degan so'zlari bor. Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug' istiqboli, birinchi navbatda, ta'lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog'liq" deya uqtiradi.

Darhaqiqat, yoshlarni kelajagimiz poydevori deb bilar ekanmiz, yurtimizda bunyod etilajak jamiyat binosining qanchalar yuksalishi, uning pishiq-puxtaligi, duch kelinajak har qanday bo'ron va dovullarga chidamli bo'lishi, avvalo, poydevorning mustahkamligi, to'g'ri qo'yilishi bilan kafolatlanadi. Agar poydevor mo'rt, chidamsiz, naridan-beri qo'yilsa, u o'z ustiga qurilgan binoni ham, uning binokorini ham xarob qiladi.

Ijtimoiy fanlarning asosiy maqsadi - shaxsni, eng avvalo mustaqil fikrlaydigan, o'z kuch va imkoniyatlariga qat'iy ishonadigan, islohotlar mohiyatini chuqur tushungan va mustaqillikni oliy qadriyat darajasida anglaydigan, vatanparvar, mehnatga ishtiyoqmand, tirishqoq va serg'ayrat, bilimga chanqoq yoshlarni tarbiyalashdan iborat [5, 11, 13].

Ijtimoiy fanlar boshqa fanlardan farq qiladi, u talabalarning nafaqat ongi, balki qalbiga singishi lozim. Shuning uchun materiallar ta'sirchan, jozibali, o'quvchini ongu-shuurida mustahkam o'rnashadigan, fe'l-atvorini yaxshilik sari burishga ta'sir o'tkazadigan bo'lishi kerak. Shu bilan birga keltirilgan har bir fikr jiddiy dalillar bilan asoslangan, e'tiroz uyg'otmaydigan hayotiy ma'lumotlardan, aniq axborotlardan iborat bo'lishi maqsadga muvofiqdir.

Axborot asrining o'ziga xos xususiyatlari, mafkuraviy va ma'naviy tajovuzlarning kuchayayotganligi ijtimoiy fanlarning ahamiyatini bir necha marotaba oshirdi. Dunyodagi yovuz niyatli siyosiy harakat va kuchlar o'z ta'sir doirasini millatchilik, axloqsizlik, diniy ekstremizm, shovinizm, neofashizm, irqchilik, separatizm, demokratiyani eksport qilish, g'arbona ommaviy madaniyat kabi niqoblangan g'oyalar va mafkuralar orqali kengaytirishga harakat qilib, yangidan-yangi usul va vositalarni kashf qilmoqda [4, 6, 7, 8, 9, 10, 12, 14, 15, 16, 17, 18, 19]. Shu tufayli, bo'lajak mutaxassislar o'z faoliyatida mas'uliyatni his etgan holda siyosiy jihatdan hushyor bo'lishi, voqelikni to'g'ri baholashi, mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko'nikmasiga ega bo'lishi lozim.

Ko'p faoliyat turlarining sun'iy ong hamda katta ma'lumot texnologiyalari asosida olib borilishi ma'lumotlarni tahlil qila oladigan, tanqidiy fikrlash, to'g'ri xulosalar chiqarish va qarorlar qabul qilishga qodir mutaxassislargas ehtiyojni orttirmoqda. Texnologik o'zgarishlardan ta'sirlangan mutaxassislar, ijtimoiy fanlarga extiyoj kamayadi deb bashorat qilgan edi. Hozir esa buning teskarisi - taraqqiyot, aksincha, ijtimoiy soha diplomiga bo'lgan talabni oshirib yubordi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

"Insonni ulug'lash, uni muhofaza qilish va har tomonlama kamol toptirish Konstitutsiyamiz va uning asosida ishlab chiqilgan barcha qonunlar hamda qonunosti hujjatlarining maqsad-muddaosini tashkil etadi. Bu yuridik normalarning hayotga to'g'ri tatbiq etilishi, fuqarolar huquq va majburiyatlari to'la-to'kis amal qilishi esa huquq-tartibot idoralari faoliyatiga, ularda xizmat qiladigan rahbar va xodimlar o'z vazifa-burchlarini qanchalik anglashi hamda vijdonan bajarishiga chambarchas bog'liqdir"[3].

Mazkur fanlar yoshlarga dunyoni va o'zini anglashga ko'mak beradi, dunyoqarashini. Bu esa har bir insonning atrofdagilar, boshqa til, din, irq vakillari bilan til topishini ta'min etadi; bag'rikenglik va insoniylikni yuzaga chiqaradi. Insoniyat falsafasiz ham dinamit yarata oladi, ammo bu kashfiyotni to'g'ri yo'naltirish uchun adab-axloq kerak bo'ladi.

Bundan tashqari, ijtimoiy bilimlar sohibi tarix, san'at, xalqaro siyosatdagi gap -so'zlardan xabardor bo'ladi, ishonchsiz axborotni oson payqaydi, faktlarni taftish qiladi.

Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, masala va muammolar yechimi yuzasidan quyidagi takliflar berildi:

- ijtimoiy-gumanitar fanlarda talabalarga tanqidiy fikrlash, ma'lumotlarni qiyoslash, tahlil qilish, qonuniyatlarni kashf etish borasida saboq berish, xolis baholash malakasi shakllantirish;

- o'quvchilarda, talabalarda maksimal darajada jiddiy savollar berisni o'rgatish;

- barcha bosqich ta'lim muassasalarida ijtimoiy-gumanitar fanlar - adabiyot, tarix, milliy g'oya turkumi predmetlari, oila psixologiyasi, falsafa, O'zbekiston tarixi singari darslarni real hayot, dunyodagi hodisalar bilan chambarchas bog'lab o'tish muammosini hal etish talab etiladi. Buning asosiy omili esa - o'z kasbining fidoyisi, bilimli o'qituvchilar sanaladi. Ular sonini ko'paytirish uchun:

- ijtimoiy-gumanitar fan o'qituvchilari malaka oshirish kurslaridagi mashg'ulotlar sifati hamda ularning bitiruv imtihonlariga bo'lgan talabni keskin kuchaytirish lozim;

- ijtimoiy-gumanitar fakultetlarga qabul imtihonlarida faqat test sinovlaridan emas, balki ijodiy imtihon, insho olish, ijodiy suhbat singari sinov shakllaridan keng foydalanish kerak (bugungi kunda xolislikni ta'minlashning turli usullari -videokameralar o'rnatish, audioyozuvni amalga oshirish va b. imkoniyatlar mavjud).

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Мирзиёев, Ш. М. (2017). Ватанимиз такдири ва келажаги йулида янада хдмжихдт булиб, катъият билан харакат килайлик. Халц сузи " газ.

2. BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev so'zlagan nutqi. 2017 yil 19 sentyabr.

3. Qo'chqorov R.U., Tojiboyeva D.O. Barkamol shaxs tarbiyasida diniy ma'rifatning o'rni // Монография // - Тошкент: "Impress Media", - 2022.

4. Oblomuradova, K. N. (2020). Missionary in the form of ideological threats and their form of manifestation. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 115-124.

5. Oblomuradova, X. N. (2018). A state with healthy children is evident to become powerful. Review of law sciences, 2(1), 31.

6. Oblomuradova, K. N. (2020). Missionary activity: socio-philosophical interpretation. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(7), 143-148.

7. Oblomuradova, K. N. (2021). MISSIONARY ACTIVITY IN THE CONTEXT OF GLOBALIZATION: WAYS AND MEANS TO PREVENT IT. Theoretical & Applied Science, (8), 12-16.

8. Oblomuradova, K. N. (2021). Freedom Of Conscience Is The Foundation Of Social Stability. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(01), 140-147.

9. Oblomuradova, K. N. (2019). Elements of missionary activities strategy: mechanisms and norms of their practical implementation. Credo new, (3), 9-9.

10. Naimovna, O. K. (2021). Elements Of Missionary Activities Strategy: Mechanisms And Norms Of Their Practical Implementation. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(01), 148-157.

11. Обломуродова, Х. (2018). Могущественна страна, имеющее здоровое поколение. Review of law sciences, (1), 173-178.

12. Хдбиба, О. (2020). ПРАВОВАЯ ОСНОВА СВОБОДЫ СОВЕСТИ. Review of law sciences, 1 (Спецвыпуск), 62-69.

13. Oblomuradova, X. N. (2022). MANTIQIY FIKRLASHNING YURIST FAOLIY? TIDAGI AHAMIYATI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(7), 34-39.

14. Oblomuradova, K. N. (2019). Elements of missionary activities strategy: mechanisms and norms of their practical implementation. Credo new, 3, 9-9.

15. Обломурадова, Х. Н. (2018). ГЛОБАЛИЗАЦИЯ И РЕЛИГИЯ. In European Scientific Conference (pp. 156-158).

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

16. Обломурадова, Х. Н. (2018). МИССИОНЕРСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ РЕЛИГИОЗНЫХ ОБЪЕДИНЕНИЙ: СОЦИАЛЬНО-ПОЛИТИЧЕСКИЙ АСПЕКТ. In Фундаментальные и прикладные научные исследования: актуальные вопросы, достижения и инновации (pp. 120-122).

17. Tadjibaeva, D. O., & Oblomuradova, K. N. (2020). Religious tolerance is a symbol of peace and enlightenment. Elementary Education Online, 19(4), 804-809.

18. OBLOMURADOVA, K. N. CREDO NEW. CREDO NEW Учредители: Санкт-Петербургский государственный институт психологии и социальной работы, Санкт-Петербургский университет государственной противопожарной службы МЧС России им. Героя Российской Федерации генерала армии ЕН Зиничева, (3), 9.

19. OBLOMURADOVA, K. ILMIY XABARNOMA. НАУЧНЫЙ ВЕСТНИК. ILMIY XABARNOMA. НАУЧНЫЙ ВЕСТНИК Учредители: Андижанский государственный университет им. ЗМБабура, (2), 19-25.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.