Научная статья на тему 'MADANIY MEROS OB’YEKTLARINI O’RGANISH VA UNING MAKET KOMPONOVKASINI GAT DASTURI YORDAMIDA ISHLAB CHIQISH (QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA)'

MADANIY MEROS OB’YEKTLARINI O’RGANISH VA UNING MAKET KOMPONOVKASINI GAT DASTURI YORDAMIDA ISHLAB CHIQISH (QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madaniy meros / yodgorlik / qadriyat / maket komponovka / tadqiqot / arxeologik. / Cultural heritage / monument / value / model composition / research / archeological.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Saydaxmatov G.T.

Ushbu maqolada Qoraqalpog’iston Respublikasi madaniy meros ob’yektlarini hozirgi holati va ularni joylashgan o’rni haqida so’z yuritilgan. Qoraqalpog’iston Respublikasi madaniy meros ob’yektlarini GAT texnologiyalari yordamida karta yaratib uni o’rganib, kartaning maket komponovkasini ishlab chiqish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF CULTURAL HERITAGE OBJECTS AND DEVELOPING ITS MODEL COMPONENT WITH THE HELP OF GAT SOFTWARE (EXAMPLE OF REPUBLIC OF KARAKALPAGISTAN)

This article talks about the current state of the cultural heritage objects of the Republic of Karakalpakstan and their location. Creating a map of the cultural heritage objects of the Republic of Karakalpakstan with the help of GAT technologies, studying it and developing a layout of the map.

Текст научной работы на тему «MADANIY MEROS OB’YEKTLARINI O’RGANISH VA UNING MAKET KOMPONOVKASINI GAT DASTURI YORDAMIDA ISHLAB CHIQISH (QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA)»

Saydaxmatov G. T. Kadastr agentligi qoshidagi "Geoinavatsiya" DUK

doktaranti

MADANIY MEROS OB'YEKTLARINI O'RGANISH VA UNING MAKET KOMPONOVKASINI GAT DASTURI YORDAMIDA ISHLAB CHIQISH (QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA)

Annatatsiya. Ushbu maqolada Qoraqalpog'iston Respublikasi madaniy meros ob'yektlarini hozirgi holati va ularni joylashgan o'rni haqida so'z yuritilgan. Qoraqalpog'iston Respublikasi madaniy meros ob'yektlarini GAT texnologiyalari yordamida karta yaratib uni o 'rganib, kartaning maket komponovkasini ishlab chiqish.

Kalit so 'zlar. Madaniy - meros, yodgorlik, qadriyat, maket komponovka, tadqiqot, arxeologik.

Saidakhmatov G.T., Ph.D DUK "Geoinavatsiya" under the Cadastre Agency

STUDY OF CULTURAL HERITAGE OBJECTS AND DEVELOPING ITS MODEL COMPONENT WITH THE HELP OF GAT SOFTWARE (EXAMPLE OF REPUBLIC OF KARAKALPAGISTAN)

Annotation. This article talks about the current state of the cultural heritage objects of the Republic of Karakalpakstan and their location. Creating a map of the cultural heritage objects of the Republic of Karakalpakstan with the help of GAT technologies, studying it and developing a layout of the map.

Key words. Cultural - heritage, monument, value, model composition, research, archeological.

Kirish. Madaniy meros - bu ajdodlardan ijtimoiy meros orqali olingan xalq yoki jamiyatni ifodalovchi jismoniy elementlar va nomoddiy xususiyatlar to'plami. Ushbu meros binolar va yodgorliklar, ob'ektlar va san'at asarlarida aks ettirilgan moddiy madaniy elementlarni o'z ichiga oladi. Madaniy meros atamasi bu xalqlar uchun qadrli bo'lgan boylik; shu sababli bu qadrlanadigan, saqlanadigan va yetkaziladigan meros.

Madaniy meros bu xalqning yoki jamoaning moddiy va nomoddiy merosidir, uni saqlab qolish va keyingi avlodlarga yetkazish uchun vasiyat qilingan. Bunga e'tiqodlar, bilimlar, badiiy ifodalar, me'yorlar va qadriyatlar, ijtimoiy amaliyotlar, urf-odatlar, joylar, ob'ektlar va madaniyatning har qanday boshqa ifodalari kiradi. Madaniy meros orqali xalqning shakllanishi va hayotining tarixiy jarayoni ifodalanadi va ifodalanadi, chunki bu uni tavsiflovchi elementlarning ko'rinadigan va aniq sintezini ko'rsatib turadi.

Meros yoki madaniy meros hayot tarzi, qadriyatlar tizimi, e'tiqodlari va xalq an'analari bilan bog'liq elementlarni ko'paytiradi.

Ushbu meros orqali mintaqaviy yoki milliy o'ziga xoslik va xalqqa tegishli bo'lish hissi mustahkamlanadi. Bu inson ijodining mahsuli va ifodasi bo'lgani uchun madaniy meros uzatiladi, qayta yaratiladi va o'zgartiriladi. U nasldan naslga o'tadi va uning madaniy va tarixiy qiymati qadrlanmasa va saqlanib qolmasa yo'q qilinishi mumkin.

Asosiy qism. Maqolada bugungi kundagi Qoraqalpog'iston Respublikasida mavjud bo'lgan madaniy meros ob'yektlarini o'rganib uni GAT texnologiyalari yordamida maket komponovkasini ishlab chiqish metodlari haqida fikr yuritilgan.

Qoraqalpog'iston noyob va boy madaniy merosga ega. Bu uning qadimiy arxeologik va me'moriy yodgorliklari, o'ziga xos xalq og'zaki ijodi, ijro san'ati, urf-odatlari va milliy hunarmandchilik faoliyatida aks etadi.

Qoraqalpog'iston hududida ko'plab arxeologik va me'moriy yodgorliklar bo'lib, ular asosan mudofaa binolari va aholi turar joylari bo'ylab qad rostlagan bir necha ajoyib qal'alar misolida o'z aksini topadi. Ularning eng qadimiysi miloddan avvalgi IV asrga (Qadimgi Xorazmning Ahamoniylar imperiyasi tarkibidan chiqishi davri) borib taqaladi.

Miloddan avvalgi I asrning boshlarida Qadimiy Xorazm, Kushon imperiyasiga qadar yetib borgan madaniyatning ta'siri ostida qoldi. Buning eng yorqin misolida, ajoyib Tuproq-qal'a shahri va qal'asining qurilishini ko'rish mumkin. Bu davrga kelib, qurilishning yangicha shakllari, shu jumladan, aholi punktlari ichidagi shakli biroz kichikroq qal'alar paydo bo'ldi.

Qadimgi Qoraqalpog'iston Respublikasi shuningdek, zardushtiylikning vatani hisoblanadi. Bunga, saqlanib qolgan ko'plab arxeologik yodgorliklar: dahmalar, olovga sig'inadigan ibodatxonalari, ossuariylardan iborat (mayyitlar suyaklari) qabristonlari va boshqalar dalolat beradi. VIII asrda Islom dini kirib kelishi bilan nafaqat ushbu hududdagi aholining turmush tarzi va dini, balki shaharning arxitekturasi ham katta o'zgarishlarga uchradi. Ilk pishgan g'isht paydo bo'ldi va undan ajoyib me'moriy bezaklar va epigrafik yozuvlar bilan bezatilgan serhasham maqbaralar, masjidlar va gumbazli xonaqohlar qurildi.

Orolbo'yi mintaqasi, minglab yillar davomida madaniyatlarning chorrahasida bo'lgan. Ushbu mintaqadan Ustyurt platosi orqali Yevropa, Kavkaz, Old Osiyo, Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari orasida madaniy va iqtisodiy aloqalarni rivojlanishida katta hissa qo'shgan Buyuk Ipak yo'li o'tgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga Qoraqalpog'iston Respublikasida jami 288 ta moddiy-madaniy meros obyektlari mavjud. Shulardan:

- arxeologiya yodgorliklari - 131 ta;

- monumental san'at yodgorliklari - 88 ta;

- diqqatga sazovor joylar - 45 ta;

- arxitektura yodgorliklari - 24

Qoraqalpoqlarning o'ziga xosligi, ularning xalq og'zaki ijodi, raqs va musiqa madaniyati va marosimlarida aks etgan bo'lib, bugungi kunda ular,

xalqning ajralmas qismi hisoblanadi. Ularning eng keng ommalashgan turlariga, jiraular (xalq oqinlari) va baxshilar (qo'shiqchi-mashshoqlar) va eposlar (Alpomish va Qirq qiz va boshqalar) kiradi.

Qoraqalpog'iston ana'nalari hunarmandchilikda ham yaxshi namoyon bo'lgan. Qoraqalpoq qadimiy hunarmandchilik namunalaridagi sodda naqsh va shakllar, ularning Qadimiy va O'rta asr Markaziy Osiyo ko'chmanchilari san'ati bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Qoraqalpoqlarning qadimiy hunarmandchiligi, ularning qadimiy turar joylari, zarur uy- ro'zg'or buyumlari va mavjud materiallari (yung, teri, suyak, yog'och, paxtalar) asnosida rivojlangan. XX asrning boshlarida yurtalarni bezatish uchun ayollar, bezakli matlar, rangbarang kigizlar tayyorlashgan, naqshli polos va sholchalar to'qishgan shuningdek, qiyqimlar to'qimachiligi bilan shug'ullanishgan.

Hozirgi kunda, madaniy meros ob'yektlarini rivojlantirish chora -tadbirlarni ishlab chiqish va ushbu sohani majmuali tadqiq qilishda kartografik metod bilan birgalikda zamonaviy GAT dan foydalanish alohida ahamiyatga ega.

Tadqiqot natijasi. Bugungi kunda O'zbekistonda 2 mingdan ziyod tarixiy yodgorliklar mavjudligitarixiy madaniy meros obyektlari va turizmni rivojlantirish salohiyati yuqori ekanligidan dalolat beradi (1-rasm).

1- rasm. Respublikadagi madaniy - meros ob'yektlari soni (hududlar

kesimida)

Toshkent v. Sirdaryo Qoraqalpog'iston R. Surxondaryo

Andijon Namangan

Farg'ona Qashqadaryo Toshkent sh.

Samarqand

I Samarqand

I Surxondaryo

I Buxoro ■ Toshkent sh.

iJizzax ■ Namangan

I Qoraqalpog'iston R. »Sirdaryo

I Qashqadaryo l Andijon I Toshkent v.

2-rasm. Qoraqalpog'iston Respublikasi madaniy meros obyektlari maket

kamponovkasi

Xulosa. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, madaniy meros obyektlarini o'rganish, ularni yanada takomillashishi uchun aniq chora - tadbirlar ishlab chiqish va albatta ularni asrashimiz lozim. Chunki, madaniy meros obyektlarini rivojlantirishimiz turizm sohasini rivojlanishi uchun ham asos bo'ladi. Quyidagi ishlab chiqilgan Qoraqalpog'iston Respublikasi madaniy meros obyektlari maket kamponovkasi kartasi ham barcha uchun tushunarli va o'qilishi jihatdan oson kartalar safiga kiradi. Bu kartada oldimizga qo'yilgan maqsad turistlar uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi madaniy meros obyektlarini joylashgan o'rnini o'rganib shu orqali ularga qiziqish uyg'otishdir. Respublikamiz va hududlar o'sishida har bir madaniy meros obyektini takomillashtirish yani har bir ob'yektga insonlarda qiziqish va talabni yuqori darajaga olib chiqish zarur.

Barcha madaniy meros obyektlari kartalarini maket komponovkasini ishlab chiqib hamma uchun tushunarli yani kartani o'qish uchun qulaylik yo'llarini yaratish zarur.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Andy Mitchell. GIS analysis. - ESRI (California) 2005 - 238p

2. www.arcgis.com «ArcGIS» дастури веб сахдфаси»

3. Qoraqalpog'iston o'lkashunoslik atlasi

"Экономика и социум" №6(121)-2 2024

www.iupr.ru

625

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.