Научная статья на тему 'MADANIY DIPLOMATYADA TILNING QUDRATLI IMKONIYATLARI'

MADANIY DIPLOMATYADA TILNING QUDRATLI IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
267
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madaniyat / diplomatiya / yumshoq kuch / lingua franca / tarix. / culture / diplomacy / soft power / lingua franca / history.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xodjayeva, Dildora

Xalqaro munosabatlar jarayonida avvaladan foydalanib kelingan, ammo nisbatan yangi tushuncha bo’lgan madaniy diplomatiyada tilning muhim o'rni maqolada e'tirof etiladi. Moziydan millatlar va hukumatlararo aloqalarni o'rnatish maqsadida, ko'pgina buyuk davlatlar aksariyat hollarda madaniy diplomatiya vasiylari sifatida kuzatiladi. Shu o'rinda maqola G'arb va Sharq dunyosiga tegishli bir qancha qudratli tillarning millat nufuziga qo'shgan hissasi va madaniy jarayonlardagi ta'sirini yoritadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE POWERFUL OPPORTUNITIES OF LANGUAGE IN CULTURAL DIPLOMACY

The current article is modest attempt to acknowledge the significant role of language in the cultural diplomacy, which is a comparatively new concept but an old phenomenon in the international relations. Historically, powerful countries often saw themselves as the guardians of cultural diplomacy for establishment of relations between states and nations. Considering Lingua Franca’s rise and fall in the human communication history across the boundaries, the paper emphasizes the influential languages of Western and Eastern worlds as well.

Текст научной работы на тему «MADANIY DIPLOMATYADA TILNING QUDRATLI IMKONIYATLARI»

MADANIY DIPLOMATYADA TILNING QUDRATLI IMKONIYATLARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-238-244

PhD. Dildora XODJAYEVA,

Jawaharlal Nehru Universiteti.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti O'zbek-Hind turizm uyushmasi raisi dil .khodj aeva@gmail .com

Annotatsiya. Xalqaro munosabatlar jarayonida avvaladan foydalanib kelingan, ammo nisbatan yangi tushuncha bo 'lgan madaniy diplomatiyada tilning muhim o'rni maqolada e'tirof etiladi. Moziydan millatlar va hukumatlararo aloqalarni o'rnatish maqsadida, ko'pgina buyuk davlatlar aksariyat hollarda madaniy diplomatiya vasiylari sifatida kuzatiladi. Shu o'rinda maqola G'arb va Sharq dunyosiga tegishli bir qancha qudratli tillarning millat nufuziga qo'shgan hissasi va madaniy jarayonlardagi ta'sirini yoritadi.

Kalit so'zlar: madaniyat, diplomatiya, yumshoq kuch, lingua franca, tarix.

Аннотация. В статье признается важная роль языка в культурной дипломатии, которая давно используется в международных отношениях, но является относительно новым феноменом. Многие великие державы часто рассматриваются как сторонниками культурной дипломатии с целью установления межнациональных и межправительственных связей. А также статья подчеркивает культурные процессы на нескольких примерах влияние некоторых могущественных языков, принадлежащих западному и восточному мирам.

Ключевые слова: культура, дипломатия, мягкая сила, лингва франка, история.

Abstract. The current article is modest attempt to acknowledge the significant role of language in the cultural diplomacy, which is a comparatively new concept but an old phenomenon in the international relations. Historically, powerful countries often saw themselves as the guardians of cultural diplomacy for establishment of relations between states and nations. Considering Lingua Franca's rise and fall in the human communication history across the boundaries, the paper emphasizes the influential languages of Western and Eastern worlds as well.

Key words: culture, diplomacy, soft power, lingua franca, history.

Kirish

Madaniy uyg'unlik mujassamasi zaminida dunyo kun sayin bir yagona maskanga aylanib bormoqda. E'tiborlisi, har bir mamlakat o'z madaniyati,

milliy tili, g'oyasi va ta'sir kuchini butun dunyo bo'ylab axborot texnologiyalari orqali kengaytirishni xohlaydi. Bu jarayonda qudratli mamlakatlarga tegishli yumshoq kuchning muhim omillardan biri - til beihtiyor muloqot vositasiga aylanadi. Shu nuqtai nazardan, muayyan mamlakatga tegishli tilning nufuzi madaniy diplomatiyaga xos muhim strategiya omillaridan hisoblanadi. So'nggi yillarda O'zbekistonda ham ommalishib borayotgan madaniy diplomatiya ko'lami, 21-asrning dolzarb muammolariga yechim sifatida, keng targ'ib etilishi kuzatilmoqda.

Asosiy qism.

Dastavval madaniy diplomatiya tushunchasiga qisqacha izoh berib o'tsak. Madaniy diplomatiya tushunchasi ikki so'z: "Madaniyat" va "Diplomatiya", birikmalaridan yuzaga kelgan. Ikki so'z ham muloqot shakillarini anglatadi, biroq, vazifalari farqlidir. Aniqroq yondashsak, diplomatiya an'anaviy tarzda yopiq eshiklar ortidagi muhokama va muzokaralardan iborat bo'lsa, madaniyat esa mohiyatan ochiq darvozalar va qizg'in muloqotlar maydonidir. Madaniy diplomatiya - bu ikki tomonlama munosabatlarni rag'batlantirish maqsadida madaniyatga oid g'oyalar, ma'lumotlar, qadriyatlar, tizimlar, an'analar, e'tiqodlar kabi bir qator omillar almashinuvida amalga oshiriladi.

Madaniy diplomatiya tushunchasi nisbatan yangi bo'lishiga qaramay, aslida xalqaro munosabatlar sohasida chuqur ildizga egadir. Tarixan qudratli davlatlar odatda muayyan mamlakat va millatlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatish maqsadida o'zlarini madaniy diplomatiyaning vasiylari sifatida namoyon qilganlar. Ayniqsa, qudratli davlatlar tomonidan ma'lum bir xalqni o'ziga jalb etish, yo'naltirish, yoki ta'sir o'tkazish jarayonlarida til omillari muhim kuch sifatida aloqa manbaiga aylantirilgan.

Zamonlar osha nazar tashlashak, har bir darvda ma'lum bir til muayyan bir mintaqa yoki o'lkada 'Lingua Franca' ya'ni qudratli til maqomiga ega bo'lgan. Aniqroq aytganda, bu ko'prik tili, asosiy aloqa yoki hukumat tili vazifasini o'tagan.

G'arbiy Ovropani olayik, tarixda nasroniylikning asosiy markazi bo'lgan Rim imperiyasi davrida lotin tili eng qudratli tillardan biri hisoblangan. Garchi lotin tili muloqotda o'ta faol qo'llanilmagan bo'lsa-da, ammo ko'plab qimmatli adabiyotlar lotin tilida tuzilganligi bois, ilm-fan

239

rivojiga buyuk hissa qo'shgan. Keyinchalik lotin tili fransuz, ispan, portugal, italyan va rumin tillarini o'z ichiga olgan 'roman tillari' oilasini yuzaga keltiradi. Bugungi kunda dunyo bo'ylab 900 millionga yaqin aholi roman tillarida so'zlashadi va 140dan ortiq davlatda lotin alifbosidan foydalaniladi.

XV asrga kelib bosmaxonaning rivojlanishi bilan lotin tilining qudrati adabiyotda ko'rinadi, kitoblar nashr etilishi esa jamiyatdagi savodxonlik darajasini ko'taradi. Natijada, adabiyot va nashr boshqa xalqalarning madaniyati, hayot tarzini o'rganish uchun eshiklar ochadi. Madaniyat rivojiga hamda xalqaro munosabatni rivolantirishida elchilar, sayyohlar, savdogarlar tomonidan lotin tili qo'llaniladi. Tarixiy va ijtimoiy ahamiyati bois Rim ko'pincha 'Kaput Mundf - dunyo poytaxti deb ham atalgan. Rimning o'sha davrdagi dunyo markaziga aylangani bois, madaniyat o'chog'i sifatida ham ko'rilgan.

Ingliz tilida ko'p qollaniladigan, when in Rome, do as the Romans do ', ya'ni 'Rimda bo'lganingda, o'zingni rimliklar kabi tut' iborasi ham bizgacha adabiyotlar orqali yetib kelgan. Bu ibora muallifi asli Afrikalik, lekin keyinchalik Rim Imperiyasi vatandoshiga aylangan avliyo Augustinga tegishli edi. U o'z tajribasiga asoslanib, Rim hududiga tashrif buyurgan jamiyki insonlarga nisbatan ishlatgan bo'lsa ham, hozirda uning fikri madaniy qadriyatlar va yashayotagan muhitga moslashish uchun barchaga maslahat sifatida ko'riladi.

Nasroniy Ovropadan e'tiborni Islom olamiga qaratsak. Nega aynan dinlarga urg'u berilishiga sabab, qadimdan din madaniyatga o'zinig muhim ta'sirini o'tkazgan. Arablar tomonidan Islom dini tarqalishining eng mahsuldor va ko'zga ko'ringan davri bu Abbosiylar hukumronlik qilgan davr bilan bo'g'liq. Ular Yaqin Sharq, Eron, Shimoliy Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlariga islom dinini ta'sis etishga muvaffaq bo'lishdi. Pirovardida, arab tili 'Lingua Franca' maqomiga ega bo'ldi va arab yozuvlari xattotlik san'ati uchun keng qo'llanildi. Arab tilining ommalashishiga eng asosiy sabab bu Quron karim tili bo'lganligi va so'ngra tijorat, adabiyot hamda diplomatik yo'nalisharda ham keng foydalanganligi bois edi. VIII asrda qog'oz ishlab chiqarish texnologiyasi Xitoydan Buyuk Ipak yo'li bo'ylab Samarqand orqali musulmon davlatlariga olib kelinganida, til qudrati yanada kuchayadi. Ichlab

chiqaruvchi uskunalar va korxonalrni tashkil etilishi bilan arab dunyosida pergament va papirus o'rnini qog'oz egalladi.

Abbosiy xalifaligi tomonidan tashkil etilgan Bog'doddagi islom dunyosining dastlabki akademiyasi 'Bayt al-Hikma' (Hukmatlar uyi) butun dunyo olimlari uchun o'z darvozalarni ochadi. Ilm-fan, falsafa, tibbiyot, tilshunoslik va bacha boshqa sohalarni rag'batlantirgan Abbosiy xalifalar ko'pgina taniqli olimlarni o'z homiyligiga olishadi. Shu zailda Islom tamaddunining eng rivojlangan lahzalari dunyoning yorqin fikirli va o'tkir zehn sohiblarini bir tom ostida birlashtiradi.

Akademiya kutubxonasida Aflotun, Arastu, Ptolomey, Hippokrat, Sushruta, Charaka, Aryabhata, Braxmagupata va shu kabi bir qator yunon, fors, hind va boshqa olimlarining qimmatbaho kitoblari va qo'lyozmalari mavjud bo'lgan. Arab dunyosidagi bunday jo'shqin tarjima harakati davrida nasroniy, musulmon va yahudiy dinlariga mansub bir guruh iqtidorli, mohir tilshunoslar hamjihatlkda muvaffaqiyatli tarjima jarayonini alamga oshirishadi.

'Bayt al-Hikma' akademiyasining asosiy rasmiy, ishchi va tarjima tili arab, hamda ba'zan pahlaviy (forsiy) tillari bo'lgan. Shu sabali ba'zi allomalarning kelib chiqishi va ularga taaluq bo'lgan zamin ham chalkashliklar tug'diradi. Misol tariqasida, Markaziy Osiyo zaminidan chiqqan olimlar o'z asarlarini arab yoki fors tillarida taqdim etganlar. Ular haqidagi ma'lumotlar ba'zi manbalarda arab yoki fors allomalari deb keltiriladi.

Misolga yanada aniqroq yondashsak, Markaziy Osiyolik olim, 'Algebra otasi' nomi bilan mashhur Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) asli Xorazmdan bo'lib, u zamonaviy O'zbekiston hududiga tegishlidir. Hindistonlik olim Aryabhataning raqamlarga oid asari asnosida Al-Xoarazmiy o'zining taniqli 'Zij' astronomik kitobini yozadi, keyinchalik u arabchadan lotin tiliga tarjima qilinadi.

Yana bir etnik jihatidan turkiy qavmlarga mansub taniqli shaxs, Sharq olamida falsafaning asoschisi sifatida tanilgan Abu Nasr Muhammad al-Forobiy (870-950) edi. Alloma bugungi kunda Qozog'iston hududiga tegishli bo'lgan Farab / O'trar vohasidan bo'lgan. Arab tili va ilm-fan o'rta asrda etnik jihatdan bir-biridan farq qiluvchi olimlarni birlashtirdi. Abu Ali ibn Sino (980-1037) yoki G'arb dunyosida 'tabiblar shahzodasi' nomi bilan

R.

ob

tanilgan Avitsenna ham mazkur Akademiyaning eng taniqli va nufuzli olimi bo'lgan. Asli Buxoro zaminidan chiqqan Ibn Sinoning tibbiyot sohasiga qo'shgan hissasi beqiyosdir.

Allomalarimiz haqida so'z borganida, Xorazm (hozirgi O'zbekiston) vohasinning g'ururi, qomusiy olim, iqtidorli tilshunos alloma Abu Rayhon al-Beruniyning (973-1050) ilm dunyosiga qo'shgan hissasini ta'kidlash joizdir. Beruniyning Janubiy va Markaziy Osiyoning ilmiy va madaniy aloqalarini rivojlantirish bobida qo'shgan buyuk mehnatlari mahsuli bugungi kunda ham beqiyosdir. Beruniy o'zining ona tilidan tashqari fors, arab, yunon, ibroniy, lotin va oromiy tillarini yaxshi bilgan. O'tkir zehnli olim Hindistonda bo'lgan chog'larida Sankrit tilini tez orada mahalliy aholidan o'rganib oladi va bu hind asarlarini qunt bilan o'rganishga, tarjimalar va yangi ilmlarni taqdim etishga olib keladi. Shuningdek, hindshunoslik borasida yangi ufqlarlar ochadi.

Markaziy Osiyo nafaqat buyuk allomalari va iqtidori kishilari bilan mashhur, shuningdek zaminimiz millatlarining bir qancha tillarga oid tajribasi ham mavjudir. Buyuk oyin, 'Great Game' atamasi bilan tanilgan zamonlarni esga olasak, ikki qudratli davlat 'buyuk oyinn'ing asosiy oyinchilari: Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyasi Osiyo mintaqasida o'zining g'oya va madaniyatlarini singdirishga muvaffaq bo'lishgan davlarlardir.

Bu ikki buyuk kuchlarning asosiy targ'iboti til, adabiyot, nashrlar va ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirildi. Keyinchalik, yumshoq kuch omillari Janubiy Osiyo uchun Britanyadan ingliz tili bilan birgalikda ta'lim tizimi va Markaziy Osiyo uchun esa Soviet ittifoqidan - rus tili va madaniyati meros bo'lib qoldi.

Aytish joizki, ingliz tili tufayli Hindistonliklar butun dunyoda o'zlarining yuksak ishonchlaridan foydalanmoqdalar va xorijda muvaffaqiyatli diasporalardan biriga aylandilar. Dunyodagi taniqli davlat arboblari obro'li lavozimlarda boshqarib kelayotgan Hindistonliklar, millat nufuzini yuksaltirmoqda. Eng qizig'i, sobiq mustamlakachi davlat Britaniya hukumatini endilikda, nasabi hind Rishi Sunak boshqarayotgani esa alohida ahamiyatga molikdir.

Ayni paytda, Markaziy Osiyo rus tilini sobiq ittifoq respublikalari o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish uchun ko'prik sifatida qadrlaydi, ushbu tildan foydalanishni davom ettirmoqda.

Kuchli tillarning yuksalishi va qulashi odatda kuchlar muvozanatining o'zgarishiga bog'liq bo'ladi. Ikkinchi jahon urushi ham ingliz tili nufuzini yuksaltirishga turkti bo'ldi. Sababi, ikki tilda - ingliz va frantsuz tillarida tuzilgan ' Versal shartnomasi' ingliz tilining diplomatik maqomini oshirdi. Keyinchalik ingliz tilining hukmron bo'lishi uni xalqaro diplomatiyaning 'Lingua Franca'siga aylantirdi. Shubhasiz, manfaatdor kuchlar ingliz tili va madaniyatining boshqa jamiyatlarga ta'sirini kuchaytirish uchun katta sa'y-harakatlarni amalga oshirdilar. Britaniyaliklar tomonidan olib borilayotgan madaniy diplomatiyaning yuksak namunasi natijalaridan biri bu ingliz tilini xorijda ommalashtirish bo'yicha madaniy vositachi -Britaniya Kengashi (British Council) ning tashkil etilishi bo'ldi.

Xulosa.

So'ng so'z o'rnida aytish mumkinki, asrlar davomida birin ketin grek so'gra lotin, arab, fors, turk, ispan, keyinchalik fransuz, rus va endilikda ingliz tillari qit'alar bo'ylab 'Lingua Franca' maqomiga ega bo'lib keyapti.

Muayyan davlat uchun o'z milliy tilining keng ko'lamda muomilada bo'lishi va o'rnatilishi o'sha jamiyat o'rtasida umumiy madaniy o'ziga xoslikni yaratish imkoniyatlarini beradi. Ushbu jarayon milliy tilning qudrati, millat g'ururi va obro'si bilan bog'liqligini namoyon etadi. Tarixdan hukumronlik vositasi sifatida madaniy diplomatiyada mohirlik bilan qo'llanib kelinayotgan, yumshoq kuch omillaridan til va madaniyat targ'iboti, ma'lum bir davlatga ta'sir o'tkazishlikning muhum strategiyalaridan bo'lib qoladi.

Mamlakatning yumshoq (maftunkor) kuchini mahorat ila ishga solgan holda, dunyo bo'ylab o'zining nufuzini targ'ib etib kelayotgan, bir qancha Ovropa va Osiyo mamlakatlari mavjud. Fransiya ittifoqi (Fransiya), Britaniya kengashi (Buyuk Britaniya), Gyote instituti (Germaniya), Servantes (Ispaniya) Konfutsiy (Xitoy) va Hindiston madaniy aloqalar kengashi kabi madaniy institutlar, o'ziga taaluqli milliy til va madaniyatni muntazam targ'ib etib kelmoqdalar. Yumshoq kuchga oid til targ'iboti madaniy diplomatiyada katta salohiyat va imkoniyatlar eshigini ochadi va

R.

o#

davlatning milliy manfaatlarini ta'minlash yo'lida muhim vositasi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Khodjayeva, N. (2021). The issues of stylistics on translation of historical costumes. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 534-543.

2. Akhmedova, D. R., Ishchenko, I. V., Tillashaykhova, M. K., Navruzova, R. S., & Yuldashev, A. O. (2021). FEATURES OF FOOD, CONTENT OF MICROELEMENTS IN FOOD AND ENVIRONMENT IN FAMILIES LIVING IN UZBEKISTAN. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 13120-13123.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.