Научная статья на тему 'HINDISTON YUMSHOQ (MAFTUNKOR) KUCHINING IMKONIYATLARI: NODAVLAT ISHTIROKCHILARNING AHAMIYATI'

HINDISTON YUMSHOQ (MAFTUNKOR) KUCHINING IMKONIYATLARI: NODAVLAT ISHTIROKCHILARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
84
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yumshoq kuch / hind diasporasi / nodavlat ishtirokchilar / inson omillari / mamlakat salohiyati. / soft power / Indian diaspora / non-state driven actors / human factors / country’s potential.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Xodjayeva, Dildora Muxamedxodjayevna

Mazkur maqola Hindiston “yumshoq kuchi” salohiyati borasida umuniy tushunchalarni tahlil qiladi. Davlat tomonidan boshqariladigan va nodavlat ishtirokchilar tarafidan amalga oshiriladigan yumshoq kuch manbailari o'rtasidagi farqni izohlaydi. Maqolada Hindistonning yumshoq kuchi/joziba manbalari va hind diasporasining dunyo miqyosdagi ijobiy rolini yuksalishi bilan bog'liq asoslar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INDIA'S SOFT POWER CAPABILITIES: THE IMPORTANCE OF NON-STATE PARTICIPANTS

The current article is modest attempt to discuss India’s Soft Power potential. It makes distinction between state-driven and non-state driven soft powers. This paper deals with India’s soft power resources and increasing positive role of the largest diaspora in the world.

Текст научной работы на тему «HINDISTON YUMSHOQ (MAFTUNKOR) KUCHINING IMKONIYATLARI: NODAVLAT ISHTIROKCHILARNING AHAMIYATI»

HINDISTON YUMSHOQ (MAFTUNKOR) KUCHINING IMKONIYATLARI: NODAVLAT ISHTIROKCHILARNING AHAMIYATI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7398394

Xodjayeva Dildora Muxamedxodjayevna

Siyosiy fanlar doktori Jawaharlal Nehru Universiteti (PhD) Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti O'zbek-Hind turizm uyushmasi raisi dil .khodj aeva@gmail .com

ABSTRACT

The current article is modest attempt to discuss India's Soft Power potential. It makes distinction between state-driven and non-state driven soft powers. This paper deals with India's soft power resources and increasing positive role of the largest diaspora in the world.

Keyword: soft power, Indian diaspora, non-state driven actors, human factors, country's potential.

ANNOTASIYA

Mazkur maqola Hindiston "yumshoq kuchi" salohiyati borasida umuniy tushunchalarni tahlil qiladi. Davlat tomonidan boshqariladigan va nodavlat ishtirokchilar tarafidan amalga oshiriladigan yumshoq kuch manbailari o'rtasidagi farqni izohlaydi. Maqolada Hindistonning yumshoq kuchi/joziba manbalari va hind diasporasining dunyo miqyosdagi ijobiy rolini yuksalishi bilan bog'liq asoslar keltirilgan.

Kalit so'zlar: yumshoq kuch, hind diasporasi, nodavlat ishtirokchilar, inson omillari, mamlakat salohiyati.

Madaniyat, tamaddun, adabiyot, falsafa, global institutlar ishtiroki, diplomatiya, siyosiy tashkilotlar va mamlakat salohiyati kabi nomoddiy ko'rsatkichlarga asoslangan yumshoq kuch - yuqori mavqe va ta'sirga intilayotgan davlatlar uchun globallashuv jarayonida muhim omillardan biriga aylandi.

Yumshoq kuch tushunchasi dunyo miqyosida deyarli 30 yildan beri ko'plab munozara va muhokamalar mavzusiga aylangan bo'lsada, O'zbekistonda son'ggi 5 yil mobaynida ommalashib kelmoqda. Shu asnoda 2022 yilning iyun oyida O'zbekiston tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida "yumshoq kuch" boshqarmasi tashkil etildi. Aytish

553

joizki, Markaziy Osiyoning, yuragi, muhim madaniy maftunkorligi mujassamlashgan mamlakat - O'zbekiston ham o'z navbatida yumshoq kuch salohiyatini ishga solish jarayonida tarixan o'xshash Hindiston kabi mamlakatlar tajribasiga tayanishi ayni muddaodir.

Mazkur maqola muallifning ilmiy izlanishlari, shaxsiy tajribasi, tashqi siyosat olamidagi amaliyotchilar bilan o'tkazgan keng qamrovli savol-javoblari va sohaga oid adabiyotlarga tayanilgan holda yoritiladi.

Yumshoq kuch tushunchasi bilan tanish bo'lmagan o'quvchi uchun qisqacha izoh berilsa, bu belgilan maqsadga erishish uchun majburlash yo'li bilan emas, balki jalb qilish, maftun etish yoki ishontirish orqali xalqaro maydonda (davlatlar, muassasalar, jamoalar va boshqalar) turli xil afzalliklari va xatti-harakatlariga ta'sir o'tkazish qobiliyatidir. Mazkur tushuncha AQShlik siyosatshunos prof. Jozef Nay (2004) tomonidan ilgari surilgan bo'lib, muayyan vaqt talab etuvchi va yillar davomida maqsad sari eltuvchi usuldir. Yumshoq kuchning muvaffaqiyati ko'p jihatdan davlatning xalqaro hamjamiyatdagi nufuziga, shuningdek, davlatlar o'rtasidagi axborot oqimiga bog'liqdir. Muayyan yumshoq kuchli, jalb etish qudratiga ega davlat, boshqa mamlakatlar madaniyatini rivojlanishida ilxomlantirishga qodirligi hisobidan qattiq kuchlar oldini olish imkoni yaratadi.

Madaniyatlararo muloqotdagi yangi tamoillar mamlakat boshqaruvidagi an'anaviy qarashlarning keskin o'zgarishiga sabab bo'ldi. Rivojlanayotgan mamlakatlar miqyosida xalqaro munosabatlarning jadallashuvi va markaziy boshqaruvning raqamlashtirish bosqichiga o'tishi negizida muloqotning turfa xilligi vujudga keldi. "Axborot asri"ga muvofiq hukumat boshqaruvi bilan bir safda nodavlat ishtirokchilarning ham yondashuvini vujudga keltirdi. Mazkur maqola yumshoq kuch imkoniyatlari tadbig' etilganda, har ikki tomon, ya'ni davlat tarafidan hamda nodavlat ishtirokchilarning ahamiyati va hamkorligi mamlakat ravnaqiga munosib hissa qo'shishini muhokama qiladi.

Hindistonning yumshoq/maftunkor kuch manbalari: davlat ishtiroki

Mamlakatning tamaddun o'choqlari va o'ziga xos qadim madaniyat o'zagida zamonaviy yumshoq kuch manbai mujassamdir. Yumshoq kuch omillari haqida so'z ketganda, tarixdan Hindiston ulkan salohiyatga ega ildizlari chuqur bir daraxt misolidir. Hindiston tashqi siyosatida jozibador madaniy diplomatiyaning turli jihatdan qo'llanishi, ya'ni an'anaviy va zamonaviy madaniyati, ichki siyosiy qadriyatlari va mamlakat iqtisodiyotidagi ko'rinishi bir ulkan mavzu tahlilini talab etadi.

R 0 #

Qadimdan bu mamlakat turli dinga mansub, xususan yahudiy, pars, nasroniy va musulmonlar uchun boshpana vazifasini o'tagan. Sababi Hind falsafasi zaminida Vasudhaiva Kutumbakam, ya'ni "dunyo yagona bir oila" tushunchasi mamlakatning ajralmas merosiga aylanib qolgan, bu esa uning xorijdagi nufuzini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Janubiy Osiyoning eng yirik davlati va yumshoq kuchning mintaqaviy g'olibi sifatida Hindiston xalqaro maydonda etakchi ishtirokchiga aylanishida asosan madaniyati, Yoga va Ayurveda, turli festivallar, ta'lim, Bollivud, sayohat va tibbiy turizm, milliy oshxonasi, shuningdek, mashhur hind diasporasi ta'siri katta hissa qo'shib kelmoqda. Hindiston madaniy qadriyatlarini xorijda namoyish etishida va mamlakat nufuzini yuksalishida davlat tomonidan boshqariladigan bir qancha idora va mussasalar mavjud. Dunyo bo'ylab 37ta xorijiy markazlariga ega bo'lgan, Hindiston madaniy aloqalar kengashi (ICCR) 1950-yildan buyon Hindistonning madaniy diplomatiya targ'iboti bilan muntazam shug'ullanib kelmoqda. Hukumatning xalqaro maydondagi tashqi aloqalariga qaratilgan "yaxshi qo'shnichilik", "Sharqqa nazar", "Markaziy Osiyoga bog'lanish" kabi siyosatlari zaminida yumshoq kuch omillari qo'llanilib kelinmoqda. Shungdek, Hindiston Tashqi ishlar vazirligi qoshida xalq diplomatiyasiga oid targ'ibot ishlarga ma'sul bo'limi ham mavjud.

Mamlakatda YuNESKOning umumjahon moddiy va nomoddiy madaniy merosi ro'yhatiga kiritilgan boyliklari talayligina. Xususan, so'nggi 20 yildan beri turizmni rivojlantirish va Hindistonning boy madaniyati, tarixi va jozibali sayyohlik maskanlarini namoyish etish maqsadida "Ajoyib Hindiston" xalqaro turizm tashabbusi Hindiston turizm vazirligi tomonidan targ'ib etilib kelinmoqda.

Davlat tomonidan boshqariladigan yumshoq kuch manbalaridan yana biri, bu Hindistonning ulkan salohiyatga ega texnologik yutuqlari va kosmik diplomatiyadagi ustunligidir. AQSh va Yevropa kabi Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) ham rivojlanayotgan mamlakatlar uchun sun'iy yo'ldoshdan NAVIC mintaqaviy joylashishni aniqlash tizimi, kosmik manbalar, ma'lumotlar va vositalardan foydalanish imkoniyatini yaratdi. Natijada, Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik uyushmasiga (SAARC) a'zo Afg'oniston, Bangladesh, Butan, Maldiv, Nepal, Pokiston va Shri Lanka kabi davlatlar bilan Hindiston munosabatlari yanada yaqinlashishga zamin bo'ldi. Shuningdek, "Raqamli Hindiston" (Digital India) va "Bharatnet" kabi hukumat tashabbuslari Hindistonning sun'iy yo'ldosh bozoridagi kompaniyalar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Hind diasporasi: samarali nodavlat yumshoq kuch ishtirokchilari

Odatda chinakam yumshoq kuch tashabbuslari asosan nodavlat ishtirokchilar tomonidan amalga oshiriladi. Inson omillari, hususan nodavlat tashkilot, muassasa va uyushmalar tomonidan targ'ib etilagan jozibali/yumshoq kuchining avzalliklari beqiyosdir. Ular bir vaqtning o'zida islohotlar samaradorligini o'lchash va tahlil qilish bilan birga aniq natijalarni ta'minlash uchun yumshoq kuchni targ'ib qilish salohiyatiga egahamdir.

Bir qator tahlil markazlari, nodavlat va notijorat tashkilotlar, jumladan birgina Hindiston Kriketni nazorat qilish kengashi (BCCI) va Bollivud mavjudligining o'zi yumshoq kuchning muhim qurilmalaridan sanaladi. Shu o'rinda sobiq ittifoq davlatlari, ayniqsa Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Bollivud kinolarini va hind seriallarini sevib tamosha qilishlari hech kimga sir emas.

Joziba, o'ziga jalb qilish manbasiga aylangan Bollivud sanoati Hindistonning yagona jamoaviy kuchi - xorijdagi diasporasi uchun katta ahamiyatga ega. Bollivud nafaqat Janubiy Osiyo diasporasi orasida, balki Yaqin Sharq, Afrikaning ba'zi qismlari va hatto Lotin Amerikasigacha mashhurlikka erishgan. Deyarli, songgi 25 yil mobaynida Bollivud kinosanoati mahsulotlari ham xorijlik diaspora hayoti bilan bog'liq sahna ko'rinishlarini namoish etib kelmoqda.

Aytish joizki, Hindiston hukumati siyosatiga ta'sir ko'rsatishda Hind millatiga mansub kishilarning o'zlari istiqomat qilayotgan mamlakatdagi nufuzi va tutgan o'rni bag'oyat muhimdir. Chunki diaspora millat g'ururining ramzi va o'z mamlakatini xalqaro miqyosda namoyish etish kuchiga ega.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Xalqaro Migratsiya 2020" (2020) hisobotiga ko'ra, Hindiston dunyodagi eng ko'p diasporaga ega davlat hisoblanib, 18 million migrant asosan Fors ko'rfazi arab mamlakatlari and AQShda yashaydi. Qo'yida Hindistonlik diasporaning asosiy qismi istoqomat qiladigan 10 ta davlat keltirilgan (1-diagramma). Xorijdagi hind diasporasinig to'rtdan bir qismi, ya'ni 3,420,000 hindlar Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) istiqomat qiladi. BAAdan keyingi o'rinda Saudiya Arabistoni (2,594,947), AQSh (1,280,000), Quvayt (1,029,861), Ummon (779,351), Qatar (756,062), Nepal (500,000), Buyuk Britaniya. (351,000), Singapur (350,000) va Bahrayn (323,292) davlatlaridir.

R

XORIJDAGI HINDISTONLIKLAR: ASOSIY 1 OTA MAMLAKATDA

BAA

SAUDIYA ABBISTONI

2594947

3420000

AQSH 12801

QUVAYT 1029861

UMMON 779351

QATAR 756062

NEPAL ^mm 500000

1280000

BUYUK BRITANIYA ^m 351000 SINGAPUR ^m 350000 BAHRAYN ^m 323292

,0 1000000,0 2000000,0 3000000,0 4000000,0

1-diagramma: Manba: Hindiston tashqi ishlar vazirligi

Ma'lumki, Hindiston zaminining bir qancha muvaffaqiyatga erishgan diaspora vakillari dunyodagi eng kuchli kompaniyalarini boshqarib kelishmoqda. Quyida Hind diyorinig g'ururiga aylangan va mamlakat nufuzini yuksaltirib kelayotgan shaxslar, dunyoning obro'li kompaniyalarini boshqarayotgan (CEO) Hindistonliklar nominlarini keltirib o'tsak:

1. Satya Nadella, Microsoft;

2. Sundar Pichai, Google va Alfabet Inc.;

3. Parag Agrval, Twitter;

4. Lina Nair, Chanel;

5. Shantanu Narayen, Adobe Inc.;

6. Arvind Krishna, IBM;

7. Sanjay Mehrotra, Micron Technology;

8. Nikesh Arora, Palo Alto Networs;

9. Jayshree Ullal, Arista Networks;

10. Amrapali Gan, Only Fans;

11. Ajaypal Singh Banga, MasterCard;

12. Indra Nuyi, PepsiCo;

13. Laxman Narasimhan, Starbucks;

14. Sanjay Jha, GlobalFoundries va Motorola;

15. Rajeev Suri, Nokia;

16. George Kurian, NetApp;

17. Revathi Advaithi, Flex;

18. Francisco D'Souza, Cognizant;

19. Dinesh Palival, Harman International;

20. Ashok Vermuri, Xerox Corporation, Conduent Inc.;

21. Anj ali Sud, Vimeo ;

22. Rangarajan Raghuram, VMware.

Umuman olganda, bosh direktor (CEO) zimmasida muayyan tashkilotning kundalik nazorati, strategik rejalashtirish va muhim qarorlar qabul qilishdek ma'suliyat yotadi. Jahondagi yirik kompaniyalarning bosh direktorlari ro'yxatida asli hind millatiga mansub kishilarning borligi, Hindiston va uning aholisi uchun g'urur hissini uyg'otadi. Ahamiyatlisi, yuqorida keltirilgan shaxslar axborot texnologiya va bizness olamining mashhur kompaniyari rahbarlaridir. Shuningdek, xalqaro maydonda ilm-fan rivojiga hissa qo'shib va muvaffaqiyatga erishib kelayotgan, hind millatiga mansub ko'pgina olimlarni ham uchratamiz. Xususan, Srikant Datar (Harvard biznes maktabi dekani), Abhijit Vinayak Banerji (MITda iqtisod bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori, sobiq Jawaharlal Nehru Universiteti magistri), Venkatraman Ramakrishnan (kimyo bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori - 2009) va hokazo.

Omadli diaspora vakillarining ishtiroki natijasida vatandagi yurtdoshlar bilan samarali aloqalar yuzaga keladi va bu professional tarmoqlarga kirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Pirovardida, diaspora Hindiston rivojlanish loyihalariga to'g'ridan-to'g'ri moliyaviy va intellektual hissa qo'shish imkoniyatini yaratadi. Eng muhimi, diaspora mamlakatlar o'rtasidagi muntazam ko'prik vazifasini o'taydi.

Hindiston diasporasi uch xil toifaga mansub: norezident hindlar (NRI), hind millatiga mansub shaxslar (PIO) va xorijdagi Hindiston vatandoshlari (OCI). Hind diaspora bilan aloqalarini mustahkamlash strategiyasi yo'lida Hindiston hukumati tomonidan bir qancha loyihalar joriy etilgan. Chumladan, xorijdagi hind diasporasini vatan bilan muloqotini ta'minlash, ularning bilim, tajriba va ko'nikmalari uchun umumiy platforma tashkil etish maqsadida 2003-yil Pravasi Bharatiya Divas (PBD) ya'ni Hindiston norezidentlar kuni Konventsiyasi ishlab chiqildi. Unga ko'ra Pravasi Bharatiya Samman (Hindiston norezident va xorijdagi vatandoshlari) mukofoti ta'sis etildi. Mazkur platforma dunyoning turli burchaklarida istiqomat qiluvchi xorijdagi hind jamiyatlari o'rtasida aloqa o'rnatishda juda foydali bo'lib, ularga turli sohalarda o'z tajribalarini almashish imkonini berib kelmoqda. Diaspora bilan hamkorlik qilish bo'yicha tashabbuslardan biri bu "Know India Programme", ya'ni Hindistonni biling dasturidir, unga ko'ra hind millatiga mansub avlodni (18-30 yosh) hind ildizlari va

zamonaviy Hindistonga oid ma'luotlar bilan tanishtiriladi. Shuningdek, Hindiston hukumati Hind diaspora bolalari uchun maxsus grantlar (SPDC) ham ajratgan.

Har bir davlatning o'ziga xos maftunkor madaniyati yoki ta'sir kuchiga ega avzalliklari mavjud, ayni shunday jalb qilishlik qobiliyati yumshoq kuch tushunchasiga to'g'ri keladi.

Bugungi kunda jahon sahnasida o'zining noyob, tarixiy yumshoq kuch ustunligi bilan Hindiston qo'lga kiritishi kerak bo'lgan ajoyib etakchilik imkoniyati mavjud. Boisi, Hindiston buyuk millat sifatida demokratiyaning kuchi va barqarorligi, qonun ustuvorligi hamda din, til, madaniyat, iqlim, tarix, geografiya nuqtayi nazaridan o'z aholisining hayratlanarli xilmaxilligi bilan ajralib turadi. Betakror madaniyati va siyosiy qadriyatlari targ'iboti bilan shug'ullanuvchi xorijdagi Hisdiston elchixonalari va hukumatnig maxsus madaniy markazlari mamlakat nufuzini oshirib kelmoqda. Mazkur maqola, butun dunyo bo'ylab tarqalgan Hind millatiga mansub jamoa, muvaffaqiyatga erishgan diasporaning xaqiqiy ma'nodagi yumshoq kuchga aylanganligini tahlil qildi. Diaspora nafaqat madaniyat targ'ibotchisi, balki ba'zida tashqi siyosat maqsadlarni ilgari surishga ham hissa qo'shuvchi samarali yumshoq kuch vositasidir. Shunigdek, Hindiston uchun diaspora sarmoyalarni osonlashtirish va ko'paytirish, sanoat taraqqiyotini tezlashtirish, xalqaro savdo va turizmni rivojlantirish uchun muhim omil sifatida ham xizmat qiladi. REFERENCES

1. Nye, Joseph S., Jr. (2004). Soft Power: The Means to Success in World Politics. PublicAffairs Books.

2. International Migration 2020 Highlights. (2020). Department of Economic and Social Affairs Population Division, New York, United Nations Publication. Available at:

https: //www.un. org/development/desa/pd/sites/www.un.org. development.desa. pd/file s/undesa pd 2020 international migration highlights.pdf

3. Available at:

https: //www.un. org/development/desa/pd/sites/www.un.org. development.desa. pd/file s/undesa pd 2020 international migration highlights.pdf

4. Population of Overseas Indians (2020), Available at https://mea.gov.in/images/attach/NRIs-and-PIOs 1 .pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.