Научная статья на тему 'MADANIY DIPLOMATIYA RIVOJINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI'

MADANIY DIPLOMATIYA RIVOJINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston diplomatiyasi / Madaniy diplomatiya / Diplomacy of Uzbekistan / Cultural Diplomacy

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Pulatova, S.A.

O‘zbekiston diplomatiyasi chuqur tarixiy ildizlariga ega bo’lib, qadimdan madaniy diplomatiyaning ilk ko‘rinishlari shakllangan. Hozirgi global dunyoda madaniyat nafaqat o‘z mamlakati hududi doirasida, balki uning tashqarisida ham jamiyatga ta'sir ko‘rsatishning samarali vositasiga aylangan. Madaniy diplomatiya madaniyat (ilm-fan, ta'lim, sport va h.k.) yordamida siyosiy va iqtisodiy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. O‘zbekiston diplomatiyasida madaniy omilning roli ayniqsa so‘nggi yillarda sezilarli darajada oshdi va bu uning xalqaro imijini, uning dunyo siyosiy tizimidagi o‘rni va rolini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF CULTURAL DIPLOMACY

Uzbek diplomacy has deep historical roots, and the first manifestations of cultural diplomacy have been formed since ancient times. In today's global world, culture has become an effective means of influencing society not only within the territory of its own country, but also beyond it. Cultural diplomacy provides an opportunity to solve political and economic problems with the help of culture (science, education, sports, etc.). The role of the cultural factor in Uzbekistan's diplomacy has increased significantly, especially in recent years, and this serves to further strengthen its international image, its place and role in the world political system.

Текст научной работы на тему «MADANIY DIPLOMATIYA RIVOJINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI»

MADANIY DIPLOMATIYA RIVOJINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.14510493

Pulatova S.A.

Alfraganus universiteti "Xalqaro munosabatlar va tarix" kafedrasi professori

tarix fanlari nomzodi

Annotasiya: O 'zbekiston diplomatiyasi chuqur tarixiy ildizlariga ega bo 'lib, qadimdan madaniy diplomatiyaning ilk ko'rinishlari shakllangan. Hozirgi global dunyoda madaniyat nafaqat o 'z mamlakati hududi doirasida, balki uning tashqarisida ham jamiyatga ta'sir ko'rsatishning samarali vositasiga aylangan. Madaniy diplomatiya madaniyat (ilm-fan, ta'lim, sport va h.k.) yordamida siyosiy va iqtisodiy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. O'zbekiston diplomatiyasida madaniy omilning roli ayniqsa so 'nggi yillarda sezilarli darajada oshdi va bu uning xalqaro imijini, uning dunyo siyosiy tizimidagi o 'rni va rolini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Milliy davlatchiligimiz qadimiy va boy tarixga ega. O'zbekiston diplomatiyasi ham o'zining chuqur tarixiy ildizlariga ega1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev ta'kidlaganidek, «Qadimdan mamlakatimiz hududida diplomatiya an'analari shakllangan, ajdodlarimiz yaqin va uzoq xorij bilan do'stlik va hamkorlikda yashashga intilganlar»2. Ko'p asrlar davomida O'zbekiston hududi Sharqni G'arb bilan Buyuk Ipak Yo'li orqali bog'laydigan ko'prik bo'lib xizmat qilgan. Ushbu yo'l orqali uzoq o'lkalar va xalqlar bilan iqtisodiy aloqalar bilan bir qatorda faol madaniy aloqalar olib borilgani ham tarixdan ma'lum. Aytish mumkinki, o'sha davrlarda ham ajdodlarimiz yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklar dunyoga ma'lum va mashhur bo'lib, ularga ehtiyoj doim yuqori bo'lgan va bu sharoitda asta -sekin diplomatik munosabatlarning boshqa murakkab shakllari, jumladan, madaniy diplomatiyaning ilk ko'rinishlari shakllangan.

Hozirgi global dunyoda faol integrasion jarayonlar, davlatlar va xalqlar o'rtasidagi aloqalar madaniy ta'sirlarni va madaniy aloqalarni behad faollashtirib yubordi. Mazkur tendensiya madaniy o'ziga xoslik - identiklik va bir madaniyat ustidan ikkinchisining gegemonligi o'rnatish xavfini kuchaytirdi.

1 Y36eKHCTOH TapnxH. 6-^H^g. Y36eKHCTOH gun^OMaraHCH Tapnxn. (K^agHMra gaBp^apgaH xo3Hpra KyHrana). -TomKeHT, 2022. - E. 3.

2 O'sha joyda.

o

Mazkur sharoitda madaniyat nafaqat o'z mamlakati hududi doirasida, balki uning tashqarisida ham jamiyatga ta'sir ko'rsatishning samarali vositasiga aylandi. Davlatning amalga oshirayotgan madaniy siyosati, xalqaro maydonda shakllangan imijiga globallashgan olamda uning musobaqabardoshligi bog'liq. Shuning uchun ham madaniy diplomatiyaning zamonaviy xalqaro munosabatlardagi o'rni borgan sari ortib bormoqda. Shuningdek, mafkuraviy ta'sir va undan himoyalanish muammosi ham dolzarb va o'tkirdir.

Aslida Madaniy diplomatiya tushunchasi keng ma'noli bo'lib, turlicha talqin-larga egadir. Madaniy diplomatiyaga berilgan ta'riflar ichida ilmiy adabiyotlarda eng keng tarqalganlaridan biri quyidagichadir: "Madaniy diplomatiya - davlat tashqi siyosatining asosiy maqsadlariga erishish ob 'ekti va vositasi sifatida madaniyatdan foydalanish, mamlakatning maqbul imijini yaratish va rivojlantirish, uning o 'z xalqi madaniyati va tilini ommalashtirish kabilarni o 'z ichiga olgan diplomatik faoliyat sohasidir

Shunday ekan, madaniy diplomatiyani avvalo xalqlar o'rtasida tinchlik va birdamlik o'rnatish maqsadida boshqa mamlakatlarga madaniy qadriyatlarni uzatish imkoniyatiga ega ijtimoiy institut sifatida tushunish mumkin. Shu bilan birga, madaniy diplomatiya madaniyatdan davlatning xalqaro hamkorlikda ko'zlangan asosiy maqsadlariga erishish ob'ekti va vositasi sifatida foydalanish bilan bog'liq bo'lgan diplomatik faoliyat turi sifatida ham qaraladi4.

Madaniy diplomatiyaning vazifalari quyidagi yo'nalishlarni qamraydi:

1) xorijiy davlatlardagi keng jamoatchilikni o'z mamlakat madaniyati bilan tanishtirish;

2) mamlakatning salohiyati va obro'sini oshirish hamda tegishli sohalarda, jumladan, iqtisodiyot va siyosat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida madaniy almashinuv va boshqa madaniy loyihalardan foydalanish;

3) mamlakat jamoatchiligini boshqa davlatlarning madaniy merosi bilan tanishtirish;

4) ilm-fan sohasida ilmiy almashinuv va hamkorlikni rivojlantirish barobarida xalqaro standartlarga mos keladigan yuqori ilmiy va texnologik darajani saqlab qolish;

5) sport, turizm sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

6) chet ellarda o'z davlat tili mavqeini mustahkamlash;

7) xorijdagi vatandoshlarga madaniy xizmat ko'rsatish.

3 Vasilenko Ye.V.Kulturnaya diplomatiya kak instrument myagkoy silbi gosudarstva.

https://cyberleninka.ru/article/n/kulturnaya-diplomatiya-kak-instrument-myaRkoy-sily-Rosudarstva/viewer;

4 Kulturnaya diplomatiya. Material iz Vikipedii. 2018. 26 08. https://ru.wikipedia.org/wiki

Ta'kidlanganidek, madaniy diplomatiya turlicha talqin etiladi. U boshqa davlatlarda tinchlik va o'zaro hamjihatlik g'oyalarini ommalashtirish maqsadida madaniy qadriyatlarini uzatish imkoniyatiga ega bo'lgan ijtimoiy institut va davlatning tashqi siyosiy faoliyatining asosiy maqsadlariga erishishida madaniyatdan ob'ekt va vosita sifatida foydalanadigan diplomatik faoliyat sohasi, shu bilan birga, mamlakatning ma'qul obrazini yaratish, uning o'z xalqlari madaniyati va tilini targ'ib qilish hamda madaniyat (shu jumladan, ilm-fan, ta'lim, sport va h.k.) sohasidagi hamkorlik bo'lib, bu ayni vaqtda nogumanitar (ya'ni siyosiy va iqtisodiy) maqsadlarga erishishga ham xizmat qiladi.

Madaniy diplomatiya madaniyat (ilm-fan, ta'lim, sport va h.k.) yordamida siyosiy va iqtisodiy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. Masalan, elchixonalar tomonida madaniy tadbirlarning (ko'rgazmalar, filmlar namoyishi, konsertlarning) amalga oshirilishi bir tomondan, mamlakat imijining tanilishiga va ikkinchi tomondan, turistlar oqimini kuchayishida namoyon bo'ladi. Xalqaro munosabatlar amaliyotida biror bir madaniy (yoki sport) tadbirining o'tkazilishi o'ziga xos birinchi qadam bo'lib, undan so'ng to'laqonli siyosiy muloqotlar boshlanishiga turtki bo'lgan (bu "ping-pong diplomatiyasi" deb nomlangan). Shu kabi tadbirlar madaniy diplomatiya shakllari hisoblanadi.

Ta'kidlash lozimki, madaniy diplomatiya xalq an'analari, dini, tarixi, madaniy o'ziga xosligi haqida chuqur va har tomonlama bilimlarga asoslangandagina samarali bo'lishi mumkin.

So'nggi yillarda madaniy diplomatiyaning ahamiyati ortib bormoqda. Tadqiqotchilar tashqi siyosatni amalga oshirishda ijtimoiy ongning madaniyat, qadriyatlar, din, mentalitet kabi shakllariga katta e'tibor qaratish lozimligini ta'kidlamoqdalar. Aynan shundagina xalqaro diplomatiya xalqaro hamkorlikni intensifikasiyasi va samaradorligini oshishi uchun zarur bazisni yarata oladi.

Shuni ham e'tiborga olmoq kerakki, axborot asri va globalizasiya sharoitida xalqaro munosabatlarda ham, alohida davlatlarning ichki siyosatida ham, madaniyat o'z rivoji uchun tamomila yangi imkoniyatlarga ega bo'ldi. Eng yangi axborot texnologiyalariga ega bo'lgan davlat o'z madaniyatini xorijda keng targ'ib qilishi, ommalashtirishi uchun ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ladi. Shunday qilib, ilm-fan, ta'lim, san'at sohasidagi yutuqlarning ommalashishi madaniy almashinuvni tashqi siyosiy jarayonlardagi ta'sirli vositaga aylantiradi.

Madaniy diplomatiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida xalqlar o'rtasida o'zaro ishonch va hayrixohlik tuyg'ularini mustahkamlashga xizmat qiluvchi madaniy aloqalarining ahamiyati yuqorida qayd etilgan edi. Turizm sohasining rivojlanishi ham aynan shu oliy maqsadga xizmat qilib, uning turfa turlari ichida

(ekologik, gastronomik tibbiy, turizm, bolalar, yoshlar, etnik, madaniy, tarixiy, rekreatsion va boshqa) ziyorat turizmi jadal rivojlanmoqda.

Ma'naviy tarbiya markazlari bo'lib xizmat qilayotgan ziyorat turizmi obektlari istiqlol yillarida obod etildi va oxirgi yetti-sakkiz yildan beri u jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Aytish joizki, barcha viloyatlarimizda joylashgan qadamjolar nafaqat xalqimiz, balki xorijdan ham ziyoratchilarni o'ziga ko'proq jalb etmoqda.

Turizm va Internetning rivojlanishi bilan insonlarni madaniy axborotni olishi va tarqatishi shunga yo'naltirilgan davlat dasturlarini an'anaviy, siyosiy va senzuraviy cheklov, taqiqlarsiz amalga oshirish imkoniyatini berdi. Madaniy diplomatiya paradigmasidagi bu o'zgarishni "tanlanganlarning omma bilan" aloqalarini borgan sari "ko'pchilikni ko'pchilik" bilan aloqasi sifatida belgilash mumkin.

Madaniyatning ijtimoiy barqarorlik, millat ma'naviy salomatligi, iqtisodiy yuksalish va milliy xavfsizlik manbai sifatidagi ahamiyatini e'tirof etish tashqi madaniy siyosat va madaniy diplomatiyani xalqaro munosabatlarda alohida maqomga ega bo'lishini ta'minlaydi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, O'zbekiston diplomatiyasida madaniy omilning roli ayniqsa so'nggi yillarda sezilarli darajada oshdi. O'zbekistonning xalqaro imijini, uning dunyo siyosiy tizimidagi o'rni va rolini yanada mustahkamlashda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy sohalarda ustuvor maqsadlarga erishish yo'lida mamlakatning madaniy sivilizatsion imkoniyatlaridan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratilмовда. Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan madaniy-gumanitar hamkorlik kengaymoqda, milliy madaniyat va ilm-fan yutuqlarini chet elda ommalashtirish yuzasidan faol chora-tadbirlar ko'rilmoqda.

Shuni e'tirof etish kerakki, so'nggi yillarda xalqaro siyosatda islom omilining o'rni yanada ortdi. Islom dunyosida ham madaniy qadriyatlar bilan almashinuv, o'zaro madaniy muloqot, madaniy aloqalar yanada kuchaydi. Mazkur jarayonlarga xalqaro islom tashkilotlarining ta'siri katta bo'ldi. Buni islom sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo'lgan O'zbekiston madaniy diplomatiyasining rivoji misolida ham yaqqol namoyon bo'lmoqda.

Darhaqiqat, O'zbekiston rahbariyatini xalqning madaniy va ma'naviy qadriyatlarini, ma'rifatparvar islom an'analarini tiklash va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati nafaqat O'zbekistonning madaniy merosini asrab-avaylash va targ'ib qilish, balki tinchlik, ma'rifat va bag'rikenglik g'oyalarini mintaqa va xalqaro miqyosda tarqatishga xizmat qilmoqda.

ADABIYOTLAR:

1.Бжезинский З. Выбор: мировое господство или мировое лидерство. M., 2006. 2.Василенко E.B.Kulturnaya diplomatiya kak instrument myagkoy silbi

о

gosudarstva. https://cyberleninka.ru/article/n/kulturnaya-diplomatiya-kak-instrument-myagkoy-sily- gosudarstva/viewer;

3. Культурная дипломатия. Материал из Википедии. 2018. 26 08.

4. Узбекистан тарихи. 6-жилд. Узбекистан дипломатияси тарихи. (Кддимги даврлардан хрзирги кунгача). - Тошкент, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.