Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz
ARTICLE INFO
THE LANGUAGE PROBLEM OF THE NEWSPAPER
"MA'RIFAT" 1Allamuratov N.E. 2Shamuratova S.
department of Applied Philology of Karakalpak State University,
Docent. PhD.
2Karakalpak Philology and Journalism Faculty, 1st year master's student of the specialty "Publishing and editorial" https://doi.org/10.5281/zenodo.14233607
ABSTRACT
Received: 22th November 2024 Accepted: 27th November 2024 Online: 28th November 2024
KEYWORDS "Ma'rifat" newspaper,
informational genre, analytical genre, communicative, phrase, quotation, compound word.
This scientific work is devoted to the analysis of the genre characteristics and phrases and quotations used in the genres of the newspaper "Ma'rifat". The newspaper publishes journalistic materials in various genres and we can see that each genre widely uses phrases and quotations based on language rules. In this scientific work, the issues of media language were covered on the example of the newspaper "Ma'rifat."
MA'RIFAT GAZETASINING TIL MASALASI 1Allamuratov N.E., 2Shamuratova S.
1QDU. Amaliy filologiya kafedrasi docent v.b. PhD. 2QDU. Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti Noshirlik ishi va muharrirlik yo'nalishi
1-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.14233607
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 22th November 2024 Accepted: 27th November 2024 Online: 28th November 2024
KEYWORDS Ma'rifat gazetasi, axboriy janr, tahliliy janr, kommunikativlik, ibora, sitata, qo'shma so'z.
Ushbu ilmiy ishimiz Ma'rifat gazetasining janrlar xususiyati va janrlarda qo'llanilayotgan ibora va sitatalarni tahlil qilishga bag'ishlanadi. Gazetada turli xil janrlarda jurnalistik materiallar chop etilgan bo'lsa, har bir janr til qoidalaridan kelib chiqib ibora va sitatalardan keng foydalanilganligini ko'rishimiz mumkin. Ushbu ilmiy ishimizda media tili masalalari Ma'rifat gazetasi misolida yoritildi.
Ushbu tadqiqotimiz bugungi davr uchun dolzarb masalalardan biri sanaladi. Chunki bugungi kunda janrlar sintezlashuvi bilan birga tildan foydalanish qoidalari ham birmuncha buzilish holatlari uchrab turadi. Hattoki televidenyada axboriy janrlarda maqollardan foydalanish holati ham ko'zga tashlanmoqda. Qarabsizki bu tildan noto'g'ri foydalanishga yaqqol misol boHladi.
Ma'rifat gazetasi haftasiga 2 marta chiqadigan ma'rifiy va ijtimoiy-siyosiy yo'nalishdagi xalq ziyolilari gazetasi. Muassislari - O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari, O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari markaziy qo'mitasi. Dastlab 1931-yil 4-iyulda "Madaniy inqilob" nomi bilan chiqqan. 1938-yil 25-
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz
yanvardan "O'qituvchilar gazetasi" nomi bilan, 1991-yil iyuldan hozirgi nomda chiqadi. 1941-yil 1-iyuldan 1946-yil 9-martgacha gazeta vaqtincha o'z faoliyatini to'xtatgan. Gazeta ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni, "Ta'lim to'g'risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ko'zda tutilgan masalalarni muntazam yoritib boradi. Gazeta turli rukn va sahifalarda mamlakatimizning bugungi ta'lim tizimi hayotidan hikoya qiladigan mavzularda har xil materiallar e'lon qiladi. Gazetada yosh avlod ongida milliy istiqlol g'oyasini shakllantirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mavzusi bo'yicha "Milliy istiqlol g'oyasi" rukni tashkil etilgan. Ushbu ruknda berib borilayotgan maqolalar ta'lim xodimlari uchun eng zarur uslubiy manba bo'lib xizmat qilmoqda. Gazetaga turli davrlarda A. Xo'jaxonov, B.Xalilov, I.O'ktamov, H.Ko'rikboyev, R.Usmonov, Sh.Maqsudov, A.Dolimov, S.Hakimov va boshqa bosh muharrirlik qilishgan. 1996-yildan bosh muharrir - H.Saidov. Adadi 28 mingga yaqin.
Qoraqalpog'iston ko'lamida jurnalistika sohasida OAV tili va uslubining tadqiq qilinganligini ta'kidlash lozim. Jumladan ushbu sohaga katta hissa qo'shgan tadqiqotchilar: Tamara Masharipova, Zlixa O'razimbetova, Guljahan Seyitnazarova, Amanliq Najimov, Gulnara Qallibekova v.h.
Shulardan Gulnora Qallibekovaning ilmiy ishiga to'xtaladigan bo'lsak, Gulnora Qallibekova o'zining ilmiy ishini sinxron, sistemali-funksional, komponentli, distribiutiv metodlarda yoritib bergan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi, bir so'zning ko'p maHnolarda qo'llanilishi, so'z yasovchi qo'shimchalar orqali yasalgan so'zlar, tilimizga kirib kelayotgan chet el so'zlari qo'llanilishi v.h.
Til kishilar o'rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo'lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy manfaatlarga xizmat qiladi. Tilning paydo bo'lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bogHliq ekan, inson kamoloti haqida fikr yurituvchi barcha fanlarning o'rganish manbai tilga aloqador hisoblanadi. Tilning tabiati, mohiyati kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasi, strukturasi va bu strukturani tashkil etgan elementlarning o'zaro munosabati, uning ichki mexanizmi, ishlash prinsiplari kabi muhim masalalarni ilmiy o'rganishni, tilni har taraflama tadqiq qilishni talab qiladi. Til kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani, insonning tabiatda, jamiyatda tutgan o'rnini, jamiyat taraqqiyoti yo'llarini bilish, o'rganish mumkin emas. Tilshunoslik fanining asosiy muammolaridan biri tilning ushbu fanning predmeti sifatidagi ta'rifidir. Ma'lumki, tabiiy inson tili faqat tilshunoslikda emas, balki yana bir qator fanlar tomonidan o'rganiladigan murakkab obyekt bo'lib, har bir fanning tilga bergan ta'rifi ham turlicha bo'lishi mumkin. Hattoki, tilshunoslik fanining o'zida ham tilning yagona ta'rifi yo'q.
Tilning taHrifi masalasi tilshunoslik fani tarixidagi eng muhim masalalardan biri bo'lib, fan tarixida turlicha talqin qilingan va hozirgi kunda ham turli ilmiy maktablar va oqimlar orasida keskin bahslarga sabab bo'lmoqda. Darhaqiqat, tilshunoslikda mavjud bo'lgan har bir nazariya, avvalo tilni qanday tushunishga asoslanadi. Tilni qanday tushunishning til haqidagi nazariyani yaratishda ahamiyati katta. Matbuotda ta'sirchanlikni oshirish maqsadida, metafora, metanimiya, frazeologiya, sitatalardan keng foydalaniladi. Misol tariqasida "Ma'rifat" gazetasidagi turli ruknlarda berilgan maqola, lavha janrlaridagi fraza va sitatalarni keltirib o'tamiz.
é
Ws,
1. Dilshodbek Rahmatullayevning "Uyg'ongan haqiqat" maqolasida: a) Eog'zi tikilgan tarixE frazeologiyasi. b) Akrom Malikning "Xudodan ajralgan adabiyot o'limga mahkumdir. Adabiyotning o'limi uning o'qilmay qolishidirE sitatasi. s) "Filhaqiqat" qo'shma so'zidan foydalanilgan.
2. Dilnavoz To'xtayevaning "Kimligimizni unutdikmi?" maqolasida:
a) Jaloliddin Rumiyning "Hatto shaxmatdagi piyoda ham, chekinmasdan oxirigacha yursa, vazirga aylanur" sitatasi qo'llanilgan.
3. Sardor To'rayevning "Tilbuzar ham qonunbuzardir" maqolasida: a) Abdulla Qodiriyning "O'zbek tili kambag'al emas, balki o'zbek tilini kambag'al deguvchilarning o'zi kambag'al. Ular o'z nodonliklarini o'z tiliga to'nkamasinlarE sitatasi qo'llaniladi. b) "NavlayE so'zi qo'llaniladi.
4. Mashhura Abdurayimovaning "Adabiyot, bobom va savodsiz sudyalar" maqolasida: a) "Og'zi qiyshiq bo'lsa ham boyning bolasi gapirsin" maqoli; b) Deni Dedroning EOdamlar kitob o'qishdan to'xtasalar, fikrlashdan ham to'xtaydilar" sitatasidan foydalanilgan.
5. Nafisa Qurbonovaning "Nega bugunning haqiqati vaqt o'tib, yolg'onga chiqariladi" maqolasida: a) Napaleon Bonapartning "Dushmanlik ruhida sugEorilgan 4 ta gazeta, minglab qo'shindan ko'ra qudratliroqdir" sitatasi qo'llaniladi.
6. Jahongir Namozovning "Sohil bo'ylab chopayotgan olapar" maqolasida: a) Hikmet Amil O'ztekinning "Kitob o'qishning ta'mini bilganlar biladiki, kitob o'qish dengiz suvini ichishga o'xshaydi. Ichganingiz sari chanqaysiz, chanqaganingiz sari ichasiz", sitatasi qo'llangan. Tadqiqotlarimiz natijasida gazetalarda iboralarga qaraganda sitatalardan ko'proq foydalaniladi degan xulosaga keldik.
OAV tilini tadqiq qilish - ushbu soha nazariyasining eng qiyin masalalaridan biri. OAV tiling xususiyatlarini bir paragrafda berish qiyin, shuning uchun ham bu masalaga yuqori darajadagi nazariy kategoriya sifatida qaraladi. Ommaviy axborot vositalarisiz jamiyat paydo bo'lishi ham, qoliplashishi ham qiyin vazifa. Til-belgilar, sistemasi, fikrlash va g'oyalarni yetkazish quroli. Shu ma'noda aytganda til insonning sirli yangiligi, ixtirosi hisoblanadi. So'zda juda ko'p ma'no-psixologiya, ong, fikr, munosabat, kommunikatsiya va boshqalar jamlangan.
Tilning umumiy ahamiyati har qanday publitsistik asar faqatgina til orqali yuzaga keladi. Faqatgina uning yordamida asar mazmuni va shakli haqida o'quvchiga yetkazib berish mumkin. Til ko'pgina vazifalarni bajaruvchi hisoblanadi, jumladan ekspressivlik, signifikativlik, kognitivlik, axborot yetkazish, kommunikativlik.
Ammo uning ilk vazifasi kommunikativlikdir, undan keyin esa axborot yetkazish hisoblanadi. Tilning eng katta roli, muallif ismini yashirib, asar yozsada, uning muallifi kim ekanligiga ishora qilishidir. Ya'ni matbuotda o'z ismidan emas, niklar, ya'ni yolg'on ismlardan foydalaniah urfga aylangan. Bu vaziyatda ham muallifning kim ekanligi til orqali yuzaga chiqadi.
MaErifat gazetasi tilini o'rganish natijasida quyidagicha xulosaga kelindi:
1. Axborot oqimi kuchayib borayotgan bir davrda har bir jurnalist OAV tili imkoniyatlaridan samarali foydalana olishi orqali ijtimoiy ongni rivojlantirishga taEsir ko'rsata oladi. OAV tili auditoriyaning intellektual jihatdan rivojlanishiga hissa qo'shadi.
2. Gazetalarda uchrayotgan so'z qo'llash bilan bog'liq xato-kamchiliklar aniqlandi. Sohaga oid terminlar to'g'ri qo'llanilishiga e'tibor qaratish lozim.
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz
3. OAV bugungi kunda tezkor yangiliklar manbasi hisoblanadi. Ular axborotni har xil ko'rinishda (yozma, og'zaki, rasmli, audio, video) yetkazib beradi. Ularning har birining alohida auditoriyasi bo'lganidek, har birining yetkazish tili va uslubi ham o'zgacha. OAV tili funksional uslublarning turli ko'rinishlarini o'zida gavdalantirish natijasida adabiy tilning oynasi bo'lib xizmat qiladi.
4. Gazetadagi so'z birikmalari axborot yetkazish, ta'sir etishni kuchaytiradi, aniqlikni, ixchamlikni ta'minlashga xizmat qiladi.
Frazeologizm va yangi terminlardan foydalanish o'quvchiga ta'sir kuchini orttiradi.
References:
1. Bosma ommaviy axborot vositalarida janrlar va mahorat masalalari. Toshkent. O'zbekiston 2019.
2. Ixtisoslashgan jurnalistika. Toshkent. OEzbekiston 2019.
3. Medialingvistika va tahrir. Toshkent. O'zbekiston 2019.
4. Hozirgi zamon jurnalistikasi. Toshkent. OEzbekiston 2022.
5. Masharipova T. Publitsistika nazariyasining bir butun konsepsiyasi: Ilmiy metodologik tahlil. И Toshkent. Mumtoz so'z. 2016.
6. Qozog'iston jurnalistikasi. Ensiklopediya. Olmaota Ekonomika 2006.
7. Ma'rifat gazetasi. 28.02.24 soni
8. Allamuratov N.E. The formation of legal terms in Karakalpak language: derivation and compound legal terms. Derivational and compound legal terms: International Multidisciplinary Conference Hosted from Manchester. 25th Oct. И England, 2022. - P. 197199. https://conferencea.org
9. Allamuratov N.E. Layers of legal terms in the Karakalpak language. International Journal of Research in Ekonomics and Social Sciences (IJRESS). - India, 2020. - Р. 99-107. (Impact Factor: SJIF-2022. 8.186. № 23).
10. Allamuratov N.E. Assimilated legal terms in the karakalpak language. International Multidisciplinary Scientific Global Conference on Education and Science Hosted Online from Vienna. October 20th. И Austria, 2022. - P. 167-170.
11. Palvanov A., Allamuratov N.E. Some considerations Concerning the Organization of Forensic Linguistic Expertise. Science and Education in Karakalpakstan. И Nukus, 2021. -№2(17). - P. 207-209. (10.00.00 №23).
12. Palvanov A., Allamuratov N.E. Integration in the Practical Fields of Linguistics and Law. Science and Education in Karakalpakstan. - Nukus, 2021. - №2(17). - P. 207-209. (10.00.00 №23).
13. Allamuratov N.E. Корацалпок; тилида компонентли юридик терминларнинг тузилиши. Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 2021. - №6. - Б. 104-108. (10.00.00. №14).
14. Allamuratov N.E. Кора;алпо; тилида компонентли юридик терминларни богловчи воситалар. Ilm sarchashmalari. - Urganch, 2021.- №1. - Б. 133-136. (10.00.00. №3)
15. Ma'rifat gazetasi 06.03.2024. soni.