Научная статья на тему 'MA’NAVIY BARKAMOL YOSHLAR O‘ZBEKISTON BUNYODKORI'

MA’NAVIY BARKAMOL YOSHLAR O‘ZBEKISTON BUNYODKORI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kamolot / ma’naviyma’rifiy va mafkuraviy ong / Inson ichki olami / dinning ta’siri / tinchlik-osoyishtalikka tahdid / tafakkur olami daholari / o‘zbekona hayot tarzi / huquqiy savodxonlik.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Xudoybergonova Anabibi Kurbanbayevna

“Ma’naviy barkamol yoshlar O‘zbekiston bunyodkori” maqolasida avvalo yoshlarimizni ma’naviy barkamol qilib o‘stirishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan qisqacha to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib erta indin jamiyatimizdagi barcha jabhalar: iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-tarbiyaviy, ma’rifiy-madaniy, industrial-qurilish ishlarini qabul qilib olivchi yoshlarimizning o‘z huqiqini muhofaza qila bilishi haqida so‘z yuritiladi. Maqola keng auditoriya uchun mo‘ljallangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY BARKAMOL YOSHLAR O‘ZBEKISTON BUNYODKORI»

MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR O'ZBEKISTON

BUNYODKORI

Xudoybergonova Anabibi Kurbanbayevna

TTA Urganch filiali Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo'limi boshlig'i https://doi.org/10.5281/zenodo.11215682 Annotasiya. "Ma'naviy barkamol yoshlar O'zbekiston bunyodkori" maqolasida avvalo yoshlarimizni ma'naviy barkamol qilib o'stirishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan qisqacha to'xtalib o'tilgan bo'lib erta indinjamiyatimizdagi barchajabhalar: iqtisodiy-ijtimoiy, ma'naviy-tarbiyaviy, ma'rifiy-madaniy, industrial-qurilish ishlarini qabul qilib olivchi yoshlarimizning o'z huqiqini muhofaza qila bilishi haqida so'z yuritiladi. Maqola keng auditoriya uchun mo'ljallangan.

Kalit so'zlar: kamolot, ma'naviy- ma'rifiy va mafkuraviy ong, Inson ichki olami, dinning ta'siri, tinchlik-osoyishtalikka tahdid, tafakkur olami daholari, o 'zbekona hayot tarzi, huquqiy savodxonlik.

Buyuk ajdodlarimiz ma'naviy-ruhiy kamolotga yerishishni, doimo ogoh va hushyor yashashni, Vatan, el-yurt sha'ni, tinchligi uchun hatto jon fido etishni hayotining mazmuni deb bilganlar. Farzandlari va avlodlarini ham ana shu ezgu fikr va amallar ruhida tarbiyalashga intilganlar. Bu an'analar dunyo manzalari kun sayin o'zgarib yoshlar ongi qalbi hamda tinchlik-totuvlikka tahdidlar turi ko'rinishlarda toboro kuchayotgan bugungi davrda yanada dolzarblik kasb etmoqda. Xalqlarni ma'naviy-ma'rifiy mafkuraviy jihatdan tobe qilishga intilishlar ommaviy axborot vositalari, internet kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyalaridan foydalangan holda o'z g'oyalarini targ'ib qilish, turli markazlar, nodavlat tashkilotlar vositasida o'zaro hamkorlikka yo'naltirilgan ijtimoiy madaniy-ma'rifiy, iqtisodiy aloqalar orqali o'z manfatlariga mos mafkuraviy muhitni shakllantirishga urinishlar namoyon bo'lmoqda. Jamiyat hayoti, odamlar ichki olami, ongu tafakkurini ma'lum o'zanga solishda dinning ta'sir kuchi benihoya katta. Afsuski hozirgi zamonda o'zga halqlarning dunyoqarashi to'liq shakllanmagan yoshlarni milliy, diniy va ma'naviy qadryatlarga qarshi qo'yshni, ularni aqidaparastlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan urinishlar bo'lgan va bo'lmoqda.

Dunyoning turli mamlakatlarida ro'y berayotgan muthish hodisalarga uyg'oq ko'z, uyg'oq fikr, teran tafakkur bilan qarash va mantiqiy baholashni bugungi kunga hayotning o'zi taqoza etmoqda. Bu muammolarga mening, bizning dahlimiz yo'q degan tushuncha fikrlar bilan beparvo va loqayt yashash zero mumkin emas. Ayniqsa o'zgaring go'yoki din himoyasi sifatida ko'rsatayotgan aqidaparas kuchlar turli internet saytlarga va ko'plab ijtimoiy tarmoqlar orqali mustaqil fikr va dunyoqarashiga ega bo'magan yoshlar o'z saflariga kelib qo'shilishiga undayotgan bir paytda bu masala yanada dolzarbdir.

Darhaqiqat bugungi kunda musulmon olamida kechayotgan murakkab ijtimoiy siyosiy jarayonlar, yaqin sharq va boshqa hududlardagi qator hududlarda chuqur siyosiy taklif, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik va qurolli to'nashuvlar hamda zo'ravonlik va insoniylikga zid vahshiyliklarga asoslangan amallarga qo'l urayotgan turli guruh va jamoalar urchib kettiki, biz teran mushohada va tafakkur bilan yoshlarimiz ongi va mafkurasini yot g'oyalarga kuchayib berayotgan har bir kishini tashvish va havotirga solmay qo'maydi. Bu tinchlik va osoyishtalikga tahdidki har bir xalq millat ushbu holatdan davlatlarning katta yoki kichikligi, rivojlangan rivojlanmaganligi, dini va

millatidan qatiy nazar, tinchlik osoyishtalik va barqarorlikni nafaqat bugun va aziz ne'mat ekanligini chuqur anglamog'i va ezozlamog'i darkor.

Mamlakatimizdagi hukm surayotgan tinchlik va hamjixatlikga rahna solishi mumkin bo'lgan har qanday taqdid omillaridan jamoatchilik, aholi ayniqsa uoshlarning ogohligini muktaza ravishda oshirib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda zero, yoshlarni barkamol avlod, insonlar etib tartiblash va voyaga yet,agan yosh mafkuralar hurujidan asrash ularni turli g'oyaviy tahdidlarga qarshi tura oladigan, raqobatdosh mafkuralilik ko'nikmalarini shakllantirishda davlatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar siyosatning muhim yo'nalishlaridan hisoblanadi.Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov istiqlolimizning dastlabki kunlaridayoq yoshlar tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi tarzida qat'iy e'tirof etgan edi.Zero har qanday davlat va millat ravnaqi,mamlakat qudrati ulg'ayib kamol topib kelayotgan yoshlarning qanday tarbiya topganligi va tarbiyasi, odob-axloqi,qanday bilim va ko'nikmalarga ega ekanligi bilan ko'p jihatdan bog'liq. Mamlakatimiz yoshlarining 60%i 30 yoshgacha bo'lganlar, 40%ini esa o'smirlar va bolalar tashkil qilishi ham yoshlarga e'tibor va munosabatni yanada rivojlantirishni talab etishini davr talabi deb, bilmoq kerak.

Insoniyat aql va ong nuri bilan sarafroz etilibdiki, bola va farzand tarbiyasi to'g'risida tinimsiz izlandi va shug'ullandi.Tafakkur olamining daholari yaratgan "Qutadg'u bilig"(Yusuf hos Hojib), "Guliston", "Bo'ston"(Sa'diy),"Mahbub ul-Qulub"(A.Navoiy), "Oila"(Abdurauf Fitrat), "Oila"(Rizouddin ibn Faxriddin) kabi bebaho asarlar farzand tarbiyasini muhim qo'llanmasi sifatida asrlar davomida xalqimizga xizmat qilib kelmoqda.Binobarin, bilimsiz va tarbiyasiz inson hayotini, jamiyat taraqqiyotini tasavvur qilib bo'lmaydi.

Oqillar ichra oqil zot Muhammad payg'ambarning muborak hadisi fikrimiz dalilidir: "Hech kimning boshqalardan ustunligi yo'qdir.Sharif va ustunligi faqat fazilati iladir"

Yuqorida keltirilgan mualliflar tarbiya shakllanishida oilaning o'ziga alohida e'tibor qaratganlarki, bu ayni muddaodir.Zero bola ilk tarbiyani oiladan,oilaga xos an'analar,qadriyatlar,urf-odatlardan olish barobarida shakllanib, jamiyat talablarini anglay boshlaydi, his etadi.Aslida ham inson hayotining ma'nosi va bardavomligi oila va farzand bilandir.

Zamonaviy madaniyatni texnikaviy, texnika xukmdorligi, dunyoviy elektron yoki axborot madaniyati deb ataydilar. Bunday munosabat xozirgi madaniyatda fan va texnikaning o'zini muhimligini ko'rsatadi. Zamonaviy yoki yangi fan o'rta asrlardagi fandan tubdan farq qiladi. Agar ilgari fan dunyoni asl holda, unga dahlsiz o'rgangan bo'lsa, endilikda esa fan bilim, yaratish, ixtiro qilish, loyiha tuzish kabi jarayonlarni mujassamlashtirib, inson idroki yordamida hal bo'ldaigan muammolarni texnika yordamida xal qilinmoqda. Bu jarayon "gumanizm" deb nomlangan yangi g'oyani shakllantirib, inson haqidagi yangi dunyoviy fandan kelib chiqqan bo'lib, ilgari "ilohiyat" haqidagi fanni asta-sekin siqib chiqardi. Shu sababdan biz yoshlarimizni tarbiyalashda insonparvarlik g'oyasini quyidagi xususiyatdlariga amal qilgan holda tarbiyalamog'imiz kerak.

1. tabiat qonunlarini tabiatga muvofiq tamoyillarga asoslangan tushuntirishga asoslanish.

2. Insonni muammolar markazi sifatida qarab, insonga tabiatning toji sifatida qarash.

3. Aqliy tafakkur - inson idrok va aql-zakovati orqali atrof muhitni hamda o'z o'zini anglaydi deb hisoblash.

Bugungi kunda sir emaski insoniyat necha asrlik o'z tarixi mobaynida tirnoqlab to'plagan ahloqiy tuyg'ular ham asrimiznnig eng katta fojeasi, inson hayoti va kundalik turmushidan axloq va uyat tushunchalari asta-sekinlik bilan xaydab chiqarilayotir. Natijada jamiyatimizda turli illatlar zino va poraxo'rlik avj oldi.

Bugungi kunda yoshlarimizni ko'proq huquqiy-ma'rifiy sohaga jalb qilmog'imiz joiz. Huquqiy xabardorlik, yoshlarni huquq sohasidagi ijtimoiy faol harakatini demoratik huquqlar erkinliklardan to'la-to'kis foydalanishnnig, o'z majburiyatlarini halol bajarishni ta'minlaydigan muhim shartlardan biridir. Huquqiy xabardorlik qonunni chuqur hurmat qilish hissini tarbiyalash, rivojlangan huquqiy tafakkurni ijtimoiy turmushdagi barcha jarayonlar va xodisalar haqida yaxshi bilgan holda fikr yuritish qobiliyatini shakllantirish uchun zamin bo'lib xizmat qiladi.

Huquqiy xabardorlik ijtimoiy turmushda adolatni qaror toptirish, byurokratizm, korupsiya, ayrim shaxslarning qonunni chetlab o'tishga uzilishlarga barxam berishga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.