Научная статья на тему '“LISON – TAFAKKUR-NUTQ MUNOSABATI” DIALEKTIK BUTUNLIK SIFATIDA'

“LISON – TAFAKKUR-NUTQ MUNOSABATI” DIALEKTIK BUTUNLIK SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
483
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dialektika / dialektik kategoriyalar / dialektika va tilshunoslik umumiylik / alohidalik / xususiylik.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Madina Ilhom Qizi Ro‘ziyeva

Mazkur maqolada substansial tilshunoslikning bosh mavzusi bo‘lgan lison-tafakkur –nutq munosabatining dialektik butunlik sifatida o‘rganilishi haqida atroflicha fikrlar bildirilgan. Misollar orqali tushuntirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“LISON – TAFAKKUR-NUTQ MUNOSABATI” DIALEKTIK BUTUNLIK SIFATIDA»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

"LISON - TAFAKKUR-NUTQ MUNOSABATI" DIALEKTIK BUTUNLIK

SIFATIDA

Madina Ilhom qizi Ro'ziyeva

Buxoro davlat universiteti o'zbek tilshunosligi kafedrasi magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada substansial tilshunoslikning bosh mavzusi bo'lgan lison-tafakkur -nutq munosabatining dialektik butunlik sifatida o'rganilishi haqida atroflicha fikrlar bildirilgan. Misollar orqali tushuntirilgan.

Kalit so'zlar: dialektika, dialektik kategoriyalar, dialektika va tilshunoslik umumiylik, alohidalik, xususiylik.

Borliqda yakka narsa yo'q, hamma narsa bog'liqlikda.

(Forobiy)

Kirish. Buyuk mutafakkir olim Forobiy barcha ilmlarning ildizini falsafa va mantiqdan qidiradi.O'zining " Fanlar tasnifi" asarida Tilshunoslikni ham falsafadan ajralib chiqqanligini qayd etadi.Va u shunday deydi: " Tabiat va jamiyatdagi ,umuman, butun borliqdagi jamiki narsa, voqelik yoki tushuncha falsafiy (dialektik) qonuniyatlar ichida yashaydi".

Dialektika o'zi nima?

"Dialektika"so'zi ilk bor yunon faylasufi Suqrot tomonidan qo'llanilgan. U dialektikani bir-biriga zid, qarama-qarshi fikrlar to'qnashuvi orqali haqiqatni topish san'ati deb bilgan.

Dialektika "yunoncha" so'zdan olingan bo'lib, suhbat olib borish, bahslashish san'ati.Butun borliqning vujudga kelishi, taraqqiyoti haqidagi falsafiy ta'limot.

O'zbek tilining izohli lug'atida ushbu tushunchaga quyidagicha ta'rif beriladi:

1.Tabiat, kishilik jamiyati va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqidagi fan.

2.Tabiat va jamiyatning abadiy harakatlanib va o'zgarib turuvchi ichki ziddiyatlarini ochish va bu qarama-qarshiliklar o'rtasidagi doimiy aloqadorlik va kurash mohiyatini aniqlashdan iborat falsafiy metod.

3.Biror narsaning harakati, rivojlanishi, taraqqiyot jarayoni.

Keyinchalik dialektika falsafa tarkibidan ajralib chiqadi. U hayot qonuniyatlarini o'raganuvchi sohaga aylanadi. Inson ongi yuksalib,yashash tarzi o'zgarib, jamiyat rivojlana borgan sayin voqelikni bilish jarayoni sifatida inson jamiyat bilan bog'liqlikda dialektik tafakkur tushunchasi paydo bo'ladi. Bunda inson tafakkuri

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

shunchalik murakkab sxemaki u insonning yashash jarayoni mobaynidagi barcha informatsiyalarni tahlil qilib borish qobiliyatiga ega.Ammo bu qobiliyatdan barcha ham birdek foydalana olmaydi.Olamning bog'liqlik, aloqadorlik, umumiylik negizida yashovchi yaratiqlari mohiyatini tushunish uchun dialektik tafakkur shart va lozim.

Asosiy qism. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar o'zaro aloqadadir. Ular bir-biriga ta'sir va aks ta'sir qilib turadi. Tabiat va jamiyatdagi hech bir narsa va hodisa boshqalardan ajralgan holda mavjud bo'lmaydi. Lekin biz olamni bilish jarayonimizda uni tashkil etgan o'zaro munosabatdagi alohida narsa va hodisalarni umumiy bog'lanishlardan ajratamiz. Mazkur jarayonda uning o'ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ochib berish maqsadida bu narsa va hodisalarning boshqa narsa va hodisalar bilan barcha aloqa va bog'lanishlarini, bilib boramiz.

Narsa va hodisalarni ilmiy bilish uchun uning barcha tomonlarini, barcha aloqa va bog'lanishlarini birga olib o'rganish lozim. Bunga hech qachon to'la erishib bo'lmasa-da, ularni munosabatlarda namoyon bo'ladigan xususiyatlar majmuasi sifatida izohlashning o'zi narsa va hodisalarni bilishda turli xatoliklardan saqlab qoladi. Dialektikada narsa va hodisalar o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikning xilma-xil ko'rinishlari mavjudki, mazkur aloqadorliklar til birliklari uchun ham xosdir.

Alohidalik, xususiylik va umumiylik borliqdagi narsa va hodisalarning har qaysisiga xos alohida, ma'lum guruhiga doir maxsus va hammasiga xos umumiy tomonlari, xususiyatlari va ular o'rtasidagi bog'lanishlarni ifodalaydi.

Bevosita kuzatishda berilgan alohida narsa va hodisalardan farqlaydigan belgi va xususiyatlar birligi alohidalik sanaladi.

Bilish jarayoni alohidaliklarni o'rganishdan boshlanadi. Alohidaliklarning o'zlariga xos belgi va xususiyatlarini bir-biriga solishtirish orqali umumiylik hosil qilinadi. Bu turdagi bir qancha narsa va hodisalarga xos o'zaro o'xshash, ularning har birida takrorlanuvchi belgi va xususiyatlar birligi umumiylik hisoblanadi.

Alohidalik bilan umumiylik o'rtasida xususiylik kategoriyasi ham mavjud. Xususiylik kategoriyasi narsa va hodisalardagi alohidalik va umumiylik o'rtasidagi alohidalikka nisbatan umumiy, umumiylikka nisbatan alohida belgi va xususiyatlar hamda aloqadorliklarni ifodalaydi.

Alohidalik, xususiylik, umumiylik o'zaro dialektik munosabatdadir. Ular bir-birisiz mavjud bo'lishi mumkin emas. Alohidalik bilan umumiylik xususiylik orqali bog'lanadi. Xususiylik alohidaliklardan tashkil topadi, ayni paytda, umumiylikni alohidalik bilan bog'laydi. Umumiylik esa alohidalikdan ajralgan holda bo'lmaydi. U har bir alohidalikda uning umumiy xususiyatlari, belgilari, bog'lanishlari shaklida mavjud bo'ladi.

Bundan ko'rinadiki, bizning sezgi a'zolarimizga beriladigan har bir alohida narsa va hodisalar alohidalik, xususiylik va umumiylik birligidan iborat.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Alohidalik, xususiylik va umumiyliklarning o'zaro bog'lanishlarini dialektik nuqtai nazardan tushunish obyektiv olamni to'g'ri bilishda katta ahamiyatga ega.(Quyidagi chizmada: borliq, inson, tafakkur, nutq bir butuniligi,bog'liqligi aks ettirilgan).

Allohning yaratiqlari ichida eng oliysi va eng azizi bu- inson bo'lsa, unga berilgan lison, nutq, tafakkur -eng buyuk ne'mat. Chunki, bu uch ne'mat boshqa biror maxluqotga berilgan emas. Miya- organ sifatida hayvonlarda ,hatto, ayrim o'simliklarda ham bor. Ong ham. Ularda ong borligi uchun ham biz hayvonlarni qo'lga o'rgata olamiz. Til - organizm sifatida hayvonda ham mavjud. Biroq olamni bilishning birdan -bir manbayi fransuz faylasufi Dekart aytganidek -tafakkurdir.Tafakkur esa faqat va faqat insonga xos.Shuning uchun ham tilga dialektik yondashuv yo'lini tanlagan substansial tilshunoslik vakillari til-nutq-tafakkurni bir-biridan farqlab, shu bilan birga ular chambarchas bog'liq ekanligini va faqat inson uchun xizmat qilishini inson bo'lmagan yerda ular ham mavjud emasligini asosladilar.Et bilan tirnoqni ajratib bo'lmaganidek til-lison-tafakkur-me'yor-nutqni ham ajratib o'rganib bo'lmaydi .Ular ayni bir narsa emas,shu bilan birga bir- birisiz mavjud ham emas. Bu birliklar dialektik

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

butunlik holida mavjud. Til birliklaridagi alohidalik, xususiylik va umumiyliklar o'rtasidagi aloqa va

bog'lanishlarni tilshunoslikda ilk bor dialektik mantiq tamoyillari asosida ish olib borgan S.N.Ivanov ochib berdi. Olimning ta'kidlashicha "u yoki bu xilma-xillik mohiyatini bilish shu xilma-xillikning umumiy asosini bilishga olib keladi. Amaliy bilishda bir-biridan ajralgan, bir-biridan uzoq bo'lib ko'ringan hodisalar mohiyatini bilish konkretlikdan mavhumlikka tamoyili asosida ma'lum obyekt haqida ilmiy tushuncha shakllantirish borasidagi dialektik mantiqning mag'zini tashkil etadi". Biz dastlab sezgi a'zolarimiz yordamida alohidalikni, yakka narsa va hodisalarni, masalan, jo'nalish kelishigining turli shakli va mazmuniy variantini fahm qilamiz (xususan, -ga, -ka, -ka, -g„a, -a kabi). So'ngra tafakkurimizda shu hissiy fahmlashdan vujudga kelgan mavjud faktlarni tahlil va sintez qilib, ularning muhim tomonlarini nomuhim tomonlardan, umumiy tomonlarini alohida tomonlaridan ajratamiz. Ularni o'zaro bir-biri bilan birlashtiramiz, bir-biriga taqqoslaymiz. Shular asosida fikrimizda ularni ifodalovchi tushunchani hosil qilamiz. Bu hosil qilingan tushunchada narsa va hodisaning, yuqoridagi holatda jo'nalish kelishigining ham yakka tomonlari, ham ularning muayyan turga, ya'ni kelishikka xos tomonlari hamda shu narsa va hodisalarning butun bir sinfga, ya'ni so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalarga oid umumiy tomonlari ifodalanadi. Har qanday til birliklari bevosita kuzatishda bir qancha nutq birliklari orqali moddiy ifodasini topadi.

Tildagi yuqoridagidek zidlanishni ayrim tilshunoslar emik va etik birliklari atomalari orqali ham ifodalaydilar. Emik birliklar -ema bilan tugagan atamalar (fonema, morfema, leksema kabi) orqali ifodalangan birliklarni o'z ichiga olsa, etik birliklar variant yoki allo- bilan boshlangan (allofon, allomorf, alloleks) atamalar orqali ifodalangan birliklarni o'z ichiga oladi.

Muhokama va natijalar. Umuman, inson omili aralshgan hamma narsada til-lison o'z aksini topadi. Dunyoda qanchaki til bo'lmasin ular shaklan turlicha bo'lsa-da,umumiyliklar asosida yashaydi.Ulardagi birliklar ham turli ma'no qirralarni ifodalasa-da ayni bir o'xshash jihat ham ,shak-shubhasiz, mavjud bo'ladi. Masalan:barcha tillarda o'xshatish-metafora mavjud.Biz o'zbek xalqida azaldan ayollarning yuzi chiroyini tasvirlash uchun oyga, kulchaga ba'zan olmaga o'xshatiladi.Inglizlarda esa olchaga yoki atirgulga, xitoy va koreyada o'rikka yoki majnuntol novdasiga qiyoslanarkan.Bu yerda o'xshatish mavjudligi umum bo'lsa, shu o'xshatishni ifodalagan birliklar va ularning nomi turlicha (ya'ni har bir til uchun xususiy).Ayni shu yerda til va madaniyat yaxlitligini ham ko'ramiz .Chunki madaniyat tilda aks etadi.Yoki o'zbeklarda mehnatsevar kishilar chumoliga muqoyasa qilinsa,turklarda arilarga o'xshatilar ekan.Demak, o'zbek va turk yoki boshqa millat vakili tafakkurida mehnatsevar kishi tushunchasi doim mavjud biroq lisonda turli

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

shaklda yashaydi va nutqiy vaziyat bilan mehnatksh inson deganda o'zbeklar lisonida beixtiyor chumolidek, turklarda aridek, ozarbayjon, armanlarda eshshakdek birliklari tayyor turadi va yuzaga chiqadi.Insonning yashash tarzi, kasbi-kori, kelib chiqishi, qaysi makon va zamonda yashayotganligi uning tafakkurini o'sishiga o'zgarishiga yoki aksincha bo'lishiga sabab bo'ladi.Va bu albatta tilda o'zini namoyon qiladi.Yuqoridagi misollar orqali aytmoqchi bo'lganimiz shuki, har bir til va undagi birliklar nafaqat shu tildagi balki o'zga tillardagi birliklar bilan ham, ularning ham lisonida mavjudligi bilan, tafakkurida yashashi(paydo bo'lishi, o'sishi,) va nutqida ifodalanishi bilan bog'liq , bir bu-tun.O'ziga xosliklari bilan esa ajralib turadi.

Tilga dialektik yondashuv deganda- narsaga (til birliklariga) umumiylik,imkoniyat sifatida yondashib, idrokiy bilimlar asosida ochilishi; bu birliklar yakka holda emas, balki paradigmalarda, ziddiyatlarda o'rganilishi tushuniladi. Bilamizki, lison bu-jamiyat a'zolari uchun tayyor, majburiy, umumiy bo'lib, fikrni ifodalash uchun xizmat qiladigan birliklar yig'indisi.Ushbu birliklat (fonema,leksema...) lisonda tizimlashtirilgan holda turadi. Xuddi, tabiatda hamma narsa tartibda, me'yorda sis-temada turgani kabi. Me'yor buzildimi qonuniyat buziladi. Mohiyat tilshunosligi ham aynan shuni —tilni tizim ekanligini isbotlashdi.Va undagi hamma birliklar ,jumladan, lison, tafakkur va nutq ham bir butun ekanligini ilmiy- nazariy va amaliy isbotladilar.Yomg'ir yog'ishi uchun yerda suv bo'lishi, u suv issiqlik ta'sirida bug'lanib, osmonga ko'tarilib, bulut hosil bo'lishi lozim bilamizki,bu tabiat qonuni.Xuddi shu kabi, Inson so'zlashi uchun unda nutq bo'lishi ya'ni gapira olishi, gapirish uchun ma'lum material (fonema-tovush,leksema-so'z...shu materiallar yashaydigan joy,baza -Lison) shartligi, qayerda va qanday gapirishi uchun tafakkur lozimligi ham ya'ni biri ikkinchisisiz o'zligini namoyon qila olmasligi ham til birliklari dialektik bir butunlikda ekanini hech izohsiz ko'rsatib beradi. Shuning uchun ham substansial tilshunoslik vakillari tilni dialektik kategoriyalar asosida o'rganish lozimligini qayd etadilar :

Umumiylik Xususiylik

Mohiyat Hodisa

Imkoniyat Voqelik

Sabab Oqibat

Lison bu dialektik yondashuvda UMIS tabiatli.Nutq esa AHVO. Demak,nutq va uning birliklariga xos dialektik xususiyat-AHVO.Lison va uning birliklariga xos dialektik xususiyat -UMIS.

Koinot cheksiz va undagi jismlar son-sanoqsiz bo'lgani kabi inson tafakkuri cheksiz, lisonidagi birliklar soni sanoqli emas.O'zbek tili izohli lig'atida sakson ming so'z bor degani bu shu tilda so'zlashvchilar lisonida shuncha so'z bor degani emas.Yoki oltita unli borligi ham. Turk tilini o'rgangan o'zbek tilida so'zlashuvchi ushbu millat

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

vakili lisonida 14 ta unli fonema mavjud bo'ladi. ( 6ta o'zbek tiliga xos unli; 8ta turk tili unlisi). Demak, lison tabiatdagi barcha hodisotlar kabi o'zgarishda .To'liq o'zgarmasada ma'lum ma'noda o'zgarib, boyib borish xususi- yatiga ega. Lison qachon boyiydi qachonki, shaxs doimiy izlalanishda, o'qishda, o'rganishda bo'lsa. Tafakkur ham o'zgaradi, kengayadi, rivojlanadi, o'sadi. Va albatta, nutq o'z-o'zidan boyiydi. Mustaqil fikrlovchi, hayot, borliq qonuniyatlarini tushungan, o'zini nima uchun yashayotganligini anglovchi shaxslar shakllana boshlaydi. Shunday shaxslarni tarbiyalash ona tili ta'limi oldidagi bosh vazifalardan biri.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Raupova L., Qurbonova M., Abuzalova M., Yuldasheva D. Hozirgi o'zbek tili. Darslik. - Buxoro: Durdona, 2021.

2. Sayfullayeva R., Abuzalova M., Mamadaliyeva N., Yuldasheva D. Tilshunoslikka kirish. Darslik. - Buxoro: Durdona,2021.

3. Yuldasheva Dilorom Nigmatovna. O'zbek tilini oqitish metodikasi. -Buxoro: Durdona, 2021.

4. Mahmudov.N., Numonov.A. O'zbek tili nazariy grammatikasi. T.: O'qituvchi, 1995.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.