Научная статья на тему 'LINGVOKULTUROLOGIYADA “STEREOTIP” TUSHUNCHASI'

LINGVOKULTUROLOGIYADA “STEREOTIP” TUSHUNCHASI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
916
119
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvokulturologiya / til universallari / stereotip / etnomadaniy stereotiplar / og‘zaki va yozma nutq.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Gulsanam To’lanboyeva, Sabohatxon Yusupova

Mazkur maqolada lingvokulturologiya fani va uning asosiy elementlari yoki hosil qiluvchi tushunchalar: inson, til va madaniyat; lingvokulturologiya fanida asosiy ifodalanuvchi fikrlar, stereotip tushunchasi haqida qimmat fikrlar tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LINGVOKULTUROLOGIYADA “STEREOTIP” TUSHUNCHASI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

LINGVOKULTUROLOGIYADA "STEREOTIP" TUSHUNCHASI

Gulsanam To'lanboyeva Sabohatxon Yusupova

FarDu, Chet tillari, o'qituvchi FarDu, Chet tillari, katta o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada lingvokulturologiya fani va uning asosiy elementlari yoki hosil qiluvchi tushunchalar: inson, til va madaniyat; lingvokulturologiya fanida asosiy ifodalanuvchi fikrlar, stereotip tushunchasi haqida qimmat fikrlar tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: lingvokulturologiya, til universallari, stereotip, etnomadaniy stereotiplar, og'zaki va yozma nutq.

KIRISH

Lingvokulturologiya fani va stereotip tushunchasi haqida so'z borar ekan, dastlab ushbu tushunchalarni alohida-alohida tahlil qilish lozim. Chunki lingvokulturologiya yoki lingvomadaniyatshunoslik fani ko'plab fanlar chorrahasida paydo bo'lgan va juda ko'plab tushunchalarni qamrab oladi. Til va madaniyat bir-biriga chambarchas bog'liq, yani til har qanday madaniyatning asosidir. Har qancha madaniyat bisyor bo 'lmasin, tilsiz uni ommaga ifodalash mushkul.

ASOSIY QISM

Lingvokulturologiya fani

- Inson;

- Til;

- Madaniyat chorrahasida kesishgan keng qamrovli, teran tushuncha bo'lib,

ular uchovi bir-birini uzviy ravishda to'ldiradi. Bu tushunchalar barchasi birdek muhim va biri qolgan ikkisisiz mavjud bo'lishi qiyin. Bu uch tushuncha haqiqiy universal tushuncha hisoblanadi. Umumiy universallardan tashqari tilshunoslik fanida "til universal"lari degan tushuncha bo'lib, bular shundayki, dunyoning deyarli barcha tillariga tegishli umumiy xususiyatlar sanaladi. Shunday til universallarining eng birinchisi "Insoniyat mavjud ekan til ham mavjud". Yani, insoniyatning aloqa-kommunikatsiya vositasi bu - til. Qadim-qadimdan yani, ibtidoiy davrlardan buyon insonlar nimanidir vositasida muloqot qilganlar. Dastlab, turli imo-ishoralar, tovushlar, asta-sekinlik bilan esa verbal muloqot shakli hisoblanmish "til"ga o'tilgan. Tildan foydalanish orqali og'zaki nutq, so'ngra esa yozuv paydo bo'lishi bilan "yozma nutq" vujudga kelgan. Og'zaki nutq tovushlar, tovushlar yordamida ifodalangan so'zlar yordamida ifodalansa, yozma nutq esa harflar, harflar yordamida yuzaga keluvchi so'zlar, gaplar, matnlar kabilar yordamida ifodalanadi. Madaniyat esa ibtidoiy davrda

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

inson va til kabi birlamchi ahamiyatga ega bo'lmagan, asta-sekin vaqtlar o'tib madaniyat tushunchasi paydo bo'lib, taraqqiy etgan. Inson tomonidan bildiriluvchi fikrlar albatta u yoki bu tushunchani yoxud qaydir bir xalqning madaniyatiga xos tushunchalarni o'zida mujassam etgan bo'ladi. Ushbu madaniyatni ifodalovchi tushunchalar tilshunoslik, madaniyatshunoslik, mamlakatshunoslik, lingvokulturologiya kabi fanlar nuqtai nazaridan tahlil qilinishi mumkin. Ushbu tilda ifodalangan madaniy tushunchalarni umumlashtirib "stereotip" deb atash ham mumkin. Stereotip o'zi nima?

"Stereotip muayyan guruh yoki jamoaning soddalashgan, sxemalashgan emotsional bo'yoqdor va favqulodda barqaror bo'lgan obrazi, turli madaniyat vakillarining tili va tafakkurining o'ziga xosligidir."

Stereotip - u yoki bu xalqning milliy xarakteri haqida obyektiv ma'lumot beradi. V.A. Maslovaning ta'biricha, "stereotip dunyoda mavjud tip bo'lib, u faoliyat, xatti-harakat va hokazoni o'lchaydi". Stereotiplar hech qachon alohida kishilarda paydo bo'lmaydi, ular har doim guruhlarda yuzaga keladi.

"Stereotip" termini (yunon. stereos - qattiq, typos - iz, tamg'a) amerikalik sotsiolog Uolter Lippman tomonidan ilmiy muomala) ga kiritilgan. U 1922-yilda nashr etilgan "Jamoat fikri" nomli kitobida stereotiplarning jamoat fikri tizimidagi o'rni va rolini aniqlashga harakat qilgan. Uolter Lippman stereotipni bizning ongimizga yetib bormasidan oldin his-tuyg'ularimrzdagi ma'lumotlarga muayyan ta'sir ko'rsatadigan atrof-muhitni alohida idrok qilish shakli sifatida tushuntirgan.1

Stereotip tushunchasi haqiqatdan ham, ma lum bir millatning hamma uchun umumiy ko'rinuvchi izi yoki o'ziga xos belgisi desak xato bo'lmaydi. Huddiki aytilganidek, har bir teshaning o'z izi bo'ladi deyilganidek, har bir xalqning faqatgina o'zigagina xos xususiyati bo'ladi. Masalan, umumiy jihatdan madaniyatlarni tahlil qiladigan bo'lsak:

- O'zbek xalqi o'ziga xos mehmonnavoz, mehribon, er yigitlari tanti, hamiyati baland, qiz va ayollari esa ibo-hayoli, nomusi o'limdan qattiq;

- Rus xalqi tavakkalchi, shartaki, ochiq muloqotni ko'ruvchi;

- Qozoqlar anchayin qaysar va bir so'zlik

- Turk millati esa ta sirchan, his-tuyg'uga beriluvchan;

- Xitoyliklar esa anchagina takallufga boy, laganbardorlikka moyil;

- Yaponlar esa anchayin xushmuomala, madaniyatli, etiket qoidalariga qafiy amal qiluvchi;

- Estonlar esa tabiatan sustkashlikka moyil;

- Italyanlar ancha-muncha qiziqqon bo'lib, sal deganda lov etib yonuvchan;

1 Usmanova Sh. Lingvokulturologiya. (darslik) - T.: Toshkent, 2019. - 248. B.167

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

- Inglizlar esa italyanlarning esa tamomila aksi anchagina sovuqqon bo'lib, his-tuyg'ularga berilishlari biroz qiyin;

- Nemislar esa butun dunyoga o'zlarining "punctual"ligi yani tartibga qattiq rioya qilishlari bilan harakterlanadi.

Qayd qilingan etnomadaniy stereotiplar orasida ayniqsa, nemis stereotipi o 'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Nemis madaniyatida tartib, aniqlik, puxtalik, o 'z vaqtida bo'lishlik, buyruqqa, qonunlarga hurmat, pog'onalilik, maqsadga intilish, ratsionalizm sifatida tushuniladi. Nemis mentalitetining stereotiplari asosida protestantlik etikasining xususiyatlari yotadi. Unda har bir kishi o'zining xatti-harakatlari uchun Xudo oldida javob beradi. shuning uchun ham nemislar uchun qonun muqaddas, barcha narsadan ustun hisoblanadi: "Die Gesetze ohne Ansehen der Person handhaben" (Mansabdan qat'iy nazar, qonun barcha uchun bir).

Nemis stereotipidagi tartib, qonunlarga hurmat xususiyatini quyidagi misolda ham yaqqol ko'rish mumkin: "Germaniyada faoliyat olib borayotgan bir ingliz jurnalisti tungi soat ikkida baxtsiz hodisaning guvohi bo'lgan: bo'sh yo'lni kesib o'tayotgan piyodani birdaniga paydo bo'lgan mashina urib yuborgan. Jabrlangan piyodani kasalxonaga olib ketishgan. Jurnalist nemis politsiyachisidan endi nima bo 'lishini so'raganda, politsiyachi: "Hech narsa bo'lmaydi, agarda yashab ketsa, 50 marka jarima to'laydi, chunki u yo'lini o'tish mumkin bo'lmagan joyda kesib o'tdi", - deb javob qaytargan"

O'zbek xalqi esa yuqorida takidlanganidek, mehribon, mehmonnavoz, bolajon va shu bilan bir qatorda diniy tushunchalarga keng e'tibor beruvchi, diniy tushunchalarni hurmat qiluvchi xalq hisoblanadi.

"Buvijonim aytadilarki, televizor shaytonning o'yini emish. Hadeb ko'raversak, uyimizdan baraka ko'tarilarmish. Undan keyin gunohimiz ko'payib, narigi dunyoga borganda savol-javobda qiynalib qolar ekanmiz.

— Buvijonim, narigi dunyoda savol-javob ham bo'ladimi? deb so'rayman.

— Ha, savol-javob ham bo'ladi.

— Savolni kim beradi o'zi?

— Jabroil alayhissalom, — deb tushuntiradi buvim.

— Algebra haqida ham o'sha kishi so'raydimi?

— Ishingni qil, tentak! — deb urishib beradi buvijonim. Men bo'lsam hammasini bilib olgim keladi. Shuning uchun qayta-qayta so'rayveraman:

— Yaxshi javob berganga beshu yomon javob berganga ikki qo'yadimi-a?

Buvijonim javob bermaydi-yu, ko'zlarini olaytirib qo'yadi. Bu gapni bas qil degani bo'ladi. U kishi ko'chib kelgandan buyon mening ishlarim hech yurishmay

2 Usmanova Sh. Lingvokulturologiya. (darslik) - T.: Toshkent, 2019. - 248. B.170

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

qoldi. Ko'chaga chiqadigan bo'lsam ham, kechqurun sheriklarim bilan kinoga boradigan bo'lsam ham, bari bir buvijonimdan ruxsat olishim kerak. Keyin qo'li ishdan bo'shadi deguncha, meni yonginasiga o'tqizib olib, tarbiyalashga tushib ketadi: har xil narsalarni yod oldiradi. Mazmuni esa xuddi algebra formulalariga o'xshab juda-juda

"5

ham qiyin, kallamni ming ishlatsam ham, bari bir tushunolmayman"...

"Sariq devni minib asaridan olingan" ushbu parchada o'zbek millatining aynan, buvijonlarning bolajonligi, mehribonligi, yaqinlariga faqat va faqat yaxshilikni sog'inuvchi xalq ekani, bundan tashqari diniy tushunchalarga qafiy rioya etishlarini ko'rishimiz mumkin. Shuningdek, bolalik dunyosining beg'uborligi, qiziqqonligi ifodalangan.

Yuqoridagi misollar, ushbu aynan tanlab olingan xalqlar - nemis va o'zbek xalqlarining stereotipini yorqin namunasi sifatida berilgan bo'lib, bu parchalarni o'qigach ushbu xalq ularning dunyoqarashi, tushunchasi haqida umumiy fikrlarga ega bo'lish mumkin. Lingvokulturologiya ham aynan shunday etnomadaniy yani aynan milliy stereotiplarni tahlil qiladi.

Ushbu stereotip tushunchasi har doim ham ijobiy tushuncha emas. Masalan, M. Korduellning psixologiyadan tuzgan lug'atida stereotipga shunday tarif berilgan: "Stereotip - ma'lum guruh yoki kategoriyadagi keskin, ko'pincha yuzaki tasavvur. Biz umumiyatda yuzakilikka moyil bo'lganimiz uchun ham boshqa insonlarning xulq-atvorini oldindan ko'rish uchun stereotiplarni shakllantiramiz. Mazkur stereotiplar ko'pincha salbiy mohiyat, soxta tasavvur va tahqirlash asosiga ega bo'ladi. Stereotiplar har doim ham yolg'on bo'lmaydi: odatda ularda ma'lum manoda haqiqat bo'ladi. Stereotiplarni ko'pchilik tomonidan bo'lishilishi ularning singib ketishiga yordam beradi. Stereotiplar vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin, lekin stereotip sohiblarining o'zlashtirilgan tasavvurlardan qutulishi qiyin bo'ladi".4

Darhaqiqat, stereotiplar ijobiydan salbiyga, salbiydan ijobiyga vaqtlar o'tib o'zgarishi bu tabiiy, ammo stereotip haqidagi dastlabki tushuncha mutlaqo o'zgarmaydi yoki o'zgarishi va adaptatsiyaga uchrashi birmuncha qiyin. Stereotiplar biroz chigal, ba zida tushunarsiz ammo shu bilan bir qatorda qiziqarli mavzu bo 'lib, ushbu tushuncha ommaga tanitilgandan buyon ko'plab muhokama va muzokaralar markazi bo'lib kelmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, lingvomadaniyatshunoslik sohasi aynan tanlab olingan millatning umummilliy o'ziga xosliklarini til vositasida dunoyoga ko'rsatib beruvchi sohadir. Stereotip tushunchasi esa buni yanada oydinlashtirish vositasidir.

3 XUDOYBERDI TO'XTABOYEV, SARIQ DEVNI MINIB. (Roman) Toshkent,: Yangi asr avlodi, 2010. - B.84

4 Usmanova Sh. Lingvokulturologiya. (darslik) - T.: Toshkent, 2019. - 248. B.168

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Usmanova Sh. Lingvokulturologiya. (darslik) - T.: Toshkent, 2019. - 248.

2. XUDOYBERDI TO'XTABOYEV, SARIQ DEVNI MINIB. (Roman) Toshkent,: Yangi asr avlodi, 2010.

3. BopoöteB B.B. ^HHrBoKynbTyponorna (Teopua H MeTogbi): MoHorpa^ua. -M.: H3A-BO PYAH, 2016.

4. Yusupova, S. (2022). H^THMOHH rYPY^-HAPAA ^YPMAT KATErOPH^CH HOOAA^Am. Science and innovation, 1(B5), 350-352.

5. G. To'lanboyeva, & S. Yusupova (2022). LINGVOKULTUROLOGIYA O'RGANILISH TARIXI. Science and innovation, 1 (B6), 540-543.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.