INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
LINGVOKULTUROLOGIYA O'RGANILISH TARIXI Gulsanam To'lanboyeva
FarDU, o'qituvchi Sabohatxon Yusupova
FarDU, katta o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.7166295
Annotatsiya. Lingvokulturologiya yo 'nalishi tilshunoslik sohasining muhim va ajralmas qismlaridan biri hisoblanadi. Soha bo'yicha turli til vakillari o'z qarashlari, fikrlari va isbotlariga ega. Mazkur maqolada xorij tilshunoslarining lingvokulturologiya sohasiga doir qarashlari, soha tarixi o'z ifodasini topgan.
Kalit so'zlar: lingvokulturologiya, tilshunoslik, metod, ta'lim, tajriba, tahlil.
ИСТОРИЯ ИЗУЧЕНИЯ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИИ
Аннотация. Направление «Лингукультурология» является одной из важных и неотъемлемых частей области языкознания. У представителей разных языков в этой области есть свои взгляды, мнения и доказательства. В данной статье выражены взгляды зарубежных лингвистов на область лингвокультурологии и истории области.
Ключевые слова: языкознание, языкознание, метод, образование, опыт, анализ.
HISTORY OF LINGVOCULTUROLOGY STUDY
Abstract. "Lingua-culturology" direction is one of the important and integral parts of the field of linguistics. Representatives of different languages in the field have their views, opinions and proofs. In this article, the views of foreign linguists on the field of linguo-cultural studies and the history of the field are expressed.
Keywords: linguistics, linguistics, method, education, experience, analysis.
KIRISH
Xorijda lingvokulturologiya diqqat-e'tibor markazida bo'lib, bu sohaga oid shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar alohida e'tirofga loyiqdir. Jumladan, lingvist N.F.Alefirenkoning lingvokulturologiyaga bag'ishlangan o'quv qo'llanmasi o'n to'rt bobdan tashkil topgan. Unda lingvokulturologik tadqiq metodlari; madaniyat hamda lisoniy madaniyat; til, madaniyat, mentallik tushunchalari munosabati; olamning lisoniy manzarasi; so'zning etnomadaniy asosi, xususiyatlari, madaniy konsept va semantika; so'zning madaniy-pragmatik ma'nosi singari masalalar tavsiflangan. Muallif tilga ta'rif berar ekan, uni xalq madaniyati, psixologiyasi, falsafasi va tarixini aks ettiruvchi oynaga o'xshatadi. Manbada lingvokulturologiya fanining obyekti - mazmuniy qimmatini o'rganishga qaratilgan lisoniy faoliyat ekanligi qayd qilingan [1, 288].
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Olimning lingvokulturologiya doirasida izlanishlari maqolalarida ham kuzatiladi. Uning «Linguocultural nature of mentality» nomli maqolasi mentallik tushunchasining lingvokulturologik tabiati tadqiqiga bag'ishlangan. Maqolada, avvalo, «mentallik», «mentalitet» terminlarining izohi berilgan. Bu izohga binoan, «Mentallik - dunyoni anglash jarayonida vujudga kelsa, mentalitet - muayyan xalq tomonidan yaratilgan dunyo manzarasi hisoblanadi. Shunday ekan, xalqning mental xususiyatlari tilda o'z aksini topadi. Demak, muayyan millat madaniyati va mental xususiyatlarini o'rganish uchun uning tilini tadqiq etish maqsadga muvofiq» [2, 16].
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Maqolada «Tildagi mental xususiyatlarni o'rganish» deganda muayyan tilga xos har bir so'zning ichki semalari, konnotativ ma'nolari har jihatdan chuqur tahlil qilinishi zarurligi haqida so'z yuritilgan. Mentallik konseptiga doir qimmatli ma'lumotlar havola etilishi bilan birga lingvokulturologiyaga shunday ta'rif berilgan: «lingvokulturologiya mentallikni tasvirlashning o'zgacha bir usuli bo'lib, uni dunyo manzarasining maxsus ko'rinishi, deb ta'riflasa bo'ladi» [3].
TADQIQOT NATIJALARI
Tilshunos Z.K.Sabitovaning «Lingvokulturologiya» deb nomlangan darsligidagi har bir mavzu keng ko'lamli tarzda yoritilganligini ko'rish mumkin. Kitobda lingvokulturologiya tilshunoslikning yangi yo'nalishlaridan biri maqomida o'rganilgan. Shu bilan birga, darslikda til va madaniyat; lingvokulturologik birliklar, madaniy konnotatsiya, madaniyat kodi, lingvokulturema, olamning lisoniy manzarasi, olamning konseptual manzarasi, rus lingvomadaniyatining asosiy g'oyalari, metafora, obraz, etalon, timsol, stereotip, lingvokulturologik konsept tushunchasi, rus va qozoq tillaridagi bo'ri konsepti, frazeologik va paremiologik birliklarning madaniy konnotatsiyasi, antropotsentrizm, globallashuv davrida til va madaniyat munosabati singari masalalar muallif tahlillari markazida turgan. Sohaga, ya'ni lingvokulturologiyaga oid terminlar izohida V.N.Teliya, V.V.Vorobyov, V.A.Maslova, V.V.Krasnix kabi tilshunoslarning nazariy fundamental qarashlari, fikr-mulohazalariga murojaat qilingan. Lingvokulturologiyaning o'rganish predmeti milliy-madaniy ma'lumotni yetkazishga xizmat qiluvchi til birliklari ekanligi e'tirof etilgan. Tilshunoslikning boshqa yo'nalishlaridan lingvokulturologiyaning farqlovchi tomonlariga ham e'tibor qaratilgan [4, 524]. Yuqorida nomlari qayd qilingan tilshunoslar lingvokulturologiyaning umumiy muammolaridan tortib, tor doiradagi tushunchalargacha bo'lgan masalalar tahliliga tegishli bo'lgan tadqiqot ishlari olib borgan. Xususan, V.A.Maslova, «Lingvokulturologiya xalqning nafaqat qadimiy an'ana va urf-odatlari, asrlar davomida shakllanib kelayotgan og'zaki ijod namunalarini, balki xalq hayoti va turmush tarzi, madaniyati va urf-odatlarini, umuman, muayyan elat va millatning mental jihatlarini aks ettiruvchi zamonaviy nutq hodisalarini ham tadqiq etishi borasidagi nuqtai nazarlarini bildirgan» [5, 35-39].
Shu paytga qadar ingliz, rus tillaridagi ishlarning ma'lum qismini lingvokulturologik konsept hamda olamning lisoniy manzarasi tushunchalari izohlangan, tadqiq etilgan dissertatsiyalar tashkil etadi. Ilmiy tadqiqotlarda ko'proq shaxs va u bilan bog'liq his-kechinma, voqea-hodisa, narsa-predmet o'rganilgan bo'lib, ularda nafaqat lingvokulturologik, balki psixolingvistik, sotsiolingvistik, etnolingvistik, neyrolingvistik tahlil usullaridan ham foydalanilgan. Bu esa amalga oshirilgan tadqiqotlar qimmatini yanada oshishida muhim ahamiyat kasb etgan.
L.Ye.Vilms tomonidan rus va nemis tillaridagi «muhabbat» tushunchasi lingvokulturologik xususiyatlari maxsus o'rganilgan ishda «muhabbat» tushunchasining har ikki tilga xos birliklarda ifodalanishiga taalluqli tarixiy-ijtimoiy omillar aniqlangan.
N.A.Bagdasarovning ishida inson his-tuyg'ularinining og'zaki ifodasi o'rganilgan. Ish rus va ingliz tillari misolida olib borilib, shaxs ruhiy holatini ifodalovchi birliklar tadqiq etilgan. Ruhiy holatning ingliz va rus xalqlariga xos noverbal ifoda ko'rinishlari keltirilib, guruhlarga ajratilgan. Tadqiqot ishi aynan lingvokulturologiya mezonlari asosida tayyorlanib, unda etnokulturologiya, etnopsixolingvistika, psixofiziologiya kabi fan tarmoqlari haqidagi mulohazalar ham o'rin olgan 7, 182].
MUHOKAMA
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Lingvokulturologiya sohasi doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlarning muayyan qismi ommaviy axborot vositalarida qo'llanadigan til birliklari tahliliga bag'ishlangan. Masalan, M.A.Strelnikova Rossiya va Amerika muloqot madaniyatida og'zaki teleintervyu janrining milliy xususiyatlarini o'rganishni oldiga maqsad qilib belgilagan bo'lib, ishda siyosiy intervyuning muloqot madaniyatidagi o'rni yoritilgan. Bunda, asosan, ingliz va rus muloqot madaniyatida teleintervyuning o'ziga xos jihatlarini ko'rsatib berishga tadqiqotchi o'z e'tiborini qaratgan [13, 205]. Ye.N.Komarov rus va fransuz tillaridagi ommaviy axborot vositalari sarlavhalarining ta'sir ko'rsatish darajasini tadqiq qilgan bo'lib, bu tadqiqotda OAV matni hamda ularga sarlavha tanlash tartibi o'rganilib, matn va sarlavhaning lisoniy-madaniy xususiyatlari e'tibor markaziga ko'tarilgan [4, 198].
Ye.A.Kurchenkova tomonidan ingliz va rus tillaridagi gazeta e'lonlari matnining lisoniy-madaniy xususiyatlari maxsus o'rganilgan bo'lsa, S.V.Nikitina esa rus va ingliz tillaridagi sanoatga oid reklamalarning milliy o'ziga xosligini tahlil etgan. Ishda reklama matnlarini yoritishda ekstralingvistik, pragmalingvistik va lingvokulturologik aspekt tamoyillarining ustuvorligiga amal qilingan [5, 169; 173]. XULOSA
Nihoyat, F.O.Smirnov ingliz va rus tillaridagi elektron aloqaning milliy-madaniy xususiyatlarini o'rganishni tadqiqoti obyekti sifatida belgilagan. Ishda elektron muloqot tushunchasi, uning ko'rinishlari, foydalanuvchiga ta'siri, psixologik xususiyatlari kabi masalalarga e'tibor jalb qilingan [16, 205]. Qisqa qilib aytganda, xorijda, rus tilshunosligida lingvokulturologik yondashuv bosh mezon sifatida belgilanib, turli xil mavzular asosida masala mohiyatini yoritib berishga daxldor ko'plab tadqiqot ishlari amalga oshirilganki, bu esa xorij lingvistlari ushbu sohani o'rganish bo'yicha allaqachon o'ziga xos maktab yaratganligidan dalolat beradi.
REFERENCES
1. Алефиренко Н.Ф. Лингвокультурология: ценностно-смысловое пронстранство языка: Учебное пособие. 3-е изд. -М.: Флинта: Наука, 2013.
2. Alefirenko N.F. Linguocultural nature of mentality // Словесность. Культура. 1/2011.
3. Alefirenko N.F. Linguocultural nature of mentality // Словесность. Культура. 1/2011. УДК. 811. 161.1 (075.8).
4. Сабитова З.К. Лингвокультурология: Учебник. -М.: Флинта, 2013.
5. Маслова В.А. Новые русские пословицы: когнитивный и лингвокультурологический аспекты // Вестник Новогородского государственного университета им. Ярослава мудрого. -Новгород, 2014. -№ 77.
6. Вильмс Л.Е. Лингвокультурологическая специфика понятия «любов» (на материале немецкого и русского языков): Дисс. ... канд. филол. наук. -Волгоград, 1997.
7. Багдасарова Н.А. Соотношение вербализованных эмоций в русском и английском языках: Дисс. ... канд. филол. наук. -М., 2004.
8. Бабаева Е.В. Культурно-языковые характеристики отношения к собственности (на материале немецкого и русского языков). Дисс. ... канд. филол. наук. -Волгоград, 1997.
9. Иванова С.В. Лингвокультурологический аспект исследования языковых единиц:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Дисс. ... док. филол. наук. -Уфа, 2003.
10. Донец П.Н. Теория межкультурной коммуникации: специфика культурных смыслов и языковых форм: Дисс. ... док. филол. наук. - Харьков, 2003.
11. Yusupova, S. (2022). ИЖТИМОИЙ ГУРУХЛАРДА ХУРМАТ КАТЕГОРИЯСИ ИФОДАЛАШ. Science and innovation, 1(B5), 350-352.
12. Юсупова, С. А. (2022, September). УЗБЕК ТИЛИ ТИПОЛОГИЯСИДА ХУРМАТ КАТЕГОРИЯСИ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" THE TIME OF SCIENTIFIC PROGRESS" (Vol. 1, No. 1, pp. 10-14).
13. Юсупова, С. А. (2022, September). УЗБЕК ТИЛИДА ХУРМАТ ИФОДАЛАШНИНГ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE" INNOVATIVE TRENDS IN SCIENCE, PRACTICE AND EDUCATION" (Vol. 1, No. 1, pp. 10-14).
14. Sabohatxon, Y., Zilolaxon, T. Y., & Shaxlo, Y. L. (2022). EXPRESSION OF METAPHOR IN DIFFERENT SYSTEM LANGUAGES. RESEARCH AND EDUCATION,, 7(2), 209-212.