Научная статья на тему 'LANDSHAFTLARDA METABOLIZM JARAYONI'

LANDSHAFTLARDA METABOLIZM JARAYONI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
49
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Metabolizm / modda almashinuvi / geokimyoviy jarayonlar / geokimyoviy balverlar / geologik va biologik katobolizm / geokimyoviy anabolizm / anamal metobolizm.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xoliqov R.Y.

Maqolada landshaftlardagi metobolizm jarayoni birinchi marotaba dinamik jarayon sifatida qaralib, uning turli jihatlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LANDSHAFTLARDA METABOLIZM JARAYONI»

Xoliqov R. Y., g.f.n.

dotsenti geografiya kafedrasi Farg'ona davlat universiteti O'zbekiston

LANDSHAFTLARDA METABOLIZM JARAYONI

Annotasiya. Maqolada landshaftlardagi metobolizm jarayoni birinchi marotaba dinamik jarayon sifatida qaralib, uning turli jihatlari ochib berilgan.

Kalit so'zlar. Metabolizm, modda almashinuvi, geokimyoviy jarayonlar, geokimyoviy balverlar, geologik va biologik katobolizm, geokimyoviy anabolizm, anamal metobolizm.

KhalikovR.Y., Ph.D. associate professor Department of Geography Fergana State University Uzbekistan

THE PROCESS OF METABOLISM IN LANDSCAPES

Annotation. In the article, the process of metabolism in landscapes is considered for the first time as a dynamic process, and its various aspects are revealed.

Keywords. Metabolism, metabolism, geochemical processes, geochemical processes, geological and biological catabolism, geochemical anabolism, anamal metabolism.

Kirish. Landshaftlar va uning kompanentlari o'rtasidagi aloqalar modda va energiya almashinuvi jarayonlarini birlashtirib kirib keluvchi hamda chiqib ketuvchi oqibatlardan iborat bo'ladi. Bunday aloqalar bir yoqlama, yoki ikki yoqlama, yoki qarama qarshi yo'nalishdagi to'g'ri va teskari aloqalarni tashkil etadi. Bunday aloqalar ko'pincha vertikal va gorizontal aloqalardan iborat bo'lib, uning faoliyati oddiy modda va energiya uzatishdan iborat bo'lmay lanshaftlarning barcha kompanentlarida uzluksiz energiyaning transformasiyasini ta'minlaydi. Buning natijasida landshaftlarning funksional dinamik faoliyati davom etadi. Aslida landshaftlarda ro'y beradigan modda va energiya almashinuvi jarayonlari ko'p funksiali metobolizm jarayonlaridan iboratdir. Landshaftlarda metobolizm avvalo har bir kompanentda sodir bo'ladigan ichki va kompanentlararo modda va energiya qabul qilish, singdirish va uni uzatish bosqichlarini o'z ichiga oladi. Bir landshaft hududiga undan yuqoridagi landshaftda joylashgan landshaftdan moddalarning turli ageit (suv, shamol,

yog'inlar, tirik organizm) lar orqali kirib keladi va singiy boshlaydi. Eng ko'p qabul qiluvchi kompanent tuproqxisoblanib biologik yutish qobilyati tufayli keltirilgan moddalarni turli qatlamlarida to'playdi. Eng ko'p moddalar tuproqning xaydalma (20 - 30sm) qatlamlarda to'planadi hamda tuproqning tarkibiy qismiga aytiladi. Landshaft tarkibida o'simliklar eng faol metoboliklar hisoblanadi. Tuproqlardagi minéral va ozuqa moddalarni ildizlari orqalio'zlashtirib butun azolari bo'ylab singdiradi va biologik metobolizm amalga oshadi. Landshaftlardagi metobolizm jarayonida issiqlik va namlikning ahamiyati kattadir. Namlik almashinuvi ayniqsa landshaftlarda kimyoviy elementlarning ko'chib yurishini ta'minlaydi. Minerallar almashinuvi esa geokimyoviy aylanma xarakatlardan iborat. Minerallarning migratsiyasi nafaqat bir landshaftdan ikkinchisiga va bir kompanentdan ikkinchisiga moddalarning ko'chishigina bo'lmasdan uning yutilishi, kimyoviy va mexanik aralashuvi, singishidan iboratdir.

Landshaftlarda modda va energiya almashinuvi uning transformatsiyasini ta'minlaydi. Issiqlik energiyasi mexanik va biologik energiyaga aylanadi. Landshaftlarda metobolizmning muhim bosqichi fotosintez xisoblanib, karbonat angidiritning yutilishi, kislorodning yutilishi va organik moddalarning xosil bo'lishi biogeokimyoviy metobolizm xisoblanadi. Landshaftlardagi metobolizm uning kompanentlari (atmosfera, gidrosfera tuproq, tirik organizmlar) o'rtasidagi moddalar almashinuvidan iborat.

Ma'lumki, metabolizm modda almashinuv jarayonlari bo'lib inson va jonzotlarda oziq-ovqat hamda turli mahsulotlarning hazm bo'lishi, singishi, ma'lum miqdorda organizmdan chiqib ketishi hisoblanadi. Metobolizm jarayoni tabiatda ham mavjud bo'lib, landshaftlarda turli moddalarning, kimyoviy elementlarning turli vositalar orqali kirib kelishi to'planishi va ma'lum miqdorda chiqib ketishi hisoblanadi.

Asosiy qism. Landshaftlarda metobolizm jarayoni muayyan geografik muhit va geokimyoviy jarayonlarda ro'y beradi. Bu albatta energetik jarayonlar bilan bog'liq bo'lib, quyosh energiyasini transformatsiyasi tufayli issiqlik energiyasi mehanik, kimyoviy va biologik energiyaga aylanadi.

Metabolizmni hosil qiluvchi energetik jarayonlar lanshaftlarning pozitsion joylashuviga bog'liq bo'lib, yuqoridan pastga tomon mobillashuv translokatsiya va akkumulyatsiya jarayonlarini o'z ichiga oladi. Aslida landshaftlardagi metabolizm geokimyoviy jarayonlardan iborat bo'lib, uning ilmiy metodik asoslarini V.I.Bernadskiy, A.E.Fersman, B.B.Polinov, A.I.Perelman, I.A. Glazovskayalar tomonidan yaratilgan.

Landshaftlar metobolizmida geofizik muhit muhim omil hisoblanib uni o'rganishda K.N.Dekapov, B.V.Sochava, Yu.G.Simonov, A.A.Krauklis, B.A.Bokov, B.E.Nekos, V.I.Butenko, A.B.Pavlov, L.N.Beruchashvililarning tadqiqotlari muhim ahamiyatga egadir. Lekin landshaftlarga metabolizm tushunchasini tabiiy geografiya va landshaftshunoslikda yangi termin sifatida

qo'lladik. Landshaftlardagi metobolizm jarayoni modda va energiya almashinuvi bilan bog'liq bo'lgan geokimyoviy jarayonlarni o'z ichiga oladi.

Bulardan galogenez - pastqam hududlarda qadimgi ko'l va boshqa suv havzalarining o'rniga sizot suvlarning satxi bilan birga ularni ko'tarilishi sulfidogenez - sho'r suvli ko'llarda sho'rxok-botqoqli tuproq muhitiga oltingugurtli sulfatlarni sulfitlarga aylanishi getritogenez - landshaftlarga o'simlik va hayvonlarning chirib ulgirmagan qoldiqlarining to'planish jarayoni hisoblanadi.

M.A.Glazovskaya (1988) fikriga ko'ra avtotrof biogenez jarayoni birlamchi biologik mahsulotning foto va xemosintez reaksiyalarida ikkilamchi mahsulotga aylanishidir.

Bu holatni biokimyoviy metabolizm deb atashimiz mumkin.Turli tafovutlarga ega bo'lgan landshaftlarda metabolizm jarayoni va uning jadalligi energetik omillarga bog'liq bo'ladi. Masalan, tundra landshaftlarida o'simlik biomassasining hosil bo'lishi uchun yiliga 2,5 kkal/sm2 nam tropik o'rmonlarga 2 ming kkal /sm2 energiya sarflanadi. Minerallarning hosil bo'lishi va parchalanishi uchun tundra va cho'l landshaftlarida 0,2-0,5 kkal/sm2, nam tropik o'rmonlarga 10-15 kkal/sm2 energiya sarflanadi. (1981. 41-71s) Bunday sharoitlarda landshaftlardagi metobolizm jadalligi turlicha bo'ladi. Landshaftlardagi metobolizm jarayonida tog' jinslarining litogeokimyoviy tarkibi gidrokimyoviy jarayonlar bilan birga biologik aylanma harakatlar doirasida tirik organizmlar 2 xil metabolizmni yuzaga keltiradi va bu minerallarni hosil bo'lishi va parchalanishi bilan bog'liqdir. Biologik aylanma xarakatlar doirasida metobolizmga ta'sir etuvchi energetik jarayonlar tufayli minerallarning biogen akkumulyatsiyasi ro'y beradi va landshaftning turli kompotentlariga atmosferada, tuproqda, suvda, organizmlar tanasida to'planadi.

Landshaftlardagi metabolizim jarayoni bir xilda kechmasdan turli xil landshaft geokimyoviy sharoitlarda fizik kimyoviy muhit, harorat rejimining o'zgarishi, qatlamlarning yotish tartibidagi anamal holatlarning yuzaga kelishi tufayli moddalar oqimining tartibiga ta'sir etuvchi geokimyoviy baryerlar hosil bo'ladi. Geokimyoviy barerlar haqidagi ta'limot A.I. Perelman (1976) tomonidan yaratilgan bo'lib ular bevosita landshaftlardagi metobolizim jarayonlariga ta'sir etib, uni keskin o'zgartira oladigan oraliq zonalar hisoblanadi. Litogeokimyoviy, biogen, fizik, kimyoviy va mehanik va texnogen barerlar landshaftlarda katabolizm (dissimilyatsiya) va anabolism (assimilyatsiya) jarayonlarini keskin o'zgarishiga olib keladi. Landshaftlardagi metobolizm jarayonini quyidagi dinamik tizimini ko'rishimiz mumkin; (1-chizma):

1-chizma. Landshaftlardagi metabolizm jarayoni. (chizma muallif

tomonidan chizilgan)

Yuqoridagi chizmadan ko'rinib turibdiki, landshaftlardagi metabolizm jarayoni uning komponentlaridagi energetik jarayonlari bilan bog'liq bo'lgan geokimyoviy migratsion jarayonlarni o'z ichiga oladi. Bunday jarayonlar landshaftlar va uning komponentlaridagi o'zaro aloqalarini hosil qiladi. Landshaftlarning dinamikasi ularda barqaror metabolizmni ta'minlaydi.

Landshaftlardagi tabiiy metobolizm ularning funksional dinamik jarayonlardagi barqarorligini ta'minlaydi. Tabiiy stixiyalar, inson xo'jalik faolyati ta'sirida landshaftlarda anamal metabolizm yuzaga keladi. Global iqlim issishi, qurg'oqchilik yoki suv toshqinlari oqibatida landshaftlarning modda va energiya almashinuvlardagi buzilishlar anamal metabolizmga sabab bo'ladi. Inson xo'jalik faolyati landshaftlarda kuchli texnogen o'zgarishlarni sodir etmoqda. Landshaftlarning dastlabki tabiiy qiyofasi o'zgarib modda va energiya almashinuvdagi muvozanat salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda. Landshaftlarni tabiiy va resurs potensialini saqlash ulardan maqsadli foydalanish atrof muhit muhofazasini ta'minlashda ulardagi barqaror metabolizmni saqlab

qolishda modda va energiya oqimi bilan biokimyoviy jarayonlarni o'rganish amaliy landshaftshunoslikdagi dolzarb muammolardan sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Глазовская М.А. Геохимия природных и техногенных ландшафтов СССР. Учеб пособие. М:1983-175 с.

2. Солнцева Н.П. Методика ландшафтно - геохимических исследований влияния техногенных потоков вешеств в ландшафтах и состояние экосистем, Из-во «Наука», 1981, 41-71 с.

3. Saydaliyeva L. M. FORMATION OF MEDICAL GEOGRAPHICAL ENVIRONMENT IN FERGANA REGION //Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research. - 2023. - Т. 10. - №. 11. - С. 366-369.

4. Saydaliyeva, L. M. "FORMATION OF MEDICAL GEOGRAPHICAL ENVIRONMENT IN FERGANA REGION." Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research 10.11 (2023): 366-369.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.