CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281
Central Asian Journal of
Education and Innovation
KUZGI TUNLAM (AGROTIS SEGETUM (DEN & SCHIFF, 1775)NING FARG'ONA VILOYATINING TURLI HUDUDLARIDAGI SABZI AGROTSENOZIDA TARQALISHI VA ZARAKUNANDALIK XUSUSIYATIGA OID MA'LUMOTLAR
A.Yoqubov
tadqiqotchi, Farg'ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11198715
ARTICLE INFO
Qabul qilindi: 05-May 2024 yil Ma'qullandi: 10- May 2024 yil Nashr qilindi: 15- May 2024 yil
KEY WORDS
Agrotis segetum, daucus carota, hayot sikli, qurt, agrotsenoz
ABSTRACT
A. segetumning sabzi agrotsenozida tarqalishi va uning ildizmevalariga zararyetkazilishi bo'yicha tadqiqotlar Farg'ona viloyatining Oltiariq, Toshloq, Quva tumanlarida olib borildi. Sabzi ildizmevalarining maksimal zararlanish darajasi Oltiariq tumani Qiziltepa va Toshloq tumanining Axshak hududlarida qayd etilgan.
Sabzi dunyodagi eng muhim sabzavot ekinlaridan biri bo'lib, dunyo bo'yicha keng miqyosda ekiladi. Eng ko'p sabzi yetishtiruvchi mamlakatlar reytingida Xitoy 2019 - yilda sabzi yetishtirish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinni egallab 21 482 971 tonna, undan keying o'rinlarda esa O'zbekiston 2 769 613 tonna va AQSH esa 2 259 000 tonna sabzi yetishtirgan [6]. O'zbekiston hududida 2019 yilda yetishtirilgan sabzining 422 983 tonnasi (15,3%) Farg'ona viloyatida yetishtirilgan.
Kuzgi tunlam sabzavot, don, kartoshka, lavlagi, karam, poliz, hatto meva va rezavor ekinlarini o'z ichiga olgan 147 tadan ortiq o'simlik turlariga zarar etkazadi. Lichinkalari soya, kungaboqar, makkajo'xori, no'xat, bedaga katta zarar yetkazishi mumkin. [1,2]
Kuzgi tunlamning Sabzi agrotsenozida tarqalishi bo'yicha tadqiqotlar 2022 yilning sentyabr-noyabr oylari davomida Oltiariq tumanining Qiziltepa (40°30'10"N 71°29'07"E), Oq bo'yra (40°24'52"N 71°32'37"E), Xamza (40°25'40"N 71°31'46"E), Qo'shtepa tumanining Oq tepa (40°26'112"N 71°35'57"E), Qorajiyda (40°31'52"N 71°33'56"E), Toshloq tumanining Axshak (40°29'54"N 71°47'08"E), Varzak (40°31'38"N 71°45'38"E), Qumariq (40°35'30"N 71°50'52"E), Quva tumanining Akbarobod (40°32'59"N 71°55'27"E) hududida fermer, dehqon xo'jaliklari va aholi tomorqa yerlarida yetishtirilayotgan sabzi (Daucus sativus Hoffm) ekilgan maydonlarda umumiy qabul qilingan entomologik uslublar asosida olib borildi. Qurtlarni tuproqdan yig'ish va miqdor jihatdan hisobga olish o'simlik ekilgan maydon qirg'oqlarining 8 ta qismidan shuningdek maydon markazining ham 8 ta qismidan 0,5x0,5m (0,25 m2) va 50 sm gacha chuqurlikdagi tuproq qatlamlaridan K.K.Fasulati (1971) uslubida namunalar olinib, 5x5 mm o'lchamli entomologik elak yordamida tuproq elandi.
Ochiq maydonlardagi yoz faslida ekilgan sabzi vegetatsiyasi yozning birinchi o'n kunligidan boshlanib, to kuzning ikkinchi yarmiga qadar davom etadi. Bu paytda turli hasharotlar shu jumladan kuzgi tunlam hayot siklining ayrim muddatlari sabzi o'simligi bilan bog'langan bo'ladi. Ayniqsa, o'simlik ilk vegetatsiya davridanoq zararkunandalarni o'ziga jalb eta boshlaydi [3,4,5].
Hudud nomi Ekin maydonining chetki qismi Ekin maydonining markaziy qismi O'rtacha soni
Lichinka soni Zararlangan ildizmeva soni Lichinka soni Zararlangan ildizmeva soni Lichinka soni Zararlangan ildizmeva soni
Qiziltepa 4,5 14 2,25 7 3,375 10,5
Oq bo'yra 2,25 7 1,25 4 1,75 5,5
Xamza 0,75 3 0,25 1 0,5 2
Oq tepa 2,25 7 1,0 3 1,625 5
Qorajiyda 0,75 3 0,25 1 0,5 2
Axshak 3,25 10 1,5 5 2,375 7,5
Varzak 0,25 1 - - 0,125 0,5
Qumariq 0,25 1 - - 0,125 0,5
Akbarobod 0,25 1 - - 0.125 0,5
O'rtacha soni 1,61 5,22 0,72 2,33 1,165 3,77
к 1
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281
Kuzgi tunlam qurtlarining hududlar bo'yicha populyatsiya miqdor zichligi va zararlangan ildizmevalar soni (m2/dona)
10,5
H lichinkalar soni в zararlangan ildizmevalar soni
Bundan tashqari, kuzgi tunlam qurtlari sonining populyatsiya miqdor zichligi ekin maydonining chetki qismlaridan ekin maydonining markaziga tomon kamayib borishligi aniqlandi. Jumladan Qiziltepa hududida joylashgan sabzi agrosenozining markaziy qismida 1 m2 yer maydoniga 2,25 ta lichinka, chetki qismida esa 4,5 ta lichinka, kam zararlangan hududlar: Akbarobod, Varzak va Qumariq hududlarida esa sabzi agrotsenozining markaziy qismidagi yer maydonida lichinka qayd etilmadi. Ekin maydonining chetki qismida esa 0,25 ta lichinka to'g'ri kelishligi qayd etildi.
Kuzgi tunlam qurtlarining populyatsiya miqdor zichligining maydon bo'yicha taqsimlanishi (m2/dona
Markaziy qismi (1m2) Chetki qismi (1m2)
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:
1. Яхонтов В.В. Вредители сельскохозяйственных растений и продуктов Средней Азии
и борьба с ними. - Ташкент. 1953. - 661 с.
2. Alimuhamedov A., Xo'jaev Sh. "G'o'za zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari". Toshkent, 1979. 12-45 b
3. Zokirov I. I. Fauna and ecology of insects of melon crops of Central Ferghana: Abstract of a doctoral dissertation in biological sciences. - 2019.
4. Zokirov I. I., Azimov D. A. The Fauna of Insects of Vegetables and Melons of Central Fergana, Especially Its Distribution and Ecology //International Journal of Science and Research (IJSR). - 2019. - Т. 8. - №. 8. - С. 930-937.
5. Yoqubov A.A., Mahmudov M.U. Kuzgi tunlam (Agrotis segetum Denis&Schiff) ning biologik xususiyatlari haqida// "Ilm-zakovatimiz - senga, ona-Vatan!" mavzusidagi Respublika onlayn ilmiy-amaliy anjuman materiallari, -Farg'ona, 2022. 81- 82b.
6. https://www.agro.uz/ishlab-chiqarish-diagramma/