Научная статья на тему 'KUZGI BUG‘DOY NAVLARINI EKOLOGIK OMILLARGA CHIDAMLIGIGI'

KUZGI BUG‘DOY NAVLARINI EKOLOGIK OMILLARGA CHIDAMLIGIGI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

CC BY
4
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
don seleksiyasi / namlik / shaffoflik / tuproq namligi / ekologiya / qurg’oqchilik / suvsizlik.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Turkistonova Maftuna Tursunaliyevna

Hozirgi kunda don urug‘chiligida asosiy muammo sifatli va hosildorligi yuqori bo‘lgan bug‘doy navlarini yaratishga qaratilgan. Ayniqsa mavjud navlarni takomillashtirish va ulardan samarali navlarni ko‘paytirishga qaratilgan. Gʻalla hosildorligini yanada oshirish, don sifatini, ayniqsa, uning nonboplik xususiyatini yaxshilashda tuproq unumdorligiga alohida eʼtibor qaratish, seleksiya va urugʻchilikni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda agrotexnologiyani maqbullashtirish, bugʻdoyni kasallik, zararkunanda va begona oʻtlardan himoya qilishning uygʻunlashgan tizimini keng hamda oʻrinli joriy etish bilan birga mexanizatsiyalashgan intensiv texnologiyalarni qoʻllash hosildorlik va don sifati oshishini taʼminlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KUZGI BUG‘DOY NAVLARINI EKOLOGIK OMILLARGA CHIDAMLIGIGI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

KUZGI BUG'DOY NAVLARINI EKOLOGIK OMILLARGA

CHIDAMLIGIGI

Turkistonova Maftuna Tursunaliyevna

O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti Umumiy genetika ixtisosligi 1-bosqich tayanch doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.12222300

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-June 2024 yil Ma'qullandi: 15- June 2024 yil Nashr qilindi: 22- June 2024 yil

KEY WORDS

don seleksiyasi, namlik, shaffoflik, tuproq namligi, ekologiya, qurg'oqchilik, suvsizlik.

Hozirgi kunda don urug'chiligida asosiy muammo sifatli va hosildorligi yuqori bo'lgan bug'doy navlarini yaratishga qaratilgan. Ayniqsa mavjud navlarni takomillashtirish va ulardan samarali navlarni ko'paytirishga qaratilgan. G'alla hosildorligini yanada oshirish, don sifatini, ayniqsa, uning nonboplik xususiyatini yaxshilashda tuproq unumdorligiga alohida e'tibor qaratish, seleksiya va urug'chilikni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda agrotexnologiyani maqbullashtirish, bug'doyni kasallik, zararkunanda va begona o'tlardan himoya qilishning uyg'unlashgan tizimini keng hamda o'rinli joriy etish bilan birga mexanizatsiyalashgan intensiv texnologiyalarni qo'llash hosildorlik va don sifati oshishini ta'minlaydi. Jahon bo'yicha bugungi kunda bug'doy 220,4 mln. gektar maydonga ekilib, o'rtacha don hosili gektariga 31,1 sentnerni tashkil qiladi. Xalqaro qishloq xo'jalik va oziq-ovqat tarmoqlari, iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tarmoqlari va oziq-ovqat tarmoqlari, iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tarmoqlari ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yilda 756 mln tonna bug'doy doni yetishtirish ko'zda tutilgan bo'lib, keyingi o'n yillikda bu ko'rsatkich aholi soni o'sishi bilan birga don va don mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish uchun 6.6% ga ya'ni, 59.7 mln tonnaga ko'p yetishtirilishini ko'rsatadi. Qishloq xo'jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli don hosil yetishtirishda intensiv texnologiyalar asosida sohani rivojlantirish, ekish muddatlarini to'g'ri belgilash, tuproq namligi va ma'dan o'g'itlardan samarali foydalanish yo'llarini ishlab chiqish orqali kelgusida oziq-ovqat taqchilligini oldini olishga qaratilgan. Shu sababli har bir tuproq-iqlim sharoitlari uchun kuzgi bug'doy navlarining maqbul urug' ekish me'yorlarini belgilash hamda ma'danli o'g'itlarning tavsiya qilingan yillik me'yorini, kuzgi bug'doyning rivojlanish davrlarida turli me'yorlarga bo'lib qo'llashning samaradorligini oshirish bo'yicha olib borilayotgan tadqiqotlar dolzarb hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 sentabrdagi "2021 yilda boshoqli don yetishtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 546-son qarorida respublika hududlarning tuproq iqlim sharoitini hisobga olib serhosil, sifat ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan 31 dan ortiq kuzgi boshoqli don ekinlari navlari bo'yicha joylashtirib kelinmoqda. Kuzgi bug'doydan mo'l

hosil yetishtirish birinchi navbatda dalada yuqori hosilni ta'minlaydigan ko'chat qalinligiga erishishga bog'liq.

So'nggi yillarda Respublikamizda ekologik holatlar bilan bog'liq bo'lgan ekinlarni sug'orish tanqisligi, sug'oriladigan yerlarning sho'rlanish, ob- havoning normadan tashqari ko'p isib ketishining natijasida yerlarning qurib qolishi fermer xo'jaliklarining yetishtirilgan ekinlariga katta zarar yetkazib hosildorlik haddan tashqari pasayib ketish kabi holatlar kuzatilmoqda. Biroq har yili turli biotik va abiotik stresslar, iqlim o'zgarishlari, zararli o'simlik mikroorganizmlari oqibatida bug'doy hosilining katta qismi nobud bo'lmoqda. Shu sababli olimlar va seleksionerlar gen muhandisligi va biotexnologik yondashuvlar orqali bug'doyning o'simlik patogenlari, turli stresslarga chidamli navlarini yaratish bo'yicha izlanmoqda. Adabiyotlardan ma'lumki, sho'rlangan tuproqlar iqlimi issiq va quruq bo'lgan mintaqalarda ko'proq bo'lib, natriy, kalsiy va magniylarning xlorli sulfat va karbonatli tuzlar shaklida uchraydi. Sho'r tuproqlar anionlarining nisbatiga ko'ra asosiy kationlar natriy va kalsiy bo'lib bu tuzlardan natriy -karbonat (Na2CO3), natriy gidrokarbonat (NaHCO3) o'simliklarga ko'proq ta'sir etadi. B.P.Strogonov(1961) tarkibida tuzning miqdori asosida tuproqlarni bir necha guruhlarga bo'ladi. Tajribada sodir bo'layotgan iqlim o'zgarishlar ma'lum bir qisqa vaqt ichida bo'ladigan noqulay holat o'simliklarning yosh barglarini quyosh ta'sirida so'lib qolishi va qattiq qurib ketishiga sabab bo'lmoqda. Anomal sharoitda o'sayotgan o'simliklarning o'sish va rivojlanish holatini o'rganish va ularning noqulay sharoitlarga moslashuvini (adaptatsiya), ya'ni shu noqulay sharoitlarga moslashuvi o'simlik hujayralarining tuzilishi va fiziologik jarayonlarining o'zgarish yo'li bilan amalga oshadi.

Ekologik o'zgarishlarga bog'lanishli, qurg'oqchilikka, tuzlilikka va boshqa noqulay ta'sirlarga chidamli, biroq yuqori hosildorlik olish imkoni bor o'simlik turlarini (navlarini) tanlab ekish ishlari to'g'ri amalga oshirilishi zarur. Bug'doy o'simligi ana shunday baholi, yuqori kaloriyali, oziq-ovqatlik va turli sanaot ahamiyatiga ega va foydali xususiyatlarga boy o'simliklarning qatoridan joy oladi.

Bug'doy o'simligidan ko'p mahsulot olishda asosiy sug'orish suvlari yetishmagan vaziyatlarda qo'shimcha suv resurslaridan foydalanish va belgilangan hosil mahsulotlarini olish qishloq xo'jaligidagi yechimi topilishi kerak bo'lgan dolzarib vazifalaridan biridur. Uning uchun bug'doy ekiladigan ekin maydonlarini tanlab olish, ekinzorlarning meliorativ holatlarini hamda sug'orish suvlarining miqdor hamda sifat ko'rsatkichlarini to'g'ri aniqlashdan va undan foydalanishdan iboratdir.

Yuqori va sifatli don hosilining shakllanishi juda ko'p omillarga, jumladan, ekilayotgan navning genetik xususiyatlari, tuproq-iqlim sharoiti, o'tmishdosh ekinlar, oziqlantirish va sug'orish rejimlariga bog'liq bo'ladi. Yildan yilga aholi sonining ortib borishi sababli un va undan tayyorlanadigan mahsulotlarga bo'lgan talab nihoyatda oshib bormoqda. Ma'lumotlarda keltirilishicha, bug'doy urug'lari muz eriy oladigan darajadagi haroratda tuproqdagi namlikni o'zlashtirib olish qobiliyatiga ega. Masalan, ushbu haroratda, tuproq namligi 90% bo'lganda 15 soat mobaynida urug' o'z massasiga nisbatan 11% miqdorda namni tortib oladi.Yuqorida va boshqa shunga o'xshash adabiyotlarda keltirilgan ma'lumotlardan kelib chiqqan holda, tajribada bug'doy unib chiqish dinamikasi o'rganildi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.X. Berdimuradov, F. Shaxriddinov, A. Ibragimov (2022). bug=doy navlarinining urug=chilikdagi ahamiyati. «hk^hm y3rapumu mapoHTuga ^a^MH MafigoR^ap y^yH

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

кургоцчиликка чидамли экин навларини яратиш ва етиштириш агротехнологияси»Д^у maqolalar to'plami. —Ochin nashriyoti||Toshkent.

2.Hayitov R.A., Zuparov R.I., Radjabova V.E., Shukurov Z.Z (2000). Don уа don mahsulotlarining sifatini baxolash hamda nazorat qilish.Darslik —Университету.

3.X. Egamov (2020). Ayrim qishloq xo=jalik ekinlari Seleksiyasi va urug=chiligi o=quv qo=llanma.

4.Medvedev P.V., Fedotov V.A., Lukyanova E.s.(2020) comparative evaluation of indicators of structural and mechanical properties of wheat grain. New technologies. (3):61 69. (In Russ.).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.