Научная статья на тему 'KUZGI BUG’DOY NAV NAMUNALARINING TUPROQ SHO’RLANISHIGA CHIDAMLILIGI VA KUZGI BUG’DOYDAN SO’NG TUPROQQA ISHLOV BERISH USULLARI'

KUZGI BUG’DOY NAV NAMUNALARINING TUPROQ SHO’RLANISHIGA CHIDAMLILIGI VA KUZGI BUG’DOYDAN SO’NG TUPROQQA ISHLOV BERISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
159
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kuzgi bug’doy / almashlab ekish / sho’rlanish / iqlim sharoiti / ang’iz boshoq holati / yerning unumdorligi / sug’orish muddati. / Winter wheat / crop rotation / salinity / climatic conditions / ear condition / soil fertility / irrigation period.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — B. Umarov, T. To’Rayev, D. Toshmatov

Ushbu maqolada prezidentimizning don yetishtirish bo’yicha qarorlari,bug’doy unib chiqqanidan so’ng havoning keskin pastlab ketishi va pishish jarayonida havoning ko’tarilib ketishining unga salbiy ta’sirlari,tuproq sho’rlanishing asosiy sabablari haqida ilmiy ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, tuproqqa ishlov berish usullari,bug’doy yig’ishtirib olingandan so’ng qancha qalinlikda yerni ag’darib haydash haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESISTANCE OF WINTER WHEAT VARIETIES TO SOIL SALINITY AND METHODS OF TILLAGE AFTER WINTER WHEAT

This article provides scientific information about the president's decisions on grain cultivation, the negative effects of the sudden drop of the air after germination and the rise of the air during the ripening process, and the main causes of soil salinity. Also, there is information about the methods of tilling the soil, how thickly the soil should be plowed after harvesting the wheat.

Текст научной работы на тему «KUZGI BUG’DOY NAV NAMUNALARINING TUPROQ SHO’RLANISHIGA CHIDAMLILIGI VA KUZGI BUG’DOYDAN SO’NG TUPROQQA ISHLOV BERISH USULLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

KUZGI BUG'DOY NAV NAMUNALARINING TUPROQ SHO'RLANISHIGA CHIDAMLILIGI VA KUZGI BUG'DOYDAN SO'NG TUPROQQA ISHLOV BERISH

USULLARI Umarov Bekzod Baxtiyorjon o'g'li

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti "Dehqonchilik va o'rmon

melioratsiyasi" kafedrasi assistenti To'rayev Temurbek Ulug'bek o'g'li Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi

Toshmatov Dostonbek A'zamjon o'g'li Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7274946

Annotatsiya. Ushbu maqolada prezidentimizning don yetishtirish bo'yicha qarorlari,bug'doy unib chiqqanidan so'ng havoning keskinpastlab ketishi vapishish jarayonida havoning ko'tarilib ketishining unga salbiy ta'sirlari,tuproq sho'rlanishing asosiy sabablari haqida ilmiy ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, tuproqqa ishlov berish usullari,bug'doy yig'ishtirib olingandan so'ng qancha qalinlikda yerni ag'darib haydash haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Kuzgi bug'doy,almashlab ekish,sho'rlanish,iqlim sharoiti,ang'iz boshoq holati,yerning unumdorligi,sug'orish muddati.

УСТОЙЧИВОСТЬ СОРТОВ ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ К ЗАСОЛЕНИЮ ПОЧВЫ И СПОСОБЫ ОБРАБОТКИ ПОЧВЫ ПОСЛЕ ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ

Аннотация. В данной статье представлена научная информация о решениях президента по выращиванию зерна, негативных последствиях резкого перепада воздуха после всходов и подъема воздуха в процессе созревания, основных причинах засоления почвы. Также есть информация о способах обработки почвы, о том, насколько толсто следует вспахивать почву после уборки пшеницы.

Ключевые слова: Озимая пшеница, севооборот, засоление, климатические условия, состояние колоса, плодородие почвы, период орошения.

RESISTANCE OF WINTER WHEAT VARIETIES TO SOIL SALINITY AND METHODS OF TILLAGE AFTER WINTER WHEAT

Abstract. This article provides scientific information about the president's decisions on grain cultivation, the negative effects of the sudden drop of the air after germination and the rise of the air during the ripening process, and the main causes of soil salinity. . Also, there is information about the methods of tilling the soil, how thickly the soil should be plowed after harvesting the wheat.

Key words: Winter wheat, crop rotation, salinity, climatic conditions, ear condition, soil fertility, irrigation period.

KIRISH

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2021-yildan g'alla yetishtirish bo'yicha davlat buyurtmasini bekor qildi.2021-yil hosilidan boshlab davlat tomonidan g'allaga xarid narxini belgilash amaliyotdan to'liq voz kechildi.2020-yil hosilidan boshlab davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinadi.Bu prezidentning 2021-yil 6-martdagi qarorida ko'zda tutilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbekiston yerlarida yangi serhosil yuqori mahsuldorlik imkoniyatlariga ega bo'lgan,tashqi noqulay sharoitlarga,ayniqsa,tuproqning sho'rlanishiga va kasalliklarga chidamli navlarni yaratish uchun,eng birinchi,mazkur talablarga javob beruvchi boshlang'ich manbalarni aniqlash va ular asosida yangi seleksion navlarni yaratish seleksioner olimlar oldida turgan dolzarb vazifalar bo'lib turibdi.Kuzgi bug'doy o'simligining unib chiqishi va rivojlanishi davri Xorazm viloyati hududida havoning juda quruqligiga va sho'rlangan tuproqlar ta'siri tufayli sodir bo'ladigan og'ir sharoitga to'g'ri keladi.

Bug'doy unib chiqqandan so'ng birdan havo haroratining keskin pasayib ketishi tufayli keyingi muddatlarda ekilgan o'simlik o'sishdan to'xtab qoladi va tuplashga ulgurmasdan qishlash davriga o'tadi.Ba'zida havo haroratining haddan tashqari ko'tarilishi tufayli tuproq yuzasidan suvlarning bug'lanishi ortadi va natijada tuproq yuza qismida tuzlarning to'planishi kuzatiladi.

METOD VA METODOLOGIYA

Buning oqibatida unib chiqqan bug'doy ko'chatlari tezda katta qiyinchiliklarga duch keladi,ayniqsa,dalaning sho'rlangan yerlarida ko'chatlarning barchasi nobud bo'lishi tufayli bug'doy maydonlarida ochiq o'simliksiz maydonlar yoki sho'rga chidamli galofitlar o'sgan maydonlar paydo bo'ladi.Yuqoridagi muammolarni bartaraf qilish uchun tuproqning sho'rlanishiga chidamli bo'lgan erta pishar yangi yumshoq kuzgi bug'doy navlarini yaratish hozirgi kunning dolzarb seleksiyasi ishi hisoblanadi.

Ko'plab tadqiqotchilar tuproqning har xil darajada sho'rlanishi bug'doy navlarining vegetatsiya davri davomiyligiga o'z ta'sirini ko'rsatishini ta'kidlashadi. O'zbekiston Respublikasida almashlab ekish tizimiga boshoqli don ekinlari kiritilishi sababli g'allachilik va paxtachilik bilan shug'ullanadigan fermer xo'jaliklarida parvarishlanadigan ekinlar turi ko'payib yangi tizimga o'tildi.Yerlarni unumdorligini saqlash va oshirish,tuproqqa minimal ishlov berish texnologiyasini yaratish hisobiga sarflanadigan yonilg'i-moylash mahsulotlarni tejash hamda kuzgi bug'doydan bo'shagan yerlardagi bug'doyning ang'iz va ildiz qoldiqlaridan unumli foydalanish,shu bilan birga ekiladigan ekinlardan yuqori va sifatli hosil olish maqsadida ilmiy izlanishlar o'tkazildi.

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Ko'p yillar davomida muayyan hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda tuproqqa ishlov berish,ekinlarni joylashtirish,hosildorlikni oshirish va boshqa tadbirlar borasida tadqiqotlar olib borilgan hamda davom etmoqda. Shuningdek, tuproqqa ishlov berish sonini kamaytirish hisobiga undagi mikrobiologik jarayonlarni yaxshilash va tuproqni unumdorligini saqlash, oshirish bo'yicha izlanishlar keng o'rganilmoqda.Q.Mirzajonov va U.Tojiboyevlar (2006) Farg'ona viloyatining o'tloqi mexanik tarkibi o'rta soz,kuchsiz sho'rlangan tuproqlari sharoitida tuproqqa turli usulda ishlov berib olib borgan izlanishlarda freza omochi bilan haydalganda ko'proq hosil to'plangan,lekin umuman yer haydalmay,faqat g'o'zapoyasini olib tashlab kultivator yordamida 12-14 sm yumshatib chigit ekilganda,freza usuliga nisbatan kamroq hosil olinsa ham,iqtisodiy jihatdan yaxshi natija olingan.Kuzgi bug'doydan so'ng tuproq unumdorligini saqlashda takroriy ekin ekib,yoki har xil chuqurlikda va usulda haydash o'rganilgan tajribada eng yaxshi natija yoz faslida yuza haydab,takroriy ekin ekib,so'ng kuz faslida 28-30 sm hisobiga g'o'za hosili qo'shimcha 2-3 sentner/ga oshishi mumkinligini A.Haydarov o'z ishlarida aniqlagan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Kuzgi bug'doy hosili yig'ishtirib olingandan so'ng turli usulda va muddatda haydashning tuproq agrofizik xususiyatlariga ta'sirini aniqlash bo'yicha olingan ma'lumotlarning ko'rsatishicha,kuzgi bug'doy o'rimidan so'ng 0-30 sm chuqurlikdagi tuproqning hajm massasi 1,38 gr/sm kub ni g'ovakligi esa 48,9 foizni,kuzgi bug'doyni o'rimidan so'ng sug'orib 28-30 sm chuqurlikda oddiy usulda haydab takroriy ekin sifatida mosh ekilgan va keyingi yil g'o'za ekilgan variantda amal davri oxirida hajm massasi va g'ovakligi optimal holda saqlanib qoldi.Kuzgi bug'doydan bo'shagan yerni kuzda 28-30 sm chuqurlikda oddiy usulda haydab,g'o'za ekilgan variantda 0-30 sm haydov qatlamida tuproqning hajm massasi va g'ovakligi g'o'zaning amal davri boshida 1,25 gr/sm kub va 53,6 foizni tashkil etgan bo'lsa amal davri oxiriga kelib bu ko'rsatkichlar 1,36 gr/sm kub va 49,4 foizga yetganini ko'rsatdi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda,O'zbekiston Respublikasi aholi soni kun sayin ortib borgani sari,don va don mahsulotlariga bo'lgan talab ortib bormoqda.Bu albatta seleksionerlar oldida O'zbekiston iqlim va tuproq sharoitiga mos bo'lgan yangi bug'doy navlarini yaratish dolzarb masala hisoblanadi.Hosilni ko'paytirish uchun biz bu sharoitda yanada suvni kam iste'mol qiladigan,sho'rlangan tuproqlarga bardoshli bo'lgan navlarni yaratishimiz,uni amaliyotga tadbiq etishimiz,xalqimizni don mahsuloti bilan to'la to'kis ta'minlab,chetdan keltirilaytgan don importiga barham berishimiz lozimdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "G'alla yetishtirish bo'yicha" qarori 2021-yil 6-mart

2. R.O.Oripov,N.X.Xalilov "O'simlikshunosllik" Toshkent 2007-yil

3. B.Abdubannonov,D.Abdurahimov,K.To'xtasinov "Bug'doyni sug'orishda innovatsion texnologiya" (Qishloq xo'jaligi jurnali) 18-bet 2020-yill

4. B.O.Beknazarov "O'simliklar fiziologiyasi" T, "Aloqachi",2009-yil

5. A.Iminov, B.Xoliqov "Kuzgi bug'doyning hosildor navlari" (Qishloq xo'jaligi jurnali) 2014-yil

Internet saytlari:

6. www.ziyonet.uz

7. www.nature.uz

8. www.priroda.uz

9. www.catuzmu

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.