Научная статья на тему 'KUTUBXONA VEB-SAYTLARINI VEBOMETRIK KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH USULLARI'

KUTUBXONA VEB-SAYTLARINI VEBOMETRIK KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
24
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
VEBOMETRIYA / VEBOMETRIK KO‘RSATKICHLAR / VERTUAL AXBOROT / VEB TA'SIR OMILI / ILMMETRIYA / BIBLIOMETRIYA

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Talipova D.S.

Ushbu maqola kutubxona veb-saytlari vebometrik ko‘rsatkichlarini aniqlashning an’anaviy va zamonaviy usullari tahlili va ulardan foydalanish texnologiyalari, shuningdek O‘zbekistonda va jahonda foydalanilish holati haqida umumiy tushuncha beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS FOR DETERMINING VEBOMETRIC INDICATORS OF LIBRARY WEBSITES

This article provides a general understanding of the analysis of traditional and modern methods of determining webometric indicators of library websites and the state of their use technologies in Uzbekistan and the world.

Текст научной работы на тему «KUTUBXONA VEB-SAYTLARINI VEBOMETRIK KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH USULLARI»

Talipova D.S.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Axborot-kutubxona tizimlari" kafedrasi

tayanch doktoranti

KUTUBXONA VEB-SAYTLARINI VEBOMETRIK KO'RSATKICHLARINI ANIQLASH USULLARI

Annotatsiya. Ushbu maqola kutubxona veb-saytlari vebometrik ko'rsatkichlarini aniqlashning an'anaviy va zamonaviy usullari tahlili va ulardan foydalanish texnologiyalari, shuningdek O'zbekistonda va jahonda foydalanilish holati haqida umumiy tushuncha beradi.

Kalit so'zlar: vebometriya, vebometrik ko'rsatkichlar, vertual axborot, veb ta'sir omili, ilmmetriya, bibliometriya.

Talipova D.S. foundation doctoral student "Information-library systems" department Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-

Khorazmi

METHODS FOR DETERMINING VEBOMETRIC INDICATORS OF

LIBRARY WEBSITES

Annotation. This article provides a general understanding of the analysis of traditional and modern methods of determining webometric indicators of library websites and the state of their use technologies in Uzbekistan and the world.

Key words: webometrics, webometric indicators, virtual information, web impact factor, science metrics, bibliometrics.

Bugungi kunda jamiyatimizda ro'y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar, yangiliklar haqida ma'lumot beruvchi, milliy manfatlarimiz, mentalitetimiz, xalqimizning salohiyatiga mos bo'lgan, hamda fan va ta'limga oid maxsus ilmiy-ta'limiy veb-saytlar tobora ko'payib bormoqda. Bu esa, foydalanuvchilarga foydali resurslardan ma'lumotlarni qidirish va ularni tahlil qilish uchun keng imkoniyatlarni ochib bermoqda. Shu qatorda yurtimizda axborot-kutubxona muasasalari veb-saytlari ham ommalashib bormoqda. Aholiga axborot-kutubxona muassasalari veb-saytlari ma'lumotlaridan masofadan turib sifatli xizmatni amalga oshirishda, foydalanuvchilar vebometrik ko'rsatkichlar asosida veb-saytlardan foydalanish darajasini tahlil qilish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Axborot - kutubxona muassasalari orqali aholiga vertual

axborot va kutubxona xizmatlarini optimallashtirish bo'yicha vebometrik ko'rsatkichlar orqali foydalanish imkoniyatini kengaytirish va masofadan axborot-kutubxona xizmati ko'rsatish tizimini rivojlantirish kabi masalalar ko'plab ilmiy tadqiqotlar mavzusi bo'lib qolmoqda. Mazkur tadqiqotlarning metodologik asoslarida foydalanuvchilar Axborot-kutubxona muassasalari veb-saytlaridan foydalanishni ta'minlashda vebomertrik ko'rsatkichlarini aniqlash, ularning usullarini o'rganish asosida turli metodlar o'rganish natijasida, Axborot-kutubxona muassasalarining vebometrik ko'rsatkichlarini aniqlashda quyidagi vazifa va bosqichlar amalga oshirish lozim:

1.Axborot - kutubxona muassasalari xizmatlarini optimallashtirish bo'yicha kutubxona veb-saytlarining bugungi kundagi xolatini o'rganish;

2. Vebometrik ko'rsatkichlarni jaxon tajribasida o'rganish, Metrika metodlari; (ilmmetriya, bibliometriya, vebomeriya) Kutubxona veb-ko'rsatkichlarini aniqlashda O'zbekiston va jaxon tajribasini tahlil qilish;

3. Vebometrik ko'rsatkichlarni umumlashtirish, amalga oshirilgan tahlillar asosida ma'lumotlarga dastlabki ishlov berish usullari va axborot modelini ishlab chiqish;

4. Kutubxona saytlarining vebometrik ko'rsatkichlarini hisoblashning matematik modellari va algoritmlarini yaratish;

5. Ishlab chiqilgan algoritmlar asosida vebometrik ko'rsatkichlarini aniqlash tizimining dasturiy vositasini yaratish va axborot - kutubxona muassasalari veb-saytlarini yaratilgan tizimga ulash.

An'anaviy kutubxona xizmatlari asosan o'tmishdagi foydalanuvchiga yo'naltirilgan bo'lsa, veb-xizmatlar bugungi foydalanuvchiga mo'ljallangan bo'lib, Axborot-kutubxona muassasasi veb-saytilarining asosiy mexanizmi axborot muhitida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda kutubxona xizmatlarida rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash, eng muhim jixatlaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar bilan bog'liq tadqiqot yo'nalishlarin i yanada rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, "Ijtimoiy media marketing" (SMM) deb nomlangan yangi tadqiqot yo'nalishi jadal rivojlanmoqda. M.V.Dosyagaeva, O.V.Makeeva, I.N.Ogneva, E.Protopopova, Heye Denni, Romero Nuria Lloret va boshqalar kutubxonalar uchun bu sohaning katta imkoniyatlarini ochib berdilar. Ijtimoiy tarmoqlar orqali kutubxonalar odamlar hayotiga kirib, tahlil qilish imkonini beradi. Zamonaviy yoshlar kutubxona resurslari va xizmatlarini targ'ib q ilish, ularni talabga mos xizmatlarni rivojlantirish, foydalanuvchilarning sodiqligini va asosiysi veb-sayt trafigini oshirish muammolari aniqlandi. Turli toifadagi ijtimoiy tarmoqlarning vebometrik ko'rsatkichlari tahlilari olib borildi. Xususan, eng ommabob analitik vositalar Google Analytics, Yandeks.Metrika, Alexa, Pr-cy, Sbup.com, Calltouch va Altmetrika veb-tahlilning marketing vositalari o'rganilib, kutubxona yo'nalishiga mos keladigan ko'rsatkichlar aniqlandi. Ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va mikrobloglar, axboror resurslari, individual yangiliklar sahifalari va boshqalar.

An'anaviy ravishda veb-tahlil yordamida mavjud bo'lgan miqdoriy ma'lumotlarni tahlil qilish masalalarini ko'rib chiqildi.

Foydalanuvchilarning axborotga bo'lgan extiyoji ortib bormoqda va tematik so'rovlar murakkablashmoqda. Jumladan, foydalanuvchilar tabora ko'proq ma'lumot qidirish va dastlabki ishlov berish vazifalarini kutubxona mutaxassislariga topshirishga moyil bo'lmoqdalar. Bugungi kunda tematik so'rov bilan bir qatorda, qidiruv natijalarini vebometrik tahlil qilish uchun talab ortib bormoqda. Xususan, tadqiqot doirasida jaxondagi yirik 96 ta milliy kutubxona veb-saytlarining tarmoqlardagi trafigi ko'rib chiqildi.

1-rasm. 96 ta milliy kutubxona veb-saytlarining ijtimoiy tarmoqlardagi trafigi.

Quyidagi tadqiqotda, alternativ ko'rsatkichlardan foydalanishga ularning foydaliligi veb-saytlarni ishlash jarayonlari kuzatildi. Olib borilgan tadqiqotlar asosida kutubxona veb-saytlari tahlili uchun quyidagi vebometrik ko'rsatkichlar tanlab olindi:

- foydalanuvchilar tashrifini aniqlash;

- veb-saytlarga keltiriladiga havolalarini aniqlash;

- foydalanuvchi veb saytda bo'lgan vaqt;

- veb-sahifalar soni;

- foydalanuvchi veb saxifaga tashrifini aniqlash;

- qidiruv mexanizmi natijalarini tahlil qilish kabilardir.

Vebometrik tadqiqotlar har doim qaysidir ma'noda kutubxona veb-resurslarini qayta tashkil etish, raqamli ilmiy hujjatlarning ta'sirini yaxshilash, shuningdek, veb-saytlarni tahlil qilishning ko'p mezonli tizimini ishlab chiqish bilan bog'liq bo'lib, bu axborot-kutubxona markazlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali rivojlantirish, hamda aholiga vertual xizmat ko'rsatish samaradorligini oshirishda katta imkoniyatlar yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Muruganandham.G., "Webometrics research methods adopted in library and information science: an overview" (2019). Library Philosophy and Practice (e-journal). 2869. https://digitalcommons.unl.edu/libphilprac/2869

2. Shevchenko, L. Analysis of Library Website Users' Behavior to Optimize Virtual Information and Library Services. (Scientific and Technological Department, State Public Scientific-Technological Library of the Siberian Branch of the Russian Academy of Sciences) https://doi.org/10.1633/JISTaP.2020.8.1.4

3. Leah DeAnn Isenhower, MLIS USM SLIS (2022) "Federal Depository Library Program (FDLP) Academic Library Websites A webometric analysis of academic libraries participating in the FDLP," SLIS Connecting: Vol. 11: Iss. 1, Article 7. DOI: 10.18785/slis. 1101.07

4. Смирнов А. А. Проблемы отечественного и зарубежного веб -архивирования в библиотеках. Веб-архивирование как область деятельности /А. А. Смирнов // Научные и технические библиотеки. 2022. № 12. С. 104-123. https://doi.org/10.33186/1027-3689-2022-12-104-123

5. Ударцева О.М., Рыхторова А.Е. Использование инструментов веб -аналитики в оценке эффективности способов продвижения библиотечных ресурсов. Библиосфера. 2018;(2):93-99 https://doi.org/10.20913/1815-3186-2018-2-93-99

6. Marat Rahmatullaev, Barno Ganieva & Akram Khabibullaev (2017); Library and Information Science Education in Uzbekistan, Slavic & East European Information Resources, DOI: 10.1080/15228886.2017.1322381

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.