Научная статья на тему 'KREDIT-MODUL TIZIMIDA MUSTAQIL TAʼLIMNI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB TAKOMILASHTIRISH IMKONIYATLARI'

KREDIT-MODUL TIZIMIDA MUSTAQIL TAʼLIMNI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB TAKOMILASHTIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
10
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan qarorlar hamda mustaqil ta’lim olishda innovatsion texnologiyalarining mazmun-mohiyati / kredit-modul tizimining asosiy vazifalari / talabalar mustaqil ishining maqsad va vazifalari / talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari / talaba mustaqil ishining axborot taʼminoti hamda talaba mustaqil ishini nazorat qilish va baholash yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Axmedova Dilnoza Eshnazar Qizi

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan qarorlar hamda mustaqil ta’lim olishda innovatsion texnologiyalarining mazmun-mohiyati, kredit-modul tizimining asosiy vazifalari, talabalar mustaqil ishining maqsad va vazifalari, talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari, talaba mustaqil ishining axborot taʼminoti hamda talaba mustaqil ishini nazorat qilish va baholash yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KREDIT-MODUL TIZIMIDA MUSTAQIL TAʼLIMNI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB TAKOMILASHTIRISH IMKONIYATLARI»

KREDIT-MODUL TIZIMIDA MUSTAQIL TA'LIMNI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB TAKOMILASHTIRISH IMKONIYATLARI

Axmedova Dilnoza Eshnazar qizi

Navoiy DPI tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10991059

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan qarorlar hamda mustaqil ta'lim olishda innovatsion texnologiyalarining mazmun-mohiyati, kredit-modul tizimining asosiy vazifalari, talabalar mustaqil ishining maqsad va vazifalari, talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari, talaba mustaqil ishining axborot ta'minoti hamda talaba mustaqil ishini nazorat qilish va baholash yuzasidan ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Mustaqil ta'lim, mustaqil o'qish, auditoriyadagi mustaqil ta'lim, Kreditmodul tizimi, talaba, o'quv jarayoni, mustaqil ish, ECTS.

Abstract. this article provides information on decisions made by the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan and the content and essence of innovative technologies in independent education, the main tasks of the credit-module system, the goals and objectives of independent work of students, organizational forms of independent work of students, information support of independent work of students and control and evaluation of.

Keywords: Independent Education, independent study, independent education in the auditorium, credit-module system, student, educational process, independent work, ECTS.

Аннотация. В данной статье представлена информация о решениях, принятых Кабинетом Министров Республики Узбекистан, а также о содержании инновационных технологий в самостоятельном образовании, основных задачах кредитно-модульной системы, целях и задачах самостоятельной работы студентов, организационных формах самостоятельной работы студентов, информационном обеспечении самостоятельной работы студентов, контроле и оценке самостоятельной работы студентов.

Ключевые слова: самостоятельное обучение, самостоятельное обучение, самостоятельное обучение в аудитории, кредитно-модульная система, студент, учебный процесс, самостоятельная работа, ЭКШ.

"O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori 1-ilovasi, oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoniga kreditmodul tizimini joriy etish tartibi to'g'risida" Nizomga ko'ra [1], "2020-2021-o'quv yilidan boshlab respublika oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini bosqichma-bosqich ("ECTS"ga asoslangan) kredit-modul tizimiga o'tkazish tartibi joriy etiladi" [1]. Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e'tirof etiladi (1.1-rasmga qarang).

r O'quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish va bitta modulning qiymatini aniqlash (kreditda); Ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim olishning ulushini oshirish

r ^ Kredit-modul tizimining asosiy

vazif l. alari J ing qulayligi va mehnat isga qo'yilgan talabdan gartirish mumkinligi

Talabalarga o'zlarining o'quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish; Ta'lim dasturlarini bozorida mutaxass kelib chiqib o'z

1.1-rasm. Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari

Sh. Mustafaqulov fikricha "kredit-modul tizimi, bu - ta'limni tashkil etish jarayoni bo'lib, o'qitishning modul texnologiyalari jamlanmasi va kredit o'lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta'minlash va talabalar bilimini reyting asosida baholash" [2].

Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e'tirof etiladi:

■ o'quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;

■ bitta modulning qiymatini aniqlash (kreditda);

■ talabalarga o'zlarining o'quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;

■ ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim olishning ulushini oshirish;

■ ta'lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo'yilgan talabdan kelib chiqib o'zgartirish mumkinligi [2].

Hozirda auditoriyada talabalarga mustaqil ishlarni vazifa qilib berishda va ularning auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta'limini tashkil etishda bir qancha muammolarga duch kelinadi [3]. Mustaqil ta'lim samaradorligiga erishish - bu tizimli va keng qamrovli maqsadli harakatlar orqali hal qilinishini tushunishimiz kerak. Shuning uchun O'zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talabiga muvofiq talabalarning mustaqil ishini tashkil etishga katta e'tibor berib kelinmoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2005 yil 21 fevraldagi "Talabalar mustaqil ishini tashkil etish to'g'risida" gi 34-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to'g'risida" gi Namunaviy nizom"[4]da quyidagilar aniq belgilangan:

• talabalar mustaqil ishining maqsad va vazifalari;

• talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari;

• talaba mustaqil ishining axborot ta'minoti;

• talaba mustaqil ishini nazorat qilish va baholash [5].

Mazkur nizomda talabalar mustaqil ishining maqsad va vazifalari, shakllari, axborot ta'minoti, nazorat qilish turlari va baholash mezonlari ko'rsatib berilgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli buyrug'ining 1-ilovasida "Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo'yicha yo'riqnoma"da talabalar mustaqil ishini samarali olib borish uchun yanada kengroq va chuqurroq ma'lumot berilgan [6]. Mustaqil ta'limni samarali tashkil qilish maqsadida bir qancha platformalar, elektron ta'lim muhitlari yaratilgan. Masalan, pandemiya cheklovlari davrida Respublika oliy ta'lim muassalarida masofaviy ta'limni tashkil qilishda asosiy rol o'ynagan Moodle (Modular Object-Oriented Dynamic Learning Environment) platformasi ham mustaqil

ta'limni, ayniqsa auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta'limni tashkil etishda juda qulay elektron ta'lim muhitini yaratib bera oladi. Shuningdek, mustaqil ta'limni tashkil qilishda ta'lim tizimi rivojlangan mamlakatlarning tajribalaridan foydalanish ham yaxshi natija beradi. Zero, Yevropa, AQSh davlatlari oliy ta'limida "o'qitish emas, o'rganish imkonini berish" kerakligi, shior darajasiga ko'tarilgan. Masalan, Britaniya oliy ta'lim muassasalarida mustaqil ta'lim o'zining har haftalik nazorati mavjudligi bilan ajralib turadi. Haftalik dasturni o'zlashtirish ko'rsatkichlari testlar orqali aniqlanadi va natijalar qayd qilib boriladi. Biroq bu jarayonning o'quv-uslubiy ta'minoti o'qituvchilar zimmasida bo'ladi. Ular elektron bosma varianti mavjud bo'lgan materiallar doirasida haftalik topshiriqlar beradilar. Shuningdek zarur deb qaralganda asosiy adabiyotlarning elektron varianti albatta talabalarga yetkaziladi, masalan PDF formatda va hokazo. Mustaqil ta'lim nafaqat bilim olishning qulay usullaridan biri, balki shaxsiy fazilatlarni tarbiyalashdagi muhim jarayon ham hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlkatimiz oliy ta'limida tobora mustaqil ta'limga e'tibor kuchaymoqda. Ammo mustaqil ta'limning o'ziga xos bir qancha muammolari borki, bu rivojlangan mamlakatlarning bir qancha ilg'or ta'lim texnologiyalarini to'g'ridan-to'g'ri oliy ta'lim tizimimizga joriy qilishga to'sqinlik qiladi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun e'tiborga olishga to'g'ri keladigan asosiy masalalarni ko'rib chiqamiz.

1. Talabalarning erkin fikr yuritish, mustaqil qaror qabul qilish, faoliyat yuritish qobiliyatlarini shakllantirish, rivojlantirish.

2. Biz umumiy o'rta ta'limda mustaqil ta'limga o'quvchilarning ijodiy ishlariga kam e'tibor beramiz. Shuning uchun ham talabalar ayniqsa, quyi bosqichlarda o'z mustaqil ta'limini rejalashtirishda qiynalishadi. Uzluksiz ta'lim komponentlari sifatida bu sohada tegishli ishlar olib borish - maktab va oliy o'quv yurtlari orasida o'zaro uzviylik, kerak bo'lsa hamkorlikni yo'lga qo'yish o'zining ijobiy samarasini beradi.

3. Mustaqil ishlarga ta'lim olish bilan birga o'z-ozini tarbiyalash vositasi sifatida qarab, mustaqil ta'lim samaradorligi mezonlarini ishlab chiqish kerak. Biz tan olishimiz kerakki, bir xil hajmdagi bilimni mustaqil izlanib, fikr yuritib va jarayonda bir qancha manbalarni ko'rib chiqib, ulardagi ma'lumotlarni o'zaro taqqoslab egallash bilan, o'qituvchi tomonidan saralab olib kelingan ma'lumotlarni tezgina o'zlashtirib olish orasida, talaba shaxsini shakllanish nuqtai nazaridan qaraganda juda katta farq bor. Shuning uchun talabalarning mustaqil ta'limiga ob'ektiv baho berishda yuqoridagi parametrlarni ham nazardan qochirmaslik tavsiya etiladi. Bu ham talaba uchun mustaqil ishlarni bajarishda o'ziga xos motivatsiya bo'lishi tadqiqotimiz davomida kuzatildi.

4. Har bir talabaga o'z qiziqish va qobiliyatlari nuqtai nazidan yondashishga erishish. Mustaqil ta'limda talabalar berilgan ayni topshiriq bilan birga, ko'pincha unga yondosh bilim va ko'nikmalarni ham egallashi kuzatiladi. Bu bir qancha adabiyotlar bilan ishlashi natijasida kelib chiqadi. Ayniqsa og'zaki savoljavob yordamida berilgan topshiriqlarni o'zlashtirish darajasi baholab borilayotganda va bu jarayonda mantiqiy savollar berib talabaning o'rgangan tushunchalari mohiyatiga qanchalik yetib borganligi sinab ko'rilayotganda talabaning shaxsiy qiziqishlari va boshqa parametrlari inobatga olinishi kerak.

5. Ma'lum bir kursni o'qiyotganda beriladigan yuklamalar hajmi, saviyasi ortib boruvchi va asosiysi ularning mazmuni, mavzulari keyingisini o'zlashtirishda yordam beruvchi va oldingisini to'ldiruvchi qilib, diqqat bilan ishlab chiqilishi kerak.

6. Aniq, tabiiy va gumanitar fanlarning turli xususiyatlarini inobatga olgan holda mustaqil ta'limni tashkil qilish. Masalan, umumiy pedagogikafani dasturlarida oldingi va keyingi mavzu o'zaro juda yuqori darajada bog'liqlikka ega bo'ladi. Umumiy pedagogika fani oldingi mavzuni o'zlashtirmasdan keyingi mavzuni o'zlashtirishning umuman iloji bo'lmagan bo'limlarga ham

ega. Bu darajada yuqori bog'liqlik hatto fizikada ham mavjud emas. Har bir fan o'qituvchisi topshiriqlar ketma-ketligi, ularning bajarish muddatini belgilaganda topshiriqlar hajmidan tashqari uni boshqa mavzular bilan bog'liqlik darajasini ham inobatga olishi zarur.

7. Yana bir asosiy jihat - talabalarning mustaqil ta'limini tashkil qilishda oliy ta'lim muassasalari sifatli axborot resurs markazlarga ega bo'lishi, ularda kompyuterlarning mavjudligi va ularning (qoniqarli tezlikka ega bo'lgan) internet tarmog'iga ulanganligi hamda bu qulayliklardan talabalarning barchasi foydalanishi uchun keng sharoitlar mavjudligi muhim hisoblandi [2].

8. Axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda mustaqil ta'limni tashkil etish. Maslahatlar tashkil qilib turishda Zoom, Moodle va boshqa platformalardan foydalanish.

9. "Mustaqil ta'limni demokratlashtirish, jarayonda o'qituvchining sub'ektivligini oshirish. O'qituvchi jarayonni tashkil qilish, bilimlarni egallash usullari, ketma-ketligi va hakazolarda ko'rsatma berayotganda, bu ko'rsatmalar tavsiyaviy xarakterga ega bo'lishi kerak". Jarayonda talaba o'zini qancha erkin his qilsa uning shaxsiy sifatlari shuncha yaxshi rivojlanishini ko'pgina olimlar qayd qilishadi.

10. Auditoriyadagi mustaqil ishlarni va auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta'limni, umuman olganda bu ikkita - auditoriya va undan tashqaridagi ta'limni hech qanaqasiga bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Ayniqsa kredit-modul tizimida auditoriya mashg'ulotlari jarayonida talabalar ta'limning 50-60 foizdan yuqori ulushini tashkil qiluvchi auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta'limga ham tayyorlab borilishi kerak va hakazo.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda oliy ta'lim muassasasi talabalari auditoriya mashg'ulotlari vaqtida auditoriyadan tashqari mustaqil ta'limlarga tayyor bo'lib bormog'i zarur. Bu esa talabaning bo'sh vaqtlarida mustaqil bilim olishi uchun zamin yaratadi. Mustaqil izlangan talabada mustaqil fikrlar va g'oyalar shakllanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respuplikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31- dekabrdagi 824-son qaroriga 1-ilova Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to'g'risida Nizom.

2. http://lib.convdocs.org/docs/index- 15025.html.

3. To'rayev Sh.F., Kakhkhorov S.K. Organizing Independent Education In The Credit-Module System Using Innovative Technologies // Scopus - European Chemical Bulletin. 2023, 12 (S3), - P. 2137-2145.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi "Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish choratadbirlari to'g'risida"gi PQ-5032-sonli Qarori.

5. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2005-yil 21-fevraldagi "Talabalar mustaqil ishini tashkil etish to'g'risida"gi 34-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to'g'risida"gi Namunaviy Nizom.

6. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2009-yil 14-avgustdagi 286-sonli buyrug'ining 1-ilovasidagi "Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo'yicha yo'riqnoma.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.