Научная статья на тему 'KREATIVLIK TUSHUNCHASI, MAZMUN MOHIYATI VA UNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI'

KREATIVLIK TUSHUNCHASI, MAZMUN MOHIYATI VA UNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
20838
509
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metod / zamonaviy o‘qituvchi / kreativlik / stereotiplar / zamonaviy ta`lim / innovatsiya. / method / modern teacher / creativity / stereotypes / modern education / innovation.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Oripova, Muslima Ulug‘bek Qizi

Ushbu maqolada kreativlik tushinchasi, mohiyati va uning nazariy metodologik asoslari, inson tafakkuri, tasavvuri undagi fikrlash shakllari yoritib berilgan. Shu bilan birga o‘qituvchi kreativligi va o‘quvchining kreativ fikrlashlari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF CREATIVITY, THE ESSENCE OF THE CONTENT AND ITS THEORETICAL METHODOLOGICAL FOUNDATIONS

In this article, the concept of creativity, its essence and its theoretical and methodological foundations, human thinking, imagination, and the forms of thinking in it are explained. At the same time, the teacher`s creativity and student`s creative thingking are discussed.

Текст научной работы на тему «KREATIVLIK TUSHUNCHASI, MAZMUN MOHIYATI VA UNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KREATIVLIK TUSHUNCHASI, MAZMUN MOHIYATI VA UNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI

Oripova Muslima Ulug'bek qizi

Farg'ona davlat universteti II bosqich magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kreativlik tushinchasi, mohiyati va uning nazariy metodologik asoslari, inson tafakkuri, tasavvuri undagi fikrlash shakllari yoritib berilgan. Shu bilan birga o'qituvchi kreativligi va o'quvchining kreativ fikrlashlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: metod, zamonaviy o'qituvchi, kreativlik, stereotiplar, zamonaviy talim, innovatsiya.

В данной статье разъясняются понятие творчества, его сущность и его теоретико-методологические основы, человеческое мышление, во ображение и формы мышления в нем. При этом обсуждаются творчество учителя и творческое мышление ученика.

Ключевые слова: метод, современный учител, творчество, стереотипы, современный образование, инновации.

In this article, the concept of creativity, its essence and its theoretical and methodological foundations, human thinking, imagination, and the forms of thinking in it are explained. At the same time, the teachers creativity and studenfs creative thingking are discussed.

Key words: method, modern teacher, creativity, stereotypes, modern education, innovation.

Bugungi kunda asosiy e'tibor o'quvchi yoshlarning ta'lim-tarbiyasiga, ularning mustaqil fikrlaydigan, yuksak tafakkur egasi va ma'naviyatli insonlar bo'lib shakllanishlariga qaratilgandir. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz".

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yoshlarimizni ma'naviy ongini shakllantirishda, ularni komil inson qilib tarbiyalashda musiqa san'ati asosiy vositalardan biri bo'lib kelgan. Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san'at turidir. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo'lib, atrofdagi go'zal narsalarni to'g'ri idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi. Shu bois, hamma davr va jamiyatda musiqa san'ati va uning taraqqiyotiga katta e'tibor berib kelingan.

Shu o'rinda davlatimiz raxbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112 sonli "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" qarorlari xam diqqatga sazovardir.

Ushbu qaror aholi ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko'rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli raqvishda yo'lga qo'yish, madaniyat va san'at sohasida yosh ist'dodlarni izlab topish va qo'llab quvvatlash, ta'lim muassasalarini milliy cholg'ular, musiqa darsliklari, notalar to'plamlari va o'quv metodik adabiyotlar bilan ta'minlashning yaxlit tizimini yaratish va boshqa ko'plab madaniyat va san'at sohasidagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.

Bundan avval xam mamlakatimizning ma'naviy-ma'rifiy saviyasini yuksaltirish va madaniyat va san' at muassasalarini moddiy-tehnik bazasini mustahkamlash, soha vakillarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2018-yil 28-noyabrda qabul qilingan PQ-4038 sonli prezident qarorida xamda O'zbekiston ijodkorlarini qo'llab quvvatlash, "Ilhorn" jamoat fondini tashlik etish(Prezidentning 9.08.2017-yildagi PQ-3184-sonli qarori), O'zbeksiton Respublikasi Madaniyat vazirligi xuzurida Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasini tashkil etish (Prezidentning 16.10.2017-yildagi PQ-3325-sonli qarori), O'zbeksiton kompozitorlari va batakorlari uyushmasini tashkil etish (Prezidentning 15.08.2017-yildagi PQ-3212-sonli qarori), O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filialini tashkil etish (16.08.2017-yildagi PQ-3218-son qarori) mamlakatimizda milliy madaniyat va san'atni yanada rivojlantirishning maqsadi, vazifalari, tamoillari, shuningdek ustivor yo'nalishlarini belgilaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xalqimizda birdamlik, vatanparvarlik va milliy g'urur hissini tarbiyalashda madaniyatning ustivorligiga urg'u berish, jamiyat hayoti sifatinining yanada yuqori

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

darajasini taminlash, unda fuqorolarining hamjihat bo'lishiga erishish, manaviyatli, masulyatli, madaniyatli, mustaqil fikrlovchi shaxni shakllantirish , madaniy va ijtimoiy sohani takomillashtirish orqali barkamol shaxsni shakllantirish va jamiyatning hamjihatligini mustahkamlash milliy madaniyat va sanatni rivojlantirish konsepsiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Davlatimiz rahbarining madaniyat va san at sohasini rivojlantirish borasida qabul qilgan qaror va farmonlari yutimiz madaniyat va san at sohasini gullab yashnashiga poydevor bo'lib kelmoqda.

Bugungi kunda jamiyatning maktab oldiga qo'yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda. Bu talablarga to'g'ri yondashgan holda ularni amalda bajarish esa o'qituvchining vazifasidir. Xo'sh, bu talablar nimalardan iborat?

Zamonaviy talim standartlari pedagogdan nafaqat yuqori malakani va doimiy kasbiy rivojlanishni, balki o'z ishiga ijodiy yondashishni xam talab qiladi. Bu uzluksiz va kechiktirib bo'lmas jarayondir. O'qituvchining qay darajada kreativ ekanligi, qanchalik xilma- xil metodlardan foydalana olishi, zamonaviy bilimlarni o'zlashtira olishi va sifat jihatdan yangiliklarni yaratishi juda katta ahamiyat kasb etmoqda.

Pedagog o'qituvchining kreativlik sifatlariga ega bo'lishi uning shaxsiy qobilyatlariga, o'qituvchi kasbiy faoliyatini sifatli, samarali tashkil etishga yo'naltiradi. Ta lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bo'lishlari ularda o'quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an anaviy yondashishdan farqli o'laroq yangi g'oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o'ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi.

Odatda pedagog- o'qituvchilarning kraetivlik qobilyatlariga ega bo'lishlari pedagogik muammolarni xal qilishga intilishi, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va ijodiy xamkorlikka erishishlari orqali taminlanadi.

Pedagog o'z-o'zidan ijodkor bo'lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobilyati malum vaqt ichida izchil o'qib o'rganish, o'z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va asta-sekin takollashib, rivojlanib boradi. Xar qanday mutahasisda bo'lgani kabi bo'lajak pedagoglarning kreativlik qobilyatlariga ega bo'lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo'yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o'zini-o'zi ijodiy faoliyatga yo'nalishtirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

shuningdek pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e'tibor qaratishi zarur.

Xo'sh kreativlik nima? Bu qanday tushincha?

Kreativlik tushunchasi lotincha, inglizcha "create"- yaratish, "creative" yaratuvchi, ijodkor, ingliz tilidan tarjima qilinganda ijod degan manosini anglatadi. Kreativlik insonda mavjud malumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularni cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. Kreativlik- bu so'zni sodda tilda tushintiradigan bo'lsak, yaratuvchanlik, ijodkorlik degan manolarni anglatadi. Yani bu bir xillikdan qochish, nimagadir yangicha yondashish ko'nikmasidir.

Kreativlik bu xar kim xar xil tushinadi lekin to'g'ridan- to'g'ri tushinadigan bo'lsak kreativlik bu ijodkorlik, ya ni kreativ so'zi ijod degan ma noni anglatadi. Uning tag zaminida esa orginallik, amaliylik, noodatirlik va erkinlik yotadi. Misol uchun biror bir narsani ijod orqali chiroyli, boshqalardan chiroyli qilib chiqarib berish desak bo'ladi. Misol oladigan bo'lsak oddiy stulni tasavvur qilamiz. Stulning oddiysi bu to'rta oyog'i, bitta o'rindigil va bitta suyanchig'i bo'ladi. Agar buni kreativlashtirsak balki uchta oyog'i bo'lishi mumkin, balki o'rindig'i boshqacharoq bo'lishi mumkin, yoki dizayni umuman boshqacharoq bo'lishi mumkin. Atrofga boqsangiz xar tomonda inson ijodkorligining beqiyos va xayratlanarli namunasiga duch kelasiz. Bularning barchasi inson tafakkuri va tasavvuri mahsuli. Bugun biz uchun odatiy ko'ringan kitob, musiqa, bino, samalyot va hatto lampalar xam qachonlardir orzu va tasavvurda bo'lgan. Keyinchalik aql idrok samarasi olaroq yaratilgan. Kreativlikni shakllantirishda tasavvur muhum ro'l o'ynaydi.

Xo'sh, biz uchun kreativlik nega kerak?

Kreativ insonlar har bir sohada, har bir bajaradigan ishida o'zgalardan ajralib turadi. Chunki ular nafaqat o'z ishlarini katta ishtiyoq va qiziqish bilan, balki hech kimning xayoliga kelmaydigan g'oyalar orqali amalga oshirishadi. Shunday ekan kraetivlik muvaffaqiyatimiz kaliti desak adashmaymiz.

Kreativlikni shakllantirishda tasavvur muhum ro'l o'ynaydi. Dunyoga mashur olim Albert Eynshteyn "tasavvur bilimdan muhum", deganida aynan shuni nazarda tutgan. Ko'pincha noodatiry fikrlar, yechimlar, kutilmaganda inson xayoliga keladi. Buning uchun avvalo fikrlash jarayonidagi bir xillikka, odatiylikka barham berishimiz zarur. G'ildirakning kashf etilishidan boshlangan yaratuvchanlik namunalari bugun koinotda kezib yuribdi. Inovatsiyalar kundalik turmushimizda qulayliklar yaratdi, og'irimizni yengil, uzog'imizni yaqin qiladi. Shu tarzda kreativlik taraqqiyotning ajralmas bo'lagiga aylangan. Barcha sohada ijodiy fikrlovchi mutahasislarga talab katta. Dunyoga mashhur dasturiy mahsulotlar,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

telefonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mutahasislardan xar kuni yangidan yangi g'oyalar so'raladi. Mehnat bozorida kreativ fikrlovchi mutahasislarga talab oshib borayotgan ekan ta lim jarayonida o'qituvchi pedagoglarning noodatiy fikrlashini shakllantirish, rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Xaligacha ta lim tizimida ko'plab yondashuv va metodlar, ijodiy fikrlash emas, talqin va tahlilga yani berilgan malumotni tushinib to'g'ri yetqizishga va nari borsa bir necha axborotni umumiylashtirib xulosa chiqarib olishga, qo'polroq qilib aytganda "yodla, qaytar" tizimiga o'tib qolgan.

Inson o'z miyyasi o'z ishini yengillashtirish, qulaylashtirish uchun shablon va steratiblardan foydalanadi. Stereotiplar shu paytgacha malum bo'lgan umummaqbul fikrlardir. Ular asosida fikrlashga bizga hech qanday yangi g'oya bermaydi. Qoliblarning yuzaga kelishida jamiyatda ustivor bo'lgan ijtimoiy fikr, media mahsulotlaridan taqdim etilayotgan shakl va ko'rinishlar xam yetakchi o'rin tutadi. Inson ommadan ajralib qolmaslik nuqtayi nazaridan hammaning fikriga qo'shiladi. Qolaversa oqim bo'ylab suzish mustaqil fikrlashdan ko'ra osonroq tuyiladi. Stereotiplar orqali fikrlaganda muayyan mavzu bo'yicha, inson ongiga so'rov berilganda odatiy ma lumot va mulohazalar yuzaga keladi. Kreativ fikrlovchi insonlar oddiy manzalardan o'zgacharoq tasvirlarni xam tasavvur qilib hech kim ilg'amagan jihatlarini payqaydi va yangilik yarata oladi.

Eng ajablanarli jihati talim va tarbiya jarayoni xam bolalarni bir xil fikrlashga o'rgatib quyarkan. Mashhur ixtirochi, kashfiyotchilarning aynan maktab jarayonidagi bir xillikka ko'nika olmaganligi, qoliblarga sig'maganligi va qoniqmaganligini ko'rish mumkin. Albert Eynshteynni maktadan xaydalishi yoki Dmitriy Mendeleyevning kimyo fanidan 3 olganliklari bunga misol bo'la oladi.

Bugungi kunning o'qituvchisi qanday bo'lishi kerak?

O'qituvchi jamiyat ijtimoiy- siyosiy hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohatlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o'quvchilarni bera olishi lozim. Shu bilan birga bugungi kun o'qituvchisi o'z mutahasisligi bo'yicha chuqur, puxta bilimga ega bo'lishi, o'z ustida tinimsiz ishlashi shart. Talim-tarbiyaviy faoliyatda pedagogik va axborot tehnologiyalarining eng samarali shakli-metod va vositalaridan unumli foydalana olish zamonaviy ustozning eng samarali qurolidir. Ijodkorlik (kreativlik) qobilyatlariga ega bo'lish ko'nikmasi ham asosiy xislatlardan biridir, ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobilyatiga ega bo'lish har bie ustoz uchun muhimdir. Yani, o'qituvchi zamonaviy o'quvchilar nima bilan yashayotganini tushinishi kerak.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kreativlik xozirgi kunda judayam, ayniqsa O'zbeksitonda tanqis, kam uchraydigan narsalardan biri hisoblanadi. Bunga sabab ko'pchilik pedagog o'qituvchilarni o'z ustida ko'p ishlamasligida deb aytsak bo'ladi. Kreativlik uchun qobilyat tug'ma bo'lishi kerakmi degan savol tug'iladi. Qaysidir manoda albatta kerak bo'ladi. Lekin xammasi mehnatga, o'z ustida ishlashga borib taqaladi. Kreativ- pedagog har tomonlama rivojlangan, har bir darsini qiziqarli o'ta oladigan,yangi metodlar va tehnikalardan xabardor va barcha o'quvchilari uchun sevimli bo'lgan mahoratli ustoz. Uning darslari g'aroyib g'oyalarga boy!

Shuni unutmaslik kerakki, bugungi jamiyat bir xillikdan zerikdi. Endi faqatgina kerativ o'ylagan insongina xammadan ajralib tura oladi. Chunki Kreativlik- bu cheklash mumkin bo'lgan tushuncha emas. Uni rivojlantirish xar birimizning qo'limizda. Unutmang, Kreativlik - XXI asr talabi!

REFERENCES

1. Prezident Sh. Mirziyoyevning 02.02.2022-yildagi PQ-112-sonli qarori.

2. Prezident Sh. Mirziyoyevning 9.08.2017-yildagi PQ-3184-sonli qarori.

3. Prezident Sh. Mirziyoyevning 16.10.2017-yildagi PQ-3325-sonli qarori.

4. Prezident Sh.Mirziyoyevning 15.08.2017-yildagi PQ-3212-sonli qarori.

5. Prezident Sh.Mirziyoyevning 16.08.2017-yildagi PQ-3218-sonli qarori.

6. G.Sharipova, D.Asamova, Z.Xodjayeva "Musiqa o'qitish nazariyasi metodikasi va maktab repertuari" Toshkent. 2014-yil.

7. Nafisa Yusupova "Musiqa savodi, metodikasi va ritmikasi" Toshkent-2017-yil.

8. Utanov U.Q., Qosimova O.X. "Xalq ta'limi xodimlarini kasbiy kompetentligini rivojlantirish"; //"Pedagogik innovatsiyalar va yuqori samaradorlikka yetaklovchi ta'limiy g'oyalar" respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi to'plami. Termiz., 2020-yil

9. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

10. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

11. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New

Age Generation.

12. MaHHonoB, C. (2018). HaBoSaxm ox,aHraap. T.: IJOD-PRESS narnpuemu.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

13. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

14. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936).

15. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

16. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)

17. Dilorom, N., & Tohirovna, A. Z. (2022). BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA'LIMIDAGI ILK QADAMLARI. Science and innovation, 1(C2), 3638.

18. Namozova, D. T. (2021). MUSIQA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH. Scientific progress, 2(2), 1313-1315.

19. www.lex.uz

20. www.ziyonet.uz

21. www.edu.uz

22. www.pedagog.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.