Научная статья на тему 'KORXONALARNI BOSHQARISHDA IQTISODIY AXBOROTLAR TIZIMI VA IQTISODIY AXBOROTLAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA BIOMETRIK USULLARDAN FOYDALANISH'

KORXONALARNI BOSHQARISHDA IQTISODIY AXBOROTLAR TIZIMI VA IQTISODIY AXBOROTLAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA BIOMETRIK USULLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
970
118
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Biometriya / axborot tizimlari / axborot tizimini himoyalash / axborotni xuquqiy / tashkiliy / texnik himoyalash. / biometrics / Information Systems / Information System Protection / Information legal / organizational / technical protection.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Toxirov Akbarxon Toirxon O‘G‘Li, Muxammadiyev Nodirbek Ikromjon O‘G‘Li

Maqolada korxonalar boshqaruv tizimida iqtisodiy axborotlar tizimini takomillashtirish, korxonaning iqtisodiy axborotini himoyalash, axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining ommaviy ravishda qog’ozsiz avtomatlashtirish, korxonalar boshqaruvida axborot tizimidagi axborotlarni himoyalashdagi himoya turlari keng yoritib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECONOMIC INFORMATION SYSTEM IN THE MANAGEMENT OF ENTERPRISES AND THE USE OF BIOMETRIC METHODS IN ENSURING ECONOMIC INFORMATION SECURITY

Economic information in the management system of enterprises improvement of the system, protection of economic information of the enterprise, the mass of information and communication technologies without paper types of protection in automation, Information System Information Protection in the management of enterprises are widely covered.

Текст научной работы на тему «KORXONALARNI BOSHQARISHDA IQTISODIY AXBOROTLAR TIZIMI VA IQTISODIY AXBOROTLAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA BIOMETRIK USULLARDAN FOYDALANISH»

KORXONALARNI BOSHQARISHDA IQTISODIY AXBOROTLAR TIZIMI VA IQTISODIY AXBOROTLAR XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA BIOMETRIK

USULLARDAN FOYDALANISH Toxirov Akbarxon Toirxon o'g'li

Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti"kafedrasi katta o'qituvchisi Muxammadiyev Nodirbek Ikromjon o'g'li

Toshkent kimyo-texnologiya instituti 57-19 MT guruh talabasi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.6799667 Annotatsiya. Maqolada korxonalar boshqaruv tizimida iqtisodiy axborotlar tizimini takomillashtirish, korxonaning iqtisodiy axborotini himoyalash,

axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining ommaviy ravishda qog'ozsiz avtomatlashtirish, korxonalar boshqaruvida axborot tizimidagi axborotlarni himoyalashdagi himoya turlari keng yoritib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Biometriya, axborot tizimlari, axborot tizimini himoyalash, axborotni xuquqiy, tashkiliy, texnik himoyalash.

СИСТЕМА ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ИНФОРМАЦИИ В УПРАВЛЕНИИ ПРЕДПРИЯТИЯМИ И ИСПОЛЬЗОВАНИЕ БИОМЕТРИЧЕСКИХ МЕТОДОВ ДЛЯ ОБЕСПЕЧЕНИЯ БЕЗОПАСНОСТИ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ИНФОРМАЦИИ Аннотация. Статья раскрывает что такое экономическая информация в системе управления предприятиями защиты экономической информации предприятия, массовое безбумажное использование информационно-коммуникационных технологий широко освещены виды защиты в автоматизации, защита информации в информационной системе управления предприятиями.

Ключевые слова: биометрия, информационные системы, защита информационной системы, правовая, организационная, техническая защита информации. ECONOMIC INFORMATION SYSTEM IN THE MANAGEMENT OF ENTERPRISES AND THE USE OF BIOMETRIC METHODS IN ENSURING ECONOMIC

INFORMATION SECURITY Abstract. Economic information in the management system of enterprises improvement of the system, protection of economic information of the enterprise, the mass of information and communication technologies without paper types of protection in automation, Information System Information Protection in the management of enterprises are widely covered.

Keywords: biometrics, Information Systems, Information System Protection, Information legal, organizational, technical protection.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasida barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o'zining natijalarini namoyon etmoqda. Qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o'sishini ta'minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo'jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo'lga kiritildi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog'i samarali va mo'tadil tashkil qilingan axborot infratuzilmasisiz faoliyat ko'rsatishi mumkin emas. Hozirgi kunda milliy axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo'lib xizmat qilmoqda. Ushbu resursdan samarali

foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta'minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashuvi

tezligi yuksaladi, axborotni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo'yicha ilg'or axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo'llash kengayadi. Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma'lum. SHuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo'llanilgan. Ulardan biri sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o'qiy olmagan.

Bugungi kunga kelib har bir yangi axborot ma'lum bir ta'sir kuchiga va qiymatga ega bo'lib bormoqda. Bu esa o'z navbatida axborotni himoyalash zaruriyati tug'dirmoqda.

Axborot xavfsizligi deb ma'lumotlarni yo'qotish va o'zgartirishga yo'naltirilgan tabiiy yoki sun'iy xossali tasodifiy va qasddan ta'sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.

Korxonalar boshqaruv tizimida iqtisodiy axborotlar tizimini quyidagicha baholash mumkin.

ishonchlilik aniqlilik

tizimga kirishni nazorat qilish identifikatsiyalashni nazorat qilish qasddan buzilishlarga to'sqinlik Korxonaning iqtisodiy axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat: axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o'g'irlanishi, yo'qotilishi, o'zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish; axborotni yo'q qilish, o'zgartirish, nusxa ko'chirish,

axborot tizimida mavjud bo'lgan shaxsiy ma'lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidentsialligini saqlanishini himoyalash;

Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining ommaviy ravishda qog'ozsiz avtomatlashtirilgan asosda boshqarilishi sababli axborot xavfsizligini ta'minlash murakkablashib va muhimlashib bormoqda. Bu jarayon korxonalar boshqaruvida ham yangicha axborotlarni himoyalash tizimini yaratish va boshqaruv tizimiga tezlik bilan tadbiq qilishni ...

Korxonada axborotning zaif tomonlarini kamaytiruvchi va axborotga ruxsat etilmagan kirishga, uning chiqib ketishiga va yo'qolishiga to'sqinlik qiluvchi tashkiliy, texnik, dasturiy, texnologik va boshqa vosita, usul va choralarning kompleksi — korxona boshqaruv tizimida axborotni himoyalash tizimi deyiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqan holda biz korxonalar boshqaruvida axborot tizimidagi axborotlarni himoyalashda quyidagi 3 himoyalashni alohida keltiramiz.

1. Axborotni xuquqiy himoyalash

2. Axborotni tashkiliy himoyalash

3. Axborotni texnik himoyalash

TADQIQOT NATIJALARI

Hozirgi vaqtga kelib, kompyuter-kommunikatsiya texnologiyalari kundan-kunga tez rivojlanib bormoqda. XXI asrga kelib kompyuter texnologiyalari kirib bormagan sohaning o'zi qolmadi, desak xato bo'lmaydi. Ayniqsa ta'lim, bank, moliya tizimlarida va zamonaviy korxonalarni boshqarishda ushbu zamonaviy texnologiyalarni qo'llash yuqori samara bermoqda. SHu bilan birga axborot havfsizligiga bo'lgan tahdid ham tobora kuchayib borayotgani va hozirgi davrning eng dolzarb muammolardan biri axborot havfsizligini ta'minlash ekanligi hech kimga sir emas.

Tizimga ruxsatsiz kirishni taqiqlashning eng keng tarqalgan usuli sifatida «parol» qo'yish usuli hisoblanib kelmoqda. CHunki ushbu usul juda sodda, foydalanish uchun qulay va kam harajat talab etadi. Lekin bu usul ham axborot xavfsizligini ta'minlashda to'laqonli o'zini oqlay olmayapti. Ushbu usul bir qator kamchiliklarga ega.

Birinchidan, ko'pchilik foydalanuvchilar sodda va tez esga tushadigan parollarni qo'llaydilar. Masalan, foydalanuvchi o'z shaxsiga oid sanalar, nomlardan kelib chiqqan holda parol qo'yadilar. Bunday parollarni buzish esa, foydalanuvchi bilan

tanish bo'lgan ixtiyoriy shaxs uchun unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. Ikkinchidan, foydalanuvchi parolni kiritishi jarayonida, kuzatish orqali ham kiritilayotgan belgilarni ilg'ab olish mumkin.

Uchinchidan, agar foydalanuvchi parol qo'yishda murakkab, uzundan-uzoq belgilardan foydalanadigan bo'lsa, uning o'zi ham ushbu parolni esidan chiqarib

qo'yishi extimoldan holi emas. Hozirda ixtiyoriy parollarni buzuvchi dasturlarning paydo bo'lishi parol orqaliy himoyalash usuli axborotlarni to'laqonli xavfsiz deyishga imkon bermayapti.

SHu sababli ham hozirda axborotlardan ruxsatsiz foydalanishni cheklashning biometrik usullarini qo'llash dunyo bo'yicha ommaviylashib bormoqda va ushbu yo'nalish biometriya nomi bilan yuritilmoqda.

MUHOKAMA

Biometriya - bu insonning o'zgarmaydigan biologik belgilariga asosan aynan o'xshashlikka tekshirishdir (identifikatsiya). Hozirda biometrik tizimlar eng ishonchli himoya vositasi hisoblanadi va turli xil maxfiy ob'ektlarda, muhim tijorat axborotlarini himoyalashda samarali qo'llanilmoqda.

Hozirda biometrik texnologiyalar insonning quyidagi o'zgarmas biologik belgilariga asoslangan: barmoqning papillyar chiziqlari, qo'l kaftining tuzilishi, ko'zning kamalak qobig'i chiziqlari, ovoz parametrlari, yuz tuzilishi, yuz termogrammasi (qon tomirlarining joylashishi), yozish formasi va usuli, genetik kodi fragmentlari. Insonning ushbu biologik belgilaridan foydalanish turli xil aniqliklarga erishishga imkon beradi. Biz ushbu maqolada hozirda keng qo'llanilayotgan barmoq izlari va qo'l kaftining tuzilishi bo'yicha insonni tanish masalalariga to'xtalib o'tishni lozim topdik.

Barmoq izlari buyicha insonni idetifikatsiyalash hozirda eng keng tarqalgan usul bo'lib, axborotni himoyalash biometrik tizimlarida keng qo'llanilmoqda. Bu usul o'tgan asrlarda ham keng qo'llanilganligi xech kimga yangilik emas. Hozirgi kunga kelib barmoq izlari bo'yicha identifikatsiyalashning uchta asosiy texnologiyasi mavjud. Ularning birinchisi ko'pchilikka ma'lum optik skanerlardan foydalanishdir. Ushbu qurilmadan foydalanish printsipi odatiy

skanerdan foydalanish bilan bir xil. Bu erda asosiy ishni ichki nur manbai, bir nechta prizma va linzalar amalga oshiradi.

Optik skanerlarni qo'llashning e'tiborli tomoni uning arzonligidir. Lekin, kamchilik tomonlari bir muncha ko'p. Ushbu qurilmalar tez ishdan chiquvchi hisoblanadi. SHu sababli foydalanuvchidan avaylab ishlatish talab etiladi. Ushbu qurilmaga tushgan chang, turli xil chiziqlar shaxsni aniqlashda xatolikka olib keladi, ya'ni foydalanuvchining tizimga kirishiga to'sqinlik qiladi. Bundan tashqari, optik skanerda tasviri olingan barmoq izi foydalanuvchi terisining holatiga bog'liq. YA'ni, foydalanuvchi terisining yog'liligi yoki quruqligi shaxsni aniqlashga xalaqit beradi.

XULOSA

Barmoq izlari bo'yicha identifikatsiyalashning ikkinchi texnologiyasi elektron skanerlarni qo'llashdir. Ushbu texnologiyaning e'tiborli tomoni shundaki, foydalanuvchi terisining har qanday holatida ham barmoq izi tasviri yuqori aniqlikda hosil qilinadi. Ushbu tizim foydalanuvchi barmog'i kirlangan taqdirda ham tasvirni aniq oladi. Bundan tashqari qurilma hajmining kichikligi sababli, ushbu qurilmani hamma joyda ishlatish mumkin. Ushbu qurilmaning kamchilik tomonlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kosimov S.S. Axborot texnologiyalari // darslik. TATU, 2007. 423

2. bet.

3. Xodiev B.Yu. va boshqalar. "Informatika" Oliy o'quv yurtlari uchun

4. darslik -T.: TDIU. 2007y.

5. Alimov R.X., Yulchieva G.T., va boshqalar "Axborot texnologiyalari va

6. tizimlari" darslik-T.: TDIU, 2010y.

7. G'ulomov S.S, Alimov R.X, va boshqalar. "Axborot tizimlari va

8. texnologiyalari" "Sharq", T-2000 y.

9. Baldin K. V., Informatsionnwe sistemw v ekonomike: Uchebnik. - 3-ye

10. izd. - M.: Izdatelstvo - torgovaya korporatsiya «Dashkov i K°» 2006 - 395 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.