Научная статья на тему 'KORPORATSIYA USTAV KAPITALI FUNKSIYALARI VA UNGA OID MILLIY QONUNCHILIK NORMALARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI'

KORPORATSIYA USTAV KAPITALI FUNKSIYALARI VA UNGA OID MILLIY QONUNCHILIK NORMALARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

416
125
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yuridik shaxs / cheklangan javobgarlik / subsidiar javobgarlik / ustav kapitali / taqsimlash funksiyasi / informatsion funksiya / kafolat funksiyasi. / legal entity / limited liability / subsidiary liability / authorized capital / distribution function / informational function / guarantee function

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Azimjon Abdumo‘Min O‘G‘Li Ibrohimov

Ushbu maqolada korporatsiyalar uchun belgilangan ustav kapitali mazmuni va u bajaradigan funksiyalar tahlil etiladi. Shuningdek, O‟zbekiston Respublikasi korporativ huquqida uni takomillashtirishga oid fikr-mulohazalar ilgari suriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes the content of authorized capital for corporations and its functions. Also, opinions on its improvement in the corporate law of the Republic of Uzbekistan are put forward.

Текст научной работы на тему «KORPORATSIYA USTAV KAPITALI FUNKSIYALARI VA UNGA OID MILLIY QONUNCHILIK NORMALARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI»

KORPORATSIYA USTAV KAPITALI FUNKSIYALARI VA UNGA OID MILLIY QONUNCHILIK NORMALARINI TAKOMILLASHTIRISH

MASALALARI

Azimjon Abdumo'min o'g'li Ibrohimov

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi o'qituvchisi

yurist 0990@mail.ru

Ushbu maqolada korporatsiyalar uchun belgilangan ustav kapitali mazmuni va u bajaradigan fUnksiyalar tahlil etiladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi korporativ huquqida uni takomillashtirishga oid fikr-mulohazalar ilgari suriladi.

Kalit so'zlar: yuridik shaxs, cheklangan javobgarlik, subsidiar javobgarlik, ustav kapitali, taqsimlash funksiyasi, informatsion funksiya, kafolat funksiyasi.

This article analyzes the content of authorized capital for corporations and its functions. Also, opinions on its improvement in the corporate law of the Republic of Uzbekistan are put forward.

Keywords: legal entity, limited liability, subsidiary liability, authorized capital, distribution function, informational function, guarantee function.

Cheklangan javobgarlik elementi bilan tashkil etiladigan yuridik shaxs konstruksiyasi fuqarolik muomalasining normal harakatda bo'lishiga muayyan xavf vujudga keltiradi, ya'ni ta'sischilar korporatsiya tashkil etib, mohiyatan, o'zining kreditorlar oldidagi mulkiy javobgarligini cheklaydi. Adabiyotlarda yuridik shaxs begilaridan biri sifatida uning alohida mol-mulkka ega bo'lishi sanab o'tiladi. Ustav kapitali yuridik shaxsning ushbu belgisini ta'minlashga xizmat qiluvchi vosita sanalib, uning mohiyati turlicha ta'riflanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Xususan, A. Cahn va D. Donald fikriga ko'ra korporatsiya mol-muki aksiyadorlar (ishtirokchilar) tomonidan aksiyalar (ulushlar) evaziga taqdim etilgan mol-mulk hamda pul mablag'laridan tashkil topadi, kompaniya kapitali ushbu ulushlar evaziga taqim etilgan hissalar qiymatiga teng bo'ladi: shu asosda kompaniya kapitali "ulushli kapital" deb nom

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

olgan[1]. I.S. Shitkinga ko'ra ustav kapitali ta'sischilar

August, 2022

(ishtirokchilar) tomonidan jamiyatda ishtirok etish huquqini olish uchun kiritiladigan mol-mulkning umumiy qiymati hisoblanadi hamda aksionerlar(ishtirokchilar) tomonidan olingan jamiyat aksiyalari(ulushlari)ning nominal qiymatidan tarkib topadi[2].

Ustav kapitali mohiyatini u bajaradigan fanksiyalarni ko'rib chiqish barobarida to'laroq yoritish mumkin. Adabiyotlarda yuridik shaxs ustav kapitali bajaradigan asosiy funksiyalari ko'rsatib o'tiladi.

Taqsimlash funksiyasi bo'yicha jamiyat faoliyatida hamda uning foydasini taqsimlashda ta'sischilar (ishtirokchilar)ning ishtiroki ustav kapitali orqali aniqlanishiga urg'u qaratiladi[3]. Ya'ni korporatsiya ishtirokchilarining moddiy (foyda taqsimlanishida, kompaniya tugatilganida oldigan aktivlari miqdori) hamda nomoddiy (ovoz berish) huquqlari ularning ustav kapitalidagi ishtiroki hajmiga munatosib ravishda belgilanadi.

Ma'lumki, ishtirokchilar tomonidan ustav kapitalga ulush sifatida kiritiladigan mol-mulk yuridik shaxs mol-mulkini vujudga keltiradi hamda keyinchalik xo'jalik faoliyatining moddiy asosi bo'lib xizmat qiladi. Ushbu jihatdan ustav kapital moddiy baza funksiyasini bajaradi. Ustav kapitalining asosiy vazifasi yuridik shaxs xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanadigan muayyan mulkiy manba hisoblanadi. Ustav kapitali tarkibidagi mol-mulkning foydali (likvidli) ekanligi hamda hajmi yuqori bo'lishi muvaffaqiyatli, serdaromad faoliyatni ta'minlashga xizmat qiladi[5].

Yuridik adabiyotlarda ustav kapitali bajaradigan boshqa funksiyalar ham qayd etiladi. Xususan, Suxanov Y.E. rivojlangan huquq tizimlarida ustav kapitalining boshqaruv a'zolariga nisbatan himoya funksiyasini bajarishiga ham e'tibor qaratadi. Unga ko'ra korporatsiya tugatilayotganda yoki bankrotlikka oid ish yuritilayotganda kreditorlar oldida, avvalo, korporatsiya javobgar bo'ladi hamda talablar korporatsiyaning mol-mulki hisobidan qanoatlantiriladi. Boshqaruvchi shaxslar javobgarligi esa subsidiar xususiyat kasb etib, bunda, ma'lum ma'noda, ustav kapitali ularni himoya qiluvchi funksiya bajaradi [7].

Ustav kapitalining reputatsion (informatsion) funksiyasi haqida nemis hamda rus adabiyotlarida fikr yuritiladi. Unga ko'ra ustav kapitalining hajmi va tarkibi unga investitsiya kirituvchi shaxslarning hamda kreditorlarning yuridik shaxs konstruksiyasini, haqiqatan, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tanlagani, ularning ishonchliligi hamda hamkorlik qilishning maqsadga muvofiq ekanligi haqida xulosa qilishga asos bo'ladi.

Nemis olimlari ustav kapitalining profilaktik funksiyasini qayd etishadi. Ushbu funsiya ustav kapitali orqali jamiyat

kelajakda vujudga keladigan majburiyatlarini bajarish imkoniyatiga

August, 2022

ega bo'lishi hamda bankrot bo'lish xavfini kamayishini nazarda tutadi. Investorlar korporatsiya ustav kapitaliga muayyan hajmda mol-mulk kiritar ekan, tadbirkorlik qaltisliklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'ladi. Chunki muvaffaqiyatsiz qaror natijasida ustav kapitaliga kiritgan aktivlarni yo'qotish xavfi vujudga keladi. Mazkur jihatga ko'ra ustav kapitali profilaktik funksiyani bajaradi[3].

Ustav kapitalining kafolat funksiyasi bo'yicha esa ustav kapitali kreditorlar oldidagi majburiyatlar bo'yicha yuridik shaxs javobgarligini ta'minlovchi minimal mol -mulkni aks ettiradi. Kafolat funksiyasi bo'yicha ustav kapitali o'ziga xos zaxira fondi hiosblanib, yuridik shaxs majburiyatlarini bajarmagan taqdirda uning kreditorlari o'z talablarini ushbu fond orqali qanoatlantirishi mumkin bo'ladi. Ta'sischilar(ishtirokchilar) javobgarligi ularning yuridik shaxs ustav kapitalidagi ulushi bilan cheklanar ekan, kreditorlar manfaatlari himoyasi hamda fuqarolik muomalasi barqarorligi ta'minlanishida ustav kapitali muhim ahamiyat kasb etadi[5]. Ushbu masala yuzasidan Y.E. Suxanovning ta'kidlashicha, ustav kapitali kontinental yevropada roman-german huquq tizimida nafaqat kreditorlar manfaatlarini himoya qilishning eng muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi. Bunda kreditorlar manfaati ustav kapitali miqdoriga, uni ko'paytirish yoki kamaytirish, pul shaklida bo'lmagan aktivlarning baholash tartibiga oid qonunchilik talabari bilan ta'minlanadi. Ushbu funksiya ro'yobga chiqishi uchun ko'pchilik davlatlar qonunchiligida ustav kapitalining minimal miqdoriga oid talablar belgilanadi. Jumladan, nemis korporativ huquqiga ko'ra javobgarligi cheklangan jamiyat(GmbH, MCHJ) shaklida faoliyat olib borish uchun 25 ming yevro, aksiyadorlik jamiyati(AG) shaklida faoliyat olib borish uchun 50 ming yevro miqdorida ustav kapitali shakllantirish talabi qayd etiladi[1]. Fransiyada yopiq aksiyadorlik jamiyati uchun minimal ustav kapitali miqdori 37ming yevro, ochiq AJ ustav kapitali miqdori esa 225 ming yevro qilib belgilangan. Ustav kapitali miqdori bundan kam bo'lishi mumkin emas, agar kamayib ketadigan bo'lsa, boshqa tashkiliy huquqiy birlikka aylantirilishi lozim yoki kompaniya faoliyati tugatiladi[8]. Bunday talab mas'uliyatli cheklangan jamiyatlar uchun nazarda tutilmaydi, biroq jamiyat ustav kapitaliga ega bo'lishi shart ekanligi hamda undagi har bir ulush miqdori 1 yevrosentni tashkil etishi lozimligiga oid talablar mavjud. Garchi ustav kapitali minimal miqdoriga oid talablar yuqori bo'lmasa-da, mas'uliyat cheklangan jamiyatlar bankrotligiga oid qonunchilikda qayd etilgan ishtirokchilar hamda kompaniya rahbarlarini subsidiar javobgarligiga oid qoidalar bilan kreditorlar talablari ta'minlanadi[3].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbek korporativ huquqida yuridik shaxslar ustav

kapitalining kafolat funksiyasini bajarashi qonunda to'g'ridan

August, 2022

to'g'ri ko'rsatilgan. Xususan, O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonuni 16-moddasiga ko'ra jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyat mol-mulkining jamiyat kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan eng kam miqdorini belgilaydi.

Biroq yuqorida aytib o'tilganidek, yuridik shaxs ishtirokchilari/aksiyadorlari (benefitsiarlari) va yuridik shaxs kreditorlari manfaatlari muvozanatini ta'minlash uchun ex ante yoki ex post control choralari o'rnatiladi. Milliy qonunchiligimizda 2019-yilga qadar ex ante control sifatida ustav kapitali minimal miqdoriga talablar mavjud bo'lgan. Biroq 2019-yilning 20-mart sanasidagi O'zRning "Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni bilan ushbu talablar qonunchilikdan chiqarildi.

Ma'lumki, yuridik shaxslar cheklangan javobgarlik elementi bilan hamda subsidiar javobgarlik elementi bilan tashkil etilishi mumkin. Cheklangan javobgarlik elementi bilan tashkil etiladigan yuridik shaxslarga xo'jalik jamiyatlari misol bo'ladi. Aksariyat tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslarda (xo'jalik shirkatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, xususiy korxona, oilaviy korxona, fermer xo'jaligi va h.k) esa ishtirokchilar/a'zolarning subsidiar javobgarligi belgilangan. Ikkinchi guruhdagi yuridik shaxslar kreditorlarining manfaatlari ushbu yuridik shaxslar ishtirokchilari/a'zolarining subsidiar javobgarligi bilan kafolatlangan. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasining "Xo'jalik shirkatlari to'g'risida"gi Qonuni 9-moddasiga asosan xo'jalik shirkatlari ustav kapitali miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan kam bo'lishi mumkin emasligi belgilangani holda ex ante control ham nazarda tutilgan. Biroq kreditorlar manfaatlarini kafolatlashga ko'proq ehtiyoj bo'lgan xo'jalik jamiyatlarining ustav kapitalining minimal miqdoriga qo'yilgan talablar chiqarib tashlanishi jamiyat ishtirokchilari/aksiyadorlari (benefitsiarlari) hamda jamiyat kreditorlari o'rtasida manfaatlar muvozanati buzilishiga sabab bo'lgan.

Fikrimizcha, haqiqatan, kreditorlar manfaatlarini kafolatlash maqsadida xo'jalik shirkatlaridan ko'ra ko'proq xo'jalik jamiyatlari ustav kapitalining eng kam miqdorlariga oid talablarni belgilash maqsadga muvofiq. Chunki xo'jalik shirkatlarining kreditorlari manfaatlari to'liq sheriklarning subsidiar javobgarligi bilan kafolatlangan. Xo'jalik jamiyatlarida esa O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 48-moddasida nazarda tutilgan javobgarlik choralari takomillashtirilmagan holda ustav kapitali eng kam miqdorlariga oid talablar olib tashlanishi

XULOSA

August, 2022

bilan jamiyat benefitsiarlari va jamiyat kreditorlari o'rtasidagi manfaatlar muvozanati buzilgan.

REFERENCES

1. Andeas Cahn, David C. Donald, Comparative Company Law: Text and Cases on the Laws Governing Corporations in Germany, the UK and the USA. 1st edition -2010. - 195;

2. Шиткина И.С. Корпоративное право: Учебник для студентов вузов, обучающихся по направлению "Юриспруденция". - М.: "Волтерс Клувер", 2007. - с. 147;

3. Сквознякова Т.С., Дискуссия о функциях уставного капитала хозяйственных обществ: сравнительный анализ немецкого и российского права // URL: https:// cyberleninka.ru/ article/n/ diskussiya-o-funktsiyah-ustavnogo-kapitala-hozyai-stvennyh-obschestv-sravnitelnyi-analiz-nemetskogo-i-rossii-skogo-prava

4. Ibrohimov, A. A. M. O. G. L., & Nechaeva, E. V. (2022). XALQARO INVESTITSIYA HUQUQIDA MILLIY REJIM VA ENG QULAY SHARTLAR REJIMI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 414-425.

5. Глянцева Д.Ю. правовое природа уставного капитала акционерного обшество // дис. канд. юрид. наук. М., 2016. - 35с.

6. Иброхдмов, А. А. У. (2021). КОРПОРАЦИЯНИ БОШ^АРИШДА ФИДУЦИАР МАЖБУРИЯТЛАР ВА УЛАРНИ УЗБЕКИСТОНДА ^УЛЛАШ ИМКОНИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(10), 841-853.

7. Суханов Е.А. Сравнительное корпоративное право. - М.: Статут, 2014.- 156с.

8. Mads Andenas and Frank Wooldridge, European comparative company law. 1st edition. - 2009. - p 62 - 64.

9. Ibrohimov, A. A. O., Koryogdiyev, B. U. O., & Tojiboyev, S. Z. (2022). KORPORATIV NIQOBLARNI OLIB TASHLASH KONSEPSIYASI VA UNI O'ZBEKISTON KORPORATIV HUQUQIDA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 1068-1082.

August, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.