Научная статья на тему 'KОNLАRDА NEFTNI YIG‘ISH VА TАYYОRLАSHNI TАSHKILLАSHTIRISH'

KОNLАRDА NEFTNI YIG‘ISH VА TАYYОRLАSHNI TАSHKILLАSHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
67
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sаrf / debit / punkt / deemulsiyа / suvsizlаntirish / bаrqаrоrlаshtirish / ingibirlаsh / zаnjir / utilizаtsiyа / shleyf / kоllektоr / аgregаt / relyef / nаpоr / drenаj. / cоnsumptiоn / debit / pоint / deemulsiоn / dehydrаtiоn / stаbilizаtiоn / аbsоrptiоn / chаin / dispоsаl / plume / cоllectоr / аggregаte / relief / pressure / drаinаge.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Dustqоbilоv Eldоr Nurmаmаtоvich, Jаmshidоv Dоniyоr Buzurgmexrоvich

Ushbu mаqоlаdа quyidаgilаr keltirilib о‘tilgаn: Kоnni lоyihаlаshtirish vа ishlаtishning tаrtibidа kоndа qаzib оluvchi vа hаydоvchi quduqlаrning tо‘ri hаmdа neft vа gаzni tаyyоrlаsh, kоmpressоr stаnsiyаsi – bittаsi оrqаli gаzni tаshish uchun quritish qurilmаsi (0,5/5,5 MPа) vа ikkinchisi оrqаli quritilgаn gаzni qаtlаmgа hаydаsh (3,5/25 MPа) оshirildi. Neftgа tо‘yingаn qаtlаmlаrgа gаzli tа’sir etib neftgаzkоndensаt аrаlаshmаsini оlish tizimi ishlаb chiqildi. Kоnlаrdаn yig‘ilаdigаn neftni tаbiiy hаrоrаti 50-600C ni tаshkil qilаdi, neft fаqаt deemulgаtоr yоrdаmidа ishlаnаdi, аjrаtgichlаrdаn vа tindirgichlаrdаn sаmаrаli fоydаlаnish uchun deemulgаtоrlаr KNB (kirish nitkаsi blоkigа) yоki YP (yig‘ish punktigа) dоzirоvkа qilinаdi. Texnоlоgik rezervuаrdа suvdаn аjrаtish vа suvni chiqаrib yubоrish аmаlgа оshirilаdi, tаyyоrlаngаn neft esа о‘z оqimi bilаn tоvаr rezervuаrigа chiqаrilаdi. Shu kаbi mа’lumоtlаr mаqоlаdа keltirilib о‘tilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZING OIL COLLECTION AND PROCESSING IN MINES

In this аrticle, the fоllоwing аre presented: In оrder tо design аnd оperаte а field, а netwоrk оf extrаcting аnd driving wells in the field аnd prepаrаtiоn оf оil аnd gаs, а cоmpressоr stаtiоn а drying device fоr trаnspоrting gаs thrоugh оne (0.5/5.5 MPа) аnd thrоugh the secоnd, driving оf dried gаs intо the fоrmаtiоn (3.5/25 MPа) wаs increаsed. А system fоr оbtаining а mixture оf оil аnd gаs cоndensаte by gаs impаct оn lаyers sаturаted with оil wаs develоped. The nаturаl temperаture оf the оil cоllected frоm the fields is 50-600C, the оil is prоcessed оnly with the help оf а demulsifier, fоr effective use оf sepаrаtоrs аnd sоfteners, demulsifiers аre dоsed tо the KNB (inlet threаd blоck) оr YP (cоllectiоn pоint). In the prоcess reservоir, wаter sepаrаtiоn аnd dewаtering is cаrried оut, аnd the prepаred оil is dischаrged tо the cоmmоdity reservоir with its оwn flоw. Similаr infоrmаtiоn is prоvided in the аrticle.

Текст научной работы на тему «KОNLАRDА NEFTNI YIG‘ISH VА TАYYОRLАSHNI TАSHKILLАSHTIRISH»

UO'K: 547.494.2.664.3/1 - 10.5281/zenodo. 13739038

KÜNLARDA NEFTNI YIG'ISH VA TAYYÜRLASHNI TASHKILLASHTIRISH

Dustqobilov Eldor Nurmamatovich Jamshidov Doniyor Buzurgmexrovich

(Dotsent) Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, (Magistr) Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti,

Qarshi, O'zbekiston Qarshi, O'zbekiston

Annotatsiya. Ushbu maqolada quyidagilar keltirilib o 'tilgan: Konni loyihalashtirish va ishlatishning tartibida konda qazib oluvchi va haydovchi quduqlarning to 'ri hamda neft va gazni tayyorlash, kompressor stansiyasi - bittasi orqali gazni tashish uchun quritish qurilmasi (0,5/5,5 MPa) va ikkinchisi orqali quritilgan gazni qatlamga haydash (3,5/25 MPa) oshirildi. Neftga to 'yingan qatlamlarga gazli ta 'sir etib neftgazkondensat aralashmasini olish tizimi ishlab chiqildi. Konlardan yig'iladigan neftni tabiiy harorati 50-600C ni tashkil qiladi, neft faqat deemulgatoryordamida ishlanadi, ajratgichlardan va tindirgichlardan samarali foydalanish uchun deemulgatorlar KNB (kirish nitkasi blokiga) yoki YP (yig 'ish punktiga) dozirovka qilinadi. Texnologik rezervuarda suvdan ajratish va suvni chiqarib yuborish amalga oshiriladi, tayyorlangan neft esa o 'z oqimi bilan tovar rezervuariga chiqariladi. Shu kabi ma 'lumotlar maqolada keltirilib o 'tilgan. Kalit so'zlari: sarf debit, punkt, deemulsiya, suvsizlantirish, barqarorlashtirish, ingibirlash, zanjir, utilizatsiya, shleyf, kollektor, agregat, relyef, napor, drenaj.

ОРГАНИЗАЦИЯ СБОРА И ПЕРЕРАБОТКИ НЕФТИ НА ШАХТАХ

Дусткoбилoв Эльдoр HypMaMamoeuu Джaмшидoв Даниёр Бузургмехрoвич

(óo^nm) Kapmuncmü инженернo-экoнoмический институт, (мaгистр) Kapmuncmü инженернo-экoнoмический институт, Kapmu, Узбекисmaн Kapm-и, Узбекисmaн

Анштация. В óannoü сmamъе пpеóсmaвлены: В целях пpoекmиpoвanия и эксплуamaции месmopoжóеnия na месmopoжóеnии сети óoбывaющих и эксплуamaциoнных сквaжиn и пoóгomoвки нефти и гaзa пpеóусмompеna кoмпpессopnaя сmanция - oсушиmелъnoе усmpoüсmвo для mpanспopmиpoвки гaзa чеpез oóну (0,5/5,5 Mna), a 3a счет вmopoгo увеличеna 3arn4rn oсушеnnoгo гaзa в maст (3,5/25 Mna). Рaзpaбomana сисmемa шлучения смеси нефти и гaзoвoгo кonóеnсama путем гaзoвoгo вoзóеüсmвия na n^aamu, нaсыщенные нефтью. Есmесmвеnnaя mемпеpamуpa нефти, сoбиpaемoü с месmopoжóеnиü, сoсmaвляеm 50-600С, oбpaбomкa нефти oсущесmвляеmся moлъкo с пoмoщъю óеэмулъгamopa, для эффекmивнoгo испoлъзoвaния сепapamopoв и умягчителей óеэмулъгamopы óoзиpуюmся в КНБ (вхoóнoü pезъбoвoü блoк) или ЯП (сбopник). moчкa). В mехнoлoгическoм pезеpвуapе oсущесmвляеmся omóеление и oбезвoживaние eoóu, a пoóгomoвленнaя нефтъ тбственным пomoкoм сбpaсывaеmся в moвapныü pезеpву-

ар. Аналогичная информация представлена в статье.

Ключевые слова: расход, дебет, точка, деэмульгация, обезвоживание, стабилизация, абсорбция, цепочка, утилизация, шлейф, коллектор, агрегат, сброс, давление, дренаж.

ORGANIZING OIL COLLECTION AND PROCESSING IN MINES

Dustkobilov Eldor Nurmamatovich Jamshidov Daniyor Buzurgmekhrovich

(Docent) Karshi Engineering-Economics Institute, (Master) Karshi Engineering-Economics Institute,

Karshi, Uzbekistan Karshi, Uzbekistan

Abstract. In this аrticle, the following аre presented: In оrder tо design аnd оperаte а field, а netwоrk оf extmcting аnd driving wells in the field аnd prepаrаtiоn оf оil аnd gаs, а cоmpressоr stаtiоn - а drying device for trаnspоrting gаs through оne (0.5/5.5 MPа) аnd through the second, driving оf dried gаs into the formation (3.5/25 MPа) wаs increаsed. А system for оbtаining а mixture оf оil аnd gаs cоndensаte by gаs impаct оn layers sаturаted with оil wаs developed. The natural tempemture оf the оil collected ^from the fields is 50-600C, the oil is processed only with the help of a demulsifier, for effective use of separators and softeners, demulsifiers are dosed to the KNB (inlet thread block) or YP (collection point). In the process reservoir, water separation and dewatering is carried out, and the prepared oil is discharged to the commodity reservoir with its own flow. Similar information is provided in the article.

Keywords: consumption, debit, point, deemulsion, dehydration, stabilization, absorption, chain, disposal, plume, collector, aggregate, relief, pressure, drainage.

Kirish. Neft quduqlaridan qazib olina-digan mahsulot murakkab aralashma Ьо'НЬ, uning tarkibi neft, gaz va suv, muallaq moddalar, qum va boshqa zarralardan tashkil topgan bo'ladi.

Neft konlarida neftni, gazni va suvni yig'ish tizimi deganda har bir quduqdan mahsulotlarni yig'ish va uni neftni tay-yorlashgacha yetkazib keladigan hamma jihozlar va quvuruzatmalarning tizimi tushu-niladi. Neft, gaz va suvni yig'ish, tayyorlash va tashishning yagona universal tizimi amal-da mavjud emas, har bir konning o'zini xususiyatlaridan kelib chiqib quriladi: tabiiy-iqlimiy sharoitlari, quduqlarni joy-lashtirish to'ri, neft, gaz va suvni qazib olish va hajmi, qatlam suvlarining fizik kimyoviy va boshqa xususiyatlari. Bu holatlar so'zsiz ravishda neft qazib olish quduqlarining mahsulotlarini yig'ish, tayyorlash va tashish

tizimlarini jihozlashda o'zining xususiyat-larini va obyektlardan foydalanishda standart bo'lmagan yechimlarni qabul qilish talablarini ko'ndalang qilib qo'yadi [1,2,45].

Adabiyot tahlili va metodlar. Neft va gazni tayyorlash, yig'ish tizimlarining qo'l-lanilishi quyidagi operasiyalarni amalga oshirishga mo'ljallangan:

1) birlik vaqt oralig'ida har bir quduqdan kirib keladigan neftni va gazni miq-dorini o'lchash (sarfi, debiti), zarur bo'l-ganda guruhli quduqlarni debiti o'lchanadi;

2) neft, gaz va suvni quduqdan yig'ish punktigacha bo'lgan masofaga quduq us-tidagi ortiqcha bosimning hisobiga, yetarli bo'lmaganda nasoslardan foydalanish;

3) neftdan gazni ajratish va ajralgan gazni tayyorlash qurilmasigacha yoki iste'-molchigacha yetkazish, qazib olishda gazlift

usuli qo'llanilganda-neftni tarkibidan ajratib olingan gazni quduqqa qaytadan haydash uchun gazlift qudug'igacha qayta tashish;

4) neftning tarkibidagi erkin va bog'-langan emulsiyali qatlam suvini ajratish-deemulsiya yo'li orqali (suvsizlantirish) va neftni tuzsizlantirish;

5) neftni barqarorlashtirish;

6) transport tuzilmalariga tovar neftni topshirish;

7) neftli gazni tozalash va quritish;

8) qatlam suvlarini tozalash va ingi-birlash;

9) ba'zi quduqlarning mahsulotlarini boshqa quduq mahsulotlariga aralashtirish mumkin bo'lmaganda uni alohida ajratish;

10) tabiiy haroratda yig'ish va tashish mumkin bo'lmagan quduqlarning mahsulo-tini qizdirish;

11) guruhli qurilmalardan, quduqlar-dagi mahsulotdan namuna olishni imko-niyati bo'lganda, neftni tayyorlash quril-masiga kirishda va NTQ sini jihozlariga tovar neftini qo'shish [3-6].

Neftni va gazni yig'ish va tayyorlash

tizimlari quyidagilardan tashkil topgan: qu-vur uzatmalarning taqsimlanish zanjiri; yig'ish punktlari (YP); guruhli o'lchash qurilmalari (GO'Q) va oldindan oraliqli gazni ajratish tugunlari va erkin suvni ajratish qurilmalari bilan jihozlanganligi; neftni tayyorlash qurilmasi (NTQ); utilizat-siya qilish tizimli suvni tayyorlash qurilmasi va qatlam bosimini saqlab turish uchun suvni tayyorlash; har xil maqsadlar uchun nasos stansiyasi va yo'ldosh gazlarni uti-lizatsiya qilish uchun kompressor agre-gatlari.

Quduqlardan to o'lchash qurilmalari -gacha bo'lgan quvur uzatmalar, yig'ish punktidan (YP) neftni tayyorlash quril-masining (NTQ) yig'ish kollektorlarigacha bo'lgan quvur uzatmalar otma chiziqlar yoki shleyflar deyiladi.

Bir qator holatlarda suvsiz va suv-langan neft yig'ilganda ularni bir-biri bilan aralashib ketishini oldini olish uchun alohida neftni yig'ish kollektorlari orqali amalga oshiriladi.

Neft konlarida quduq mahsulotlarini

1-rasm Qatlamning yuqori energiyasidan foydalaniladigan germetikli NTQ sining

sxemasi (bosim va issiqlik).

yig'ish uchun taklif qilinadigan sxemalar asoslaniladi va quyidagilar hisobga olinadi: neft va gazni qazib olish shartlari va hajmi, neftni tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari, quduq usti bosimi va harorati, gaz omillari, quduqning to'ri, mahalliy relyefi.

YP dagi alohida quduq mahsulotlari KBN (kirish bloki nitkasiga) yagona oqimga to'planadi va yuqori bosimli yig'ish kollek-torlari orqali (6 MPa dan yuqori) neftni, gazni va qatlam suvini tayyorlashning kompleks qurilmasiga (1-rasm) beriladi [8].

suvni yig'ishning prinsipial sxemasi.

1-otma chiziq; 2-birinchi pog'ona ajratgich; 3-halqali gaz yig'ish kollektori;

4-toza neftni yig'ish kollektori; 4a-suvlangan neftni yig'ish kollektori; 5-ajratgich -deemulsator; 6-suvni tayyorlash

qurilmasi; 7-suv haydovchi nasos stansiyasi; 8-Blokli (kustovoy) nasos stansiyalariga (BNS-KNS) suv uzatma; 9-ikkinchipog'ona ajratgichi; 10-magistral gaz uzatmasi; 11-tovar rezervuari parki; 12-tovar neftni haydovchi nasos; 13-magistral neft uzatmasi.

Boshlang'ich davrida yuqori qatlam bosimiga ega bo'lgan konlaráa zamonaviy modulli va blokli ajratish va tindirish jihoz-lari o'matilganda naporii tizim (Ko'kduma-loq koni misolida) sama^i hisoblanadi.

O'zbekistonda naporli yig'ish tizimi orqali yuqori bosimli va haroratli neft qazib olish quduqlarini mahsulotlarni bu turdagi quril-malardan Ko'kdumaloq, Janubiy Kemachi, Jeynov, Shimoliy Sho'rtan, Shakarbuloq, Umid konlarida samarali foydalanilmoqda.

YP-yig'ish punkti; KBN-kirish bloki nitkasi; GO'Q-guruhli o'lchov qurilmasi; S-101, S-103, S-104-neftgaz ajratgichlari; О-1-tindirgich; D-deemulgatorni kiritish nuqtasi; DV-1-neft; YE-2,3-tayyorlagan suv uchun drenaj sig'imi; QSD-qatlam suvi degazotori R-101-ajratgich; N-nasos; YE-1 - neft to'planishi uchun sig'im; YE-2,3 -tayyorlangan suv uchun sig'im; TPR-tik po'lat rezervuari; QP-qizdiruvchi pech; S-sifon; NQHS-neftni qayta haydovchi stan-siya; NQIZ-neftni qayta ishlovchi zavod; YUS-yuvuvchi suv; QBST-qatlam bosimini saqlab turish; KIHT-kon ichida haydash tizimi.

Neft qazib olish quduqlarining mahsulotlari (quyidagi rejimlarda: gazlift; yagona quduq to'ri orqali neft va gazni birgalikda olish; yuqori boshlang'ich gaz omili 200-700m3/m3ga yetganda va katta bo'lganda) shleyflarga konning bir yig'uv punktidan kirib keladi. Bu yerda guruhli o'lchov qurilmalarini har bir qudug'i orqali debitni o'lchash nazarga tutilgan. S-101 birinchi pog'onali ajratgichda neftdan ajratiladigan gaz 6,0-5,8 MPa yuqori bosim bilan GQIZ (gazni qayta ishlovchi zavodning) gaz uzat-masiga kiradi, gaz ikkinchi pog'ona S-102 va uchinchi S-103 pog'onalarda ajratilib 1,5 va 0,6 - 0,25 MPa bosim bilan GQIZ ga ta-shish uchun siquv - kompressor stansiyasiga to'planadi. Qatlam va tovar suvlari suvsiz-lantirishda ajratilgan, qatlam suvini gaz-sizlantirish va ajratish apparatlari orqali ketma-ket o'tgandan so'ng sig'im idishiga to'planadi va undan keyin konda qatlam

bosimini saqlab turish uchun nasos yor-damida qatlamga haydaladi. Neft gazsiz-lantirilgandan va termik kimyoviy suvsiz-lantirilgandan keyin tovar rezervuarida to'p-lanadi va u yerdan neftni qayta haydovchi stansiyaning nasoslari yordamida neft uzat-malari orqali NQIZ lariga yoki NQE (neft qo'yish estakadasiga) haydaladi [12,14].

Yirik konlardagi neft quduq mahsu-lotlarini haydash YPdan to NTQsigacha alohida ikkita kollektor orqali amalga oshiriladi. Bunda bittasi orqali suvsiz quduq mahsuloti, ikkinchisi orqali suvlangan neft haydaladi (2-rasm).

Yig'ish kollektorlari orqali neftni, gaz-ni va suvni yig'ish quduq ustidagi bosim ostida yoki nasoslardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Kollektorlarning diametri NTQ si joylashgan masofaning uzoqligiga

(5-20 km) bog'liq holda 150 mm dan 350 mm gacha qabul qilinadi hamda tayyor mahsulotni olish bo'yicha bir nechta variant-lar texnik-iqtisodiy jihatdan taqqoslanib oy-dinlashtiriladi. Neft gazlarini yig'ish va uni iste'molchilarga yetkazib berish uchun neft konining maydonida gaz uzatmalarining tizimi va kompressor stansiyasi quriladi. Gaz yig'ishning hisobiy sxemasini tanlashda gazni to'xtovsiz ta'minlashning manevr tizi-mini qo'llanmasiga asoslaniladi.

Bunday talablar murakkab konlami ishlash va birinchi navbatda har xil qalin-likdagi neft hoshiyali neftgazkondensat kon-larini ishlatish bilan bog'liqdir. Respublika-mizda bunday neftgazkondensat konlarida uyumlarni o'zlashtirishning kompleks loyi-halari muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. Qatlam va tovar mahsulotidan ajralgan suvlar NTQ

3-rasm. Neftga to'yingan qatlamlarga gazli ta'sir etib neftgazkondensat aralashmasini

olish tizimi

SKS - siquv kompressor stansiyasi; GA - gaz aralashmasi; GNKS-gaz nasos kompressor

stansiyasi; NTQ - neftni tayyorlash qurilmasi.

sidan tozalash inshootiga chiqariladi va QBST (qatlam bosimini saqlab turish) tizimi orqali qatlamga haydaladi.

Natijalar. 3-rasmda neftga to'yingan qatlamlarga gazli ta'sir etib, neftgaz-kondensat aralashmalarini olishning prin-sipial sxemasi ishlab chiqildi. Konni loyiha-lashtirish va ishlatishning tartibida konda qazib oluvchi va haydovchi quduqlarning to'ri hamda neft va gazni tayyorlash, kompressor stansiyasi - bittasi orqali gazni tashish uchun quritish qurilmasi (0,5/5,5 MPa) va ikkinchisi orqali quritilgan gazni qatlamga haydash (3,5/25 MPa) inshootlari ishlab chiqildi. Yuqorida keltirilgan neft qazib oluvchi quduqlardan yig'ish tizi-mining afzalligi har bir aniq holatlarda neft va gazni qazib olish tumanining spesifik joylashuvi hisobga olinadi hamda konni jihozlash va aniq loyihani amalga oshirish bo'yicha texnik qarorlar amalga oshirildi.

Neft va gaz konlarini jihozlashda va zamonaviy qazib olish texnologiyasining taraqqiyotida asosiy e'tibor neft qazib oluv-chi regionlarda infra tuzilmani kompleks rivojlantirishda obyektlarni maksimal uni-

kasiya qilish orqali yuqori sifatli mahsulot olishga qaratilgan [16].

Shunday qilib konlardan yig'iladigan neftni tabiiy harorati 50-600C ni tashkil qildi, neft faqat deemulgator yordamida ishlanadi, ajratgichlardan va tindirgichlardan samarali foydalanish uchun deemulgatorlar KNB (kirish nitkasi blokiga) yoki YP (yig'ish punktiga) dozirovka qilindi. Texnologik rezervuarda suvdan ajratish va suvni chiqa-rib yuborish amalga oshirildi, tayyorlangan neft esa o'z oqimi bilan tovar rezervuariga chiqarildi. Yuqori bosimli qazib olinadigan yo'ldosh gaz Muborak gazni qayta ishlash zavodida utilizatsiya qilinadi, past bosimli gaz esa loyihaga asosan SKS (siquv-kompressor stansiyasi)si orqali utilizatsiya qilindi yoki yuqori bosimli gaz bilan ejek-siyalash yo'li orqali utilizatsiya qilinadi.

Xulosa. Xulosa qilib aytganda, o'tka-zilgan tadqiqotlar natijasida yuqori bosimli qazib olinadigan yo'ldosh gaz Muborak gazni qayta ishlash zavodida utilizatsiya qilindi, neftga to'yingan qatlamlarga gazli ta'sir etib neftgazkondensat aralashmasini olish tizimi va texnologiyasi ishlab chiqildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Акрамов Б.Ш., Умедов Ш.Х. «Информация о нефтедобыче », Ташкент, «Наука и техника»-2010, 368 страниц.

2. Акрамов Б.Ш., Сидикходжаев Р.К. «Основы нефтегазовой работы», Ташкент, ТДТУ-2003. 203 страницы.

3. Акрамов Б.Ш., Хаитов О.Г. Сбор и подготовка нефтегазопродуктов. Учебник. -Т.: «Ильм-Зия», 2003.

4. Махмудов Н.Н., Юлдашев Т.Р. «Технология и техника добычи нефти и газа». Т.: «Экономика - финансы». 2015. 358 стр. Учебник.

5. Юлдашев Т.Р., Эшкабилов Х.К. «Машины и механизмы нефтяных и газовых месторождений», Учебное пособие, Карши, «Насаф»-2013. 426 страниц.

6. Юлдашев Т.Р., Эшкабилов Ш.К. «Машины и механизмы нефтяных и газовых месторождений». Противоположный. Кашкадарьинское зеркало, издательство ОАЕ. 2015, 328 стр., Учебное пособие.

7. Дусткoбилoв, Е. Н., Клршиев М. Т., Немятов Х. И., Бoйтемирoв О. Э. (2019). Серoвoдoрoдные зaгрязнения oкружaющей среды и сш^бы ix утилизйции. Междунaрoдный arndeMmecKM вестник, (5), 67-69.

8. Кйршиев М. Т., Ду^^^итов Е. Н., HeMaToB Х. И., Бoйтемирoв О. Э. (2019). Селективше oкисление серoвoдoрoдa в нaсыщеннoм кислoрoдoм вoздухе. Междунaрoдный arndeMmecKM вестник, (5), 70-73.

9. Кйршиев М. Т., Немйтов Х. И., Бoйтемирoв О. Е., Дусткoбилoв Е. Н. (2019). Исследoвaние функциoнaльных свoйств синтезируемых aлюмo-никель-мoлибденoвых кaтaлизaтoрoв гидрooчистки. Междунaрoдный aкaдемический вестник, (5), 73-79.

10. Зиямухaмедoвa У., Рaхмaтoв Э. и НяФяшв Дж. (йпрель 2021 г.). Оптимизяция сoстaвa и свoйств гетерoкoмпoзитных мaтериaлoв для пoкрытий, шлученных aктивaциoннo-гелиoтехнoлoгическим метoдoм. В журнaле физики: серия шнференций (том 1889, № 2, стр. 022056). Издaтельствo ИОП.

11. Зиямухaмедoвa У., Джумaбaев А., Уришв Б. и Алмaтaев Т. (2021). Осoбеннoсти структурнoй технoлoгичнoсти шлимерных кoмпoзициoнных пoкрытий. В сети koнференций E3S (том 264, стр. 05011). ЭДП тук.

12. Бoзoрoв О.Н., Рaхмaтoв Е.А., Дусткoбилoв Е.Н., Зиямухaмедoвa У.А. (2020). Сoздaние и нaнесение aнтикoррoзиoнных пoкрытий Ha oснoве мoдифицирoвaнных местных aнгренoвых кaoлинoв и эмксидных кoмпaундoв. Журнaл критических рецензий, 7 (16), 2945-2950.

13. Амперoметрическoе титрoвaние иoнoв пяллядия (II) и плятины (IV) в индивидувльных рaствoрaх винилпиримидита.

14. Бoзoрoв О. Н., Рaхмaтoв Е. А., Дусткoбилoв Э. Н., Зиямухaмедoвa У. А. (2020). ^здян^ aнтикoррoзиoнных пoкрытий ня oснoве мoдифицирoвaнных местных aнгренoвых кaoлинoв и эшксидных кoмпaундoв и их прaктическoе применение. Иннoвaциoнные технoлoгии, (3(39)), 48-54.

15. Бoбoниезoвич Р.К., Дильмурoдoвнa Д.С., Джaббoрoвнa И.Х., Нурмaмaтoвич Д.Э., Абдихaфизoвич Р.Э. (2019). Амперoметрическoе титрoвaние ртути (II) aзoт-серoсoдержaщим реaгентoм mphcmdedtc. Еврoпейскoе нaучнoе oбoзрение, (3-4), 129-132.

16. Аbdullaev, B. M., & Sayfullaev, T. K. (2023). Аnalysis of the causes of accidents in gas pipelines transport, national economy and main pipelines. journal of multidisciplinary bulletin, 6(4), 123-126.

17. Аbdullaev, B. M., & Sayfullaev, T. K. (2024). Cobalt fischer-tropsch catalyst regeneration. journal of multidisciplinary bulletin, 7(1), 105-113.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.