Научная статья на тему 'NEFTNI YIG‘ISH, TASHISH VA TAYYORLASH TIZIMI JARAYONINI TADQIQ ETISH'

NEFTNI YIG‘ISH, TASHISH VA TAYYORLASH TIZIMI JARAYONINI TADQIQ ETISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
120
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
debit / relyef / germetik / utilizatsiya / barqarorlashtirish / suvsizlantirish / tuzsizlantirish / rezervuar / fraksiya / klapan / kollektor. / debit / relief / hermetic / disposal / stabilization / dewatering / desalination / reservoir / fraction / valve / collector.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Dustqobilov Eldor Nurmamatovich, Jamshidov Doniyor Buzurgmexrovich

Ushbu maqolada konlarda neft-gazni va suvni yig‘ish tayyorlashning texnologiyasi, guruhli о‘lchash qurilmasida debitni о‘lchashning yangi prinsipial sxemasi yaratildi, yengil fraksiyalarning ortiqcha bug‘lanib yо‘qolishiga neftni atmosfera bilan tutashuviga yо‘l qо‘ymaydi hamda neftni gazdan, suvdan va mexanik aralashmalardan tо‘liq tozalashga erishildi. Past bosimli neft konlari yо‘ldosh gazlarini utilizatsiya qilish va ulardan suyuq uglevodorodlarni ishlab chiqarish texnologiyasi hamda neftni barqarorlashtirish, suvsizlantirish, tuzsizlantirish, neftni saqlash rezervuarlari, gaz va kondensatlarni yig‘ish va tayyorlash, suyultirilgan gazlarni tashish iste’molchilarga yetkazib berish bо‘yicha maqolada ma’lumotlar keltirilib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESEARCH OF OIL COLLECTION, TRANSPORTATION AND PROCESSING SYSTEM PROCESSES

In this article, the technology of preparation of oil-gas and water collection in fields, a new principle scheme of debit measurement in a group measuring device was created, it prevents excess evaporation loss of light fractions from connecting oil with the atmosphere, and separates oil from gas. , complete purification from water and mechanical impurities was achieved. In the article on the technology of disposal of low-pressure oil fields satellite gases and production of liquid hydrocarbons from them, as well as oil stabilization, dehydration, desalination, oil storage tanks, collection and preparation of gas and condensates, transportation of liquefied gases and delivery to consumers information is provided.

Текст научной работы на тему «NEFTNI YIG‘ISH, TASHISH VA TAYYORLASH TIZIMI JARAYONINI TADQIQ ETISH»

UO'K: 547.494.2. 664.3/1 - 10.5281/zenodo. 11141036

NEFTNIYIG' ISH, TASHISH VA TAYYORLASH TIZIMI JARAYONINI

TADQIQ ETISH

о л

ñ ê âià

Dustqobilov Eldor Nurmamatovich Jamshidov Doniyor Buzurgmexrovich

(Dotsent) Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, (Magistr) Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti,

Qarshi, O'zbekiston Qarshi, O'zbekiston

Annotatsiya. Ushbu maqolada konlarda neft-gazni va suvni yig'ish tayyorlashning texnologiyasi, guruhli о 'Ichash qurilmasida debitni о 'Ichashningyangi prinsipial sxemasi yaratildi, yengil fraksiyalarning ortiqcha bug'lanib yo'qolishiga neftni atmosfera bilan tutashuviga yo 'l qo 'ymaydi hamda neftni gazdan, suvdan va mexanik aralashmalardan to 'liq tozalashga erishildi. Past bosimli neft konlari yo 'Idosh gazlarini utilizatsiya qilish va ulardan suyuq uglevodorodlarni ishlab chiqarish texnologiyasi hamda neftni barqarorlashtirish, suvsizlantirish, tuzsizlantirish, neftni saqlash rezervuarlari, gaz va kondensatlarni yig'ish va tayyorlash, suyultirilgan gazlarni tashish iste'molchilarga yetkazib berish bo 'yicha maqolada ma 'lumotlar keltirilib o'tilgan. Kalit so'zlar: debit, relyef, germetik, utilizatsiya, barqarorlashtirish, suvsizlantirish, tuzsizlantirish, rezervuar, fraksiya, klapan, kollektor.

ИССЛЕДОВАНИЕ ПРОЦЕССОВ СИСТЕМЫ СБОРА, ТРАНСПОРТИРОВКИ И ПЕРЕРАБОТКИ НЕФТИ

Дусткобилов Эльдор Нурмаматович Жамшидов Дониёр Бузургмехрович

(Дацент) Каршинский инженернo-экoнoмический институт, Магистр Каршинсксгс инженернo-экoнoмическoгo

Карши, Узбекистан института, Карши, Узбекистан

Аннотация. В даннoй статье тздана технoлoгия пoдгoтoвки сбoра нефти, газа и eodhi на местoрoждениях, тздана нoвая принципиальная схема измерения дебита в группoвoм измерителе, кoтoрая предoтвращает избытoчные штери на испарение легких фракций oт связи нефти с атмoсферoй, а также oтделяет нефть oт газа, дoстигнута шлная oчистка oт вoды и механических примесей. В статье o технoлoгии утилизации низкoнапoрных нефтяных местoрoждений спутни^вых газoв и дoбычи из них жидких углевoдoрoдoв, а также стабилизации нефти, oсушки, oпреснения нефти, резервуарoв для хранения нефти, сбoра и пoдгoтoвки газа и кoнденсатoв, транспoртирoвки сжиженных газoв. и oбеспечивается дoставка инфoрмации штребителям.

Ключевые слова: дебет, рельеф, герметизация, утилизация, стабилизация, oбезвoживание, oпреснение, резервуар, фракция, клапан, кoллектoр.

SANOATDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR (E) ISSN: 3030-3214

ЦИФРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ПРОМЫШЛЕННОСТИ Volume 2, № 2

DIGITAL TECHNOLOGIES IN INDUSTRY June 2024

RESEARCH OF OIL COLLECTION, TRANSPORTATION AND PROCESSING

SYSTEM PROCESSES

Dustkobilov Eldor Jamshidov Doniyor

(Docent) Karshi Engineering-Economics Institute, Karshi, Master of Karshi Engineering-Economics Institute, Karshi,

Uzbekistan Uzbekistan

Abstract. In this article, the technology of preparation of oil-gas and water collection in fields, a new principle scheme of debit measurement in a group measuring device was created, it prevents excess evaporation loss of light fractions from connecting oil with the atmosphere, and separates oil from gas. , complete purification from water and mechanical impurities was achieved. In the article on the technology of disposal of low-pressure oil fields satellite gases and production of liquid hydrocarbons from them, as well as oil stabilization, dehydration, desalination, oil storage tanks, collection and preparation of gas and condensates, transportation of liquefied gases and delivery to consumers information is provided.

Keywords: debit, relief, hermetic, disposal, stabilization, dewatering, desalination, reservoir, fraction, valve, collector.

Kirish. Respublikamizda neft va gaz qazib olish samaradorligini oshirishning istiqbolli yo'llarini qidirish, yangi texnika va texnologiyalarni qo'llash, konlami ishlatish-ning samarali yo'llarini joriy etish, qat-lamning bosimini saqlash, qoldiq neft mahsulotlarini qazib olishning arzon texno-logiyalarini qo'llash kabilar orqali xalq xo'jaligi uchun ko'proq miqdordagi mah-sulot yetkazib berish bugungi kunda muta-xassislarimizning oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Hozirgi vaqtda neftni yig'ish tizimlarini, yig'ish tizimlarini tay-yorlashni, tashish va saqlashni tex-nologiyasini tejamkorlik bilan tashkil-lashtirish hamda quduqlarni, yig'ish punkt-larini va magistral neftuzatmalarida neftni tayyorlash va rezervuarlar parkida yo'qoti-lishiga yo'l qo'ymaslik hamda ularni samarali faoliyat ko'rsatishini bo'yicha muhim e'tibor berilmoqda.

Adabiyot tahlili va metodi. Neft va gaz konlarining yig'ish, tashish va tayyorlash tizimlarida quyidagi jara-yonlar

amalga oshiriladi:

- neft va gazni quduqlardan yig'ish va otma tizim orqali gazni o'lchash qurilmasiga yetkazish;

- guruhli o'lchash qurilmasida neft va gazni debitini o'lchash;

- neftdan gazni ajratish;

- neft va gazni neft uzatmalari orqali Siquv kompressor stansiyasiga yoki MYP (markaziy yig'uv punkti) gacha tashish;

- neftni suvsizlantirish, tuzsizlantirish, barqarorlashtirish;

- gazning tarkibidagi keraksiz aralash-malarni tozalash;

- Neft va gazni hisoblash, neft uzatma boshqarmasiga topshirish, undan keyin esa neftni qayta ishlash zavodlariga yetkazish [1].

Mahalliy sharoitlarga, mahalliy relyef-ga, neft va gazni qazib olish hajmiga va shu kabilarga bog'liq holda neftni yig'ish, tashish va tayyorlash tizimini o'zgartirish mumkin bo'ladi. Kon sharoitida neftni yig'ish, tashish va tayyorlash jarayonining

universal tizimi mavjud emas.

Neftni va gazni yig'ish va tashishda oxirgi yillarda ikki quvurli o'zi oquvchi germetik bo'lmagan tizimidan foydalanil-moqda [2].

Neftdan gazni ajratish uchun har bir quduqqa ajratgich (ajratgich) o'rnatiladi. Neft ajratgichdan keyin metall sig'imli idishga (11^16 m3) to'planadi, 2-3 metr balandlikdagi asosi metalldan bo'lgan quduq ustiga yaqin masofada o'rnatiladi va uning yordamida neft debitini o'lchash amalga oshiriladi. Neft to'planadigan idish baland-likda joylashtirilganligi uchun uning hiso-biga neft o'z oqimi bilan markaziy yig'uv punktiga oqib kelib to'planadi.

Ajratgich yordamida neftning tarkibi-dan ajratib olingan yo'ldosh gazlar o'z bosimi ostida bosimni taqsimlagich orqali gaz uzatmasiga to'planadi va undan keyin esa Gazni qayta ishlash zavodlariga yoki iste'mol punktlariga beriladi.

Gaz yig'uv qurilmasiga

1-rasm. Neftni yig'ishda o 'zi oqar tizimining individual o'lchov qurilmasi sxemasi.

1-о 'Ichov ajratgichi; 2-о 'Ichagich; 3-bajaruvchi mexanizmli po 'kak; 4-himoyalovchi klapan; 5-bosimni rostlagich; 6-otma tizimdan parafmni chiqish yo 'lini bekitgich; 7-о 'zi oqar otma tizim.

Neft konlarida asosan bir quvurli yig'ish tizimi qo'llaniladi va quduqning

mahsuloti otma chiziq orqali guruhli o'lchov qurilmasiga kirib keladi (GO'Q). Guruhli o'lchash qurilmasida alohida quduqning debiti o'lchanadi, keyin esa neft gazga to'yingan holatda quvur uzatma orqali (nefti ajratilmagan) markaziy yig'uv punktiga (MYP) yo'naltiriladi [3].

Bir quvurli tizim bilan ikki quvurli tizim ham qo'llaniladi hamda guruhli o'lchash qurulmasidan keyin neft siquv nasos stansiyasiga (SNS) kirib keladi va bu yerda neft birinchi bosqichdagi ajratish (neftning tarkibidan asosiy gaz miqdori ajratiladi) amalga oshiriladi [4]. Undan keyin neft siquv nasos stansiyasi orqali markaziy yig'uv punktiga haydaladi va u yerdan gaz ajratgichdagi bosimning hisobiga siquv nasos stansiyasidan (odatda 0,6-0,8 MPa) alohida quvur orqali markaziy yig'uv punktiga yo'naltiriladi, keyin esa uzoqqa tashishga tayyorlanadi. Quduq mahsulot-larini yig'ishning ikki quvurli tizimi neft konining maydoni katta bo'lganda qo'lla-niladi. Bunda quduqning bosimi mahsulotni markaziy yig'uv punktigacha yetkazish uchun yetarli bo'ladi [5].

Natijalar. Yuqoridagilarni va amal-dagi boshqa kamchiliklarni hisobga olib, neft va gazni yig'ish, tashish va tozalashni yangi qurilmasi yaratildi.

Neft va gazni yig'ish va tashishda o'z oqimidan foydalanish tizimining quyidagi kamchiliklari mavjud:

- konlarni jihozlashda metall sarfini kattaligi;

- neft va gazning yengil fraksiya-larining metall idishlarda ko'p bug'lanib ketishi;

- o'zi oquvchi neft uzatmalarida gaz tiqinlarining paydo bo'lishi va buning hisobiga neft o'lchagichlar orqali oqib chiqib atmosfera muhitini ifloslantirishi

2-rasm Neftni va gazniyig'ish va tayyorlash tizimining GO'Q- guruhli o'lchash

qurilmasi.

3-rasm Guruhli o'lchash qurilmasida debitni o'lchashningyangiprinsipialsxemasi.

1-yig'ish koUektori; 2-ishchi taroq; 3-ishchi gaz ajratgich; 4-otma kollektor; 5-siquv nasosi; 6-gaz uzatma; 7-uch qadamli klapan; 8-о 'Ichovchi kollektor; 9-о 'Ichovchi gaz

ajratgich; 10-debit о 'Ichagich.

mumkin [6].

Amaliy hisoblashlar natijasida bu quril-ma yengil fraksiyalaming ortiqcha bug'lanib yo'qolishiga, neftni atmosfera bilan tuta-shuviga yo'l qo'ymaydi hamda neftni gazdan, suvdan va mexanik aralashmalardan to'liq tozalaydi va metall sarfini kamay-tirishni ta'minlaydi. Bu qurilma neft va

gazni yig'ish, tashish va tayyorlash, neftni yig'ish punktlaridagi Siquv kompressor stansiyasida gazni ko'p pog'onali ajratish-ning yopiq tizimiga asoslangandir. Suyuqlik yopiq tizimda (neft, suv va gaz bilan) quduqdan chiqib quduq ustidagi bosim ta'sirida (0,8 MPa dan 1,0 MPa gacha) otma tizim orqali guruhli o'lchash qurulmasiga

to'planadi va u yerda quduqdan keladigan neftning debiti o'lchanadi.

Xulosa.

Xulosa qilib shuni ta'kidlashimiz mumkinki guruhli o'lchash qurilmasida debitni o'lchashning yangi prinsipial sxe-masi yaratildi va quyidagi natijalarga erishildi: yengil fraksiyalarning ortiqcha

bug'lanib yo'qolishiga, neftni atmosfera bilan tutashuviga уо'1 qo'ymaydi hamda neftni gazdan, suvdan va mexanik ara-lashmalaráan to'liq tozalashga erishildi va metall sa^ni kamaytiгishni ta'minladi. Siquv kompressor stansiyasida gazni ko'p pog'onali ajratishning yopiq tizimi ishlab chiqildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Akramov B.Sh., Umedov Sh.X. «Neft qazib olish bo'yicha ma'lumotnoma", Toshkent, "Fan va texnologiya" -2010, 368 bet.

2. Akramov B.Sh., Sidiqxo'jaev R.K. "Neft va gaz ishi asoslari", Toshkent, TDTU-2003. 203 bet.

3. Akramov B.Sh., Haitov O.G. Neft va gaz mahsulotlarini yig'ish va tayyorlash. Darslik. - T.: "Ilm-Ziyo", 2003.

4. Maxmudov N.N., Yuldashev T.R. "Neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi" T.: "Iqtisod - moliya" 2015. 358 bet. Darslik.

5. Yuldashev T.R., Eshkabilov X.Q. "Neft va gaz konlari mashina va mexanizmlari", O'quv qo'llanma, Qarshi, "Nasaf" -2013. 426 bet.

6. Yuldashev T.R., Eshkabilov H.Q. "Neft va gaz konlari mashina va mexanizmlari". Qarshi. Qashqadaryo ko'zgusi OAU nashriyoti. 2015, 328 bet, O'quv qo'llanma.

7. Дусткобилов, Э. Н., Клршиев, М. Т., Неъмaтoв, Х. И., & Бойтемиров, О. Э. (2019). СЕРОВОДОРОДНЫЕ ЗАГРЯЗНЕНИЯ ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ И СПОСОБЫ ИХ УТИЛИЗАЦИИ. Международный академический вестник, (5), 67-69.

8. ^ршиев, М. Т., Дусткобилов, Э. Н., Неъмaтoв, Х. И., & Бойтемиров, О. Э. (2019). Селективное окисление серoвoдoрoдa кислородом вoздухa. Международный академический вестник, (5), 70-73.

9. ^ршиев, М. Т., Неъмaтoв, Х. И., Бойтемиров, О. Э., & Дусткобилов, Э. Н. (2019). ИССЛЕДОВАНИЕ ФУНКЦИОНАЛЬНЫХ СВОЙСТВ СИНТЕЗИРУЕМЫХ АЛЮМО-НИКЕЛЬ-МОЛИБДЕНОВЫХ КАТАЛИЗАТОРОВ ГИДРООЧИСТКИ. Международный академический вестник, (5), 73-79.

10. Ziyamukhamedova, U., Rakhmatov, E., & Nafasov, J. (2021, April). Optimization of the composition and properties of heterocomposite materials for coatings obtained by the activation-heliotechnological method. In Journal of Physics: Conference Series (Vol. 1889, No. 2, p. 022056). IOP Publishing.

11. Ziyamukhamedova, U., Djumabaev, A., Urinov, B., & Almatayev, T. (2021). Features of structural adaptability of polymer composite coatings. In E3S Web of Conferences (Vol. 264, p. 05011). EDP Sciences.

12. Bozorov, O. N., Rakhmatov, E. A., Dustkobilov, E. N., & Ziyamukhamedova, U. A. (2020). Creation and application of corrosion-resistant coatings on the basis of modified local angrene kaolins and epoxy compounds. Journal of critical reviews, 7(16), 2945-2950.

13. Amperometric titration of palladium (II) and platinum (IV) ions in individual solutions of vinylpyrimidine

14. Eo3opoB, O. H., PamaTOB, 3. A., ^ycTKpôunoB, 3. H., & 3uaMyxaMegoBa, Y. A. (2020). Mogn^HKauHflnaHraH Max,annHH aHrpeH KaonnHnapn Ba эпoкcнg KOMnayHgnapn acocnga Koppo3Ha6apgom KonnaManap aparnm Ba ynapHH aManga Kynnam. Mнноeацион техноÂогимmр, (3 (39)), 48-54.

15. Boboniyozovich, R. K., Dilmurodovna, D. S., Dzhabborovna, I. H., Nurmamatovich, D. E., & Abdikhafizovich, R. E. (2019). Amperometric titration of mercury (II) with mphcmdedtc-a nitrogen-and-sulfur-containing reagent. European science review, (34), 129-132.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.