Negmatov S. Q.
Navoiy davlat pedagogika instituti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi o^qituvchisi Quralbayeva A.N.
Navoiy davlat pedagogika instituti Geografiya o^qitish metodikasi talimy o^nalishi talabasi
KONIMEX TUMANI QISHLOQLARI TOPONIMLARI
Annotatsiya: Hammamizga ma'lum bizning davlatimiz ko^p millatli. Yurtimizda har xil millat vakillari tinch, ahil bolib yashaydi. Navoiy viloyatiga qarashli Konimex, Tomdi tumanlarining ko^pchilik qismini qozoq millati tashkil etadi. Ular azal-azaldan bu hududlarda yashab, chorvachilik bilan shug^illanib kelishadilar. Ular yashaydigan hududlarning joy nomlari ham o^z ona tillaridan, milliy tarixidan kelib chiqqan.
Kalit so^zlar: Konimex tumani, Konimehr, Teri-quduq, Uchtepa, Besquduq, Do^ngalak, Sarjal, Yangiqazg^an, O^razjon, Baymurat, Qaroq ota, Madaniyat, Zafarobod.
Negmatov S. Q. teacher
department basics of geography and economics Navoi State Pedagogical Institute Quralbayeva A.N.
student
educational direction: «Methods of teaching geography»
Navoi State Pedagogical Institute
TOPONYMS OF VILLAGES OF KONIMEX DISTRICT
Annotation: We all know that our country is multi-ethnic. Representatives of different nationalities live in peace and harmony in our country. The majority of Konimex and Tomdi districts of Navoi region are Kazakh. They have long lived in these areas and are engaged in animal husbandry. The names of the places where they live are also derivedfrom their native languages and national history.
Keywords: Konimex district, Kanimehr, Teri-kuduk, Uchtepa, Beskuduk, Dongalak, Sarjal, Yangiqazgan, Urazjan, Baymurat, Qaraq ata, Madaniyat, Zafarabad.
Toponimika yunoncha "topos-joy, oynomo-ism, nom" joy nomlari geografik atoqli nomlarni, ularning paydo bo' lish yoki yaratilish qonunyatlarini, rivojlanish va o'zgarishini, tarixiy etimologik manbalarni va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini o'rganadi. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui- toponimiya alohida olingan joy nomi esatoponim deb ataladi. Joyning tabiiy geografik sharoiti, relyefi, aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashg'uloti, qazilma boyliklar tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari hisoblanadi. Toponimlarning kelib chiqishi geografiya, tarix, etnologiya bilan bog'liq holda rivojlanadi. Toponimlar xalqlarning tarixiy o'tmishi xususiyatlarini jonlantirishga, ularning joylashtirish chegaralarini belgilashga, tillarning o'tmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yo'llarini tavsiflashga yordam beradi5.
Bizning yurtimizda ham 12 viloytimiz bo'lib, ularning joy-nomlari ham o'ziga xos har xil tarixga ega. Ularning ba'zilari masalan, Navoiy, Buxoro, Samarqand va shu kabilar buyuk ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz nomiga qo'yilgan.
Quyida Konimex tumanidagi ba'zi bir qiziqarli bolgan toponimlarni va ularning tarixini ko'rib chiqamiz.
Konimex tumani. Tuman nomining kelib chiqishi haqida bir nechta rivoyatlar mavjud. Eron podshohining og'li Shopur Turan shu o'lkada yashagan Mehribonuning go'zalligiga oshiq bo'ladi va sevgilisiga uylanadi. Sevgilisi hurmatiga Zarafshon daryosidan suv yo'li kanal qozdirib unga Konimehr deb nom beradi. Asrlar davomida Konimehr o'zgarishlarga uchrab Konimex deb atalib ketgan degan rivoyat bor. Ikkinchi rivoyatda Meh Ota koni degan ma'noni beradi. "Kon" so'zi fors tilida "Daryo tarmog'i yoki anhor va suv yo'li ariq" degan ma'noga ega. Shu sabab Konimex deb atalgan deyiladi.
Uchinchi rivoyatda "Konimex" atamasi tilshunoslik jihatdan tahlil qilinsa "Kon" va "Meh" kabi ikki sozdan kelib chiqqn atama. Atamaning birinchi bo'g'inidagi "Kon"so'zi arna daryo tarmog'i yoki anhor ma'nolarini angla tgan. Ikkinchi bog'inidagi "Meh" birikmasi aslida "moh", 'mug" sozlarini shakli bo'lib, u "otashparast, budparast, otparast zardushtiy" ma'nosini anglatgan.
Keltirilgan tahlillarga asoslanadigan bo'lsak, "Konimex" atamasi "Mugdaryo""Zardushtiylar arnosi, otashparastlar anhori " dean ma'nolarni anglatadi. Xulosa qilib aytganda, tarix fanining darg'alari tomonidan berilgan yakuniy xulosa-"Konimex" sozidagi "kon", "kom" sozi qadimda "katta ariq", "daryo tarmogi yoki anhor" ma'nosida, ya'ni mazkur qishloqda "mug" nomi bilan tilga olingan zardushtiylar diniga sig'ingan kishilar yashganligini bildiradi. XX asrning 20-yillariiga qadar Komi mug' deb nomlangan bu hudud sovet tuzumi o rnatilishi bilan avval hujjatlarda so ngra mahalliy tilda "Konimex" atamasi bilan nomlanib ketgan.
5 J. Mustafayev, U. Narzullayev, L. Berdimuratova, Z. Safarov, " Konimex tumani Kecha va bugun" - T; SAHHOF 2021.-368-b.
Teri-quduq6 qishlogi- bu qishloq nomining kelib chiqishi albatta, shu qishloqda yashaydigan aholisigagina ma'lum. Bu yerda yashaydigan aholining aytilishlaricha, qozoq tilidan tarjima qilganda, qadimda qishloq atrofidagi bir quduqdan qoy terisi topilgan ekan. Yuqorida aytib otkanimizdek bu yerdagi qozoqlar chorvachilik ya'ni qo y va echki boqish bilan shugullanishadi. Bu qishloqning nomi nimaga Teri-quduq deb qoyilgan deb savol berganimizda, teri topilganligi uchun deb javob berishdi. Ba'zi bir qishloq odamlarining aytishlariga qaraganda bu nomning qoyilishiga qishloq yaqinida chuqur quduq bolgan ekan, ular shu sabab deyishadi.
Uchtepa qishlog i. Ovul fuqoralar yig ini 1997 yil 8 iyulda tashkil topgan. Bu qishloq ham qozoqlar yashashadi va aholisi boshqa qishloqlarga qaraganda nisbatan koproq. Bu yerdagi aholi qishloq atrofida uchta tepalik bo lgan shuning uchun shunday nom bilan atab ketishgan deyishdi. Bu yerlarning tuproqlari shagal qumlar, tepalik va barxanlar kop. Shunday qilib uchta katta tepaliklarning uchrab turishi tabiiy hol.
Besquduq qishlogi- bu qishloq nomining kelib chiqishi, qadimda ba'lki bu yerda quduq bo lmagandir, ba'lki uzoqda bo lgandir, yozning jazirama issig ida beshta qiz suv izlab kelishgan va suvsizlikdan chanqab xalok bo lishgan. Shuning uchun bu qishloqni Besquduq ya'ni beshta qiz quduq izlagan deb atashar ekan.
Do'ngalak qishlog i bu so z qozoq tilidan tarjima qilganda yumaloq degan ma'noni anglatadi. Bu qishloq nomining kelib chiqish tarixi shunday ekan, tepalikka chiqib bu qishloqqa qaralsa, huddu yumoloqday bolib, korinar ekan. Shu sababli korinishiga qarab Dongalak deb nom berishgan.
Sarjal ovuli. Ovul 1994 yil dekabrda Konimex tumani qarori bilan tashkil etilgan.Bu qishloq nomining kelib chiqishi togrisida ikki xil qarashlar mavjud. Ulardan biri qishloqdan salgina uzoqda bolgan tepalik bolgan ekan. Jal sozini qozoqchadan tarjima qilganda tepalik degan ma'noni bildiradi. Osha tepalik uzoqdan sariq bolib koringan shunga Sarijal deb atalgan deyiladi. Ikkinchisida esa sariq yolli ot ya'ni yilqi shu qishloqqa kelgan. U ot juda ozgacha bolib hammani oziga jalb qila olgan, birinchi bolib otning yoli kozga tashlanadigan bolgan. Shuning uchun ham odamlar bu qishloqqa Sarjal deb ya'ni sariq yolli ot uchun shunday nomlashgan.
Yangiqazg'an ovuli 1992 yil tashkil topgan.Bu qishloqning kelib chiqish tarixi juda ajoyib va gayrioddiy ekan. Qishloqning atrofida qazilgan bir orani korishgan va odamlar bu yangidan qazilgan ku deyishgan. Shu bilan bu qishloq nomi yangidan qazilgan deb Yangiqazg' on atalgan.
O'razjon7 qishlog'I bu qishloqning ham o'ziga yarasha tarixi mavjud.Dastavval bu yerlarda hechkim yashamaydigan paytlari Orazjon degan kishi birinchi bolib kochib kelgan. Oz oilasi bilan yashab bu yerda ekinchilik
6 J. Mustafayev, U. Narzullayev, L. Berdimuratova, Z. Safarov, " Konimex tumani Kecha va bugun" - T; SAHHOF 2021.-371-b.
7 Eshonqulov H," Qizilqum alplari". - T; "Sharq" 2004. -E-20.
bilan shug'illanib qovun ekishgan. Shundan keyin bu yerga boshqa aholi ham ko'chib kela boshlagan. Bu yerdagi aholi soni ko'payib butun bir qishloqqa aylangan. Hozirda birinchi ko'chib kelgan odamning avlodlari hozirgacha yashab kelmoqda. U kishining hurmatiga qishloqni O'razjon deb nomlashgan.
Baymurat. "Baymurat " ovuli fuqoralar yig'ini 1997 yil 8 iyulda tashkil etilgan. Ovulning bunday nom bilan atalish sababi ushbu hududda yashayotgan oqsoqollarning aytishicha, Qizilqum cho'lida yashagan asli qozoqlarning bojbon urig'idan chiqqan Baymurat botir ismli kishi bo'lib, u hududni tashqi dushmanlardan, bosqinchilardan himoya qilib turgan va uning ismi keyinchalik toponim sifatida xalq tilida qolgan. Ovul fuqoralaryig'ini tarkibiga "Eltoy", "Qalmurat", hamda Qozog' iston Respublikasi bilan chegaradosh "Qosquduq" va "Yangi turmush" ovullariham kiradi. Mazkur ovul aholisi ko'p millatli bo'lib, ularda o'zbek, qozoq, qoraqalpoq, tatar millatiga mansub 2800 nafardan ziyod fuqoralar o'zaro totuvlikda yashaydilar.
Qaroq ota8. Qaroq ota ovul fuqoralar yig'ini 1997 yilda tashkil etilgan. Ovul fuqoralar yig'inining nomi Yassaviya tariqatining mashhur namayondasi, donishmand, orif, sohib karomat Qaroq-ota nomi bilan bog'liq. Qaroq ota ovul fuqoralar yig'inining hududi 392,086 gektarni tashkil etib, Qaroq ota, Parloq, Shontibay, Nurbuloq, Aksay, Madaniyat, Shengeldi, Balaqaraq kabi ovullardan iborat. Qaroq ota ovulida yashovchi aholi asosan chorvachilik bilan shug'illanadi.
Madaniyat. Madaniyat ovuli hududida joylashgan Aristontov yuzlab yillar mobaynida bugingi konimexliklarning qadim ajdodlarga zamin bo'lgan maskan sanaladi. Tog' bag'rida joylashgan qariyib 2-3 gektar maydonni egallagan qadimiy qabriston bu yerda uzoq davrlar mobaynida insonlar yashagnini isbotlaydi. Shuningdek qabr toshlaridagi yozuvlar ham bunga dalil sanaladi. Sababi ayrim ko'xna toshlarda arabiy imloda o'yib yozilgan bitiklrga ko'zingiz tushadi.
Bugingi kunda "Madaniyat" ovulida yashovchi eng keksa kishi 75 yoshli muallim Asubay bobo Aristontovda tug'ilgan kishilardan. Otaxonning aytishicha, Aristantovga XVI-XVII asrlarda bugingi Qozog'iston hududidan odamlar ko'chib kelgan. Tog' nomi ham bu yerga ilk bor ko'chib kelgan. Tog' nomi ham bu yerga ilk bor ko'chib kelgan kishi nomi bilan bog'liq. Bugingi kunda konimexliklar saxovatli kishilarni "Taueliboy" deb atashadi. "Tog" eli "boy", degan jumla esa aynan Aristontovda yashagan boy chorvador aholi faolyatidan kelib chiqqan,degan fikirlar bor.
Zafarobod9. Zafarobod mahalla fuqoralar yig'ini 1972 yil tashkil topgan bo'lib, mahallada 18 millat vakillari ahil inoqlikda yashaydi. Mahallaning "Zafarobod" deb nomlanishi "Zafar" va "G'alaba" degan ma'nolardan kelib chiqib qo'yilgan. Hozirda hududda 5 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.
8 CepiK Шукын "Кут дарыган Кылылкум". Т;- "Абдулла Кддыри атындагы хальщ мурасы" баспасы. 2004.-Б-113.
9 CepiK Шукын, Кулмахан Кали, Кенимех нур елкем. Т; " Turon- Iqbol". 2005- Б-24.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. J. Mustafaoev, U. Narzullayev, L. Berdimuratova, Z. Safarov, " Konimex tumani Kecha va bugun"- T; SAHHOF 2021.
2. CepiK iTTyKhiH. K^MaxaH K,a™, KeHHMex h^P emeM. T; " Turon- Iqbol". 2005- E-24.
3. Eshonqulov H," Qizilqum alplari". - T; "Sharq" 2004.-E-20.
4. CepiK ffl^KHH "KYT gaptiFaH K,tmtmK¥M". T;- "ASgynna K,agrnpH aTtrngaFBi xanrn^ MYpacti" Sacnacrn. 2004.-E-113.
5. HapSan ToFaHY^Bi Kp^axMeT HeMepeci KeHHMex ^9He MemH, KeninKep^epiM. ^eTrnmi KiTan, fflbiMKeHT; 2019, -E. 100