Научная статья на тему 'QUVASOY HUDUDIDAGI TOPONIMLARNING STRATIGRAFIK TAHLILI'

QUVASOY HUDUDIDAGI TOPONIMLARNING STRATIGRAFIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
335
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
stratigrafik tahlil / etimologiya / geografik nomlar / toponim / oykonim / etnonim / tilshunoslik.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Jahongirmirzo Jamoliddin O’G’Li Mamatisakov, Nuriniso Valijon Qizi Alijonova, Sarvinoz Zokirjon Qizi Rahmatullayeva

Ushbu maqolada Farg’ona viloyati Quvasoy shahridagi joy nomlarining kelib chiqishi, nomlarning paydo bo’lish tarixi hamda stratigrafik tahlili berilgan. Joy nomlari aniq bir tarixiy sharoitda paydo bo‘lib, kelib chiqishi jamiyat hayoti, hududda yashayotgan yoki qachonlardir yashagan xalqlar tili bilan chambarchas bog‘liq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QUVASOY HUDUDIDAGI TOPONIMLARNING STRATIGRAFIK TAHLILI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 10 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

QUVASOY HUDUDIDAGI TOPONIMLARNING STRATIGRAFIK TAHLILI

Jahongirmirzo Nuriniso Valijon qizi Sarvinoz Zokirjon qizi

Jamoliddin o'g'li Alijonova Rahmatullayeva Mamatisakov

Farg'ona davlat universiteti Farg'ona davlat universiteti Farg'ona davlat universiteti

tayanch doktoranti talabasi talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Farg'ona viloyati Quvasoy shahridagi joy nomlarining kelib chiqishi, nomlarning paydo bo'lish tarixi hamda stratigrafik tahlili berilgan. Joy nomlari aniq bir tarixiy sharoitda paydo bo'lib, kelib chiqishi jamiyat hayoti, hududda yashayotgan yoki qachonlardir yashagan xalqlar tili bilan chambarchas bog'liq.

Kalit so'zlar: stratigrafik tahlil, etimologiya, geografik nomlar, toponim, oykonim, etnonim, tilshunoslik.

Geografik nomlar ma'lum tarixiy davrda yuzaga keladi, tarixiy voqealaming xronologik guvohi hisoblanadi. Toponimlar vaqt davomida shakli va mazmuni bo'yicha o'zgarib boradi, aniq tarixiy voqealarga bog'liq ravishda hududiy tarqaladi. Urushlar, aholi migratsiyasi, etnik jarayonlar mintaqa toponimiyasida o'zining izini qoldiradi. Har bir tarixiy davr o'zining ma'lum geografik nomlar qatlamini- stratigrafiyasini yuzaga keltiradi. Bu jihatlari bilan toponimika tarix fani bilan uzviy aloqada rivojlanib boradi.

Geografik nomning asl ma'nosini (etimologiyasini) aniqlashda uni tarixiy paydo bo'lgan davri bilan birga o'rganish maqsadga muvofiqdir. Har bir tarixiy davr geografik nomlarning muayyan qatlami (stratigrafik) ni hosil qilgan, aniqrog'i har bir tarixiy qatlamning joy nomlarida o'ziga xos "izi", "tamg'asi" mavjud, bu haqida ikkinchi bobda batafsil to'htab o'tiladi.

Tarixiy ma'lumotlar har doim ham nomlashning tarixiy jarayonini kuzatish va tiklash imkonini bermaydi. Shu sababdan ko'pincha toponimik ma'lumotlarni tarixiy voqea-hodisalarni aniqlashda qo'shimcha manba sifatida foydalanish yaxshi natija beradi.

Geografik nomlar albatta biror xalq tilidan qo'yiladi, shuning uchun har bir geografik nomning etnologik asosi mavjud bo'ladi. Bu erda geografik nom etnonim bo'lishi (xalq, urug', qabila) shart emas. U tabiiy, iqtisodiy-geografik toponimlarda ham ma'lum xalq tilidan qo'yilgan bo'ladi. Shuni hisobga olib har qanday geografik nomning qaysi xalq tilidan qo'yilganligiga e'tibor qaratiladi. Bu jihatdan toponimlarni etnologik jihatdan tadqiq etishning ahamiyati juda kattadir. Biroq bu usulni qo'llashda

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ham nihoyatda sinchikovlik talab etiladi. Sababi, etnooykonimlar (urug', qabila, millat, xalq nomlari bilan atalgan joy nomlari) har doim ham shu erda yashagan xalqning (etnosni) nomini bildiravermaydi, Masalan, Ruminiya qachonlardir bu erni bosib olgan rimliklar nomi bilan atalsa, Boburdan so'ng Farg'ona va Samarqandda qolgan turklar o'zlarini o'zbeklar deb, vatandoshimizni Hindistonda tuzgan davlati esa "Buyuk mo'g'illar imperiyasi" deb nomlanganligini keltirish kifoya.

1-jadval

Quvasoy hududidagi ayrim joy nomlarining stratigrafik taxlili

Joy nomlari Mahalliy aholi joy nomiga bergan ta'rifi Mos qatlami

Arsif Arsif tarixi asosan "Arsi" so'zi turkiy tildan olingan bo'lib Avliyo Zoxid ma'nosini anglatib, Arsif shu nom bilan bog'liqdir. Maxalliy xalq Arsifda ko'plab avliyolar yashab o'tganligini aytishadi. Bir xilgi manbaalarda Quva podshosi Kaykubot bu erlarning xushmanzaraligini ko'rib o'zi uchun Ark qurgan. "Arz purs" ya'ni forsiy tildan olingan bo'lib, Arz so'raydigan joy deb ta'kidlangan, keyinchalik Arsif nomi kelib chiqqan. Turkiy

Bog'bon Axolining asosiy va ko'pchiligi bog'dorchilik va uzumchilik bilan shug'ullanishi munosabati bilan ushbu maxallaga Bog'bon nomi berilgan. Yangi qatlam

Bo'ston O'zlashtirilmagan erlarga aholi ko'chib borib, u erlarni mevazor bog'larga aylantirganliklari uchun Bo'ston qishlog'i deb atalgan. Yangi qatlam

Valik Valik qishlog'ida ilgari Valiylar yashab o'tganligi sababli, keyinchalik Valik deb atalgan. Sug'diy

Do'stlik Har xil millatlar vakillari xamdo'stlikda yashashganligi sababli Do'stlik deb yuritilgan. Yangi qatlam

Yoshlik Yoshlik maxalla fuqarolar yig'inining nomlanishiga sabab, ushbu maxallada asosan Yangi qatlam

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ko'pchilikni yoshlar tashkil qilganligi sababli, Yoshlik teb atalgan

Zebiniso Taniqli insonlar nomlarni abadiylashtirish maqsadida Zebuniso deb ataladi. Yangi qatlam

Kokilon Kokilon qishlog'ining o'rtasidan katta ariq o'tgan bo'lib, shu katta ariqdan Kokilli ilon o'tgan ekan, shuning uchun ushbu qishloqning nomi Kokilon deb yuritiladi. Forsiy

Lashkar Ilgari Marg'ilonda navkarlar mahallasi bo'lib, ularga Quvasoy shahrining ushbu qishlog'ining erlardan ulush ajratib berilgan ekan, ular shu erlarda yashashgan shunga asoslanib lashkar deb atalgan. Arab

Muyan Mo'yon Quvasoy shaxar kengashiga qarashli qishloq. Mo'yon so'zi forsiy tilda "miyon"-"o'rta" so'zi bilan aloqador, shuningdek YAjob tilida Miyon "qishloq" degan ma'noni bildiradi. Mo'g'ul

Navoiy Buyuk ajdodlarimiz va mutafakirlarimizni nomlarini abadiylashtirish maqsadida A.Navoiy nomi berilgan. Turkiy

Namuna Namunali maxalalar qatorida faoliyat yuritishi uchun Namuna nomi berilgan Yangi qatlam

Nayman Ilgari ushbu xududda Nayman qabilasi yashaganligi uchun ushbu qishloqqa "Nayman" nomi berilgan, Toponomik ob'ektlarga nom berish maqsadida 2009 yildan O'rta-Nayman SHFY bo'lgan. Mo'g'ul

A.Cho'lpon Buyuk ajdodlarimiz va mutafakirlarimizni nomlarini abadiylashtirish maqsadida A.Cho'lpon nomi berilgan. Slavyan

X.Olimjon Buyuk ajdodlarimiz va mutafakirlarimizni nomlarini abadiylashtirish maqsadida X.Olimjon nomi berilgan. Yangi qatlam

Xuvaydo Buyuk ajdodlarimiz va mutafakirlarimizni nomlarini abadiylashtirish maqsadida Turkiy

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Xuvaydo nomi berilgan.

Pakana Pakana - viloyatda relef shaklini bildiruvchi adrbolo, yoki pakanaadir so'zidan kelib chiqqan, ya'ni pakana adirliklarda joylashganligi sababli Pakana qishlog'i deb yuritilgan Forsiy

Polmon Ilgari ushbu qishloqda aholi ko'chib kelib yashamasdan oldin Polvonbek o'z oilasi bilan yashab o'tgan ekan, shunga asoslanib Polvon deb atalgan, hozirgi kunga kelib Polmon deb yuritilmoqda. Slavyan

A.Temur Buyuk ajdodlarimiz va mutafakirlarimizni nomlarini abadiylashtirish maqsadida A.Temur nomi berilgan. Yangi qatlam

Ziynat Toponomik obyektlarga nom berish maqsadida 2011-yildan Ziynat nomi berilgan Yangi qatlam

Soy-bo'yi Maxalladan katta Isfayram soyi oqib o'tganligi sababli Soy bo'yi mahallasi deb atalgan. Yangi qatlam

Sufon Fors tilidan olingan bo'lib, sufon ya'ni suv koni degan ma'noni bildiradi. Ilgari ushbu hududda 3 ta suv ko'llari bo'lgan, hozirgi kunga kelib ushbu ko'llar qurib qolgan, lekin hozirgi kunga qadar Sufon deb atalib kelmoqda. Arab

M.Ulug'bek Buyuk ajdodlarimiz va mutafakirlarimizni nomlarini abadiylashtirish maqsadida M.Ulug'bek nomi berilgan. Yangi qatlam

Qo'chqorchi Ushbu qishloqda Qo'chqorota degan avliyo odam o'tganligi sababli qishloq Qo'chqorchi deb yuritilgan. Xattoki qabristoni xam Qo'chqorota qabristoni nomi bilan ataladi. Arab

Qalacha Farg'ona-Quva eski yo'lining 12 kmning chap tomonida taxminan 1700-1750 yillarda Marg'ilon to'ramlarining 9 paxsa devor bo'lgan qal'acha ya'ni qo'rg'oncha mulki Forsiy

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

bo'lgan bu kichik qal'a bo'lganligi uchun buyuk ipak yo'lining Xitoy, Qo'qon, Andijon tomonlarga boruvchi savdogarlarga shu kichik qal'ada xordiq chiqaramiz deb to'xtashib dam olishgan. Shundan kelib chiqib ushbu kichik qal'a, Qalacha deb yuritilgan

Isfayram-soy Isfayramsoy qishlog'ining tarixi, oldindan yashash uchun er uchastkalari ko'p berilganligi sababli, Chek qishlog'i deb atalgan, 2011-yili toponomik ob'ektlarga nom berilishi sababli ushbu qishloqdan katta Isfayram soy oqib o'tganligi sababli "Isfayramsoy" deb ataladi. So'g'diy

Yuqori Muyan Qishloqda baland do'nglik bo'lganligi uchun, Ushbu qishloq yuqori Mo'yan qishlog'i deb atalib kelgan. Mo'g'ul

Guliston Toponomik ob'ektlarga nom berish maqsadida Guliston nomi berilgan Yangi qatlam

Yangi-obod 2003 yil avgust oyidan shahar xokimining qarori bilan Arsif qishloq fuqarolar yig'ini tarkibidan ajratilgan. Yangi uy-joylar berilib, axoli tomonidan obodonlashti-rilganligi sababli, Yangi-obod nomi berilgan Yangi qatlam

Xulosa. Geografik nomlarning tarixiy tasnifida toponimning qaysi lug'aviy-geografik qatlamga mansubligi tahlil qilinadi. Joy nomlari aniq bir tarixiy sharoitda paydo bo'lib, kelib chiqishi jamiyat hayoti, hududda yashayotgan yoki qachonlardir yashagan xalqlar tili bilan chambarchas bog'liq. Aniqroq aytganda, har bir tarixiy davr o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini uning geografik nomlarida ham ko'rish mumkin. Geografik nomlar tarkibidagi mavjud lug'aviy-geografik qatlam bo'yicha Respublikamizda keng tarqalgan 7 ta qatlamlar ajratilgan. Ular Sug'diy, Forsiy, Turkiy, Arab, Mo'g'ul, Slavyan, YAngi qatlam. Yuqorida keltirilgan jadvalda Quvasoy hududidagi ayrim jon nomlarining stratigrafik taxlili keltirildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ахдоадалиев, Ю. (2018). Топонимика ва географик терминшунослик

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

2. Ахдоадалиев, Ю. (2011). Фаргона вилояти топонимлари.

3. Ismoilovich, A. Y., & Erkinovich, M. A. (2022). THE USE OF HYDRONICS IN THE STUDY OF CHANGES OCCURRING IN THE PROCESS OF WATER USE. PEDAGOGS jurnali, 10(1), 148-154.

4 АДМАДАЛИЕВ, Ю., & КОМИЛОВА, Н. (2020). ЭТНОЭКОЛОГИК МАДАНИЯТНИНГ ^УДУДИЙ ЖИ^АТЛАРИ.

5. Ахдоадалиев, Ю. И., & Абдуганиев, О. И. (2019). The value of geoecological principles in the system of protected natural territories. In Узбекистон ва Россияда география фани: умумий муаммолар, уамкорлик салоуияти ва истицболи (pp. 48-

6. Абдуганиев, О. И., & Махкамов, Э. Г. (2019). Географические особенности организации туристско-рекреационной деятельности в охраняемых природных территорий. Экономика и социум, (9), 383-390.

7. Абдувалиев, А. X,., & Абдулхамидов, А. А. У. (2021). ФАРГОНА ВОДИЙСИДА

ОМИЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2(12), 1127-1136.

8. Abduvaliyev, H. A., & Jarqinova, M. X. (2021). AHOLINING HUDUDIY TARKIBINI TABIIY-LANDSHAFT BIRLIKLARI BO 'YICHA TADQIQ ETISHNING NAZARIY ASOSLARI. Academic research in educational sciences, 2(12), 33-38.

9. Jahongirmirzo Jamoliddin, O. G., Mamatisakov, L., & Ilhomjon Ihtiyorjon, O. G. (2021). Li Muhitdinov PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF ECOTOURISM IN THE PROTECTED NATURAL AREAS OF FERGANA REGION. Scientific progress,

(3).

10. Ilhomjon Ihtiyorjon, O. G., Muhitdinov, L., Jahongirmirzo Jamoliddin, O. G., Li Mamatisakov, F. O., & GIDROGRAFIYASI, V. J. Q. Scientific progress. 2021. № 3. URL: https://cyberleninka. ru/article/n7farg-ona-vodiysining-janubiy-qismi-gidrografiyasi (дата обращения: 07.12. 2021).

11. Jahongirmirzo Jamoliddin, O. G. (2021). 'Li Mamatisakov, Ilhomjon Ihtiyorjon O 'G 'Li Muhitdinov, Ablazbek Erkinjon Ogli Madraximov PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF AGRICULTURAL TOURISM IN FERGANA REGION. Scientific progress, 8.

12. Mamatisakov, J. J. O. G. L., Abduqaxxorov, L. S. O. G. L., Rahmatjonov, A. A. O. G. L., & Vahobjonov, A. A. O. G. L. (2021). REGIONAL ASPECTS OF DEVELOPMENT OF TOURIST ROUTES. Scientific progress, 2(8), 57-60.

50).

АДОЛИ

ЖОЙЛАШУВИНИНГ

ИЖТИМОИЙЩТИСОДИЙ

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

13. Mamatisakov, J. J. O. G. L., Muhitdinov, I. I. O. G. L., & Madraximov, A. E. O. (2021). PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF AGRICULTURAL TOURISM IN FERGANA REGION. Scientific progress, 2(8), 823-825.

14. Jamoliddin o'g'li, J. M., & Isroiljon o'g, D. R. Z. (2022). DESCRIPTION OF LOCAL HISTORY AND EXCURSION OBJECTS OF FERGANA REGION.

15. Mamatisakov, J. J. O. G. L., & Muhitdinov, I. I. O. G. L. (2021). PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF ECOTOURISM IN THE PROTECTED NATURAL AREAS OF FERGANA REGION. Scientific progress, 2(3), 986-989.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.