Научная статья на тему 'KOMPYUTER LINGVISTIKASIDA TA’MINOT MASALASI VA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVISTIK TA’MINOTI'

KOMPYUTER LINGVISTIKASIDA TA’MINOT MASALASI VA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVISTIK TA’MINOTI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
401
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompyuter lingvistikasi / dasturiy ta’minot / lingvistik ta’minot / frazeologik birikmalar / iboralar / mobil ilova / lingvistik ta’minoti. / computer linguistics / phraseological combinations / phrases / mobile application / linguistic support.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zokirov, Muxtorali, Raimjonov, Oybek

Ushbu maqolada Kompyuter lingvistikasida keng qo‘llanilib kelinayotgan dasturiy hamda lingvistik ta’minot masalasi va frazeologik birliklarning lingvistik ta’minotiga tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEM OF SUPPLY IN COMPUTER LINGUISTICS AND LINGUISTIC SUPPLY OF PHRASELOGICAL UNITS

This article is devoted to the extent to which phraseological units have been studied in linguistics, and their study from the point of view of computational linguistics remains an important issue.

Текст научной работы на тему «KOMPYUTER LINGVISTIKASIDA TA’MINOT MASALASI VA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVISTIK TA’MINOTI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

KOMPYUTER LINGVISTIKASIDA TA'MINOT MASALASI VA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVISTIK TA'MINOTI

Muxtorali Zokirov

Farg'ona davlat universiteti professori, filologiya fanlari nomzodi

Oybek Raimjonov

FarDU Filologiya fakulteti magistranti

Ushbu maqolada Kompyuter lingvistikasida keng qo'llanilib kelinayotgan dasturiy hamda lingvistik ta'minot masalasi va frazeologik birliklarning lingvistik ta 'minotiga tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: kompyuter lingvistikasi, dasturiy ta'minot, lingvistik ta'minot, frazeologikbirikmalar, iboralar, mobil ilova, lingvistik ta'minoti.

Данная статья посвящена проблеме компьютерная лингвистического обеспечения, которое широко используется в компьютерной лингвистике, и лингвистическому обеспечению фразеологизмов.

Ключевые слова: компьютерная лингвистика, программное обеспечение, лингвистическое обеспечение, фразеологические сочетания, выражения, мобильное приложение, лингвистическое обеспечение.

This article is devoted to the extent to which phraseological units have been studied in linguistics, and their study from the point of view of computational linguistics remains an important issue.

Key words: computer linguistics, phraseological combinations, phrases, mobile application, linguistic support.

Kompyuter lingvistikasi sun'iy intellekt(tafakkkur)ni yaratishda tirik mavjudotlar va insonlardagi intellektual faoliyati natijasida yuzaga chiqadigan birliklarning matematik va kompyuter modelini tuzuvchi fan tarmoqlaridan biri bo'lib, uning markazida tabiiy tillar ifodalashda matematik modellaridan foydalanish turadi. Bu soha ma'lum darajada tabiiy tillarni qayta ishlash bilan bog'liq holda bir nuqtada kesishadi. Kompyuter lingvistikasi tadqiqotchilarining faoliyati til birliklari ma'lumotlarini qayta ishlash uchun amaliy dasturlar va algoritmlar ishlanmasini yaratish hisoblanadi.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mamlakatimizda keyingi yillar davomida kompyuter lingvistikasi muammolariga oid ko'plab ishlar qilinmoqda. O'rni kelganda R.G.Piotrovskiy [2], A.K.Po'latov [10], S.Muxamedova [6], S.Rizayev, A. Rahimov [12], N.Abdurahmonova [13] kabi olimlarning ishlarini alohida ta'kidlash lozim.

Har bir tilni kompyuter lingvistikasi jihatidan algoritmik tasvirlash jarayoni matnni analiz va sintez qilishni talab etadi. Bunda esa "mazmun - matn" muammosi faqat sof lingvistik muammo bo'lib qolmaydi, balki matnni bir qancha logik-matematik interpretatsiya (sharh berish) qilish jarayonini ham taqozo etuvchi murakkab muammo ekanligini belgilab beradi. Qaysiki, yuqoridagi jarayonlarning barchasi matematik mantiq (logika) elementlari bilan aloqada hisoblanadi.

Kompyuter lingvistikasi masalalarining umumiy yo'nalishlarini aniqlash shunisi bilan ahamiyatliki, ularning har biri amaliy jihatdan matn muammosiga borib taqaladi. G'arb kompyuter lingvistikasi esa uzoq yillik tadqiqotlarga egaligi, ilmiy jihatdan ishlanganligi bilan ajralib turadi.

Kompyuter lingvistikasi - kompyuter uchun mo'ljallangan lingvistik ta'minot [15, 7]. Z.Xolmanova kompyuter lingvistikasiga bergan yuqoridagi ta'rifiga asoslanadigan bo'lsak, tilshunoslikning kompyuter texnaolgiyalari bilan bog'langan holda yangi bir fan sohasini shakllanishiga zamin yaratgan birlik sifatida "lingvistik ta'minotni" ko'rishimiz mumkin.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Dasturiy ta'minot bu komputerda ma'lum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vosita deb qaraladi. Lingvistik ta'minot esa bizning nuqtayi nazarimizga ko'ra bu kompyuterda tilshunoslikka oid ma'lum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. N. Abdurahmonovaning "Kompyuter lingvistikasi" darsligida [16] lingvistik ta'minot tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan: Lingvistik ma'lumotlar bazasi (ta'minoti) deyilganda, tilga oid barcha ma'lumotlar tushuniladi. Til tuzilishi hamda matnni analiz va sintez qilishning aniq vazifalariga asosan lingvistik ta'minotida quyidagilarning mavjud bo'lishi talab qilinadi: matn - leksik asos, leksema shakl - so'z birikmasi, sintaktik gap strukturalari. Tarjimadan avvalgi tahlil jarayonida uch asosiy ierarxik bosqich amalga oshiriladi: matn-jumla-leksema shakl. Bunda leksemashakl keng ma'noda matndan olingan istalgan segment birlik sifatida qaraladi. Gap va so'z birikmalarining barcha strukturaviy hamda boshqa xususiyatlari leksema shakl tushunchasida ifodalanadi [13,

Lingvistik bilimlar bazasiga quyidagilar kiradi:

> Leksik resurslar:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

> Kompyuter lug'atlari;

> Tezaurus, ontologiya.

> Matniy resurslar:

> Matlarning sohaviy majmuasi;

> Matn korpusi

> Aralash resurslar:

> FrameNet - so'zlarning ma'lumotlar bazasi.

> Internet resurslar:

> WikiPedia, Wiki-lug'at, DBPedia.

Yuqoridagilardan kelib chiqib lingvistik ta'minot kompyurer lingvistikasi va tilni o'zaro uzviy bog'liqligini ta'minlab beruvchi lingvistik bilimlar bazasi hisoblanadi.

Dasturiy ta'minot yoki Software bu Komputerda ma'lum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. Bu hisoblash texnikasi vositalari bilan ma'lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni yig'indisi tushuniladi.

Aynan shu dasturiy ta'minotgina kompyuter — "quruq temir" degan atamani yo'qqa chiqargan. Dasturiy vositalar kompyuter tomonidan qo'llaniladigan barcha dasturlar to'plamidir. Ingiliz tilida bu atama software ya'ni „soft" — yumshoq, „ware" — „mahsulot" degan ma'noni bildiradi.

Dasturiy ta'minot 3 guruhga bo'linadi: 1-Sistema dasturlari (unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi: Task Manager (Windows OSda mavjut), 2-Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida ma'lumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan: Microsoft Office, Adobe CC), 3-Uskunaviy dasturlar (bular dasturlash uchun ishlatiladigan dasturlar

Kompyuter lingvistikasining nazariy va amaliy asoslarini shu sohaga oid har qanday birliklarning elektron lug'atlar bo'ladimi, mashina tarjimasiga asoslangan dasturlar bo'ladimi, barchasini tashkiliy jihatlarini ikki qismga bo'lgan holda berish mumkin. Masalan, mashina tarjimasiga asoslangan dasturlarni birinchi tomonda uning lingvistik baza tomoni tursa, ikkinchi tomonda uning dasturiy ta'minot jihatini e'tiborga olinadi.

Frazeologik birlik (ibora, frazema, frazeologik ifoda) strukturasi va tarkibi barqaror, birikmaning semantik butunligi mavjud, tayyor nutq birligi bo'lgan va leksik jihatdan bo'linmaydigan birlik hisoblanadi [18].

Frazeologizmlar mohiyat ehtibori bilan, asosan, so'zlashuv va badiiy nutq mevasidir. Olamning lisoniy manzarasi yaralishida til sathlarining barchasi ishtirok

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

etadi. Shunga qaramasdan, olam lisoniy manzarasining yaralishi va aks etishida tilning, ayniqsa, lug'at boyligi, ya'ni leksik (- frazeologik) sathning alohida o'rin tutishini ta'kidlash joiz [14, 22].

Ulardagi boshqa uslubga xos chegaralanishlar esa ma'lum muddat keyin yuzaga keladi. Chunonchi, birgina o'lmoq leksemasining ma'nosini anglatadigan yuzga yaqin frazeologizm (evfemizm)lar sinonimik qatorining paydo bo'lishi ularning vazifaviy chegaralanish imkoniyatini tug'diradi. Masalan, bu qatorga kiradigan olamdan o'tmoq, dunyodan o'tmoq, omonatini topshirmoq, qulog'i ostida qolmoq, jon bermoq so'zlashuv uslubida ishlatilsa, vafot etmoq, hayotdan ko'z yummoq, dunyodan ko 'z yummoq, hayot bilan vidolashmoq kabilar ilmiy, ommabop va rasmiy uslublarda uchraydi. Alloh rahmatiga yo'l tutmoq, shahodat sharobini ichmoq, dorilfanodan dorilbaqoga rixlat qilmoq singarilar esa badiiy matnga tegishlidir. Bundan ko'rinib turibdiki, muayyan uslubiy xoslanishlari berilgan frazeologizmlarning ta'limiy lug'ati dasturning mukammalligini ta'minlovchi manbalardan biri hisoblanadi [3]. Frazeologik birlik (FB) tarkibidagi so'zlar ma'no jihatdan uyg'unlashib, mazmuniy yaxlitlikni vujudga keltiradi. Ko'pincha ma'nosi bir so'zga teng va ko'chma bo'ladi. Tilshunoslikning iborani o'rganuvchi maxsus bo'limi frazeologiya deyiladi.

Istalgan tildagi matnlarni avtomatik tahrir va tahlil qilishda yoki elektron lug'at tizimi orqali qidiruv berilganda kompyuter xotirasida muayyan lingvistik ta'minot bo'lishi talab qilinadi. Ta'minot asosini esa lingvistik qoidalar va me'yorlar tashkil etadi. Shuningdek, lingvistik ta'minotdan muayyan tilning lingvistik va filologik lug'at boyligi ham o'rin oladi. Shu bois lingvistik protsessorni yaratishda qayta ishlanayotgan tabiiy til haqida yetarli darajada ma'lumotga ega bo'lish talab qilinadi. Bu, o'z navbatida, lingvistik protsessorning mukammal bo'lishini ta'minlaydi. O'zbek tilidagi matnlarni avtomatik tahrir va tahlil qilish dasturining lingvistik protsessorini yaratishda tilshunosga o'zbek adabiy tilning lingvistik lug'atlari va grammaatik qoidalar jamlammasi zarur bo'ldi. [17, 22]

XULOSA

Frazemalar ham so'z kabi lug'aviy birlik sanaladi. Tilning lug'at boyligini tashkil etadi. Frazeologik birliklar sirasiga kiruvchi ibora so'z birikmasi yoki gap singari nutq jarayonida hosil bo'lmaydi, xuddi so'z kabi tilda tayyor holda bo'ladi. Shu bois Frazeologik birliklar nutq jarayonida yuzaga vhiqadigan hodisasi emas, balki tayyor holda ongda saqlanadgan til hodisasi hisoblanadi. Bu jihat barqaror birikmalarni matnni qayta ishlash, matnning avtomatik tahriri va tahlili, mashina tarjimasini amalga oshiruvchi dasturlarning lingvistik ta'minotida alohida maydonni tashkil etishini namoyon etadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Iboraning qismi qat'iy Ыг qolipga kirib ketganligi uchun uni biг tildan ikkinchi tilga so'zma-so'z taqima qilib bo'lmaydi. So'zma-so'z taqima fikr chalkashligiga olib keladi. Shu bois avtomatik taгjima qilish dastuг, mobil ilova va plat^^i-malaming lingvistik tahminotini yaratishda ham so'z biгikmasi va gap stmktoali iboгalaг bazaga leksik biriik shaklida kiгitiladi va o'zga tillaba ulaming taqimasi beгiladi.

Fгazemalaгni kompyuterii modellashtiгish quyidagi imkoniyatlami beгadi: — frazeologik biгliklaгni avtomatik tahlil qilishni osonlashtiгadi;

— matn tarkibida frazeologik biгliklaгning taгjimasini osonlashtiгadi;

— lingvistik pratsessoráa semantik taгzda so'z yoki jumla identifikatori taгzida tushuniladi;

— lingvokulturologik ahamiyati saqlanib qoladi;

— iboralaming semantik yaxlitligi saqlanadi [17, 25].

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Мухамедов С.А. Статистический анализ лексикоморфологисческой структуры узбекских текстов: афтореф. дисс. канд, филол. наук. - Тошкент, . -19S0

2. Пиотровский Р.Г. Компьютеризация преподавания языков (учебное пособие по спецкурсу). - Л.: 1988.

3. Рахматуллаев Ш. Узбек тилининг фразеологик лугати. - Тошкент: Укдтувчи, 2001

4. Пулатов А.К., Джураева H. Разработка формальной модели грамматики узбекского языка // Узбекский математический журнал. — Ташкент, 2002.

5. Пулатов А. Глобаллашув даврида лингвистикага оид муаммолар// Тилшуносликнинг долзарб масалалари. Т., 2004

6. Мухамедова С. Узбек тилидаги харакат феъллари асосида компьютер дастурлари учун лингвистик таъмин яратиш. - Тошкент, 2006. - 143 Б.

7. Мухамедова С. Компьютер лингвистикаси (методик кулланма). - Т., 2007;

S. Abdurahmonova N. Z. Matnlami kompyuteráa ishlash muaommolari: Bitimv malakaviy ishi. - Toshkent: O'zMU 2009;

9. Abduгahшonova N.Z. Inglizcha sodda gaplami o'zbek tiliga taqima qilish dastuгining lingvistik ta'minoti. Magistгlik disseгtatsiyasi. -Toshkent- O'zMU, 2011

10. Пулатов А. Компьютер лингвистикаси (дарслик). Тошкент: Академнашр, 2011.

11. Пулатов А, Мухамедова С. Компьютер лингвистикаси (укув кулланма) - Т., 2014;

12. Рахимов А. Компьютер лингвистикаси асослари. — Т.: Akademnasht-, 2011.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

13. Abdurahmonova N. Mashina tarjimasining lingvistik ta'minoti Akademnashr, Toshkent - 2018.31-bet

14. Махмудов, Н. (2018). Тилнинг суз хазинаси ва оламнинг лисоний манзараси. Суз санъати, (1), 18-27.

15. Xolmanova Z.T. Kompyuter lingvistikasi; "Asian Book House" nashriyoti. Toshkent - 2020. 7-bet

16. Abdurahmonova N "Kompyuter lingvistikasi " darslik "Nodirabegim" nashriyoti - Toshkent: 2021

17. Абжалова М.А., Рашидова У.М. Лингвистик таъминотни яратишда фразеологик бирликлар масаласи Компьютeр лингвистикаси:муаммо ва ечимлар мавзусидаги халкдро онлайн илмий-амалий конференция материаллари туплами. Тошкент, 2021 й. 22-25бет

18. https://cyberpedia.su/3x7ca2.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.