Научная статья на тему 'O‘ZBEK VA TURK TILLARIDAN TARJIMA QILISH VOSITALARINI AVTOMATLASHTIRISH: MUAMMOMI YOKI QULAYLIK?'

O‘ZBEK VA TURK TILLARIDAN TARJIMA QILISH VOSITALARINI AVTOMATLASHTIRISH: MUAMMOMI YOKI QULAYLIK? Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
774
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarjima / mashina tarjimasi / elektron lug‘atlar / avtomatlashtirilgan tarjima ilovalari. / translation / machine translation / electronic dictionaries / applications for automatic translation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xudaybergenova, Zilola

Fan va texnologiyaning jadal rivoji til, adabiyot va tarjimashunoslik sohasiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Tarjimashunoslikda ham mashina tarjimasi tushunchasi bilan bir qatorda bu yangi yo‘nalish bilan bog‘liq yutuqlar va muammolar yuzaga keldi. Ushbu maqolada elektron lug‘at va tarjimaning avtomatlashtirilgan ilovalarining foydalari va zararlari o‘zbek va turk tillari misolida bahsga tortiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AUTOMATION OF TRANSLATION TOOLS FROM UZBEKI AND TURKISH LANGUAGES: PROBLEM OR CONVENIENCE?

The rapid development of science and technology has a direct impact on the field of linguistics, literary criticism and translation studies. In translation studies, along with the concept of machine translation, there were achievements and problems associated with this new direction. This situation creates certain problems, as well as facilitates the work of the person associated with the translation. The article discusses the benefits and harms of electronic dictionaries and applications for automated translation on the example of the Uzbek and Turkish languages.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK VA TURK TILLARIDAN TARJIMA QILISH VOSITALARINI AVTOMATLASHTIRISH: MUAMMOMI YOKI QULAYLIK?»

O'ZBEK VA TURK TILLARIDAN TARJIMA QILISH VOSITALARINI AVTOMATLASHTIRISH: MUAMMOMI YOKI

QULAYLIK?

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-336-346

Filol.f.d. Zilola Xudaybergenova,

Bartin universiteti professori, Bartin, Turkiya Tel: +998 90 174 16 99; e-mail: aloliz74@mail.ru

Annotatsiya. Fan va texnologiyaning jadal rivoji til, adabiyot va tarjimashunoslik sohasiga ham bevosita ta'sir ko'rsatmoqda. Tarjimashunoslikda ham mashina tarjimasi tushunchasi bilan bir qatorda bu yangi yo'nalish bilan bog'liq yutuqlar va muammolar yuzaga keldi. Ushbu maqolada elektron lug'at va tarjimaning avtomatlashtirilgan ilovalarining foydalari va zararlari o 'zbek va turk tillari misolida bahsga tortiladi.

Kalit so'zlar: tarjima, mashina tarjimasi, elektron lug'atlar, avtomatlashtirilgan tarjima ilovalari.

Аннотация. Стремительное развитие науки и техники оказывает непосредственное влияние на область языковедения, литературоведения и переводоведения. В переводоведении, наряду с концепцией машинного перевода, были достижения и проблемы, связанные с этим новым направлением. В данной статье рассматриваются польза и вред электронных словарей и приложений для автоматизированного перевода на примере узбекского и турецкого языков.

Ключевые слова: перевод, машинный перевод, электронные словари, приложения для автоматического перевода.

Abstract. The rapid development of science and technology has a direct impact on the field of linguistics, literary criticism and translation studies. In translation studies, along with the concept of machine translation, there were achievements and problems associated with this new direction. This situation creates certain problems, as well as facilitates the work of the person associated with the translation. The article discusses the benefits and harms of electronic dictionaries and applications for automated translation on the example of the Uzbek and Turkish languages.

Key words: translation, machine translation, electronic dictionaries, applications for automatic translation.

O'zbek va turk tillarini biladiganlar yoki o'rganadiganlar ish jarayonida yoki o'qish paytida ma'lum darajada tarjima qilishlariga to'g'ri keladi. Yangi axborot texnologiyalari va kompyuter texnologiyalarining taraqqiyoti natijasida turli xil elektron dasturlar hamda ilovalar

336

yaratilmoqda va takomillashtirilmoqda. Bu dasturlar va ilovalarning maqsadi nafaqat professional tarjimonga, balki oddiy foydalanuvchiga ham amaliy yordam berishdan iborat. Kitob shaklidagi lug'atlar o'rnini elektron lug'atlarga bo'shatib bermoqda, zamonaviy kompyuter dasturlari xorijiy matn bilan ishlash yoki kerakli ma'lumotlarni chet tiliga tarjima qilish imkonini yaratib bermoqda.

Xo'sh, elektron lug'at nima? Bu shunchaki nashr etilgan lug'atning zamonaviy qulay qobig'imi yoki leksikografiya rivojlanishining yangi bosqichimi? Kompyuter tarjimasiga ishonish mumkinmi? Elektron tarjimon chet el matnining barcha nozikliklarini qanchalik to'g'ri yetkazishi mumkin? Kompyuter dasturi yordamida istalgan matnni darhol to'g'ri va ishonchli tarjima qilish mumkinmi? Xususan, elektron lug'atlar va elektron tarjima dasturlari yordamida g'arb va sharq tillaridan tarjima qilishda foydalanish nechog'liq o'zini oqlaydi? Bu kabi savollarga javob izlashga harakat qilamiz.

Ma'lumki, tarjima eng muhim ijtimoiy funksiyalardan birini bajaradi va insonlarning tillararo va madaniyatlararo muloqot qilishiga imkon yaratadi. Ya'ni tarjima - bu, chet tilida kommunikativ ekvivalent matn yaratish orqali asl nusxadagi matni mazmunini boshqa tilga o'tkazadigan lingvistik vositachilik turi.

Mashina (kompyuter) tarjimasi tarjimashunoslik sohasida alohida o'rinni egallaydigan, ham tarjimashunoslik, ham kompyuter lingvistikasi sohasi bilan bog'liq bo'lgan ilmiy va ayni paytda texnologik fan. Amaliy tilshunoslikning boshqa ko'plab tarmoqlari singari tarjimashunoslik fani ham fanlararo fan bo'lib, ko'pincha nafaqat tilshunoslik, balki adabiyotshunoslik, kognitiv fanlar, madaniy antropologiya va mamlakatshunoslik fanlari bilan ham aloqada bo'ladi[10 : 34].

Kompyuterning paydo bo'lishi tarjimashunoslik faoliyati uchun ham eng foydali yutuq bo'ldi. Matn muharriri, elektron lug'at, barcha kerakli hujjatlarni kompyuter xotirasida saqlash imkoniyati tarjima jarayonini sezilarli darajada tezlashtirish va uning sifatini oshirishga yordam berdi. Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan leksikografiyada yangi tarmoq - kompyuter leksikografiyasi paydo bo'ldi. Kompyuter leksikografiyasini "har xil turdagi va janrdagi kompyuter lug'atlarini yaratishning nazariy va amaliy masalalari, shuningdek, bu masalalar bilan

bog'liq muammolarning barchasiga aloqador nazariy va amaliy masalalarni tadqiq etuvchi leksikografiya sohasi"[9 : 42] deb ta'riflash mumkin. Kompyuter lug'ati - bu an'anaviy "kitob" lug'atga mos keladigan elektron ma'lumot manbai [11: 44].

Tarjima qilinadigan matn miqdoriga ko'ra, kompyuterlarning tarjimon dasturlarini ikki turga bo'lish mumkin[12 : 4]:

• elektron lug'atlar

• alohida gaplardan boshlab ma'lum bir hajmdagi ega o'zaro bog'langan matnni tarjima qiluvchi elektron tarjima dasturlari.

Quyida biz ushbu turdagi dasturlarni ko'rib chiqamiz.

Bugungi kunda eng mashhur va ehtiyoj seziladigan elektron ilovalardan biri elektron lug'atlardir va kelajakda ham shunday bo'lib qolishi aniq. Zamonaviy hayotning jadal rivojlanishi tilda bevosita aks etmoqda: yangi so'zlar, atamalar va iboralar paydo bo'lmoqda, eski so'zlarning ma'nosi o'zgarmoqda. An'anaviy "kitob" lug'atlar bu o'zgarishlarga "etisha olmayapti". "Qog'ozdagi" leksikografiyaning asosiy qarama-qarshiliklari quyidagilardan iborat:

1. Lug'atning hajmi qanchalik katta bo'lsa, lug'aviy ma'nolarning tavsifi shunchalik to'liq bo'ladi, undan foydalanish shunchalik qiyin bo'ladi.

2. Lug'atlarda leksik ma'nolar qanchalik to'liq va chuqurroq tavsiflansa, bunday lug'atlar hozirgi lingvistik va madaniy vaziyatga shunchalik kam mos keladi.

Boshqacha qilib aytganda, fundamental "kitob" lug'atlarni yaratishning uzoq sikli lug'at mazmunining dolzarbligini yo'qotishiga olib keladi. O'tgan asrning o'rtalarida lingvistik muhitda shakllangan ko'plab lug'atlar eskirganligini qabul qiish zarur. Ular so'zlarning yangi zamonaviy ma'nolarini ko'rsatmaydi va ko'plab neologizmlar yo'q. Bu baho, ayniqsa, so'zlashuv lug'ati uchun to'g'ri keladi

Ushbu ziddiyatlarni elektron lug'atlar orqali hal qilish mumkin.

Elektron lug'atning yangicha xususiyatlari quyidagilardan iborat:

1. Lug'at maqolasi mazmunini kengaytirilgan holda ko'rsatish imkoni, shuningdek, turli mezonlar bo'yicha an'anaviy lug'atlarda qo'llanilmaydigan turli xil grafik vositalar yordamida qisman ko'rsatish imkoniyati.

R.

ob

2. Turli lingvistik texnologiyalardan foydalanish, masalan, morfologik va sintaktik tahlil qilish, to'liq matnni qidirish, tovushni aniqlash va sintez qilish va boshqalar[11: 48]

Elektron lug'atlar kabi ommaviy dasturiy mahsulotlar versiyalarning tez-tez o'zgarishi va minglab foydalanuvchilarning fikr-mulohazalariga qarab, doimiy yangilanib turishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun kompyuter leksikografiyasi muqarrar ravishda dolzarb leksikografiya hisoblanadi. Elektron lug'atlarni yaratishda nafaqat dasturchilar, balki til mutaxassislari - tilshunoslar va leksikograflar ham ishtirok etadilar. Shu tufayli elektron lug'atda keng qo'llanilgan har bir yangi so'z, ibora yoki frazeologik iboralar, shuningdek, tanish so'z va tushunchalarning yangi ma'nolari kiritiladi.

Matnlarni avtomatik tarjima qilish vazifasi odamlar tomonidan hisoblash qurilmalariga yuklashga harakat qilingan ilk vazifalardan biri bo'lgan[4]. 19-asrning 40-yillari boshlarida, taniqli britaniyalik matematik Charlz Bebbij Britaniya hukumatidan so'zlashuv nutqini avtomatik ravishda tarjima qila oladigan hisoblash mashinasi yaratish bo'yicha tadqiqotini qo'llab-quvvatlashni so'ragan. Biroq, Bebbijning loyihasi prototip bosqichida to'xtab qoldi va uning g'oyalari yuz yil davomida qog'ozda qoldi.

Boshqa ixtirochilar ham kompyuter asrining boshlanishidan oldin mexanik tarjima qurilmalarini yaratishga harakat qilishgan. Masalan, 1933 yilda rus olimi P.P. Smirnov-Troyanskiy "bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda so'zlarni tanlash va chop etish mashinasi" uchun patent oldi. Bu olimning katta xizmati shundaki, u avtomatik ikki tilli lug'at va tillararo grammatik ekvivalentlar uchun kodlash sxemasini taklif qilgan, ammo bu taklif faqat "sintetik" esperanto tili uchun edi.

Biroq, zamonaviy mashina tarjimasining asosiy tamoyillari faqat 1947 yilda Rokfeller jamg'armasining Tabiiy fanlar bo'limi direktori Uorren Uiver tomonidan yaratilganligi e'tirof etiladi. Matnlarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishni shifrlash texnikasining bir sohasi sifatida ko'rgan Uorren Uiver shunday deb yozgan edi: "Mening ko'zim oldida rus tilida yozilgan matn bor, lekin men uni aslida juda g'alati belgilar bilan kodlangan ingliz tilida yozilgan matn deb tasavvur qilaman. Menga kerak

bo'lgan narsa - faqatgina matndagi ma'lumotlarni olish uchun kodni buzish."[11 : 38].

1950-yillarning boshlariga kelib, AQSh va Evropada ko'plab tadqiqot guruhlari mashina tarjimasi sohasida ishlay boshlashdi. 1954 yilda IBM tomonidan Jorjtaun universiteti bilan birgalikda ishlab chiqilgan birinchi to'liq dasturiy ta'minotli mashina tarjimasi tizimi - IBM-701 taqdim etildi. Bu voqea tarixga Jorjtaun eksperimenti nomi bilan kirdi [3 : 52].

Bu borada rus tilshunos olimlari I.A.Melchuk va Yu.D.Apresyan (Moskva)ning ETAP lingvistik protsessorini yaratish borasidagi ishlarini alohida ta'kidlash lozim. 1960 yilda Leningraddagi Matematika va mexanika ilmiy-tadqiqot instituti tarkibida mashina tarjimasi uchun eksperimental laboratoriya tashkil etildi, keyinchalik u Leningrad davlat universitetining matematik tilshunoslik laboratoriyasiga aylantirildi[8 : 94].

Yuqori sifatli avtomatik tarjima tizimlarini yaratish uzoq emasdek tuyuldi. Ushbu tadqiqotlarga katta mablag 'sarflandi, ammo natijalar tez orada investorlarni hafsalasi pir qildi. Texnik cheklovlar olib tashlanganligi sababli, matnni bir tabiiy tildan boshqa tilga tarjima qilish tubdan qayta kodlashga mostirilmagani ma'lum bo'ldi. Aksariyat so'zlar bir nechta ma'noga ega bo'lganligi sababli, tarjima qilishdagi asosiy qiyinchilik to'g'ri ma'noni tanlashda kuzatildi. Buning uchun odam kontekstdan, hayotiy tajribasidan va atrofidagi dunyo haqidagi bilimlaridan foydalanadi, ularni rasmiylashtirish va kompyuterga yuklab olish deyarli imkonsiz. Natijada, dastlabki mashinali tarjima tizimlari matnlarni sintaktik va semantik yaxlitliksiz so'zma-so'z tarjima qilishga moslashtirildi.

1966 yilda AQSh Milliy Fanlar Akademiyasining Tillarni avtomatik qayta ishlash bo'yicha maslahat qo'mitasi mashina tarjimasi istiqbollari haqida juda pessimistik hisobot taqdim etdi. Natijada, bu sohadagi deyarli barcha ishlar 70-yillarning oxirigacha nafaqat AQShda, balki SSSRda va Evropaning aksariyat mamlakatlarida to'xtatildi.

90-yillarda kompyuter va axborot texnologiyalari bozori jadal rivojlandi, xalqaro va tobora ko'p tilli bo'lib borayotgan Internetning keng qo'llanila boshlandi. Mashina tarjimasi dasturari yana kompyuter sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi va yangi sifat darajasiga ko'tarildi. Larri Childs mashina tarjimasi dasturari ning tasnifini

R.

o#

taklif qildi, bu tasnif bugungi kunda ham dolzarbdir. U barcha "elektron tarjimonlarni" uch guruhga ajratdi:

• FAMT (Fully-Automated Machine Translation) - to'liq avtomatlashtirilgan mashina tarjimasi vositalari. Bunday tizimlar hali ham ishlab chiqilmoqda, chunki "jonli" matnlarni avtomatik tushunish, tarjima qilish va sintez qilish muammolari hali hal etilmagan va bu yaqin kelajakda sodir bo'lishi dargumon. FAMT-dasturlarining turlaridan biri allaqachon og'zaki nutqni tarjima qilish uchun mavjud tizimlardir . Ammo ularning imkoniyatlari hali ham juda cheklangan.

•HAMT (Human-Assisted Machine Translation) - inson ishtirokida tarjimasi bajariladigan, matnlarni avtomatlashtirilgan mashina tarjimasi uchun ilovalar; Bundan tashqari, ushbu guruhga TM va MT dasturlaridan "o'sib chiqqan" dasturlar ham, boshqa tamoyillarga statistik, frazeologik va boshqalarga va kompleks yechimlarga asoslangan dasturlar kiradi. HAMT tizimlari kam sonlidir va universal emas, chunki ularni amalga oshirishga bir qator ob'ektiv omillar to'sqinlik qiladi.

• MAHT (Machine-Assisted Human Translation) - inson tomonidan amalga oshiriladigan tarjimasiga kompyuter vositasida yordam beradigan vositalar. MAHT ilovalari toifasi bugungi kunda ham dasturiy ta'minot shaklidagi, ham onlayn ishlaydigan "elektron tarjimonlar" va kompyuter lug'atlarining katta qismini o'z ichiga oladi[1: 44.].

To'g'ridan-to'g'ri Internetda avtomatik tarjimonlar xizmatlaridan alphaWorks, PROMTs Online Translator, LogoMedia.net va boshqalardan foydalanish imkoni paydo bo'ldi.

Mashina tarjimasi dasturlari keng jamoatchilik tomonidan insonni tez orada butunlay almashtirmoqchi bo'lgan universal vosita sifatida qabul qilinadi. Biroq, mutaxassislar bu holatning haqiqatdan uzoq ekanligini tushunishadi. Hatto ushbu dasturlarni ishlab chiqaruvchilar ham mashina tarjimasi bo'lgan matnni "o'qiladigan" matn sifatida olish uchun inson aralashuvi zarurligini inkor etmaydilar va bu vaziyatda ayni aralashuvchi shaxs malakali tarjimon bo'lishi va mashina tarjimasi matnini tahrirlash uchun ko'p vaqt sarflashi kerak.

Mashina tarjimasi o'zi nima?

Mashina (avtomatik, kompyuter, elektron) tarjimasi - bu bitta tabiiy tildagi matnni boshqa tabiiy tildagi mazmunan ekvivalent matnga aylantirish harakati, shuningdek, bunday harakat natijasidir[9 : 32].

Mashinali tarjima tizimining dasturiy majmuasi tarjima uchun zarur bo'lgan grammatik ma'lumotlar (morfologik, sintaktik va semantik) bilan ikki tilli lug'atlarni, shuningdek, grammatik tahlil vositalarini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, uch yoki undan ortiq tillarda tarjima qilish uchun mo'ljallangan avtonom tarjima tizimlari mavjud, ammo ular hozirda eksperimental bosqichda hisoblanadi[6 : 64]. Tarjima jarayoni qanday amalga oshiriladi? Mashina tarjimasi tizimida tahlil va sintezni ta'minlaydigan quyidagi operatsiyalar ketma-ketligi eng keng tarqalgan:

1. Birinchi bosqichda matn kiritiladi va tarjima qilinadigan tilning lug'atidan ma'lum grammatik shakldagi so'zlar izlanadi. Qidiruv morfologik tahlil bilan birga olib boriladi, bunda berilgan so'z shaklining ma'lum leksemaga (lug'at birligi sifatidagi so'z) tegishliligi aniqlanadi.

2. Keyingi bosqich quyidagilarni o'z ichiga oladi:

• berilgan sohaga oid idiomatik iboralar, frazeologik birliklar yoki qoliplarning tarjimasi . Masalan, turkchadan o'zbekchaga tarjimada "alçak gönüllülük" iborasi bitta - so'z "kamtarlik" bilan tarjima qilinadi. Yoki "arkeolojik bulgular" termin birikmasi o'zbek tiliga "arxeologik topilmalar" deb beriladi. Bular to'g'ri tarjimalar uchun misollardir, biroq mashina tarjimasi bir qator kamchiliklar kuzatiladi. Masalan, "bakimsiz kalmak" iborasi aslida "qarovsiz qolmoq" deb tarjima qilinadi, elektron tarjimada "e'tiborsizlik" deb o'giriladi. O'zbek tilidan turk tiliga elektron tarjimaga diqqat qarataylik. "o'lim to'shagida yotmoq" iborasi turk tiliga to'g'ri, ya'ni "ölüm dö§eginde yatmak" deb tarjima qilinadi. Iboralarning bu kabi tarjimalarida mazmunan to'g'ri ekvivalentliklar mavjud: " hayal kirikligina ugramak" - "umidsizlikka tushish, kalbinin sesini dinlemek" -"yuragingga quloq sol". Lekin algoritm yanglish kiritilganligi sababli birinchi ibora —(i)sh harakat nomi shaklida, ikkinchisi buyruq mayli shaklida beriladi.

O'zbek va turk tillaridagi farqli madaniy unsurlarga asoslangan holda yuzaga kelgan iboralarning tarjimasida so'zma-so'z tarjimalar kuzatiladi: mürekkep yalami§ iborasi "o'qigan, savodi bo'lgan odam" ma'nosini anglatadi. Bu iboraning kelib chiqishi tarixi quyidagichadir:

Qo'lyozmalarning varaqlari tayyorlanayotganda dag'allik yo'qolsin, qalam yozganida tekis sirg'alsin deb pergamentlar ahar degan suyuqlik bilan sayqallangan. Ahar - tuxum oqi va kraxmaldan tayyorlangan va qog'ozda qatlam hosil qiluvchi kremga o'xshash moddadir. Kitoblarning himoya vositasi bo'lgan ahar aslida suv teginsa eriydi. Aharning mana shunday xususiyati tufayli eski zamon xattotlari yoki kitoblarni nusxalash yo'li bilan ko'paytiraganlar xatoga yo'l qo'yganlarida (hali siyoh o'chirgichi ixtiro qilinmagan) barmoqlarining uchlarini yalab namlashgan. noto'g'ri harf yoki so'z usti nam barmoq bilan ishqalansa, ahar tarqalgan, ahar bilan xato ham o'chgan.

Turk tilidagi "sakali ele vermek" iborasi mazmunan "boshqaruvni birovga berib qo'ymoq" degan ma'noni ifoda etadi. Bu ibora ham turk tilidagi bir latifadan kelib chiqqanligi ta'kidlanadi. Rivoyatga ko'ra, bir o'rta yoo'li odamning ikki rafiqasi bormish, biri yosh, biri katta yoshli ekan. Katta xotinining yoniga borsa, soqolidagi qora tuklarni mo'ychinak bilan terarmish. Yosh xotinining oldiga kirsa, soqolidagi oq tuklarni mo'ychinak bilan yularmish. Xullas, oxirida odam soqolsiz qolibdi. Ko'chaga chiqqanida, ko'rganlar savolga tutsa: "Agalar, sakali ele verdik bir kere! I§te boyle sakali ele verdin mi, sakalindan olursun."/ "Og'alar, soqolni bir marta qo'lga berdik! Mana shunday, soqolni qo'lga berdingmi, soqolingdan ajralasan!" degan ekan. Ana shu latifa sababli, "sakali ele vermek" iborasi ommalashgan. Bu ibora ham o'zbek tiliga "soqolni bering" shaklida beriladi. Aslida "bo'yinturug'ini berib qo'ymoq" frazeologizmining muqobili bo'lishi lozim.

• matnni kiritish tilidagi matni elementlarining asosiy grammatik (morfologik, sintaktik, semantik va leksik) xususiyatlarini (masalan, ushbu matndagi otlar soni, fe'l zamoni, so'z shakllarining sintaktik vazifalari va boshqalar) aniqlash; leksemalarning leksik tahlili va tarjimasi. Odatda bu bosqichda monosemantik so'zlar polisemantik so'zlardan ajratiladi.

3. Yakuniy grammatik tahlil. Bu bosqichda tarjima tilining ma'lumotlarini hisobga olgan holda zarur grammatik ma'lumotlar aniqlanadi (masalan, fe'llarning zamon va mayl shakllari, otlarning kelishik qo'shimchalari, egalik qo'shimchalari va h.). Lekin bu o'rinda o'zbek va turk tillaridan tarjimada bir qator nomutanosibliklar o'rtaga chiqadi. Misol uchun, "buyuk katkida bulunmak" iborasi o'zbek tiliga

avtomatik tarjimada "katta hissa qo'shing" shaklida beriladi. Yoki "göze almak" frazeologizmi "jur'at et" shaklida tarjima qilinadi. Mazmunan to'g'ri tarjimada grammatik nomutanosiblik mavjud.

4. Tarjima tilida soz shakllari va umuman gaplarning sintezi[5: 8487].

Hozirgi vaqtda mashina tarjimasi tizimlari, ishlash printsipiga ko'ra, ikki toifaga bo'linadi: MT-dasturlar (Machine Translation dan - "mashina tarjimasi") va TM-dasturlar(Translation Memory dan - "tarjima xotirasi"). MT dasturlari hujjatni aniq tarjima qilish uchun emas, balki faqat uning mexanik proyeksiyasi uchun ishlatiladi. Dastur noto'g'ri grammatik aloqalari bilan bog'langan birikmalar va tavsiya etiladigan ma'nolari to'plamini yaratadi. Aniqroq tarjima qilish uchun: birinchidan, tarjima qilingan matn mavzusiga mos keladigan maxsus lug'atlarni ulash, ikkinchidan, tarjimon dasturini o'rnatish kerak (masalan, "Microsoft" kabi so'zlar yoki "Windows" ni tarjima qilish shart emas). Bundan tashqari, natijada yaratilgan "tarjima" matni batafsil tahrir etilishi i kerak. Bu vazifani maktabda chet tilini o'rgangan shaxs emas, balki yuqori malakali tarjimon amalga oshirishi kerak, aks holda muqarrar ravishda matnda xatolar yuzaga keladi. Dasturni sozlash va uning faoliyati natijalarini tahrirlash shunchalik ko'p vaqtni talab qiladiki, MT-dasturlaridan foydalanish haqiqatan ham katta hajmli va juda ko'p takroriy joylarga ega matnlarni tarjima qilgandagina foyda keltiradi[4 : 2].

Dasturning mutlaqo boshqa turi TM-dasturlaridir. Bu dasturlar bir matnni ikki marta tarjima qilmaslikka imkon beruvchi tarjima zaxirasidan (Translation Memory) foydalanishga asoslangan.

Tarjima zaxirasi - bu, tarjimonning o'zi tomonidan ish paytida yaratilgan ma'lumotlar bazasining maxsus turi. Albatta, tarjima zaxiralari kamchiliklarga ega. Avvalo, bu baland narx (ming dollar yoki undan ortiq), shuningdek, ma'lum standartning yo'qligi bilan xarakterlanadi[6 : 74].

Shunday qilib, MT dasturlari (mashina tarjimasi) va TM dasturlari (tarjima xotirasi) o'rtasidagi asosiy farq quyidagicha:

MT-dasturlar tayyor lug'atlarga asoslanadi va shuning uchun ulardan darhol foydalanish mumkin, TM-dasturlar sotib olingan paytida bo'sh zaxiradan iborat bo'ladi. Tarjima xotirasidan samarali foydalanishni boshlash uchun disk tegishli iboralar bilan to'ldirilishi kerak va yangi

Ä- R.

ob

mavzudagi matnlarga o'tishda yangi xotirani yangi iboralar bilan to'ldirishga harakat qilish kerak. Shu sababli, MT dasturlari, birinchi navbatda, "havaskor" tarjimani amalga oshiradigan odamlar uchun mo'ljallangan, TM dasturlari esa, asosan, mavzu va tuzilish jihatidan o'xshash takrorlanuvchi matnlarni tarjima qilishda kompyuter yordamida o'z ishini qisman avtomatlashtirishning afzalliklarini tushungan professional tarjimonlar tomonidan qo'llaniladi[12 :2].

Kompyuter lug'atlari va mashina tarjimasi dasturlarida ko'plab kamchiliklar bilan bir qatorda ijobiy tomonlari ham mavjud.

Tarjima dasturlarining afzalliklari:

• tarjima ishining yuqori tezligi, ko'p sahifali hujjatni tarjima qilish soniyalarni oladi;

• matnning umumiy ma'nosini tez anglay olish;

• Mutaxassisliklar bo'yicha lug'atlarning mavjudligi, bir vaqtning o'zida bir nechta tarjima variantlarini ko'rish imkoniyati;

• o'z foydalanuvchi lug'atini yaratish imkoniyati;

• turli tillardan tarjima qilish imkoniyati;

• kompaktlik, kompyuterda deyarli cheksiz miqdordagi ma'lumotlarning mavjudligi;

Tarjima dasturlarining kamchiliklari:

• lug'at-tarjimonlar grammatik, uslub va leksik qoidalariga amal qilmaydi, so'z o'yinlarini, badiiy uslublarni hisobga olmaydi;

• ko'pincha matn tarjimonlari polisemantik so'zning kontekstga mos kelmaydigan

ma'nolaridan birini tanlaydi;

• lug'atda bo'lmagan so'zni tarjima qilmaydi;

• Elektron lug'at-tarjimonlar ko'pincha u yoki bu leksik muvofiqliklarning farqini tushuntirmasdan, so'zni boshqa tilga tarjima qilishning bir nechta variantlarini taqdim etadi, bu esa bu kontekstda u yoki bu muvofiqliklarni tanlashni qiyinlashtiradi.

Mashina tarjimasidan, odatda, ko'p narsani kutmaslik kerak. Biroq, kompyuter tarjimasi, albatta, vaqt ziqligi stilistik aniqlikdan muhimroq bo'lgan holatlarda yordam beradi. Hatto bunday sifatsiz tarjima ham tarjima qilinmagandan yaxshiroq ko'rinadi.

R

от

Balki ertami kechmi, mashina tarjimonlari shunday darajaga yetisharki, faqat haqiqiy professional tarjimon bu tarjimani takomillashtirib, tahririni amalga oshiradi. Ammo hozir bu haqda gapirishga vaqt erta, zero, mashina tarjimasidagi qo'pol xatolar darhol ko'zga tashlanadi. Kompyuter tarjimaning shakliy qismini juda tez o'zlashtirdi, lekin shu paytgacha ijodiy qismni to'g'ri tarjima qilishni to'liq uddalay olmadi. Shu sababli, bugungi kunda kompyuter lug'atlari va tarjima dasturlari biron bir janrdagi adabiyotni tarjima qilish sohasida odamning o'rnini bosa olmaydi, lekin ular tarjimon ishini sezilarli darajada osonlashtirishga va biz kabi oddiy foydalanuvchilarga chet tilidagi matnning asosiy mazmunini tushunishga yordam berishga qodir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Martínez Lorena Guerra. Human Translation versus Machine Translation and Full Post-Editing of Raw Machine Translation Output. Dissertatin of MA. -Dublin, 2003.

2. Бельская И.К. Язык человека и машина. -Москва, 1969.

3. Беляева Л.Н., Откупщикова М.И. Автоматический (машинный) перевод. Сборник "Прикладное языкознание". -Санкт-Петербург, 1996.

4. Евдокимов А. Искусство машинного перевода. //Hard'n'Soft. - февраль. -2008.

5. Каничев, М. Шаг в автоматизации перевода // Мир ПК. - 2001 - № 10 - С. 84-87.

6. Кноп К. Переведутся ли переводчики? // Мир Internet. -№ 8. -2002.

7. Комисаров В.Н. Теория перевода. -Москва, 1990.

8. Мандрикова Г.М. Учебное компьютерное лексикографирование в теоретическом и прикладном рассмотрении. -Новосибирск: НГТУ, 1994.

9. Марчук Ю.Н. Проблемы машинного перевода. -Москва, 1983.

10. Нелюбин Л.Л. Компьютерная лингвистика и машинный перевод. -Москва, 1991.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

11. Роберт И.В., Лавина Т.А. (Сост.) Толковый словарь терминов понятийного аппарата информатизации образования. -Москва: ИИО РАО, 2009.

12. Сокирко А. Будущее машинного перевода// Компьютер. - №21.-05.06 2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.