Kalandarova F. T.
University of business end science nodavlat oliy ta'lim muassasasi Pedagogika va psixologiya kafedrasi o 'qituvchisi
KOMPETENTSIYAGA ASOSLANGAN YONDASHUV BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK KOMPETENTSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY
ASOSI SIFATIDA
Annotatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o 'qituvchilarining deontologik kompetentliligini rivojlantirishning nazariy asoslari keltirilgan. Maqolada boshlang 'ich sinf o 'qituvchilarining deontologik kompetentliligini shakllantirishga oid tavsiyalar ishlar chiqilgan. Pedagog olimlarning mulohazalari keltirilgan bo'lib, bu bo'lajak boshlang'ich sinf o 'qituvchilarining deontologik kompetentliligini rivojlantirish masalalarini yoritishga alohida o 'rin egallagan.
Tayanch so'zlar: kompetentlik, deontologik kompetentlik, maxoratli pedagog, kompetentsiya, pedagogik faoliyat, bo 'lajak o 'qituvchilar.
Kalandarova F.T.
lecturer
Department of Pedagogy and Psychology University of Business and Science non-state higher education institution
COMPETENCE-BASED APPROACH IN THE FORMATION OF DEONTOLOGICAL COMPETENCIES OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS AS A THEORETICAL FRAMEWORK
Abstract. This article presents the theoretical foundations of the development of deontological competence of future primary school teachers. The article elaborates recommendations on the formation of deontological competence of primary school teachers. Pedagogical scientists' comments are presented, which has a special place in the discussion of issues of deontological competence development of future primary school teachers.
Key words: competence, deontological competence, skilled pedagogue, competence, pedagogical activity, future teachers.
KIRISh. Insoniyat asrlar mobaynida taraqqiyot qiyofasini o'zgartiradigan qator chuqur o'zgarishlarni boshdan kechirdi, bu birinchi galda sanoatlashgan jamiyatdan sanoatlashgan axborotga o'tish bilan bog'liq, bunda bilimlarning sintezi va ulaming tarqalishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi, chunki ta'lim sohasi siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va boshqa sohalar bilan yaqindan
uyg'unlashdi. Ayni paytda davrimizga xos ta'lim sohasidagi o'zgarishlar bo'lajak o'qituvchilarning raqobatbardoshligiga ko'maklashadigan yuksak madaniyat, tashabbuskorlik va mustaqil izlanishlariga yana ham yorqin yo'naltiradi. Keyingi yillar mobaynida ta'lim rivojlanishining asosiy yo'nalishlari o'zgardi, shu munosabat bilan bilimlar va qobiliyatlarni o'zlashtirish bilan bo'lajak o'qituvchining kasbiy pedagogik faoliyati va har doim malakalarning shakllanishini hal qilmaydi. Shu nuqtai nazardan kasbiy pedagogik ta'lim tizimiga kompetentli yondoshishni amalga oshirish bugungi kun talabi ekanligini e'tirof etish lozim. Shu nuqtai nazardan kompetentli yondoshish nazariyasi va amaliyoti eng jadal rivojlanayotgan yondoshish hisoblanadi, shu munosabat bilan uning «kompetentsiya», «kompetentli», «qobiliyat» kabi talqin qiladigan asosiy tushunchalarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda ta'kidlash kerakki, kompetentli yondoshish muammolari bilan shug'ullanadigan tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, kompetentli yondoshishning tushunchalar doirasi to'la belgilab berilmagan hamda ularning bir xil va umume'tirof etilgan talqini yo'q. Kompetentli yondoshish g'oyalarini V.I. Baydenko, V.A. Bolotov, V.V. Serikov, E. F. Zeer, E. Simanyuk, I. A. Zimneya, D.A. Ivanov, K.G. Mitrofanov, O.V. Sokolova, O.E. Lebedev, G.K. Selevko, B.Abdullaeva, N.Ro'ziqulova, O.Qo'ysinov, J.Usarov, U.Raxmatov va boshqalarning ilmiy ishlarida ko'rib chiqilgan. Mazkur ishlarning aksariyatida kompetentli yondoshish mutaxassisning sifatlari va qobiliyatlariga jamiyat tomonidan yangi talablar paydo bo'lishiga javob sifatida qaraladi, zamonaviy maktab yoki boshqaruv strukturalari uchun kompetentli yondoshish g'oyalarini amalga oshirishga muhim ahamiyat beriladi. Kompetentli yondoshishdan foydalanish insoniyat taraqqiyoti nafaqat iqtisodiy o'sishga, ayni paytda shaxs rivojlangani darajasiga bog'liq ekanini tushunishga asoslanadi, bu «inson zaxiralari» tushunchasidan «inson kompetentligi» tushunchasiga o'tishni taqozo qiladi. Kompetentli yondoshishda ta'lim natijalariga asosiy e'tibor beriladi, bunda natija sifatida o'zlashtirilgan axborotlar hajmi emas, balki turli muammol i vaziyatlarda insonning yechim topa olish va hal qila olishiga qaraladi. Bizning holatimizda bu pedagogik hodisalar hisoblanadi, shuning uchun, bizningcha, faqat OO'Yuda o'quv jarayoniga pedagogik tus berish yo'li bilan, ya'ni talabalarga ta'lim berish va tarbiyalashning barcha bo'g'in va jihatlarini ularni kasbiy pedagogik tayyorlash vazifalariga bo'ysindirish orqali kompetentli yondoshishni amalga oshirish mumkin. Bu shuni anglatadiki, psixologik-pedagogik, balki boshqa fanlar ham talabalarni pedagogik faoliyatga yo'naltirgan tarzda o'qitilishi kerak. Ta'kidlash kerakki, kompetentli yondoshish ta'lim sohasidagi modernizatsiyalash muammolariga bag'ishlangan munozaralar munosabati bilan nisbatan yaqinda tarqalgan, natijada ilmiy-nazariy va ilmiy metodik tadqiqotlar paydo bo'ldi, ularda yondoshishning mohiyati, shuningdek hal qiluvchi kompetentliklarni shakllantirish jihatlari tahlil qilingan. Mazkur ishlarda kompetentli yondoshish ta'lim maqsadlarini belgilash, ta'lim jarayonini tashkil qilish mazmunini tanl ash va quyidagi pozitsiyalardan natijalarini baholash printsiplari majmuidan iboratdir:
• to'plangan tajribadan foydalanish asosida turli faoliyat sohalari va shakllarida muammolarni mustaqil hal qilish qobiliyatini mutaxassisda rivojlantirish; • bilish, dunyoqarash, ahloq va boshqa muammolarni hal qilishga ko'maklashadigan didaktik moslashgan ijtimoiy tajribadan iborat ta'lim mazmunini tanlash; • ta'lim jarayonini tashkil qilish, bilish, kommunikativ, tashkiliy, texnologik, ahloq va boshqa muammolarni mustaqil hal qilish uchun sharoitlar yaratish; • muayyan ta'lim bosqichida erishilgan ta'lim natijalari, bilim darajalarini baholash. Kompetentli yondoshishning ko'plab g'oyalari mehnat bozoridagi vaziyatni o'rganish, xodimga nisbatan talablarni belgilash natijasida paydo bo'lgan. Bunda kompetentli yondoshish ta'lim mazmunini yangilashning muhim kontseptual qoidalardan biri sifatida qaraladi. Jahon ta'lim amaliyotini hisobga olganda e'tirof etish mumkinki, «asosiy kompetentliklar» tushunchasi bilimlar, qobiliyatlar va intellektual tarkibiy jihatlarni integrativ tabiatga ega o'ziga xos bog'lovchi, markaziy tushuncha hisoblanadi. Bolajak boshlang'ich sinfo'qituvchisining deontologik kompetentsiyasining negizi hisoblangan kasbiy tayyorligi, uning mohiyati, strukturasiga oid aniq tasavvurlar yo'qligini hamda deontologik kompetentsiyani shakllantirishga doir ilmiy-asoslangan tavsiyalar o'rtasidagi nomutanosibliklarni ko'rib chiqish lozim. Xususan: • o'qituvchi faoliyatida deontologik kompetentsiyaning ahamiyati va oliy ta'lim tizimida uni shakllantirish mexanizmi to'la ishlab chiqilmaganligi; • Bolajak boshlang'ich sinfo'qituvchisiga deontologik qobiliyatlarni o'zlashtirish talablari va deontologik kompetentsiyani shakllantirishga ko'maklashadigan ta'lim modeli uzviy shakllanmaganligi; • va bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda uning pedagogik shakllanishi shartlarini yechilmaganligi. Mazkur ziddiyatlarni hal qilish va bo'lajak boshlang'ich sinfo'qituvchisining kompetentligi shakllanishini ilmiy asoslangan modeli uzviy shakllanmaganligi tadqiqot muammosini belgilaydi, uning mohiyati bo'lajak boshlang'ich sinfo'qituvchisining deontologik kompetentsiyasini shakllantirish mazmuni va jarayonini ishlab chiqishdan iborat. Pedagogikada kompetentli yondoshishni amalga oshirishda predmet usti xususiyatiga ega muhim kompetentsiyalar va aniq o'quv predmetlarining o'zaro bog'liqligi maydonga chiqadi, ular doirasida faoliyatga tayyorlik, shuningdek kompetentsiyalar tarkibiga kiradigan universal qobiliyatlar shakllanadi. Bunda ta'lim mazmuni kompetentsiyalari va predmet strukrutasining o'zaro bog'liqligi «muhim kompetentsiyalarini ajratib ko'rsatish; ularning mazmunini tahlil qilish hamda kompetentsiyalarni shakllantirish uchun zarur bilimlar va aniq predmet qobiliyatlarini belgilash; ta'limni aniq o'quv predmeti bo'yicha tashkil qilish»ni nazarda tutadi. Kompetentli yondoshish o'z navbatida shuning uchun ham zarurki, hozirgi jiddiy modernizatsiya va isloh qilish sharoitidagi zamonaviy ta'lim ziddiyatlarning bir necha guruhlarini hal qilishga yo'naltirilgan innovatsion pedagogik g'oyalar va kontseptsiyalarni joriy qilishni talab qiladi, ular orasida quyidagilar: • kompetentli yondoshishning boshlang'ich amaliy yo'nalganligining pedagogik amaliyotning mavjud predmet (shu jumladan meta predmet) yo'nalishiga mos kelmasligi; • kontseptual va innovatsiya
potentsialining noaniqligi, xususan faoliyatli va rivojlanadigan yo'nalishdagi mavjud psixologik-pedagogik kontseptsiyalar bilan innovatsiya potentsiali jiddiy farqining mavhumligi (N.D. Nikandrov, M.V. Boguslavskiy, V.M. Polonskiy); • kompetentli yondoshishning predmet va yosh bilan bog'liq jihatlariga (G.N. Filonov), shuningdek uni joriy qilishning tashkiliy-boshqaruv jihatlari yo'qligi (N.D. Nikandrov, I.I. Logvinov); • kompetentli yondoshish asosida amalga oshiriladigan milliy madaniy, ijtimoiy-siyosiy, nihoyat ijtimoiy-psixologik standartlar ishlab chiqish kontekstining noaniqligi (V.I. Slobodchikov, T.M. Kovaleva). Biroq kompetentli yondoshishni amalga oshirishda quyidagi ikki jihat oldingidek muhim bo'lib qolaveradi: • birinchidan, kompetentli yondoshish kontseptsiya va mantiq amaliyotiga nisbatan, biroq tegishli fanlar tushuncha va metodologik apparatiga tayanish yoki ulardan olishni nazarda tutadigan ko'plab zamonaviy yondoshishlarning zamonaviy, shu jumladan kulbturologik (V.V. Kraevskiy va boshqalar), ilmiy ta'lim (S.A. Piyavskiy va boshqalar), didaktomarkazlashgan (N.F. Vinogradova va boshqalar), funktsional-kommunikativ (V.I. Kapinos va boshqalar) yondoshish sifatida qaraladi; • ikkinchidan, eng ahamiyatli holat, buning natijasida ta'limda kasbga o'qitish dolzarb tus oldi.
XULOSA Deontologik kompetentli yondoshishni xarakterlaydigan asosiy tushunchalar tahlili quyidagi tushunchalarni ajratib ko'rsatish imkonini beradi: • muayyan predmetlar va jarayonlar doirasiga nisbatan ajratiladigan o'zaro bog'liq shaxs xususiyatlari majmuini o'z ichiga oladigan kompetentsiyani; • tegishli kompetentsiyani, shu jumladan unga va faoliyat predmetiga shaxsiy munosabatlarni egallash, o'zlashtirish bilan nisbat beriladigan kompetentlikni. Kompetentlik, kompententsiyalarni shakllantirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun birinchi bosqichda elementar o'quv kompetentsiyalar shakllantiriladi: o'qilgan yoki eshitilgan bilimning asosiy mazmunini olish; berilgan savol yoki mavzuga binoan fikrlarni aniq shakllantirish, o'ziga xos fikrlarni birga keltirish; vazifalarni hal qilishning turli variantlarini tadqiq qilish, turli mezonlar nuqtai nazaridan eng yaxshisini tanlash; umumiy vazifani bajarishda boshqalar bilan hamkorlik; harakatlar va vaqtni rejalashtirish; o'z faoliyati natijalarini baholash va boshqalar. Binobarin, kompetentli yondoshishni amalga oshirishning asosiy maqsadi pedagogik texnologiyalardan foydalanish asosida ta'lim jarayonini rekonstruktsiya qilish hisoblanadi. Ular o'quv bilish jarayoni shakllanishi (ish maqsadlari va tartibini belgilash, o'quv faoliyatini mustaqil rejalashtirish, alohida ob'ektlar o'rtasida aloqa o'rnatish, yangi vaziyatlarda o'zlashtirilgan usullarni qo'llash, o'zini nazorat qilish), kommunikativ (hamkorlik, bolalarga yordam ko'rsatish, guruh ishida qatnashish, axborotlar almashish va boshqalar), axborot (axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish va tanlash, strukturalash, o'zgartirish, saqlash, uzatish va boshqalar), o'zini shaxsiy takomillashtirish (yutuqlar va xatolarni tahlil qilish, muammolar va qiyinchiliklarni topish, og'ir vaziyatlarda o'zaro yordam va qo'llab-quvvatlash va boshqa) kompetentsiyalarni shakllantirish vazifalarini hal qilish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. U.Yakibova. Bo'lajak o'qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentliligi. TDPU ilmiy axborotlari. 2023, №3.
2. N.Ruzikoluva. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish. Diss.ishi. -Toshkent: TDPU, 2020.
3. O.Qo'ysinov. Kompetentli yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirish texnologiyalari. Diss.ishi. -Toshkent: TDPU, 2019.
4. J.Usarov. Tayanch va fanga oid kompetentsiyalar asosida ta'lim mazmunini takomillashtirish va o'quvchilar kompetentligini rivojlantirish. Diss.ishi. -Toshkent: TDPU, 2019.
5. U.Raxmatov. Masala va mashqlar orqali umumiy o'rta ta'lim maktablari biologiya o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish. Diss.ishi. -Toshkent: TDPU, 2020.