INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI TASHKIL ETUVCHI ICHKI
SALOHIYATLAR
Yorova Sayyora Karimovna
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti, Tillar kafedrasi mudiri PhD
Annotatsiya: Til muayyan jamiyat vakillari uchun umumiy ijtimoiy hodisa bo'lsa ham, uning ma'lum bir nutq vaziyati bilan bog'lanishi sub'ektning iqtidori va ijtimoiy faoliyati bilan bog'liqdir. Inson lisoniy faoliyatiga xos ana shunday ob'ektiv va sub'ektiv ko'rsatkichlar almashinuvini tilning "ma'lum ijtimoiy vazifa, kasb-hunarga ixtisoslashganligi bilan xarakterlanuvchi sotsialxoslangan nutq"lar misolida kuzatiladi
Kalit so'zlar: Ingliz va o'zbek tillari, bemor va shifokor, tibbiy, kommunikatsiya, madaniyat.
https://doi.ore/10.5281/zenodo.13387620
Аннотация: Язык является общим социальным явлением для представителей определенного общества, его связь с конкретной речевой ситуацией связана с талантом и социальной активностью субъекта. Такой обмен объективными и субъективными показателями, свойственный языковой деятельности человека, наблюдается на примере «социально специфической речи, характеризующейся специализацией языка на определенной социальной задаче, профессии».
Ключевые слова: английский и узбекский языки, пациент и врач, медицина, общение, культура.
Abstract. Language is a general social phenomenon for representatives of a certain society, its association with a specific speech situation is related to the subject's talent and social activity. Such an exchange of objective and subjective indicators characteristic of human linguistic activity is observed in the example of "socially characterized speech characterized by the specialization of a certain social task, profession".
Key words: English and Uzbek languages, patient and doctor, medical, communication, culture.
Ingliz va o'zbek tiliga oid shifokor - bemor muloqotining diskursiv pozitsiya va vaziyatlari institutsional, interkontekstual hamda xushmuomalalik bilan bog'liq sotsiopragmatik, pragmatasemantik vositalar qiyosida dalillangan.
Shifokor - bemor muloqotiga xos tashxis, davolash va tibbiy maslahat maqsadlarini ro'yobga chiqaruvchi konfrontatsion va kooperatsion, avtoritar va kollegial strategiyalarning ingliz va o'zbek tillaridagi yoshga kora hurmat, qadriyatlarga sodiqlik singari o'xshash va gender omili, ijtimoiy mavqe' kabi farqli jihatlari belgilangan.
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ingliz va o'zbek tillaridagi shifokor va bemor muloqotining institutsional, interkontekstual hamda xushmuomalaik bilan bog'liq sotsiopragmatik, pragmatasemantik vositalar tahlil qilingan.
Lingvomadaniyatshunoslik, sotsiolingvistika, pragmalingvistika, kommunikativ tilshunoslik kurslaridan o'quv va o'quv-uslubiy qo'llanmalar tuzish, shuningdek, tibbiyot sohasiga oid o'quv yurtlarida amaliy ingliz tiliga doir maxsus kurslarda, shifokorlarning nutq madaniyati, tibbiy deontologiya bo'yicha manba bo'lib xizmat qilishi asoslab berilgan. Shifokor - bemor muloqotiga xos tashxis, davolash va tibbiy maslahat maqsadlarini ro'yobga chiqaruvchi konfrontatsion va kooperatsion, avtoritar va kollegial strategiyalarning ingliz va o'zbek tillaridagi yoshga kora hurmat, qadriyatlarga sodiqlik singari o'xshash va gender omili, ijtimoiy mavqe' kabi farqlanadi.
Professor Sh. Safarov ta'kidlaganidek, til doimo inson hayoti, uning ijtimoiy faoliyati bilan bog'liqdir [Sh.Safarov 2008: 39]. Ayni uzviylik tufayli insonning serqirra lisoniy faoliyati yuqorida qayd etilgan zamonaviy yo'nalishlar uchun tekshirish ob'ekti vazifasini o'tamoqda. Ushbu yo'nalishlarning muhokama markazida esa nemis tilshunosi Y. Vaysgerber tomonidan tilshunoslikka olib kirilgan, rus tilshunoslari Yu. N. Karaulov va V.I. Karasiklarning sa'y-harakatlari tufayli ommalashgan lisoniy shaxs turadi [E.V.Ivansova. file: Downloads/o-termine-yazykovaya-lichnost-istoki-problemy-perspektivy-ispolzovaniya].
xorijiy til mutaxassislari misolida qayd etilgan "madaniyatlararo kompetensiya" va uning: 1) affektivlik - kuzatilayotgan ob'ektni ko'rish, eshitish, sezish va ichki hissiyot hamda bilim va tajribalarga tayangan holda, muayyan faraz va xulosaga kelish; 2) kognitivlik - milliy va o'zga madaniyatlarga oid bilimlarni umumiy bir fikr doirasida sintezlash orqali muammoning yechimini topish; 3) strategiya - fikrni qay tarzda, qanday usul va vositalar orqali verballashtirish ko'nikmasidan iborat qismlari tibbiyot xodimlari faoliyatiga ham xosdir [N.D.Galskova, N.I.Gez. 2004:72].
Keltirilganlardan ma'lum bo'ladiki, kompetensiya insonning shaxsiy (ruhiy), ijtimoiy, kasbiy faoliyatlariga xos qobiliyat, salohiyatiga baho berish vositasi bo'lib, kompetentlik deb yuritiladigan ushbu sifatlarni belgilashda uning lisoniy bilimi, nutq odobi va muloqot madaniyati orqali namoyon bo'ladigan kommunikativ kompetensiyaga tayaniladi. Shifokorlik faoliyatida ushbu kompetensiya tibbiyot deontologiyasi, psixoterapiya, tibbiy etika va kasbiy masalalari bilan chambarchas bog'liqdir.
A. B. Nasirova va hammualiflarning maqolasida tibbiy xodimlarning kommunikativ kompetensiyasiga muloqot madaniyatiga tegishli layoqatlardan tashqari "o'z kasbiga oid terminlarni yaxshi bilish, ularni o'z hamkasblari, hamshira va tibbiyotga aloqasi bo'lmagan kishilarga to'g'ri va aniq tarzda talqin qilib berish, nutqning verbal, formal (formula, grafika) va noverbal vositalaridan (mimika i jest va b.), kasbiga oid maxsus tayyorlangan materiallardan foydalanish" ko'nikmalariga ega bo'lish talablari qayd etishadi [A. B. Nasirova, A. M. Mudrovskaya, D. V. Sizov. 2016, №4: 96-99].
K. F. Sedova kommunikativ kompetensiyani "nutqiy faoliyat va suhbat odobiga xos normalar hamda ijtimoiy munosabat me'yorlariga rioya qilgan holda muloqot samaradorligiga erishish ko'nikmasi", - deb ta'riflaydi. Shuningdek, u kommunikativ kompetensiyani tarkiban "lisoniy (til), nutqiy, diskursiv, madaniy va ritorik" kompetensiyalardan tashkil topishini ham
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
qayd etadi [K. F. Sedov. 2004: 23].
Kommunikativ kompetensiyani tashkil etuvchi ushbu ichki salohiyatlar har qanday insonning "lisoniy shaxs" maqomini, xususan, shifokorlik maqomini belgilashda ham muhim ko'rsatkich hisoblanadi: 1) lisoniy kompetensiya - muloqot tilidan erkin foydalanish uchun zarur bo'lgan: fonetik, orfografik, orfoepik, leksik, morfologik, so'z yasash va sintaktik qoidalarga, nutq uslublari, matn tuzishga oid bilimlar; 2) nutqiy kompetensiya - muloqot tiliga oid lisoniy me'yorlarga tayangan holda, fikrni shakllantirish va ifodalash, shuningdek, tinglab, tushunish ko'nikmalari; 3) diskursiv kompetensiya - muloqotning fikriy yo'nalishi, oqimini nazoratda ushlash va uni boshqarish ko'nikmasi; 4) madaniy kompetensiya - muloqotni xalqnining lingvomadaniy etiketi va normalariga, xalqaro, diniy va gender munosabatlar bilan aloqador lingvomadaniy mezonlarga, nutq madaniyati va odobiga oid me'yorlarga amal qilish ko'nikmalari; 5) ritorik kompetensiya - tilning ifoda modellariga asosan matn tuzish hamda turli janrlardagi matnlarni notiqlik mahorati va normalari vositasida bayon qilish ko'nikmalari.
Til muayyan jamiyat vakillari uchun umumiy ijtimoiy hodisa bo'lsa ham, uning ma'lum bir nutq vaziyati bilan bog'lanishi sub'ektning iqtidori va ijtimoiy faoliyati bilan bog'liqdir. Inson lisoniy faoliyatiga xos ana shunday ob'ektiv va sub'ektiv ko'rsatkichlar almashinuvini tilning "ma'lum ijtimoiy vazifa, kasb-hunarga ixtisoslashganligi bilan xarakterlanuvchi sotsial xoslangan nutq"lar misolida kuzatiladi [M. Hakimov. 2013: 68]. Tibbiyot xodimlarining nutqi va muloqoti ham ana shunday ijtimoiy-madaniy va kasbiy xoslangan turlardan biridir. Ushbu soha vakillari nutqiy faoliyatining o'ziga xosligi shifokorlik faoliyatidagi tayanch tushuncha, ya'ni "sog'liqni saqlash"ga yo'naltirilgani orqali namoyon bo'ladi.
Tibbiyot xodimlarining kasb kompetensiyasini belgilashda ham nutq madaniyati, muloqot mahorati alohida e'tirof etiladi. Mazkur sohaga oid adabiyotlarda shifokorlarning nutqi ruhiy ta'sir va davolash maqsadlari korreliyativiga asoslangani bilan xarakterlanishi aytiladi. Ushbu korreliyativlik esa: a) suhbatdoshini xushmuomalalik va muloyimlik bilan tinglash hamda fikrini bo'lishdan tiyilish, b) suhbat jarayonida his-hayajon, hamdardlik kabi hissiy ta'sirlarga berilmasdan empatik holatni saqlash, v) suhbatdoshga do'stona yondashish va uni muloqotning faol a'zosi darajasiga ko'tarish kabilar qayd etiladi [O.V. Drokina, A.V. Nelidova, L.A.Jivilova. 2020. № 1:13-16].
Keyingi yillarda ijtimoiy-madaniy jihatdan ixtisoslashgan nutqlarni sosiolingvistika, lingvopragmatika, lingvomadaniyatshunoslik va nutq madaniyati nuqtai nazaridan o'rganish anchagina faollashgani bejiz emas. Zotan, tilni inson omili bilan bog'liq holda o'rganish maqsad qilib qo'yilar ekan, ushbu maqsadni ro'yobga chiqarish uchun taklif qilinayotgan "lisoniy" shaxs"ning kasb sohasidagi nutqi va muloqot faoliyatiga e'tibor berish va har tomonlama o'rganish tilshunoslar oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Shu bois sotsial xoslangan nutq va muloqot madaniyatlariga oid olib borilayotgan ilmiy izlanishlar tibbiy nutqning ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini tahlil qilishda andoza, tajriba namunasi vazifasini o'tashi bilan birga, "lisoniy shaxs"ning sohaviy va kasbiy ixtisoslashgan lisoniy faoliyatiga baho berishda, uning kommunikativ kompetensiyasiga baho berishda ham tajriba maydoni vazifasini bajarishi mumkin. Shu jihatdan qaralganda, keyingi yillarda tibbiy nutqni diskursiv nuqtai nazardan o'rganishga bo'lgan qiziqishning ham ortib borayotgani alohida e'tiborga molikdir.
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Austin, J. L. HowTo Do Things With Words. Oxford: Clarendon Press. 1962. -174
р.
2. Bissel J.C. Language, Thoughts, and Reality. London: Routledge. 2003. -342 р.
3. Heritage J., Clayman S. Talk in Action. Interac-tions, Identities, and Institutions. Wiley-Blackwell, 2010. - 320 p.
4. Рахимов А. Тилни парадигмалар асосида урганиш муаммолари. Узбек тили ва адабиёти. 2012. - № 2. - Б. 20-25.
5. Сафаров Ш. Таржимоннинг лисоний шахс сифатида бажарадиган фаолияти. "Хорижий филология" журнали. 2018. №3. -Б. 9-20.
6. Дрокина О.В., Нелидова А.В., Живилова Л.А. Коммуникативные навики в работе врача. Жур.: Справочник поликлинческого врача. - 2020. - № - С 13-16.
7. Седов К.Ф. Дискурс и личность: эволюция коммуникативной компетенции. - М., Лабиринт, 2004. 314.
8. Гальскова Н.Д., Гез Н.И. Теория обучения иностранным языкам: Лингводидактика и методика. Уч. пособие. М.: Академия, 2004.- 336 с.
9. Карасик В. И. Языковой круг: личность, концепты, дискурс: Монография. - Волгоград : Перемена, 2002. - 477 с.
10. Караулов Ю. Н. Русский язык и языковая личность. - М.: УРСС. 2002. 264
с.
11. Насырова А. Б., Мудровская А. М., Сизов Д. В. Формирование профессиональной компетеннтности будещего врача. врача. Жур.: Медицина и экология, 2016, № 4. - С. 96-99.
12. Sayora Yorova, Sohiba Nasimova, electronic collected materials of xi junior
13. researchers' conference 2019 Linguistics, literature, philology 7 UDC 372.881 the ways of teaching languages at medical institutions Samarkand State Medical Institute, Uzbekistan.