Научная статья на тему 'KOLLOBRATIV KOMPETENSIYA VA UNING OILA VA XOTIN-QIZLAR TIZIMIDA FAOLIYAT YURITUVCHILAR UCHUN AHAMIYATI'

KOLLOBRATIV KOMPETENSIYA VA UNING OILA VA XOTIN-QIZLAR TIZIMIDA FAOLIYAT YURITUVCHILAR UCHUN AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
9
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oila va xotin-qizlar / kollobrativ kompetensiya / kompetensiya / oila va xotinqizlar tizimi / oila va xotin-qizlar tizimi xodimlari / hamkorlik / munosabatlarni boshqarish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Tojibayeva Nazokatxon Kobiljonovna

Jamiyatning kichik bo‘g‘ini va ustuni bo‘lgan oila, shuningdek, turmush va hayotning eng ko‘rki hisoblangan xotin-qizlarga e’tibor har qanday davr uchun ahamiyatlidir. Shu boisdan ham bugun mamlakat hududida oila va xotin-qizlarga jiddiy va chuqur e’tibor qaratish maqsadida oila va xotin-qizlar tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur maqolada mamlakat hududidagi tizim faoliyati, aynan shu tizim xodimlarining kollobrativ kompetensiyaga ega bo‘lishlari hamda bu bilan tizimga murojaat etadiganlar bilan o‘rnatadigan aloqalaridagi ahamiyati to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar, nazariy ma’lumotlar va albatta, amaliy jihatlari yoritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOLLOBRATIV KOMPETENSIYA VA UNING OILA VA XOTIN-QIZLAR TIZIMIDA FAOLIYAT YURITUVCHILAR UCHUN AHAMIYATI»

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

KOLLOBRATIV KOMPETENSIYA VA UNING OILA VA XOTIN-QIZLAR TIZIMIDA FAOLIYAT YURITUVCHILAR UCHUN AHAMIYATI Tojibayeva Nazokatxon Kobiljonovna

«Oila va xotin-qizlar» ilmiy tadqiqot institute DSc doktoranti, PhD dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.10138471

Annotatsiya. Jamiyatning kichik bo'g'ini va ustuni bo'lgan oila, shuningdek, turmush va hayotning eng ko'rki hisoblangan xotin-qizlarga e 'tibor har qanday davr uchun ahamiyatlidir. Shu boisdan ham bugun mamlakat hududida oila va xotin-qizlarga jiddiy va chuqur e 'tibor qaratish maqsadida oila va xotin-qizlar tizimi faoliyati yo'lga qo'yildi. Mazkur maqolada mamlakat hududidagi tizim faoliyati, aynan shu tizim xodimlarining kollobrativ kompetensiyaga ega bo'lishlari hamda bu bilan tizimga murojaat etadiganlar bilan o'rnatadigan aloqalaridagi ahamiyati to'g'risidagi fikr-mulohazalar, nazariy ma'lumotlar va albatta, amaliy jihatlari yoritildi.

Kalit so'zlar: Oila va xotin-qizlar, kollobrativ kompetensiya, kompetensiya, oila va xotin-qizlar tizimi, oila va xotin-qizlar tizimi xodimlari, hamkorlik, munosabatlarni boshqarish.

Аннотация. Внимание к семье, которая является малым звеном и опорой общества, а также к женщинам, считающимся самыми красивыми в браке и жизни, важно для любой эпохи. Поэтому сегодня, чтобы уделять серьезное и глубокое внимание семье и женщине, в стране запущена система семьи и женщины. В данной статье были освещены мнения, теоретическая информация и, конечно же, практические аспекты работы системы в стране, важность наличия у сотрудников этой системы совместной компетентности и взаимоотношений, которые они устанавливают с теми, кто обращается в систему..

Ключевые слова: Семья и женщины, совместная компетентность, компетентность, семейно-женская система, семейно-женская система, коллектив, сотрудничество, управление взаимоотношениями.

Annotation. Attention to the family, which is a small link and a pillar of society, as well as to women, who are considered the most beautiful in marriage and life, is important for any era. Therefore, today, in order to pay serious and deep attention to the family and women, the family and women's system has been launched in the country. In this article, opinions, theoretical information and, of course, practical aspects of the system's activity in the country, the importance of the employees of this system to have collaborative competence and the relationships they establish with those who apply to the system, were highlighted.

Keywords: Family and women, collaborative competence, competence, family and women's system, family and women's system staff, cooperation, relationship management.

Oila va jamiyat ustuni, hayotning ko'rki bo'lgan xotin-qizlarga hurmat va ehtirom ko'rsatish o'zbek xalqi uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo'lib kelgan. Ayni shu qadriyatlar asosida O'zbekiston davlatining bugungi taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o'rin va mavqeni egallashmoqda. Hozirda aksariyat xotin-qizlar yuqori intellekt, nufuzli dunyoviy bilim va malakaga ega ijtimoiy faol qatlam sifatida jamiyat farovonligi yo'lida xizmat qilmoqda. Mustaqillik yillariga nazar tashlansa, dastlab xotin-qizlarning jamiyat hayotida ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e'tibor berilganligiga guvoh bo'lish mumkin.

Bugungi jadaffik bilan globallashuv qurshovi takomillashayotgan davrda ayollarga munosabat masalasida talab qilinayotgan qoidalar islom dinining ezgu g'oyalari bilan sug'orilgan

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

va ular anchayin zalvorli tarix yo'llarini bosib o'tgandir. Darhaqiqat, diniy tomonlama e'tibor berilsa, Islom qonunchiligida ham ayollarning huquqlari himoya qilingan. Islom dini ayolga mehnatni man etmadi, balki ayolni o'z tabiatiga munosib, shaxsiyatiga to'g'ri keladigan mehnat bilan shug'ullanishini targ'ib qilgan. Shu boisdan ham hozirgi vaqtda oila va xotin-qizlar tizimining faoliyat jarayonlari kun sayin rivoj topib bormoqda. Biroq bunda tizimda faoliyat ko'rsatuvchi xodimlarning kasbiy jihatdan bir necha kompetentlik darajasining shakllanganligi muhimdir. Negaki, faoliyati davomida turda holatlarga duch keladigan xodimlar uchun ularning manfaatlari tomonlari bor. Ayni mana shu o'rinda xususan, oila va xotin-qizlar tizimida faoliyat ko'rsatuvchi xodimlarda kollobrativ kompetensiyaning mavjud bo'lishining ahamiyati haqida so'z yuritish lozim deb topildi.

Dastavval, kompetensiya lotincha "competo" so'zidan olingan bo'lib, "erishaman, muvofiqman, mos kelaman" ma'nolarini berisini aytish kerak. Bunda kishi egallagan muayyan bilim, ko'nikma, malakalar majmuasini anglash mumkin. Bundan kelib chiqib, kompetensiya ma'lum bir sohada samarali faoliyat olib borish uchun zarur bo'lgan mutaxassisning ta'limiy tayyorgarligiga qo'yilgan talab deyish mumkin. U davlat ixtiyorida bo'lgan, oldindan belgilangan ijtimoiy talab bo'lib, u o'quvchi (ishchi)ning muayyan sohada samarali faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan ta'limiy (professional) tayyorgarligiga nisbatan qo'yiladi.

Kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim esa tegishli soha vakillarining egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim asosida ta 'lim tizimida — talaba va o'quvchilarda, ma'lum bir sohada faoliyat olib boruvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'z faoliyatida oqilona foydalana olish, sog'lom raqobat hamda umummadaniy ko'nikmalarini shakllantiradi.

Kompetensiyali yondashuvga e'tibor qaratish, inson faoliyatida har tomonlama kompetentlilikni shakllantirish hozirgi zamon jamiyati va ta'limining asosiy sharti hisoblanadi. Bu talab faqatgina o'qituvchi-pedagoglar faoliyatiga emas, balki oila va xotin-qizlar tizimida faoliyat olib boruvchi xodimlar uchun ham bevosita dahldordir. Endi shu o'rinda oila va xotin-qizlar tizimida faoliyat yuritadigan xodimlarda aynan kollabrativ kompetensiyaning mavjudligining ahamiyatiga e'tibor qaratish masalasini dolzarb sanab, quyidagicha fkr-mulohazalarni taqdim qilish lozim deb topildi.

Oila va xotin-qizlar tizimida faoliyat olib boruvchi xodim uchun hamkorlik qobiliyatiga ega bo'lish amaliy jarayonlarda katta yordam beruvchi muhim kompetensiyalaridan biri hisoblanadi. Shu bois quyidagi o'rinda hamkorlik qobiliyati xususiyatlarining qanday holatda ifodalanishini keltirildi: hamkorlik — maqsadga yo'naltirilgan jamoaviy faoliyat, o'z-o'zini va o'zaro munosabatlarga qaratilgan aniq faoliyatni baholash, intensiv axborot almashinuvi va shaxsning jamiyatdagi faol faoliyat bilan shug'ullanish qobiliyati demakdir. Oila va xotin-qizlar tizimi xodimlarida hamkorlik, ya'ni kollobrativ kompetensiyani shakllantirish masalasi muhimligini bu ta'riflardan ham anglash mumkin.

Hamkorlik to'rtta asosiy komponentni o'z ichiga oladi: boshqaruv va tuzilma; tizimlar va jarayonlar; munosabatlarni boshqarish va ulardan foydalanish; odamlar va madaniyat. Haqiqiy hamkorlik bo'lishi uchun ularning har biri hal qilinishi va muvaffaqiyatli bo'lishi kerak. Ushbu komponentlar birgalikdagi modelni yaratish uchun birgalikda ishlaydi. Biroq hamkorlik a'zolarining vakolatlari va qobiliyatlari ushbu elementlarning kuchga kirishi uchun haqiqiy asosni ta'minlaydi, deb ko'proq e'tirof etish mumkin.

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Oila va xotin-qizlar tizimi bugun mamlakat hayotidagi muhim sohalardan sanaladi. Shu sababli ham mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog'lig'ini saqlash, kasbga o'qitish va bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, gender tenglikni ta'minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish masalalariga jiddiy e'tibor berib kelinyapti.

Xususan, bu jarayonda tizimning faollik qismlarida o'rni bo'lgan xodimlarda kollobrativ kompetensiyaning mavjud bo'lishi tizim faolligini oshirishda jadal xizmat qiladi. Buni aynan xodimlarning oila va xotin-qizlar vakillari bilan tashkil etadigan amaliy jarayonlaridagi xatti-harakatlari bilan tavsiflasa ham bo'ladi. Masalan, yosh xususiyatlarini inobatga olish asosida joylarda tashkil qilingan guruhlar bilan davra suhbatlarini olib borishda xodimlarda kollobrativ kompetensiyaning mavjud bo'lishi davra qatnashuvchilari bilan suhbatning to'g'ri tashkil qilinishida rol o'ynashi bilan bir qatorda suhbatning mazmundor o'tishida ham ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari bilamizki, oila va xotin-qizlar tizimida bugungi kunda kam ta'minlangan xotin-qizlarning ta'lim olishi masalasi yuqori o'rinlarga ko'tarilmoqda. Bunda oila va xotin-qizlar tizimi xodimlari bevosita ishtirok etishini ko'rish mumkin. Chunki kam ta'minlangan xotin-qizlar tomonidan oliy ta'limda tahsil olish haqidagi murojaatnomalar kelib tushgach, albatta, tizimdagi xodimlar bu murojaatnomalarga javob berish uchun mas'ul sanaladilar. Mazkur jarayonda ular murojaatnomalarning egalari bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish asosida shu kam ta'minlangan xotin-qizlarni guruhlarga bo'lib, muayyan soha va yo'nalishda ta'lim olishlari uchun variantlarni taklif etishlari mumkin. Bu taklif jarayonlarini tashkil etishda ularda kollobrativ kompetensiyaning mavjud bo'lishi jarayon ishtorokchilari bilan o'rnatiladigan munosabatning ijobiy kechishiga yordam beradi.

Yana shuni alohida ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2022 yildagi PF-87-son Farmoni borasidagi imkoniyatlarni oila va xotin-qizlar tizimi xodimlari bevosita jarayon ishtirokchilari hisoblanadigan shaxslarga mazmunli va tushunarli tarzda yetkazishlari ham zarur. Bunda xodimlardan avvalo, «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab -quvvatlashga dair ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmonning asl mohiyatini zarur bo'lsa axborot texnologiyalari vositalari yordamida yetkazishlari talab qilinadi. Axborot texnologiyalari vositalari va usullaridan biri sifatida kompyuter texnikasi yordamida taqdimotlarni havola etish bilan xodimlar farmonning ma'lum qismlariga qiziquvchilarni muayyan guruhga jamlagan holda jarayonni tashkil etishlari mumkin. Shunda oila va xotin-qizlar tizimida faoliyat yuritadigan xodimlar har bir yo'nalish bo'yicha qiziquvchilar tomonidan beriladigan savollarga aniq va batafsil ma'lumotlarni zamonaviy innovatsion texnologiyalar yordamida javob berish imkoniga ega bo'ladilar. Shuning barobarida, oil va xotin-qizlar tizimi faoliyatining besamar emasligini isbotlash imkoni ham tug'iladi. Chunki oddiygina shu farmon ichidagi qismlarda keltirilgan imkoniyatlarni xotin-qizlarga yetkazishda guruhlar tashkil yoki do'stona hamkorlik munosabatlarini o'rnatish bunda katta yordam beradi.

Bundan tashqari respublika xotin-qizlari muammolarini o'rganish va hal etish ham dolzarb masalalardandir. Bu dolzarb masala ham bugun hukumatning nazaridan chetda qolmadi. Aynan «Xotin-qizlar muammolarini o'rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» qarorning qabul qilinishi buning yaqqol isbotidir. Ushbu qaror asosida ayni vaqtda mahallalarda muammasi mavjud xotin-qizlarning ro'yxati shakllantirilib, ularning muammolariga munosib yechim izlash va hal etish ishlari amalga oshirilib kelinyapti. «Ayollar

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

daftari»ning yaratilishi tizim faoliyatida xizmati ko'rsatuvchi xodimlar uchun yana bir mas'uliyatni yukladi. Bu mas'uliyat sabab daftar ro'yxatida turuvchi xotin-qizlar bilan ishlashda xodimlarda kollobrativ kompetensiya shakllangan bo'lishi muhimligi yanada ayon bo'ldi. Negaki, kollobrativ kompetensiya xodimlarning xotin-qizlar bilan o'rnatiladigan kasbiy munosabatida tizimli hamkorlik aloqalarini o'rnatgan holda, amaliy ishlarni bekamu-ko'st bajarishlariga yordam beradi.

Xodimlarga kollobrativlikning yordami qay tarzda tegishi mumkinligini birgina joriy yildagi «Ayollar daftari» harakatlarining statistikasi misolida ham ko'rish mumkin. Xususan, 1-toifa bo'yicha 425 760 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlardan 414 849 nafari yangi ish o'rinlari va jamoat ishlariga joylashtirilishida tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning izchil harakatlari natijasi hamdir. Shuningdek, xodimlarning xotin-qizlar bilan ishlashdagi uzluksiz xatti-harakatlarida ulardagi muomala madaniyati, hamkorona munosabat o'rnata olish, guruhlararo muayyan masala yuzasidan muloqot qura olishlari ham natijaning samaradorligi yo'lida xizmat qilgan. Bularning barchasi mamlakatda xotin-qizlar uchun berilayotgan imtiyoz va preferensiyalardan aholini, asosan xotin-qizlarni xabardor qilishda oila va xotin-qizlar tizimida ishlaydigan xodimlarning jadal xatti-harakatlari natijasi ham.

Fikr-mulohazalarning ayni o'rinda qisqa xulosasi sifatida aytish mumkinki, oila va xotin-qizlar tizimining faollik darajasida xodimlarning kollobrativ munosabatlarni tashkil etishlari zamon talabiga aylanmoqda. Bugun jamiyat hayotida oila va xotin-qizlar tizimi tobora kuchli o'rin egallab borar ekan, unda xodimlarning kompetentligining sifatiga e'tibor qaratish ham juda ahamiyatlidir. Chunki har turdaki kompetensiyaga eda bo'lgan xodim faoliyat olib borayotgan sohasining rivojlanishida hissador bo'la oladi.

REFERENCES

1. Keast, R. (2011). Joined up governance in Australia: How the past can inform the future. International Journal of Public Administration. 34:4 (pp. 221-231).

2. Huxham, C. (1996). (ed.) Creating collaborative advantage. London: Sage Publications.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2022 yildagi PF-87-son Farmoni

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-mart "Xotin-qizlar muammolarini o'rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida "gi 145-son qarori

5. Vuyanovich A. Performance and performativity. URL: http://ziernie-performa.net/2013/10/lekciya-any-vuyanovich-performans- i-performativnost/

6. Bachorski H.-J. Poggios Facetienund das Problem der Performativitat des toten Witzes // Zeitschrift fur Germanistik. Neue Folge 2. Europaischer Verlag der Wissenschaften. Bern, 2001.

TAVSIYA ETILADIGAN INTERNET RESURSLARI:

7. https://www.dissercat.com

8. https://vt.me/jalilova dilshoda 2292

9. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

10. https://daryo.uz/2023/10/09

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.