Научная статья на тему 'ISLOHOTLARNING FAOL VA TASHABBUSKOR ISHTIROKCHILARI'

ISLOHOTLARNING FAOL VA TASHABBUSKOR ISHTIROKCHILARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
18
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
XOTIN-QIZLAR / OILA / JAMIYAT / HUQUQIY MADANIYAT / DINIY SAVODXONLIK / “AYOLLAR DAFTARI” / TO‘LOV-KONTRAKT / IMTIYOZ / STIPENDIYA

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Rashidova B.Yа.

Ushbu maqolada xotin-qizlarga davlatimiz va prezidentimiz tomonidan berilayogan e`tibor, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, barcha jabhada ayollar faolligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish haqida so`z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ACTIVE AND INITIATIVE PARTICIPANTS OF THE REFORMS

This article will talk about the attention paid to women by the state and the president of our country, ensuring the rights and interests of women, increasing women's activity on all fronts, further development of work in support of entrepreneurial initiatives.

Текст научной работы на тему «ISLOHOTLARNING FAOL VA TASHABBUSKOR ISHTIROKCHILARI»

UDK 364

Rashidova B. Ya.

"Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi Jizzax politexnika institute

ISLOHOTLARNING FAOL VA TASHABBUSKOR ISHTIROKCHILARI

Аннотация: Ushbu maqolada xotin-qizlarga davlatimiz va prezidentimiz tomonidan berilayogan e^tibor, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, barcha jabhada ayollar faolligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish haqida so^zyuritiladi.

Kalit suzlar: Xotin-qizlar, oila, jamiyat, huquqiy madaniyat, diniy savodxonlik, "Ayollar daftari", to'lov-kontrakt, imtiyoz, stipendiya.

Rashidova B. Ya. senior lecturer Department «Social Sciences» Jizzakh Polytechnic Institute

ACTIVE AND INITIATIVE PARTICIPANTS OF THE REFORMS

Annotation: This article will talk about the attention paid to women by the state and the president of our country, ensuring the rights and interests of women, increasing women's activity on all fronts, further development of work in support of entrepreneurial initiatives.

Key suzes: women's, family, society, legal culture, religious literacy, "women's notebook", payment-contract, privilege, scholarship.

Shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan zamonda, xotin-qizlarning ham alohida roli bolayotganligi shak-shubhasiz. Bugun ular ona, shifokor, harbiy, oqituvchi, oshpaz, uy bekasi, qaynona kabi koplab vazifalarni bekamu kost bajarib kelmoqdalar. Prezidenimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorga binoan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, maishiy va mehnat sharoitlarini yaxshilash bo'yicha kompleks vazifalar belgilangan bolib, bu vazifalar ijrosi amalda o z tadbig ini topmoqda. Respublikamizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni va mavqeini yanada mustahkamlash masalasiga davlat ahamiyatiga molik siyosiy masala sifatida yondashilmoqda. Bosh Qomusimizning 46-moddasida - Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar- deb ta'kidlanishining o'ziyoq ayollarga qanchalik katta e'tibor qaratilayotganini namoyon etadi. Binobarin, oila - jamiyat poydevori bo'lsa, ayol - oilaning

asosidir. Ammo keyingi vaqtlarda yuz bergan bir necha noxushliklar, ayollarning huquqbuzarliklari va jinoiy ishlarga aralashib qolayotgani, hatto qotillik qilishgacha borayotgani jamiyatimizdagi ayollarning hammasining ham huquqiy madaniyati, diniy savodxonligi etarlicha shakllanmagani, ularning ma'naviy ma'rifiy saviyasida ham bir oz kemtikliklar borligi, bu borada hali qilinishi kerak bo'lgan ko'p ishlar mavjudligini ko'rsatdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "Xotin qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni ana shu muammolar echimiga qaratilgan. Prezident farmonida joylarda og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo'lgan ayollarni o'z vaqtida aniqlash, ular bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan ishlarni olib borish, ularni manzilli qo'llab-quvvatlash, xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, ular o'rtasida oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni rivojlantirish bo'yicha amaliy choralarni amalga oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, shu jumladan, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash ishlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Istiqlol yillarida qishloq vrachlik punktlari bazasi mustahkamlandi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ixtisoslashtirilgan markazlar hamda sohada yangi - shoshilinch tibbiy xizmat tizimini tashkil qilish, kadrlar tayyorlash va farmatsevtika sohasini rivojlantirish kabi yo'nalishlarda salmoqli yutuqlar qo'lga kiritildi. Respublikamizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni va mavqeini yanada mustahkamlash masalasiga davlat ahamiyatiga molik siyosiy masala sifatida yondashilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham xotin-qizlarni yangicha yondashuv, yangicha g'oya va yangicha tashabbuslar bilan chiqishlariga ko'mak berish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, siyosiy jarayonlarda ularning faol ishtirok etishlarini ta'minlash masalasiga alohida to'xtalib o'tildi. "Hozirgi kunda har bir xotin-qiz demokratik jarayonlarning kuzatuvchisi emas, balki faol va tashabbuskor ishtirokchisi bo'lmog'i shart"ligini bugun zamonning o'zi namoyon qildi. BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish ham "Qaerdaki siyosiy va ijtimoiy hayotda xotin-qizlar faol ishtirok etayotgan bo'lsa, o'sha joyda iqtisodiyot o'smoqda, barqarorlik mustahkamlanmoqda va fuqarolarning farovonligi yuksalmoqda"deya fikr bildirishi bejiz emas.

So'nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarimiz natijasida, ayniqsa, 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini hayotga joriy etish asosida mamlakatimizning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotini tubdan yangilash, "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g'oyasini real voqelikka aylantirish borasida salmoqli yutuqlar qo'lga kiritildi. Har bir

xalq hamisha o'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'yib yashaydi. Qabul qilingan taraqqiyot strategiyasida ana shunday maqsadni ko'rishimiz mumkin. Xalqimizda o'tgan besh yilda oldimizga qo'yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun etarlicha tajriba to'plandi. Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi "Davlat fuqaro uchun" tamoyili asosida vujudga kelgan, kelayotgan ob'ektiv zaruratdir.

Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi zamirida xalqimizning orzu- umidlari, bugungi davr nafasi va kelajakka doir ulug'vor maqsadlari mujassam etilgan. Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 7ta yo'nalish va100ta maqsaddan iborat. Ana shu 100ta maqsad ham inson qadrini ulug'lashga qaratilganligi bilan e'tiborga molikdir. Bu borada Prezidentimiz quyidagi fikrlarni ta'kidladilar: "Inson qadri deganda, biz avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta'minlashni nazarda tutamiz. Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat ko'rsatish, sifatli ta'lim, ijtimoiy himoya tizimi, sog'lom ekologik muhit yaratib berishni tushunamiz"

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni (O'RQ-562-son 02. 09. 2019)

2. Tajibayev, M. A., & Axmedov, J. T. (2022). Sinergetik yondashuv-yoshlarning yangi dunyoqarashini shakllantirishning asosiy jihatlaridan biri sifatida. Scientific progress, 3(3), 527-532.

3. Tajibaev, M. A., & Rashidova, B. Y. (2022). The concepts of sustainability and instability in synergetics are an important principle. Scientific progress, 3(3), 930-933.

4. Kholbekova, M. A. T. U. (2022). Applications and developments of synergetics. Scientific progress, 3(3), 942-945.

5. Tajibaev, M. A., & Rashidova, B. Y. (2022). Content of the concept of synergetics. Scientific progress, 3(3), 938-941.

6. Kulmatov, P. M., & Tajibaev, M. A. (2022). Synergetic aas a factor for the development of modern science. Scientific progress, 3(3), 925-929.

7. Tajibaev, M. A., & Kholbekova, M. U. (2022). Synergetic methodology serves humanity. Scientific progress, 3(3), 934-937.

8. Ruziyev, A. (2021). Дунёкарашда тарихий хотира ва онгнинг узаро деалектикаси. Научно-просветительский журнал" Наставник", (2), 187-193.

9. Abdurashidovich, T. M. (2022). Yoshlarda sinergetik dunyoqarashni shakllantirish omillari. Integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 3(3), 203-207.

10. Abdurashidovich, T. M. (2022). Sinergetika-yoshlarning yangi dunyoqarashini shakllantiruvchi bilim sifatida. fan, ta'lim, madaniyat va innovatsiya, 1(2), 69-73.

11. Azimova, S. Y., & Tojiboev, M. A. (2021). Improvement of spiritual and educational work it is our important task. Scientific progress, 2(5), 544-548.

12. Melikuziyevich, K. P., & Abdurashidovich, T. M. (2021). State and community management-as a priority task in the appeal. International journal of discourse on innovation, integration and education, 2(2), 133-136.

13. Quvanovich, R. Q. (2021). The Moral Importance of Humanity and Patriotism in Chistiya and Kubraviya. International Journal on Orange Technologies, 3(3), 98-103.

14. Ruziev, A. J. (2019). Изучение мировоззрения и деятельности мыслителей как исторического критерия. Theoretical & Applied Science, (11), 166-169.

15. Рузиев, А. (2020). Амир Темур карашларида сиёсий-хукукий FOяларнинг акс этиши. Научно-просветительский журнал" Наставник".

16. Сафаров А. И., Ризаев И. И. Факторы развитие экотуризма в Узбекистане //Глобальные проблемы модернизации национальной экономики. - 2022. - С. 629-633.

17. Ганиев К., Тугунбоев О., Ризаев И. И. Экологические проблемы современного общества и ихрешения //наука и образование: актуальные вопросы теории и практики. - 2021. - С. 601-603.

18. Аликулов С. А., Ризаев И. И. Значимость повышения финансовой грамотности населения узбекистана // Вестник Прикамского социального института. 2022. №2 (92).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.