Научная статья на тему 'KO‘RISHIDA MUAMMOSI BO‘LGAN BITIRUVCHI YOSHLARNI HAYOTDA IJTIMOIY MOSLASHUVINI AMALGA OSHIRISHDA: KASB TANLASHDAGI PEDAGOGIK PSIXOLOGIK VAZIFALAR HAMDA TA’LIM MUASSASALARINING O’RNI'

KO‘RISHIDA MUAMMOSI BO‘LGAN BITIRUVCHI YOSHLARNI HAYOTDA IJTIMOIY MOSLASHUVINI AMALGA OSHIRISHDA: KASB TANLASHDAGI PEDAGOGIK PSIXOLOGIK VAZIFALAR HAMDA TA’LIM MUASSASALARINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
11
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim muassasalari / bitiruvchi yoshlar / ijtimoiy moslashuv / kasb – hunarlar / ko‘zi ojiz / nogiron shaxslar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Холиқов Азамат Қаҳрамонович

Ushbu maqola ko‘rishida muammosi bo‘lgan bitiruvchi yoshlarni hayotda ijtimoiy moslashuvini amalga oshirishda: kasb tanlashda ta’lim muassasalarining ahamiyati haqida bo‘lib kasb o‘rganishda ta’lim muassasalarining vazifalari kengroq yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KO‘RISHIDA MUAMMOSI BO‘LGAN BITIRUVCHI YOSHLARNI HAYOTDA IJTIMOIY MOSLASHUVINI AMALGA OSHIRISHDA: KASB TANLASHDAGI PEDAGOGIK PSIXOLOGIK VAZIFALAR HAMDA TA’LIM MUASSASALARINING O’RNI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

KO'RISHIDA MUAMMOSI BO'LGAN BITIRUVCHI YOSHLARNI HAYOTDA IJTIMOIY MOSLASHUVINI AMALGA OSHIRISHDA: KASB TANLASHDAGI PEDAGOGIK PSIXOLOGIK VAZIFALAR HAMDA TA'LIM MUASSASALARINING

O'RNI

Холицов Азамат Кахрамонович

^арши шахридаги Ахборот технологиялари ва менежмент университети доценти педагогика фанлари буйича фалсафа доктори тел:998906076661 E-mail: azamatxolikov8282@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10036160

Annotatsiya. Ushbu maqola ko'rishida muammosi bo'lgan bitiruvchi yoshlarni hayotda ijtimoiy moslashuvini amalga oshirishda: kasb tanlashda ta'lim muassasalarining ahamiyati haqida bo'lib kasb o'rganishda ta'lim muassasalariningvazifalari kengroqyoritilgan.

Kalitso'zlar: ta'lim muassasalari, bitiruvchiyoshlar, ijtimoiy moslashuv, kasb -hunarlar, ko'zi ojiz, nogiron shaxslar.

Аннотация. В данной статье речь идет о значении образовательных учреждений в социальной адаптации молодых выпускников с проблемами зрения в жизни: выбор профессии.

Ключевые слова: образовательные учреждения, молодые выпускники, социальная адаптация, профессии, слепые, инвалиды.

Abstract. This article focuses on the importance of educational institutions in social adjustment of young graduates with vision problems in life: choosing a profession.

Keywords: educational institutions, young graduates, social adaptation, professions, blind people, disabled people.

Hozirgi davr har bir insondan o'ziga xos bilim ko'nikma hamda malakalarni talab etadiki, bu borada, insonning o'zlashtirgan tajribasiga egallagan kasbiga bevosita bog'liq bo'ladi. Bugungi kunga kelib, insoniyat hayotida xilma-xil kasblar, mutaxassisliklar, paydo bo'lib bormoqda-ki, bu yo'nalishlarni o'rganish uchun har birimizdan muayyan bilimlarni talab etadi. Ayniqsa, axborot texnologiyalarning takomillashuvi natijasida internet orqali davromad olish kerakli kasblarni o'rganish tez suratlarda rivojlanib bormoqda. Internetdan yaxshi foydalana oladigan har bir inson o'ziga kerakli bilimlarni, axborotlarni erkin olishini barcha-barchamiz o'z amaliyotimizda kuzatib bormoqdamiz. Maktablarda o'qitiladigan informatika fanini yanada samarali o'qitish orqali o'quvchilarning internetdan foydalanish ko'nikmalarini yaxshilash kerakli axbrotni olish malakalarini shakllantirish muhim deb o'ylaymiz.

Ta'lim muassasalarida asosiy bilimlarni berish nazariy jarayonida amalga oshirilayotganligi ularni kasbga yo'naltirish borasida sezilarli ishlar qilinishi kerak. Buning uchun o'quvchilarni kasbga yo'naltirish borasidagi vazifalarni aniq, tizimli ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish masalasini hal etish zarur. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda nogironlarning ijtimoiy mavqei va xavfsizligini oshirishning eng samarali mexanizmlaridan biri to'liq kasbiy ta'lim olishdir. Bu ko'rish qobiliyati zaif odamlarga to'liq taalluqlidir. Jahon tajribasini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, chuqur ko'rish qobiliyati buzilgan shaxslarning kasbiy o'zini-o'zi anglashning eng samarali va tejamkor usullari yuqori malakali mehnat sohasida yotadi va shuning uchun yuqori ma'lumot darajasini talab qiladi.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Bu borada, ko'rishida muammosi bo'lgan bitiruvchi yoshlarning kelgusi hayotda mustaqil kasb tanlashlari ularning o'quv o'zlashtirishiga, qobiliyatiga hamda qiziqishlariga bevosita bog'liq bo'ladi. Buning uchun har bir ta'lim muassasasida faoliyat olib boradigan pedagoglar, defektologlar hamda psixologlar o'zaro hamkorlik qilgan holda har bir bitiruvchining mustaqil kasb tanlash borasidagi qiziqishlarini turli xil psixologik so'rovnomalarni tashkil etgan holda aniqlash, ularga kerakli to'g'ri maslahatlarni berish muhim deb o'ylaymiz. Eng avvalo, har bir bitiruvchini to'liq o'rgangan holda ta'lim oluvchilar to'g'risida yetarli ma'lumotni to'plash lozim. Buning uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim.

1. Bitiruvchi sinf o'quvchilari o'rtasida kasb tanlash bo'yicha turli xil metodlar yordamida ularning fikr mulohazalarini aniqlash;

2. Olingan ma'lumotlarni umumlashtirgan holda ularga mos bo'lgan kasblar to'g'risida axborot berish;

3. Tanlangan kasblar bo'yicha yetarli ma'lumotlarni to'plagan holda ularni maktabdan keyingi ta'limni tashkillashtirish;

4. Tanlanadigan kasblar bo'yicha bevosita tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda ochiq muloqot tadbirlarini uyushtirish;

"Kasbiy yo'nalish - bu oila, ta'lim muassasalari, davlat, jamoat va tijorat tashkilotlarining shaxsning shaxsiy manfaatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, aholiga kasb tanlash, tanlash yoki o'zgartirishda yordam ko'rsatadigan axborot-tashkiliy va amaliy faoliyatidir. mehnat bozori."

Shunday qilib, kasbga yo'naltirish - bu iqtisodiyot ehtiyojlari, shaxsning shaxsiy imkoniyatlari, moyilligi va manfaatlarini hisobga olgan holda, shaxsning kasb tanlashiga qaratilgan ijtimoiy, tibbiy, psixologik, pedagogik va iqtisodiy tadbirlar tizimi. Kasbiy yo'nalish tuzilishida quyidagi elementlarni ajratib ko'rsatish mumkin:

-professional ma'lumotlar;

-kasbiy maslahat;

-kasbiy tanlash va kasb tanlash;

-kasbiy, ishlab chiqarish va ijtimoiy moslashuv."

Bizningcha kasb tanlash borasidagi faoliyatni tizimli tashkil etishda davlat va nodavlat organlarning faoliyatini hamkorlikka chorlash orqali nogironligi bo'lgan yoshlarni kasb o'rganish borasidagi qiziqishlarini aniq bir platformaga kiritish o'rinli deb o'ylaymiz. Ko'pchilikka ayonki, ko'zi ojiz bitiruvchi yoshlarning ayrimlari ish topaolmasdan biror bir kasbni mustaqil o'rgana olmasdan uyda qolib ketadigan holatlari ro'y bermoqda. Buning uchun ularga mos bo'lgan va ular ishlay oladigan kasblar bo'yicha mehnat organlarida tegishli kasblar ruyxatini ish kvotalarini joriy etish zarur deb hisoblaymiz.

"Kasbga moslashuvchi shaxslarning alohida toifasi oliy o'quv yurtlari bitiruvchilari bo'lib, ular odatda kasbiy tayyorgarlikni tugatgan va kasbiy faoliyatini boshlagan 20-24 yoshdagi yoshlar hisoblanadi. Mehnat bozoriga kirib kelayotgan bitiruvchilar yoshi, jinsi, ta'lim darajasi va hayotga bo'lgan munosabati jihatidan farq qiladi, lekin mehnatga moslashish muammolari asosan o'xshashdir. Bularga quyidagi muammolar kiradi:

1) kasbiy va ijtimoiy tajriba etishmasligidan kelib chiqadigan bandlik;

2) shaxsiy noqulaylik, mehnat funktsiyalarini bajarishdagi qiyinchiliklar va yosh mutaxassisni yuqori lavozimli xodimlar tomonidan etarli darajada idrok etmasligi, uning imkoniyatlarini past baholaganligi sababli stress va kuchlanishni boshdan kechirish;

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

3) bilim, ko'nikma va tajribaning etishmasligi; shu jumladan, kasbiy tayyorgarlik jarayonida to'plangan akademik bilimlar bilan kasbiy faoliyatni amalga oshirishga qo'yiladigan real talablar o'rtasidagi nomuvofiqliklar va boshqalar.

Amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq nogironligi bo'lgan shaxslarining ishga joylashishi borasida ularga nisbatan qo'shimcha 3% imtiyozli kvotaning joriy etilganligi, biroq, ishga joylashishda bu kvota ish bermayotganligini ayrim holatlarda ish beruvchilar tushunmasligini ko'rishimiz mumkin. Bizningcha, davlat va nodavlat organlari shuningdek, nogironlar jamaot birlashmalari o'zaro hamkorlikda bitiruvchi nogiron yoshlarni ishga joylashishi kasb o'rganishi to'g'risida turli xil uchrashuvlarni doimiy ravishda o'tkazishda birinchi navbatda ta'lim muassasalari tashabbus ko'rsatmoqlari zarur. Shundagina har bir bitiruvchi yoshning ishsiz, hunarsiz qolmasligi ular to'laligicha ijtimoiy hayot bilan uyg'un bog'lanishiga sababchi bo'lamiz.

Bundan tashqari maxsus internat maktablarida faoliyat olib boradigan pedagoglar ham ko'zi ojiz o'quvchilarni kasbga yo'naltirish mutaxassisliklarni egallash borasida muayyan bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari talab etiladi. Avvalambor, ta'lim muassasalari, vazirliklar, davlat va nodavlat organlari, jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'ygan holda belgilangan dastur asosida bosqichma-bosqich ushbu muammolarni tahlil etsalar, shubhasiz, muvaffaqiyatga erishamiz.

Xulosa qilib aytganimizda, jamiyatda yashayotgan har bir insonning baxtli yashashi, farovon hayot kechirishi, uning egallagan kasb hunariga bog'liqdir. O'sib kelayotgan yosh avlodni mustaqil hayot qurishiga o'z-o'zini boshqarishiga ta'lim muassasasida olgan bilim, ko'nikma va malakalariga taaluqligini hech birimiz inkor etmasak kerak. Har bir bitiruvchi yoshni mustaqil hayotga to'g'ri yo'naltirsak, ularga kerakli kasb-hunarlarni o'rgatsak, shubhasiz, ko'zlagan maqsadlarimizga erishiamiz.

REFERENCES

1. Компьютерные тифлотехнологии в социальной интеграции лиц с глубокими нарушениями зрения: Учебное пособие. — Нижний Новгород: Изд-во Нижегородского госуниверситета, 2007. С-8

2. Профессиональное образование инвалидов по зрению [Текст] : метод. пособие / О. Л. Алексеев, Д. В. Алексеева. -Екатеринбург : Издатель Калинина Г. П., 2007.С-28

3. «Молодой учёный» . № 13 (117) Содержание . Июль, 2016// C-881

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.