Научная статья на тему 'KLIMAKTERIK YOSHDAGI AYOLLARDA ARTERIAL GIPERTENZIYANING KECHISHI'

KLIMAKTERIK YOSHDAGI AYOLLARDA ARTERIAL GIPERTENZIYANING KECHISHI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
604
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
KLIMAKTERIK SINDROM / ARTERIAL GIPERTENZIYA / MENOPAUZA

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Ashurova Nigora Gafurovna, Mavlonov Namoz Xalimovich, Ergashov Behro'Zjon Komilovich

Ushbu maqolada arterial gipertenziya bilan kasallangan klimakterik yoshdagi (45-55 yosh) ayollarda kasallikning kechish xususiyatlari, klinik belgilarining namoyon bo’lish darajasi va ularning o’ziga xosligi haqida fikr yuritilgan. Tatqiqotlar shuni ko’rsatdiki, fon kasalliklari bor ayollarda klimakterik sindromning namoyon bo’lishi yaqqol belgilar bilan hamda uzoqroq va chuqurroq kechadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KLIMAKTERIK YOSHDAGI AYOLLARDA ARTERIAL GIPERTENZIYANING KECHISHI»

UDK: 616.12-005.4-085 14.01

KLIMAKTERIK YOSHDAGI AYOLLARDA ARTERIAL GIPERTENZIYANING KECHISHI

ASHUROVA NIGORA GAFUROVNA

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti 2-akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n., Buxoro sh.,O'zbekiston ORCID ID 0000-0003-2261-4188 MAVLONOV NAMOZ XALIMOVICH Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti "Ichki kasalliklar va endokrinologiya" kafedrasi dotsenti, PhD, Buxoro sh.,O'zbekiston ORCID ID 0000-0003-0348-9860 ERGASHOVBEHRO'ZJON KOMILOVICH Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti magistratura talabasi, Buxoro sh.,O'zbekiston.

ORCID ID 0000-0003-4613-0057 ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada arterial gipertenziya bilan kasallangan klimakterik yoshdagi (45-55 yosh) ayollarda kasallikning kechish xususiyatlari, klinik belgilarining namoyon bo'lish darajasi va ularning o'ziga xosligi haqida fikr yuritilgan. Tatqiqotlar shuni ko'rsatdiki, fon kasalliklari bor ayollarda klimakterik sindromning namoyon bo'lish i yaqqol belgilar bilan hamda uzoqroq va chuqurroq kechadi.

Kalit so'zlar: klimakterik sindrom, arterial gipertenziya, menopauza.

ТЕЧЕНИЕ АРТЕРИАЛЬНОЙ ГИПЕРТЕНЗИИ У ЖЕНЩИН КЛИМАКТЕРИЧЕСКОГО ВОЗРАСТА

АШУРОВА НИГОРА ГАФУРОВНА

кандидат медицинских наук доцент кафедры акушерство и гинекологии 2, Бухарский Государственный медицинский институт имени Абу Али Ибн Сино, город Бухара Республика

Узбекистан. ORCID 0000-0003-2261-4188. МАВЛОНОВ НАМОЗ ХАЛИЛОВИЧ Phd, доцент кафедры внутренних болезней и эндокринологии Бухарского государственного медицинского института. Город Бухара. Республика Узбекистан. ORCID Ю 0000-0003-0348-9860.

ЭРГАШОВ БЕХРУЗЖОН КОМИЛОВИЧ магистрант Бухарского государственного медицинского института. Город Бухара. Республика Узбекистан.

ORCЮ Ю 0000-0003-4613-0057.

АННОТАЦИЯ

В статье рассмотрены особенности течения, особенности проявления клинических признаков артериальной гипертензии у женщин климактерического возраста (45-55 лет). Исследования показали, что при наличии фоновых заболеваний симптомы климакса проявляются более четко и течение их более длительно.

Ключевые слова: климактерический синдром, артериальная гипертензия, менопауза.

COURSE OF ARTERIAL HYPERTENSION IN WOMEN OF

CLIMACTERIC AGE

ASHUROVA NIGORA GAFUROVNA

Candidate of Medical Sciences, Associate Professor, Department of Obstetrics and Gynecology 2, Bukhara State Medical Institute named

after Abu Ali Ibn Sino, the city of Bukhara Republic of Uzbekistan.

ORCID 0000-0003-2261-4188.

MAVLONOVNAMOZ KHALILOVICH Phd, Associate Professor, Department of Internal Medicine and Endocrinology, Bukhara State Medical Institute. City of Bukhara.

Republic of Uzbekistan. ORCID ID 0000-0003-0348-9860.

ERGASHOV BEHRUZJON KOMILOVICH master's student of the Bukhara State Medical Institute. City of

Bukhara. Republic of Uzbekistan. ORCID ID 0000-0003-4613-0057.

ABSTRACT

The article considers the peculiarities of the course, peculiarities of the manifestation of clinical signs of arterial hypertension in women of climacteric age (45-55 years). Studies have shown that in the presence of background diseases, the symptoms of menopause appear more clearly and their course is longer.

Keywords: climacteric syndrome, arterial hypertension, menopause.

Dolzarbligi.

Arterial gipertenziya chastotasi bo'yicha yurak-qon tomir kasalliklari orasida etakchi o'rinlardan birini egallaydi, nafaqat o'tkir rivojlanadigan qon tomir buzilishlariga, shuningdek, bir qator organlar va tizimlarning surunkali disfunktsiyasiga olib keladi - [3, 7, 11].

Klimaks, menopauza (yunoncha klimakter -zinapoyaning qadami,yoshga bo'liq burilish nuqtasi)-biologik shaxs hayotidagi involyutsiya,reproduktiv tizim funksiyasining so'nish bilan bog'liq holda yuzaga keladigan davr.

Arterial gipertenziyaning chastotasi 45 yoshdan katta kishilarda, ayniqsa, ayollarda gormonal involutiv qayta qurilish davrini hisobga olganda sezilarli oshadi - [1, 12, 17]. Menopauza yoshdagi ayolda arterial

gipertenziya o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bunday klinik ko'rinishlarning namoyon bo'lishi gormonal va metabolik o'zgarishlar, uglevodlar va lipidlar almashinuvining buzilishi, suv-elektrolitlar almashinuvining izdan chiqishi bilan, va ayniqsa mavjud somatik kasalliklarning qo'zg'ashi bilan asoslanadi - [5, 13].

Gipertenziya bilan bog'liq bir qator klinik va diagnostik muammolar menopauza davrida qo'shimcha o'rganishni talab qiladi. Avvalo, bu menopauzaning turli bosqichlarida gipertenziya kechishining xususiyatlari va og'irligini hisobga olgan holda baholashni talab etadi - [2, 4, 6].

Gipertenziyaning boshqa omillar bilan bog'liqligini o'rganish uchun qon bosimining kunlik o'zgarishi, yurak-qon tomir asoratlari rivojlanishi uchun xavf omillarini batafsil o'rganish zarur. Gipertenziya bilan og'rigan ayollarda menopauzaning o'ziga xos xususiyatlari, og'irligi va involyutsiya tezligi menopauzaning bosqichiga qarab baholanadi. Davo samarador-ligini o'rganishda turli guruhlardagi antihipertenziv dorilar, shuningdek, gormonlarni menopauzaning turli bosqichlarida qo'llash,dinamik kuzatuv natijalarini inobatga olish zarur - [14, 16].

Gipertoniya bilan bog'liq klimaks (menopauza) jarayoni muammosi ham terapevtlar, ham ginekologlar uchun dolzarb muammo bo'lib hisoblanadi. Menopauzaning paydo bo'lishi va yoshga bog'liq patalogik jarayonlarning rivojlanishi muayyan sabab bilan yoki umumiy omillarga bo'g'liq, yani bir mexanizm bilan birlashtirilgan-qarish mexanizmi deb tushuniladi - [10, 15].

Qarish muammosini o'rganishda sezilarli yutuqlarga erishilganiga qaramay,muammoning katta murakkabligi tufayli ko'plab noaniq savollar qolmoqda va yoshga bo'liq o'zgarishlarning qonuniyatlari haqida umumiy qabul qilingan go'yalar hali ham mavjud emas - [8, 9, 13].

Menopauza - ayolning hayotidagi so'nggi hayz ko'rish boshlanishi bilan belgilanadi, ya'ni hayz ko'rishga o'xshash oqim ketma-ket 12 oy davomida kuzatilmasligi tushuniladi. Postmenopauza - menopauzadan

keyin, ya'ni oxirgi hayzdan bir yil o'tgach keladi va tuxumdonlar faoliyati to'liq to'xtaguncha davom etadi. Menopauza taxminan 10-15 yil davom etadi. Agar ayol umrining davomiligi 75 yosh bo'lsa va bu davrni 100% deb qabul qilinganda, prepubertal davrning davomiyligi 16% ni, reproduktiv -44%, premenopozal - 7% va postmenopozal - 33% ni tashkil qiladi (Haney H., 1986).

Barcha ayollarda menopauza turli yoshda sodir bo'ladi va namoyon bo'lishi, davomiyligida individual farqlarga ega. Biroq, ko'p asrlar davomida tibbiyot olimlari o'rtacha hisobda bu burilish nuqtasi 45 yoshdan 55 yoshgacha bo'lganligini ta'kidladilar.

Maqsad: Klimaks yoshidagi ayollarda klimakterik sindrom kelib chiqishida arterial gipertoniya kasalligining roli, sabab omillari va kechish xususiyatlarini o'rganish.

Tatqiqot materiali sifatida Buxoro viloyatida istiqomat qiladigan 4555 yosh orasida bo'lgan 62 nafar klimakterik sindrom belgilari bilan viloyat kardiologiya dispanseri hamda Buxoro shahar 7,9-sonli oilaviy poliklinikalariga 2021-2022 yillarda murojaat qilib kelgan ayollar tanlab olindi.

Bulardan 42 nafar bemor avvaldan tasdiqlangan "Arterial gipertoniya" kasalligining turli darajalari bilan xastalangan (1-guruh). Klimakterik sindrom belgilari bilan murojaat qilgan 20 nafarni esa anamnezida arterial gipertenziya aniqlanmagan ayollar tashkil qiladi (2-guruh).

Tatqiqotda so'rab surishtiruv usuli, obyektiv (ko'rik, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya), laborator (umumiy va biokimyoviy qon tahlili, koagulogramma, qondagi gormonlar miqdorini aniqlash, umumiy siydik tahlili va ko'rsatmaga muvofiq boshqalar), antropometrik (vazn, bo'y uzunligini aniqlash,TMI), instrumental usullar (EKG,exo-KG,UTT) dan foydalanildi.

N8^8^ va Шэтшд muhokamasi.

Та1д1до1 па11]а!аг1 эИип1 ko'rsatdiki, 1екзИ1г1!дап ауо!!агп1пд о'г1аеИа уоэИ1 48,9+/- 1,02 п tashki! etdi.Tatqiqotga ]а!Ь etilganlarning 54,6% qish!oq aho!isi, 45,4% shahar aho!isi tashki! etdi. 1-дигиИ ауоНагптд 59% daп ko'pгog'ida taпa massa iпdeksi пoгmadaп yuqoгi ko'гsatkichda chiqdi.Ularda semiz!ikпiпg tuг!i daгaja!aгi уа tana massaпiпg oгtiq!igi aпiq!aпdi. Batafsi! surishtirilgan aпamпez пatijasida gipeгtoпiya kasa!!igiga оИЬ ke!gaп biг muпcha ahamiyat!i sabab omi!!aгi aпiq!aпdi (1-jadуa!).

1 ^уа!

Gipertoniya kasalligiga оИЬ kelgan sabab omillari

№ Sabab omillar N=42 klimaks+ gipertoni У8 %

1 Semizlik 25 59.52

2 Qaпd!i diabet 6 14.28

3 Kam haгakat!i!ik 35 83.33

4 Chekish 5 11.9

5 Spiгt!i юЬ^Шаг istemo! qi!ish 6 14.28

6 Iгsiyat 3 7.14

7 Muпtazam emotsional stгess!aг,гuhiy tushkuп!ik 15 35.71

8 Suгuпka!i yuqum!i kasalliklar (siпusit,gaymoгit,pie!oпefгit) 2 4.76

9 Oуqat!aпish гatsioпiпg tez -tez buzi!ishi уа пoгatsioпa! oуqat!aпish 28 66.67

10 Qalqonsimon bez kasa!!ik!aгi 8 19

11 Tug'ma yuгak nuqsonlari 2 4.76

иа^а^ап ко'птЬ turibdiki, катИагакаИШк, оудаИатэИ га1з1оп1п1д 1в2-1е2 buzilishi, semizlik gipertoniya kasalligiga olib keladigan yuqori эаЬаЬ omillari bo'lib hisoblanadi.

Kasallik belgilarining nechog'lik namoyon bo'lishi o'rganilganda klimakterik sindrom hamda arterial gipertenziyaga xos belgilar ikkala guruhda quyidagi natijalarni berdi (2-jadval).

2-jadval

Tekshirilgan bemorlar klinik xarakteristikasi

№ Klinik belgilar % (П=42) % (П=20)

1 Bosh og'rigi 95.23 30

2 Ko'ngil aynish 47,61 15

3 Holsizlik 95.23 65

4 Tez charchash 89.01 50

5 Yurakning o'z-o'zidan tez urib ketishi 84.2 35

6 Quloqda shovqin 66,67 20

7 Yurakda og'riq 78.02 10

8 Oyoqlarda shish 74.92 5

9 Tungi uyquning buzilishi 85.65 50

10 Ko'p terlash 54,76 35

2-jadvaldan ko'rinib turibdiki, arterial gipertoniya fonida kechayotgan klimakterik sindromda belgilar bir necha baravar kuchliroq namoyon bo'ldi. Ikkala guruh ayollarida ham aksariyat bemorlarni bezovta qilgan belgilar bosh og'rig'i, holsizlik, tez charchash va tungi uyquning buzilishi kuzatildi. Ayniqsa yurakning o'z-o'zidan tez urib ketishi, yurakdagi og'riq va oyoqlarda shish kabi belgilar 1-guruh ayollarda nazorat guruhiga qaraganda bir necha barobar ko'p uchraganligi aniqlandi.

Ikkala guruh bemorlarida kunlik arterial bosim monitoringi o'tkazildi. Kunlik monitoring bemorning tinch holatida, jismoniy zo'riqishlardan xoli paytda o'tkazildi. Asosiy guruhda (arterial gipertoniya+klimakterik sindrom) kunlik monitoring natijalari nazorat guruhiga nisbatan ancha salbiy natijalarni ko'rsatdi (3-jadval).

3-jadval

Bemorlarda kunlik arterial bosim monitoringi

№ Kunlik arterial bosim monitoringi N=42% N=20%

1 Sistolik <120 diastolik <80 0 25

2 Sistolik 120-129 diastolik 80-84 2.3 60

3 Sistolik 130-139 diastolik 85-89 9.52 15

4 Sistolik 140-159 diastolik 90-99 47.71 5

5 Sistolik 160-179 diastolik 100-109 28.57 0

6 Sistolik>180 diastolik >110 11.9 0

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, asosiy guruhda aksariyat (47,71%) bemorlarda kunlik monitoring sistolik bosim 140-159 mm/simob ustunida, diastolik 90-99 mm/simob ustunidagi diapazon atrofida bo'lishi aniqlandi, qaysiki arterial gipertenziyasi bo'lmagan ayollarda qon bosimining bu darajada ko'tarilishi faqatgina bir bemorda kuzatildi.

XULOSA: Shunday qilib, klimaks yoshidagi ayollarda patologik klimaks belgilarining namoyon bo'lishi ularning oldin o'tkazgan kasalliklari, ularning qancha muddatdan buyon davom etayotganligi, qo'shimcha somatik kasalliklarining mavjudligiga bevosita bog'liq. Bu esa reproduktiv yoshdagi ayollarda erstragenital kasalliklarni o'z vaqtida davolash, asoratlarini bartaraf etish, profilaktik chora tadbirlarini erta boshlashni taqozo etadi.

Adabiyotlar royxati:

1. Ашурова Н.Г., Бобокулова С.Б. Распространенность клинических проявлений гиперандрогении у женщин репродуктивного возраста //Новый день в медицине 2021, 2 (34/3),105-108.

2. Ашурова Н.Г., Бобокулова С.Б., Жумаева М.М. Ещё один взгляд на проблему ювенильного возраста // Биология и интегративная медицина 2020, №2 (42), 95-107.

3. Бальмухамедова Ж.А., Землянская Н.С., Дербисалина Г.А. Субклиническая дисфункция левого желудочка у женщин в менопаузальном периоде //Биология и интегративная медицина 2021, 6(53), 36-43.

4. Жумаева Г.А., Рахматова М.Р., Жалолова В.З., Характер влияния физиотенза и конкора на функциональное состояние эндотелия и тромбоцитарное звено системы гемостаза у больных артериальной гипертензией// Биология и интегративная медицина 2019, №10 (38),13-56.

5. Зарипова Д.Я., Туксанова Д.И., Негматуллаева М.Н. Особенности течения перименопаузального перехода женщин с ожирением//Новости дерматовенерологии и репродуктивного здоровья. - 2020. - №1. - С. 39-42.

6. Кароматов И.Д., Каххорова С.И. Климакс и лекарственные растения - обзор литературы //Биология и интегративная медицина 2018, 11(28), 196-216.

7. Хамдамов М.Т., Хамдамов И.Б., Рахматуллаева М.М., Ашурова Н.Г. Контрацепция у женщин пре климактерического возраста// Проблемы биологии и медицины. - 2012. - № 1(68). - С. 138-142.

8. Шахтыбай Д.Ж., Келимбердиева Э.С., Дербисалина Г.А. Оценка эффективности «программы управления заболеванием» при артериальной гипертензии //Биология и интегративная медицина 2021, 6(53), 453-459.

9. Сметник В.П., Щестакова И.Г. Менопауза и сердечнососудистая система /В. П. Сметник, //Тер. арх. - 1999. - №10. - С. 61 -65.

10. Allyn Z.M. Obesity induced hypertension. Newconcepts from the emerging biology of obesity //Hypertension. - 1999. - №33 (1, pt 2). - P. 537 -54117.

11. Dyer A.K., Elliott P., Shipley M. et al. Body truss index and associations of sodium and potassium with blood pressure in inter salt //Hypertension. 2004, №23, 729 - 736.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

12. Khamdamova M.T. Age echographic characteristics of the uterus and ovaries in women of the first and second period of middle age //Биология и интегративная медицина 2020, 2(42), 75-85.

13. Khamdamova M.T. Еchographic features of the range of variability in the size of the uterus and ovaries in women of menopausal age using oral and injectable forms of contraception//American Journal of Medicine and Medical Sciences. - 2020. - N10 (8). - P. 580- 583.

14. Kholova N.F., Khamdamovа M.T. Diagnosis of reproductive health disorders in girls of early reproductive age //Биология и интегративная медицина 2021, 5(52), 34-41.

15. Shinizu H., Shimomura G., Nakanishi G. et al. Estrogen increases in viro leptin production in rats and human subjects //Endocrinology. 1999, №154 (2), P. 285 - 292.

16. Torgerson O., Thomas R.E., Campbell M.K., Reid D.M. Alcohol consumption and age of maternal menopause arc associated with menopause onset //Maturitas. - 1997. - №26 (12). - P. 21 - 25.

17. Zaripova D.Ya., Sharipova R.G. Effeciency of hormone replacement therapy in prevention menopausal therapy// Academicia an international multidisciplinary research journal. 2020, №10, 422.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.