Научная статья на тему 'KIVI MEVASINI O’ZBEKISTON SHAROITIDA YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI'

KIVI MEVASINI O’ZBEKISTON SHAROITIDA YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
7
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Kivini urug‘idan yetishtirish / vakum qilib o‘rash / kemeral universal / kemeral luks / agrikola / harorat barqarorligi.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Abdulahadova Yulduzxon Abdusalom Qizi

Bizga tanish bo‘lgan sitrus meva hisoblangan kivini hammamiz bilamiz. Bu meva issiq mamlakatlarda uchraydi. Keyingi yillarda bu mevani O‘zbekistonda ham hosil berayotganini uchratishimiz mumkin. Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatadiki, bu o‘simlikni ba’zi malakali bog‘bonlar yurtimizga iqlimlashtirib anchagina hosil olmoqdalar. Kividan hosil olishning sirlarini o‘rganib, ushbu maqolada mujassam etdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KIVI MEVASINI O’ZBEKISTON SHAROITIDA YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI»

KIVI MEVASINI O'ZBEKISTON SHAROITIDA YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI

Abdulahadova Yulduzxon Abdusalom qizi

FarDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10930794

Annotatsiya. Bizga tanish bo'lgan sitrus meva hisoblangan kivini hammamiz bilamiz. Bu meva issiq mamlakatlarda uchraydi. Keyingi yillarda bu mevani O'zbekistonda ham hosil berayotganini uchratishimiz mumkin. Tadqiqotlarimiz shuni ko'rsatadiki, bu o'simlikni ba'zi malakali bog'bonlar yurtimizga iqlimlashtirib anchagina hosil olmoqdalar. Kividan hosil olishning sirlarini o'rganib, ushbu maqolada mujassam etdik.

Kalit so'zlar: Kivini urug 'idan yetishtirish, vakum qilib o'rash, kemeral universal, kemeral luks, agrikola, harorat barqarorligi.

Аннотация. Все мы знаем киви - всем известный цитрусовый фрукт. Этот плод встречается в жарких странах. В последующие годы этот фрукт собирали и в Узбекистане. Мы можем обнаружить, что он дает. Наши исследования показывают, что некоторые из этих растений. Умелые садоводы акклиматизируются в нашей стране и получают большой урожай. Фрукты из кив.Секреты получения мы изучили и воплотили в этой статье.

Ключевые слова: Киви выращивание из семян, вакуумная упаковка, Кемерал универсальный, химическая роскошь, сельское хозяйство, температурная стабильность.

Abstract. We all know kiwi, which is a familiar citrus fruit. This the fruit is found in hot countries. In the following years, this fruit was also harvested in Uzbekistan we can find that he is giving. Our research shows that some of this plant. Skilled gardeners are acclimatizing our country and getting a lot of crops. Fruit from kiwi. We have studied the secrets of obtaining and embodied in this article.

Keywords: Kiwi growing from seeds, vacuum packaging, Kemeral universal,

chemical luxury, agriculture, temperature stability.

Kivi birinchi bo'lib XII asrda "Song" sulolasi davrida yetishtirilgan XX asrning boshlarida kivi yetishtirish Xitoydan Yangi Zelandiyaga tarqaldi. Meva Ikkinchi Jahon urushi paytida Yangi Zelandiyada joylashgan Britaniya va Amerika harbiy xizmatchilari orasida mashhur bo'ldi va keng tarqala boshladi.Avval Buyuk Britaniyaga, keyin esa 1960-yillarda Kaliforniyaga eksport qilindi. Kivi - bu rezavor meva. Xitoyda bu rezavor meva imperatorlar tomonida ulug'lanilgan: undan afrodizyak sifatida foydalanishgan.

Metod va Metodologiyasi. Kivi eng beor o'simliklardan biri hisoblanadi: uni qurt-qumursqalar yoqtirishmaydi. Lekin, kivi ob-havo o'zgarishlariga juda ta'sirchan bo'lib, sovuqqa chidamaydi, jazirama yozga u chidamsiz bo'lib, ildizlari doimo suvda bo'lishi kerak. Bunday vaqtda u bir kunda 5 litrgacha suv «ichadi».Kivini 84% ini suv tashkil qiladi. Shu xususiyati va kaloriyasi pastligi sabab ham uni parhezbop mahsulotlar safiga kiritishni yoqtirishadi.

Kivi sitrus mevasi tropik mamlakatlarda o'sadi. Bu mevani yurtimizga import qilish anchagina sarf harajat talab etadi. Shuning uchun kivi o'simligini O'zbekiston sharoitida o'stirish va parvarishlash choralarini ishlab chiqish kerak. Shunday holatlarni nazarda tutgan holda Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida bog'bonlarimiz kivi o'simligini uy sharoitida iqlimlashtirishdi va mo'l hosil olmoqda. tadqiqotlarimizga ko'ra kivi o'simligini iqlimlashtirish texnologiyasini o'rgangan holda, ushbu maqolada kivi o'simligini ko'chatini yetishtirish, uni parvarishlash va undan hosil olishgacha bo'lgan jarayonlarni bayon etganmiz. Nima uchun biz aynan kivi

o'simligini iqlimlashtirayapmiz,nima uchun bizga kerak?- degan savol tug'ilishi mumkin. Kivi mevasi juda ko'p foydali xususiyatlarga ega, xususan xomilador ayollar uchun foydali bo'lgan Mg ga, C vitaminiga boy. Bu esa kuchli antioksidant bo'lib, organizmni tez toliqib qolishidan saqlaydi, immunitetni oshiradi, yallig'lanish va miyaga qon quyilish xavfini kamaytiradi

1-rasm. Kivi mevasi

Kivi terini tozalash, namlash, yoshartirish, oziqlantirish uchun kosmetik niqoblar tayyorlashda ham ishlatiladi. Kivi o'simligi o'zining be'qiyos ta'mi, vitaminga boyligi, xushboy hidi, qayta ishlash va tashishga yaroqliligi, yetishtirish va ko'paytirishning u qadar murakkab emasligi va shu kabi bir qator afzalliklari bilan dunyoning ko'pgina mamlakatlarida yuqori baxolanadi. So'ngi yillarda Respublikamizda ham xalq ite'moli, shuningdek, mustaqillikdan keying yillarda.

Tadqiqot natijalari. Ushbu kivi o'simligini yetishtirish texnologiyasi quyidagicha. Dastlab pishgan kivi mevasi olindi, undan urug'i ajratib olindi, urug'ini suvda yuvib dokaga o'rab 1 kun muddatga quritib qo'yildi. Ekish uchun tuproq qorishmasi Tayyorlangan kivi urug'larini tuproq qorishmasiga ekildi. Usti oq selafan paketga o'rab, 20 kunga 250C da parnikda parvarish qilindi. So'ng Kivi o'simligi o'sib chiqa boshladi. Selafan paketni olib suv quyildi, Kivi o'simligi issiqsevar lekin, quyosh nurini unchalik yoqtirmaydi, shuning uchun parnikda yaxshi o'sadi. Uni temperaturasini kuniga nazorat qilib turish zarur agar, pastlab ketadigan bo'lsa o'sishi sekinlashib ketadi. Uni kemeral luks, agrikola, kemeral universal degan o'g'itlarimiz bor. Mana shu o'g'itlar yordamida o'simlikni yaxshi o'sishini ta'minlandi. O'simlik to gullab meva hosil qilgunicha shunday sharoitda bir xilda parvarish qilinadi. Kivi o'simligi 6-7 yilda meva xosil qiladi, shundan keyin har yili meva tuga boshlaydi. Kivi o'simligini zararlaydigan zararkunanda va kasalliklar juda kam. O'stirish uncha qiyinchilik tug'dirmaydi. Kivini shiralar zararlashi mumkin unga qarshi kurash choralari vaqtida olib borilsa, yaxshi natijaga erishamiz.

Xulosa. Kivi o'simligi o'zining beqiyos ta'mi, vitaminga boyligi, xushboy xidi, qayta ishlash va tashishga yaroqliligi, yetishtirish va ko'paytirishning u qadar murakkab emasligi va shu kabi bir qator afzalliklari bilan dunyoning ko'pgina mamlakatlarida yuqori baxolanadi. Bulardan shunday xulosa kelib chiqadiki, demak O'zbekiston sharoitida ham kivi o'simligini o'stirish va undan hosil olish mumkin. Hozirda o'rganilgan texnologiyalar asosida Farg'ona viloyati tuproqlarida kivi o'stirilib anchagina hosildan daromad olish rejalashtirilmoqda. Bu esa kivi yetishtirish texnologiyalarini samaradorligini ko'rsatadi. Hozirda chet mamlakatlardan Kivi mevasini importi ancha kamaygan. Agar kivi o'simligini o'stirishni ommalashtiradigan bo'lsak import qilishga ehtiyoj sezilmaydi. Yurtimizda kivi o'stirish ommalashadigan bo'lsa mevani narx navosi ham anchagina pastlaydi va aholi ko'p miqdorda olib o'z oraganizmiga yetarlicha bo'lgan Kivi mevasini is'temol qiladi va tibbiyotda va kosmetologiyada keng qo'llaniladi.

REFERENCES

1. Qambarov SH. N, Arzibayeva S. B, Asqarova M.R Tadqiqotlar jurnali 9-son 1- to'plam 3-5 betlar 2.Ostonqulov T.E, Zuyev vi, Qodirx'jayev O.K. sabzavotchilik; Darslik. Navro'z Toshkent.

2. Микеладзе А.Д. Субтропические плодовые и технические культуры. - М.: Агропромиздат, 1988. 3. Фахриддинов М.

3. Anvarjonovich D. Q., Ikromjonovich T. N. Influence Of Microelement Fertilizers In Foliar Feeding Of Cotton On Changes In Cotton Boll Weight //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. - 2024. - Т. 24. - С. 16-19.

4. Teshaboeva, M., D. Abdug'Anieva, and S. Raximjonova. "ТАКРОРИЙ ЭКИЛГАН МОШ Х,ОСИЛИ ТАРКИБИДАГИ ПРОТЕИН МЩДОРИ." Scienceandinnovation 1.D7 (2022): 517-526.

5. 5. Гуломов Б. Цитрус усимликларини етиштириш технологияси. Укув кулланма. -Тошкент, 2011.

6. 6. Витковский В.Л. Плодовые растения мира. - М.Краснодар, 2003. 9. Рибаков А.А., Остроухова С.А. Узбекистон мевачилиги. Т., «Укитувчи», 1981.

7. Кульков О.П. Субтропические плодовые культуры Узбекистана. Т., 1969.

8. Данков В.В. Субтропические культуры. II - Цитрусовые культуры. Санкт-Петербург, 2000.

9. Гуломов Б.Х., Исломов С.Я., Нормуратов И.Т. Цитрус экинларини етиштириш технологияси. Тошкент: - 2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.