Научная статья на тему 'KITOBXON VA NOSHIR O‘RTASIDAGI O‘ZARO FOYDALI HAMKORLIK XUSUSIDA'

KITOBXON VA NOSHIR O‘RTASIDAGI O‘ZARO FOYDALI HAMKORLIK XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
123
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nashriyot / noshir / internet / magazin / kitobxon / kutubxona / bosma / tendensiya / tendir / qo‘lyozma / muharrir / bosmaxona / muallif / strategiya / iqtisod / menejment / marketing / oav / ijod / lotin / adib / o‘quvchi / mushtariy / gazeta / jurnal / elektron. / publisher / publisher / internet / shop / reader / library / publishing house / trend / tender / manuscript / editor / printing house / author / strategy / economics / management / marketing / publishing / creation / Latin / writer / reader / customer / newspaper / magazine / electron.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Akbar Tohirov

Hozirgi davrda axborot globallashuvi jadallashib borayotganligi, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan insonlarning kundalik ehtiyojlari internetga bevosita daxldorligi, ularning qariyb har bir soniyadagi harakati zamonaviy kommunikatsiya bilan bog‘liqligi qay darajadaligi maqolada bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON MUTUALLY BENEFICIAL COOPERATION BETWEEN THE LIBRARIAN AND THE PUBLISHER

The article describes the rapid globalization of information, the fact that the daily needs of people aged 7 to 70 are directly related to the Internet, and the extent to which their every second movement is connected with modern communication.

Текст научной работы на тему «KITOBXON VA NOSHIR O‘RTASIDAGI O‘ZARO FOYDALI HAMKORLIK XUSUSIDA»

Scientific Journal Impact Factor

О

UDK: 05/07:082.55:004(575.1)(100)

KITOBXON VA NOSHIR O'RTASIDAGI O'ZARO FOYDALI HAMKORLIK XUSUSIDA

Akbar Tohirov, mustaqil izlanuvchi (PhD) "Neft va gaz" jurnali xodimi djhakerakbar@mail. ru

Annotatsiya: Hozirgi davrda axborot globallashuvi jadallashib borayotganligi, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan insonlarning kundalik ehtiyojlari internetga bevosita daxldorligi, ularning qariyb har bir soniyadagi harakati zamonaviy kommunikatsiya bilan bog'liqligi qay darajadaligi maqolada bayon qilingan.

Kalit so 'zlari: nashriyot, noshir, internet, magazin, kitobxon, kutubxona, bosma, tendensiya, tendir, qo'lyozma, muharrir, bosmaxona, muallif, strategiya, iqtisod, menejment, marketing, oav, ijod, lotin, adib, o'quvchi, mushtariy, gazeta, jurnal, elektron.

Abstract: The article describes the rapid globalization of information, the fact that the daily needs of people aged 7 to 70 are directly related to the Internet, and the extent to which their every second movement is connected with modern communication.

Keywords: publisher, publisher, internet, shop, reader, library, publishing house, trend, tender, manuscript, editor, printing house, author, strategy, economics, management, marketing, publishing, creation, Latin, writer, reader, customer, newspaper, magazine, electron.

Аннотация: В статье описывается стремительная глобализация информации, тот факт, что повседневные потребности людей в возрасте от 7 до 70 лет напрямую связаны с Интернетом, а также степень, в которой каждое их второе движение связано с современной коммуникацией.

Ключевые слова: издатель, издательство, интернет, магазин, читатель, библиотека, тренд, тендер, рукопись, редактор, типография, автор, стратегия, экономика, менеджмент, маркетинг, создание, латынь, писатель, читатель, заказчик, газета, журнал, печать, тенденция, СМИ, творчество, электрон.

2017 yilda O'zbekiston Respublikasi Pгezidentining "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ta^'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadb^^ dasturi to'g'risida"gi Qarari O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziriigi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

O

Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O'zbekiston Milliy kutubxonasi, noshirlar, mualliflar jamiyati oldidagi eng muhim vazifa - bu tobora o'zgarib borayotgan, globallashayotgan dunyoda kitoblar va boshqa matbaachilik mahsulotlari vositasida yoshlar ongiga milliy manfaatlarimizga muvofiq g'oyalarni singdirib borish, ularni vatanparvarlik, milliy istiqlol g'oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalaydigan, milliy-ma'naviy qadriyatlarimiz, mentalitetimizga mos keladigan, yoshlarning bilim saviyasini, intellektual salohiyatini oshiradigan adabiyotlar bilan ta'minlash birinchi ustuvor vazifalardan biri ekanligini anglatadi.

Jumladan, hozirda respublikamizda nashriyotlar va kitobxonlar o'rtasidagi samarali manfaat uchun barcha huquqiy asoslar yaratilishi, ularning texnikaviy ta'minlanishi, ijodiy jamoalar uchun yaratilgan shart-sharoitlari, noshir va matbaachilar mehnatini rag'batlantirish borasidagi ijobiy istiqbolli rejalar belgilangan.

Misol uchun, Prezident qarorida adabiyotlarimizni lotin yozuviga asoslangan yangi o'zbek alifbosida, xususan, ilmiy-texnik, adabiy-badiiy va ensiklopedik kitoblarni ko'paytirish chora-tadbirlarining ishlab chiqilishi ta'kidlangan.

Shuningdek, qarorda noshirlik va matbaa sohalarini yanada rivojlantirishga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, kitob mahsulotlarining narxini shakllantirish va sotish bo'yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish choralari, nashriyotlar va matbaa sohasi mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirish va rag'batlantirish kabi vazifalar qo'yilgan.

Xalqimizning tarixiy-madaniy merosini, olis o'tmishini chuqur o'rganmasdan turib, istiqbolni belgilab bo'lmaydi. Zero, kelajakka intilish uchun ajdodlarimiz, xususan, oldingi asrlarda yaratilgan kitoblarni har tomonlama tadqiq etish, uni bugungi amaliyotga tadbiq etish masalasi har doimgidan ham dolzarb bo'lib turibdi.

Hozirgi kunda boyligimizga aylanib ulgurgan Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi va viloyat, tuman hududlaridagi kutubxonalarda necha asrlar davomida saqlanayotgan noyob durdonalarimiz - bolalar, badiiy, ilmiy va h.k. adabiyotlar mualliflar jamiyati va soha mutaxassislari tomonidan o'rganilib, ya'ni kechagi adabiyot bugungi adabiyot tili, mafkurasiga aylantirilib, respublikamizdagi nashriyotlarda lotin yozuviga asoslangan yangi o'zbek alifbosida nashrga berilsa maqsadga muvofiq bo'lardi.

Shu tariqa kechagi adabiyot bugungi adabiyotning, bugungi adabiyot esa ertangi adabiyotning tug'ilishiga sababchi bo'lardi.

Ta'kidlash lozimki, respublikamizdagi nashriyotlarda jahon standartlariga to'liq javob bera oladigan kitoblar bosmadan chiqarilmoqda. Kitob mahsulotlarimiz esa xalqaro ko'rgazmalarda yuqori baholanib kelinmoqda.

Darhaqiqat, nashriyot va matbaa sohasining texnik bazasi mustahkamlanyapti va modernizatsiya qilinmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

o

Ammo adabiyotimizning - kechagi, bugungi va ertangi kunini belgilaydigan, uning strategik maqsadlarini aniqlashga yo'naltirilgan asoslari yetarli darajada rivojlanmadi. Jumladan, sohaning nazariy va metodologik jihatlari zamon talabiga mos taraqqiy etdi, deb to'liq ishonch bilan aytishimiz qiyin. Chunki noshirchilik va mualliflar jamiyati sohasining hozirgi tendensiyalari, uning taraqqiyoti hamda o'ziga xos milliy modellarini ishlab chiqish masalasi mutaxassislar va olimlarimiz e'tiboridan bir qadar chetda qolgandek tuyulmoqda.

Aytaylik, maktabgacha yoshda bo'lgan bolalar adabiyoti yetarli bo'lmaganligi hamda bir tizimga solinmaganligi sababli, maktab yoshidagi bolalar adabiyoti bilan chalkashmoqda.

Respublikamizdagi nashriyotlar va mualliflar jamiyati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, "Ijod" fondi o'rtasidagi hamkorlikni tiklab, kelgusida shu adabiyotlar tayyorlanib, tender orqali tizimli yo'lga qo'yilsa, kitob mahsulotlarining narxi va sotish mexanizmi Prezident qarorida ko'zlangan maqsadga erishilardi.

Buning natijasida nashrlar yo'nalishini o'zaro taqsimlash, bir xil nom va bir xil mazmundagi kitoblarni chop etishning oldini olish, shuningdek, yangi adiblarning kitoblarini va bolalar adabiyotini tarqatish, jahon adabiyoti namunalarini bosib chiqarish, milliy adabiyotimiz mumtoz namoyondalarining qo'lyozmalarini keng ko'lamda o'rganib, nodir merosimiz durdonalarini kitobxonga yetkazib berish yo'lga qo'yilardi.

Ushbu hamkorlik mamlakatimizda turli yo'nalishdagi adabiyotlar - badiiy-adabiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy kitoblar inson shaxsiyatini takomillashtirishda, ayniqsa, kelajagimiz egalari - yoshlarning kamolga yetishida, ularning tafakkurini shakllantirish, jamiyat hayotida faol ishtirokini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etardi.

Shuningdek, nashriyotning marketing faoliyati bozor talabiga qarab emas, balki bozorning faoliyati nashriyotlarning ishlab chiqarishiga qarab yuritilar edi. Ya'ni mavjud kitob do'konlarimiz turli nomdagi adabiyotlarga to'lishiga imkon yaratilardi. Jamiyatimizning bilim saviyasi yanada ravnaq topardi.

Bundan tashqari, kitob do'konlarimiz respublika miqyosida ko'payib, raqobatbardoshligi ta'minlanardi, natijada, har bir kitobxon yashab turgan hududida, o'ziga yaqin bo'lgan kitob do'konlaridan Internet orqali xarid qilgan kitob mahsulotlarini pochta orqali yetkazib berish va sotish mexanizmi ishga tushardi. Masalan, hozirgi kunda respublika miqyosida faoliyat olib borayotgan "Kitob olami" mas'uliyati cheklangan jamiyatini olaylik.

Scientific Journal Impact Factor

o

Hozirgi kunda axborot globallashuvi jadallashib borayotganligi, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan insonlarning kundalik ehtiyojlari Internetga bevosita daxldorligi, ularning qariyb har bir soniyadagi harakati zamonaviy kommunikatsiya bilan bog'liqligi oddiy holga aylanib ulgurdi.

Shunday ekan, respublikamizdagi mavjud axborot-kutubxona resurslari, nashriyotlarning yagona elektron monitoring elektron yagona bazasini yaratish, har qanday kitobxonni qiziqtirishi mumkin bo'lgan kichik yoki katta ma'lumotlarni jamlash, ularni zamonaviy ko'rinishda uzatish dolzarb masala hisoblanmoqda.

Ana shu maqsadda, nashriyotlarga doir bo'lgan barcha elektron axborotlarni Respublika axborot-kutubxona resurslar umumiy saytiga yoki O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining veb-sayti https://aoka.uz/ ga bitta sahifa ochib jamlash lozim.

Bu - nashriyotlar tomonidan rejalashtirilayogan nashr mahsulotlarini har tomonlama o'rganib, ularni muhokama etish imkoniyatini beradi. Natijada ularning mazmun-mohiyati respublikamiz qonunlariga qay darajada mos kelishi, ilm-fanni yuksaltirish uchun kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqish, noyob qo'lyozmalarni kitob shakliga keltirish va boshqa dolzarb muammolar hal etilardi.

Ushbu sahifa yordamida mamlakatimiz kitobxonlari o'zlarini qiziqtirgan qator savollarga javob olishlari mumkin. Xususan, yurtimizda yuzdan ortiq nashriyotlarning nomlari, ularning umumiy soni, davlat va nodavlat nashriyotlar ro'yxati, ularning ixtisoslashuvini osongina bilib olish mumkin. Nashriyotlar qaysi tur adabiyotlarni chop etishni rejalashtirishmoqda, ulardan qaysilari nashrdan chiqqan, bir yilda qancha nomda yangi adabiyot chop etilishi ko'zlangan, qaysilarga ko'rsatma va taqdimnoma kiritilgan, qaysi kitoblar tanqidga uchradi, qaysilari o'z faoliyatini tamomladi va h.k.

Oddiy o'quvchi uchun bu kabi to'liq ma'lumotlar bir qarashda ahamiyatsiz tuyulishi mumkin. Lekin u qo'liga olgan kitobni chop etgan nashriyot haqida, uning tarixi va yaqin kelajakdagi rejalari to'g'risida xabardor bo'lishi foydadan xoli emas. Tabiiyki, aholining ko'pchiligi yirik bosmaxona va matbaa uylarini yoddan biladi. Jumladan, "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, "O'zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi va qolaversa, xususiylardan bir-ikkita nomlarni sanab berishi mumkin.

Yuqoridagi fikr nima maqsadda aytilayotganini tushunish qiyin emas.

Faraz qiling, Internet tarmog'iga kirgan o'quvchi yaqinda chop etilgan kitobdan xabardor bo'lishi mumkinmi, nima deb o'ylaysiz? Yo'q, albatta. Ammo yana o'ylab ko'ring, nashriyot tomonidan topshirilgan biron-bir kitob ayni paytda chop

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

O

etilayotganiga nima deysiz? Kitobning nomini tezkorlik bilan ayta olasizmi? Albatta, yo'q. Endi sababini bir o'ylab ko'ring-chi...

Misol uchun, "nashriyotlar monitoringi" veb-sahifasi yordamida kitobxon yoki nashriyot, nashriyotning yaqin vaqt ichida aynan qaysi asarni chop etishni rejalashtirgani, so'nggi uch oy ichida chop etilgan yangi kitoblardan, nashriyotlar faoliyatida amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilmaganligi, qaysi nashriyotlar qaysi kitobida qonunbuzilish sodir etganligi to'g'risida o'ziga kerakli to'liq axborot olishi mumkin.

Bu esa, har bir fuqaro kimligidan qat'i nazar uning uchun axborotning oshkoraligi ta'minlanardi.

Natijada, Qarorda keltirilgan - mazmunan sayoz, milliy ma'naviyat va qadriyatlarimizga, axloq me'yorlariga mos kelmaydigan, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan adabiyotlarni tayyorlash, bosib chiqarish va tarqatishning oldini olishga muvaffaq bo'lardik.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, kitob har bir inson hayotiga o'ziga xos betakrorlik bilan kirib keladi va ma'naviyatini boyitishga xizmat qiladi.

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi PQ-3271-son Qarori https://lex.uz/docs/3338600

2. Tohirov Z. " Adabiy tahrir darslik. Tafakkur-bo'stoni nashriyoti. 2012.

3. Abduvaliev B. Nurli manzil. "O'zbekiston" NMIU. 1995 y.

4. YnyrMypogoB "Kynë3MagaH KHTO6rana" ^ynnoH HOMHgara HMHY. 2017

5. www. kitob dunyosi.uz 10.10.2013y

6. AôgynnaeB M., AôgynnaeBa M. Ba 6. MycTaKunnHK: h30X^H HHMHHOMMaôon nyrar. -T.: —fflapK, 2009

7. ^Ky6oBa E. Hhk ë3yB TapnxH. kamolot.uz

8. Y36eKHCTOH TapnxH. {A.CargynnaeB Taxpnpn ocraga) T.:YHHBepcHTeT. 1997.

REFERENCES

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.