KIMYONI O'QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVDAN FOYDALANISH
Shomurotova Shirin Xajievna
Nizomiy nomidagi TDPU, Kimyo va uni o'qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, PhD.
https://doi. org/10.5281/zenodo. 8049597
Annotatsiya. Ushbu maqolada kimyo o'qitish metodikasini rivojlashtirish vayaxshilash, kimyo fani mavzulariga oid bilimlarni innovatsion yondashuvlar orqali tadbiq qilishni takomillashtirish va uni amalga oshirish qayd etilgan. Pedagogik faoliyatda axborot-kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi ko'rsatilgan.
Kalit so'zlar: kimyo, ishqoriy metallar, "Aqliy hujum" metodi, axborot kommunikatsiya texnologiyalar, innovatsion yondashuv.
Uchunchi renessans davri O'zbekistonimizda da yangilanishlar natijasida yangi innovatsion texnologiyalarning kirib kelishi ta'lim tizimini isloh qilishda juda muhum ahamiyatli ekanligini bilamiz . Ta'lim beruvchi tashkilotlarning moddiy texnik imkoniyatini kengaytirish, bilim berish samaradorligini xalqaro ta'lim standartlari darajasiga olib chiqish, malakali kadrlar tayyorlash tizimini zamon talablari va dunyo tajribasi asosida o'zgartirish imkoniyati yuzaga keldi. Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Keng tarqalgan yanglish fikrlashlarga qaramasdan innovatsiyalar kashfiyotlardan farq qiladi.
Ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakat mavqeini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni to'liq va samarali amalga oshirishga to'siq bo'layotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash birgalikda muammolarni bartaraf etish bo'yicha yechim va takliflar ishlab chiqish oldimizdagi vazifalardan biri hisoblanadi. Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo'yicha ilmiy va startap loyihalar natijalarini sohalarga samarali joriy etilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqish va bu ishlarni rivojlantirish uchun tadqiqot ishlarini yo'lga qo'yishimiz zarur.
Innovatsion rivojlanish sohasida raqamli texnologiyalar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash bo'yicha takliflar ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb ishlaridan biri hisoblanadi.
Ma'lumki, hozirgi paytda pedagogik va axborot texnologiyalarini ko'plab fanlarni o'qitishda qo'llash orqali ta'lim sifatini oshirish mumkin. Ta'limning bugungi vazifasi o'quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot ta'lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko'rsata olishga, fanlarni o'qitishda pedagogik texnologiyalarni samarali tadbiq etilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot texnologiyalarga bo'lgan qiziqish har bir o'quvchi bilan muloqotga kirishishning eng samarali usuli bo'lganligi uchun bu usulni har bir sinflarda qo'llash imkoni mavjud. E'tiborli jihati shundaki, kimyoviy jarayonlar va test savollari tanlanayotganda o'tilayotgan mavzu ko'lami va ta'lim oluvchilarning bilim darajasi inobatga olinadi. Shu jihatlariga ahamiyat berilsa, ushbu metodlar barcha mavzular uchun qulay hamda o'zlashtirishni osonlashtiradi. Taklif etilayotgan usullar kimyo darslarini qiziqarli va samarali o'tishiga yordam beradi. Ushbu usullarning yana bir afzallik tomoni shundaki, bir vaqtning o'zida axborot texnologiyalarni ham qo'llash mumkin.
Aqliy hujum qoidalari
Dars jarayonida "Aqliy hujum" metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:
• o'zaro baholash va tanqidning mavjud emasligi;
• berilgan fikrni baholashdan o'zingizni tiying, ishonarsiz darajada bo'lsa ham - hamma narsa yo'l qo'yilgan;
• tanqid qilmang - har bir aytilgan fikr teng kuchga ega;
• gapirayotgan odamning gapini bo'lmang;
• tanqiddan o'zingizni tiying;
• asosiy maqsad son jihatdandir;
• qanchalik fikrlar ko'p bo'lsa, shunchalik yaxshi: yangi va kerakli fikrning paydo bo'lishi imkoniyati oshadi;
• fikrlar qaytarilgan holda, xafa bo'lmang va qarshi chiqmang;
• fikrlar erkinligiga yo'l qo'ying;
• fikrlaringiz mavjud tizimga qarshi chiqadi degan xulosaga kelsangiz ham paydo bo'lgan fikrlarni gapirishni orqaga surmang.
Ishqoriy metallar mavzusiga oid Aqliy hujum savollari.
1. Ishqoriy metallarning davriy jadvaldagi orni va atomlarning tuzilishi
2. Ishqoriy metallar uchun xos fizik xossalar
3. Ishqoriy metallarning kimyoviy xossalari
4. Ishqoriy metallarning suv va havo kislorodiga munosabati
5. Ishqoriy metallarning oksid va gidroksidlari
6. Nima uchun natriy va kaliy ishqoriy metallar nomini olgan. Bu nom ularning qaysi xossalari bilan bog'liq va bu xossalar ularning atom tuzilishi bilan qanday bog'lanishda ekanligini ayting?
7. Kaliy va natriyning muhim birikmalari va ularning bevosita amaliyotda ishlatilishini so'zlab bering?
Usullarni qo'llash jarayonida kimyoviy jarayonlarni turli videoroliklar orqali ko'rsatish, o'quvchilar diqqatini ekranga qaratish orqali bir joyga jalb qilishga erishiladi va ayni shu paytda xulosada aqliy hujum, test savollari orqali esa mavzuni mustahkamlashga doir savollar bilan
murojaat qilinadi.
Ta'limda sifatni va unumdorlikni oshirishda o'quv mashg'ulotlarini talabalarni innovatsion fikrlashga yo'naltiradigan o'qitish texnologiyalari va interfaol uslublarni joriy etish asosida tashkil etish, asosiy e'tiborni talabalarning mustaqil ta'lim olishi bilan bog'liq mexanizmlarni amalga oshirishga qaratish vazifasi ustivor hisoblanadi. Kimyo fanida mustaqil ta'limni tashkil etish dars vaqti va darsdan tashqari vaqtni o'zaro bog'lash, fanini o"qitishda uzviylik va mutanosiblikni taminlash, mustaqil ta'lim sifatini va saviyasini yuksaklarga ko'tarishda muhumdir.
Mustaqil ta'limni tashkil qilishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish ta'lim jarayonining uzluksizligi, sifati va samaradorligiga katta o'zgarishlar olib kirishi mumkin. Buning uchun birinchi navbatda axborot texnologiyalaridan to'g'ri foydalanishni bilish va ularni qo'llash jarayonida mavjud bo'lgan kimyo fanidagi bilim, tasavvur va ko'nikmalarni yanada mustahkamlashga qaratish zarur bo'ladi.
Har bir ta'lim tashkiloti kredit modul tizimi joriy qilingandan keyin ijtimoiy tarmoqda o'z saytini yaratib to'liq ishga tushirdi. Shu bilan online baholash tizimi yo'lga qo'yildi. Endi xoh o'quvchi bo'lsin xoh talaba uyga berilgan topshiriqni bajarib online maxsus dastur orqali yuklaydi va o'ziga qo'yilgan baholarni ham o'sha dastur orqali kuzatib boradi. Bu dasturlarning qulayligi shundaki, nafaqat topshiriq va baholanish jarayonlarini bilish balki davomat, dars jadvali, va o'ziga kerak bo'lgan boshqa nazorat turlaridan ham xabardor bo'lib turadi. Bu imkoniyatlarning tub zamirida yurtimizda innovatsion texnologiyalarning kirib kelishi va tobora rivojlanib borayotganligi raqamli resurs vositalarini qo'llashning afzaligini ko'rishimiz mumkin.
REFERENCES
1. Shomurotova, S. X. KIMYO FANIDAN MASALALAR YECHISH ORQALI O'QUVCHILARDA BILISH DARAJASINI OSHIRISH. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, (2023). 2(17), 541-544.
2. Шукайло А.Д. Тематические игры по химии. Творческий центр «Сфера», М.: Дрофа, 2003
3. A. Y.,Iskandarov, S. X. Shomurotova, & N. Kamolova, (2020). Forming a methodology for developing students' creativity using creative methods in teaching chemistry to future chemistry teachers. International journal of discourse on innovation, integration and education, 1(2), 1-5.
4. Shomurotova, S. KIMYO FANINI O'QITISHDA KREDIT MODUL ASOSIDA MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL QILISH. Science and innovation in the education system, (2023). 2(1), 98-100.
5. Shomurotova, S. X., Farmonova, S. B., Kamolova, N. I., & Movlonova, S. A. Improving the Methodology of Teaching the role of metals in Biochemical Processes using Pedagogical Texnologies. Engineering a Management Test, (2020). 83.
6. Shomurotova Sh. X. Kimyo ta'limida didaktik о'утН dars mashg'ulotlarining о'гш. TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYA , 2023 (2), 175-177.
7. Шомуротова, Ш. Х., & Алимова, Ф. А. (2017). Применение педагогических программных средств при изучении темы" гибридизация электронных орбиталей в комплексных соединениях". Вопросы гуманитарных наук, (3), 95-98.
8. Shomurotova Sh. Kh. Developing Teaching System for Subject "Chemistry of Complex Compounds" in Higher Education, Eastern European Scientific Journal. Germany. Ausgabem, 2018/3 197-200.
9. Sh.X. Shomurotova, Laboratoriya mashg'ulotlarida mustaqil ta'limni tashkil qilishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish. Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari, 2021/1, - 223-230.
10. Z.Q.Samadova. Sh.X.Shomurotova, M.F.Rajabova. Asoslar mavzusini o'rganishda muammoli-integrativ yondashuvdan foydalanish imkoniyatlari. Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari. 2022/8, 337-341.
11. I.I.Sharibov Sh.X.Shomurotova. Mis guruhchasi elementlari va uning birikmalariga oid tajribalarni o'qitish metodikasini innovastion texnologiyalar yordamida takomillashtirish. Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari, 2021/7, 119-123.
12. Shomurotova Sh.X Samadova Z.Q. KIMYONI O'QITISHDA BIOLOGIYA VA GEOGRAFIYA FANLARINING O'ZARO BOG'LIQLIGI. INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION. Canada, Ottawa",CESS", International scientific-online conference. 2022/4, 145-147.