Научная статья на тему 'KIMYO TA’LIMIDA FAN VA TARBIYA UYG`UNLIGI'

KIMYO TA’LIMIDA FAN VA TARBIYA UYG`UNLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
101
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TA'LIM / TARBIYA / KIMYOVIY JARAYON / TA'LIM JARAYONI / USLUB / USULLAR / IJODIY TAFAKKUR / MUSTAQIL FIKRLASH / MAS'ULIYAT

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Norqulov U.M., Ruziyev Erkin A., Mamatov A., Yuldoshov F.Q.

Ushbu maqolada “kimyo ta’limida fan va tarbiya uyg’unligi” doirasida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish omillari, mavzularning tarbiyaviy vazifalari bo’yicha fikrlar mujassamlashtirilgan va ular yuzasidan tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMBINATION OF SCIENCE AND EDUCATION IN CHEMISTRY EDUCATION

This article summarizes the views on the factors of improving the quality of education, the educational functions of the topics in the framework of the "Harmony of Science and Education in Chemistry Education" and provides recommendations on them.

Текст научной работы на тему «KIMYO TA’LIMIDA FAN VA TARBIYA UYG`UNLIGI»

Norqulov U.M.

dotsenti Kimyo fakulteti Samarqand davlat universiteti Ruziyev Erkin A.

dotsenti Kimyo fakulteti Samarqand davlat universiteti Mamatov A. assistent Kimyo fakulteti Samarqand davlat universiteti Yuldoshov F. Q. Kimyo fakulteti Samarqand davlat universiteti

KIMYO TA'LIMIDA FAN VA TARBIYA UYGUNLIGI

Annotatsiya. Ushbu maqolada "kimyo ta'limida fan va tarbiya uyg'unligi" doirasida ta'lim-tarbiya sifatini oshirish omillari, mavzularning tarbiyaviy vazifalari bo'yicha fikrlar mujassamlashtirilgan va ular yuzasidan tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, kimyoviy jarayon, ta'lim jarayoni, uslub, usullar, ijodiy tafakkur, mustaqil fikrlash, mas 'uliyat.

Norqulov U.M. associate professors Faculty of Chemistry Samarkand State University Ruziyev Erkin A. associate professors Faculty of Chemistry Samarkand State University Mamatov A. assistant Faculty of Chemistry Samarkand State University Yuldoshov F. Q. Faculty of Chemistry Samarkand State University

COMBINATION OF SCIENCE AND EDUCATION IN CHEMISTRY EDUCATION

Abstract. This article summarizes the views on the factors of improving the quality of education, the educational functions of the topics in the framework of the "Harmony of Science and Education in Chemistry Education" and provides recommendations on them.

Keywords: education, upbringing, chemical process, method, methodology, creative thinking, independent thinking, responsibility.

O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini qo'lga kiritib, jahonning rivojlangan davlatlari qatoridan o'zining munosib o'rnini egallashi sari dadil qadamlar bilan ilgarilab borar ekan, shubhasiz, shu mustaqillikka va uning porloq istiqbolini ta'minlovchi inson omillarining ahamiyati tobora ortib boraveradi. Shuning uchun ham, mustaqilligimizning ilk damlaridanoq, respublikamiz hukumati tomonidan mutaxassislar tayyorlash, yoshlarga tegishli ta'lim-tarbiya berish masalalariga alohida e'tibor berib kelinmoqda. Jumladan, 2019-yil 8-oktabrdagi №PF-5847-sonli Ozbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risda Prezident farmoni, 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son "Kimyo va biologiya yonalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to g risida"gi Prezident qarorini qabul qilinishi va ularni hayotga tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar mutaxassislarning kasbiy bilimlarini egallashdagi tayyorgarligini tubdan yaxshilashni talab etadi.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlari jamiyatimiz kelajagi uchun mas'ul barkamol shaxslarni voyaga yetkazishni nazarda tutadi. Ushbu muammoni hal etishda kimyo ta'limining ham oz o rni bor. Shuni inobatga olgan holda yangi O'zbekistonni qurish borasidagi uzluksiz say harakatlarning bir qismi sifatida mamlakatimizda kimyo sohasini rivojlantirish, ushbu yo'nalishda ta'lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish bo'yicha davlat dasturining ustuvor vazifalari ijrosini ta'minlash uchun tegishli yol xaritalari ishlab chiqilgan bo'lib, ushbu yo'l xaritalari asosida izchil ishlar amalga oshirilib kelinmoqda [1,2020:3]. Zero, yoshlarimizni kimyo fani bo'yicha chuqur o' qitish hududlarda yangidan-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo'shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog'-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda pirovardida xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi. Ta'lim jarayoni bu - o'quv masalalarining maqsadli ketma-ket almashinuvi va ta'limning barcha elementlari ta'lim oluvchilarning ijtimoiy tajriba mazmunini o'zlashtirish faoliyati natijasida ularning xususiyatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan o'zgarishidir [2,2010:4].

Shu o'rinda kimyoni o'qitish usulining yaqin tarixiga haqqoniy ko'z bilan nazar solsak, kapitalizm davrida og'zaki-korsatmalilik ta'lim usulining vujudga kelganligini koramiz. Bu ta'lim jarayonida talabalar ma'ruzachinin g tushuntirishidan foydalanib bilimlarni ongli ravishda o'zlashtiradilar. Natijada, ularni amalda qo'llash malakalari hosil bo'ladi. Oktabr to'ntarishi sodir

bo lganida ta'lim mohiyatida ham ozgarishlar yuz berdi. Yangi ta'limda o'rganilayotgan ob'ekt mohiyati hayotiy misollar bilan bog'langan holda izohlanadi, ma'ruzachi organilayotgan obyektning mazmunini misol va xilma -xil ko'rgazmali qurollardan foydalanib to'liq ochib beradi. Izohli- illyustrativ ta'limda ma'ruzachi faktlarni ozi bayon qilib beradi, ularni tahlil qiladi va yangi tushunchalarning mohiyatini tushuntiradi, qoida va qonunlarni ozi ta'riflaydi. Bu ta'lim usuli bugungi kun ta'lim jarayonida an'anaviy qollaniladigan usuldir. Bugungi kun globallashuv jarayonida ushbu usullarning natijadorligi, sifatli kadrlar tayyorlash samaradorligiga javob bermayotganligi ayni haqiqat. Ta'lim jarayoni yosh avlodni hayotga tayyorlashning asosiy va eng samarali vositasi. Shu bilan birga, u ishlab chiqarish, texnika, boshqaruv sohasida insoniyat tajribasini oqilona o'zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Tegishli yo'nalishda hozirgi zamon talablariga javob beradigan, dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda, uchunchi renessans namoyondalarini shakllantirishda qomusiy olim bo'lgan al-Farobiy, ibn Sino, Beruniy kabi dunyo tan olgan allomalarimizning hayotini dasturil amal qilgan holda, yoshlarimizga berilayotgan bilimni fan va tarbiya uyg'unligida izchil olib borishimiz maqsadga muvofiq. Ta'lim-tarbiya sifatini oshirishning asosiy omili professor-o'qituvchi va ta'lim oluvchining ta'lim jarayonidagi va tadqiqot ishlaridagi o zaro munosabati, o'zaro aloqasidir. Professor-o'qituvchi faqat axborot uzatuvchi emas, balki tashkilotchi, rahbar, maslahatchi bo'lishi, ilmiy metodlar bilan qurollanib, ta'lim jarayoni qonuniyatlari va mexanizmlarini chuqur anglab, uni boshqarishi lozim. Tabiiy fanlar ham talabalarning aql-idrokini shakllantiradi, tafakkur doirasini kengaytiradi. Shuning uchun ularning tarbiyaviy ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi [3,2009:51].

Kimyo fanini o'qitish jarayonida, talabalarning nafaqat kimyoviy bilimlarini oshirib qolmasdan, balki ularning ongiga, xulqiga, faoliyatiga har tomonlama ta'sir etiladi. Zero ta'lim jarayonida talaba shaxsini bilish, ularning qiziqishlari, faolligi, mehnatsevarligi va tashabbuskorligi orqali kuzatiladi. Shularni nazarda tutgan holda professor-o'qituvchilar darsning tarbiyaviy vazifalarini talaba shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga qaratishi lozim. O'quv materialiga bog'liq ravishda tarbiyaviy vazifalarning ushbu turlariga egamiz; ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; atrof-muhitga estetik munosabatda bo'lishni shakllantirish; irodalilikni shakllantirish, jismoniy rivojlantirish, sog'liqni saqlash va mustahkamlash, jamoatchilik munosabatlarini, guruhda va jamoada o'zini tutabilishni shakllantirish va boshqalar [Yo'ldoshev,2004:250].

Darsning tarbiyaviy vazifasini amalga oshirishda o'quv materiali talabaning ma'naviy rivojlanish vositasi bo lishiga erishish muhumdir. Dars talabaning dunyodagi ma'naviy boyliklarni anglashi va egallashiga yordam berishi lozim. Dars talabada qanchalik kuchli taassurot uyg'otsa uning tarbiyaviy samarasi shunchalik yuqori bo'ladi. Talabalarda shakllanadigan shaxsiy sifatlarning asoslari o' quv faoliyatida talabalar orasida yuzaga keladigan munosabatlar asosida tug'iladi. Shu sababli talabalarda hamjihatlik hissini,

dostona ozaro yordamni shakllantirish bilan bogliq bolgan tarbiyaviy vazifa turi muhimdir. Bir-biri bilan hamkorlikda olamni bilishga talabalarni orgatish, bu ishni har bir darsning mazmuniga aylantirish hozirgi zamon ta'limining maqsadlaridan biridir. Darsda talabalarning birgalikda ishlashlariga alohida sharoit yaratishga ahamiyat qaratish kerak. Kimyoviy reaksiyalarni amalga oshirishda, mustaqil ta'limlarni bajaris hda talabalar uchun oz tengdoshlari bilan hamkorlikda ishlashlariga e'tibor qaratish, ularda mehnat madaniyati, xususan ozaro hurmat va birdamlik ruhini shakllantirish muhim masaladir.

Talabalarning birgalikdagi izlanishlari bilish faoliyatining faollashuviga yordam beradi hamda ozaro nazorat qilish va ozaro yordam berish sifatlarini shakllantiradi va tarbiyaviy vazifani ado etadi. Masalan, nuklein kislotalar. DNK mavzusining ta'limiy vazifasi: talabalarning nuklein kislotalar, ularning turlari, tuzulishi, funksiyalari haqidagi bilimlarini shakllantirish, oqsil fermentlarning DNK va RNK ni sintezlashdagi o'rni haqidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish sifatida qaralsa, tarbiyaviy vazifasi talabalarda nuklein kislotalar haqidagi avval olgan tushunchalariga asoslangan holda tirik tabiat uchun xos bolgan oqsillar sintezining mohiyatini ochib berishdan iborat. Shu asosda hujayra hayotida nuklein kislotalarning hujayra tirikligini saqlashdagi rolini tushuntirish orqali talabalarda hayotning paydo bo lishi haqidagi asl-mantiqiy qarashlarni yanada rivojlantirishdan iborat. Bundan tashqi muhit omillarining ta'siri natijasida nukleotidlarda boradigan ozgarishlarni tushuntirish orqali ularga ekologik ta'lim-tarbiya berish maqsadi kozda tutiladi [Norqulov,2019:178]. Bunday misollarni koplab keltirish mumkin.

Talaba yoshlarni ma'naviy shakllantirishga erishishga alohida e'tibor berish samarali natijalarga olib keladi, bu borada: har bir mashgulotda oquv fani xarakteridan kelib chiqqan holda ta'limiy-tarbiyaviy rivojlantiruvchanlik xususiyatlarini kompleks hal etishga erishish, ta'lim-tarbiya birligini taminlash orqali o quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish; ta'lim-tarbiya mazmuni shakl, usul va vositalariga milliy ma'naviy ruh berish va bu o rinda har bir fanda o rganiladigan mavzuning imkoniyatlaridan samarali foydalanish; ta'lim va tarbiyaning noan'anaviy shakl, usul va vositalarini oz ornida amaliyotga joriy etish; fanlararo, mavzulararo ma'naviy madaniyat turlari ortasidagi ozaro aloqa va ozaro ta'sir, maktab, oila va jamoatchilikni talabalarning bosh vaqtlarini faol otkazishdagi ijodiy muloqoti; talabalarning ma'naviy madaniyatini tarbiyalashda milliy qobiqdan chiqish hamda umumbashar ma'naviy qadriyatlari doirasida maqsadni amalga oshirish lozim boladi. Ta'lim va tarbiya barcha tarixiy davrlarda butun insoniyat taraqqiyotiga xos muhim muammo bolgan. Uning umuminsoniy jihatlari bilan birga oziga xos milliy tomonlari ham bordir. Ta'lim hamda tarbiya ishlari borasidagi hozirgi dolzarb vazifalar mazmuni jihatidan nihoyatda kengdir. Bu boradagi barcha muammolarni bir maqola doirasida batafsil yoritib berishning imkoni yo q albatta. Yuqoridagi qayd etib o'tilgan fikrlarni inobatga oladigan bo'sak: kimyo fanidan ijodiy tafakkurni hamda ma'naviy dunyoqarashni shakllantrish

jarayonida shunday usulni tanlash lozimki, u mavjud bo'lgan barcha ilmiy-uslubiy yondoshuvlarning hamma afzallik tomonlarini ozida mujassamlashtirib, ta'lim va tarbiya maqsadiga yuqori darajada javob bersin.

Adabiyotlar:

1. "Kimyo va biologiya yonalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ 2020-yil 12-avgustdagi 4805-sonli qarori.

2. Maktab va hayot. Ilmiy-metodik jurnal. -Toshkent. - "Reliable print" MCHJ. -2010.-№4. b.3

3. Uzluksiz ta'lim. Ilmiy-uslubiy jurnal.-Toshkent.-Sharq.-2009.-№4. b.51-52

4. Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari./Toshkent: O'qituvchi, 2004. b.246-250.

5. U.M.Norqulov, H.A.Nasimov, E.A.Ruziyev, I. Ruziyev., Kimyo fanini o'qitishda qo'llaniladigan innovatsion texnologiyalar. Uslubiy qo'llanma, Samarqand.: SamDU, 2019. b.160-178.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.