Научная статья на тему 'Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish xususiyatlarining rivojlanishi'

Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish xususiyatlarining rivojlanishi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
kichik maktab yoshi / o‘quvchi / tashkilotchilik / boshqaruvchanlik / uddaburonlik / muloqotchanlik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilafruz Dadamirzayevna Oribboyeva, Ziyeda Botirova

Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchi shaxsida tashkilotchilik qobiliyatini rivojlanishida jamoaning tutgan o‘rni haqida masalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish xususiyatlarining rivojlanishi»

Kichik yoshdagi maktab o'quvchilarida tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish xususiyatlarining rivojlanishi

Dilafruz Dadamirzayevna Oribboyeva

Ziyeda Botirova Namangan davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o'quvchi shaxsida tashkilotchilik qobiliyatini rivojlanishida jamoaning tutgan o'rni haqida masalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: kichik maktab yoshi, o'quvchi, tashkilotchilik, boshqaruvchanlik, uddaburonlik, muloqotchanlik

The development of characteristics of the development of organizational skills in young school students

Dilafruz Dadamirzayevna Oribboyeva

Ziyeda Botirova Namangan State Pedagogical Institute

Abstract: This article discusses the role of the team in the development of organizational skills of a student of junior school age.

Keywords: elementary school age, student, organization, management, perseverance, communication

Ma'lumki, har bir mamlakatning yuksalishi, rivojlanishi yoki aksincha, inqirozga yuz tutishi o'sha mamlakatdagi ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganiga ham bog'liq. Ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilmu-ma'rifat, ta'lim-tarbiyani inson kamoloti, millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.

Farzandlarimizning har tomonlama rivojlanishi masalasi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Boshlang'ich sinf bolaning hayotida juda katta ahamiyatga bo'lib, bu davrda tashkilotchilik qobiliyati, tadbirkorlik shaxslararo munosabatlar shakllanishi bilan bir vaqtda o'quvchida shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish uchun ham imkoniyat yuzaga keladi.

Boshlang'ich maktab yoshi bolalikning cho'qqisi deb ataladi. Bu yoshda imidj va turmush tarzining o'zgarishi sodir bo'ladi: yangi talablar, o'quvchi uchun yangi

ISSN 2181-0842 / Impact Factor 4.182

541

ijtimoiy rol, yangi faoliyat turi - ta'lim faoliyati yuzaga kelishi tufayli o'quvchi shaxsining psixikasida ulkan o'zgarishlar paydo bo'ladi.

Maktabda u nafaqat yangi bilim va ko'nikmalarni egallaydi, balki ma'lum bir ijtimoiy mavqega ham ega bo'ladi. O'zaro munosabatlar tizimidagi o'z o'rnini idrok etish o'zgara boshlaydi.

Maktabda o'qiy boshlashi bilan bolaning manfaatlari, qadriyatlari va uning butun hayot tarzi o'zgaradi. Boshlang'ich maktab yoshida kognitiv jarayonlarning rivojlanishi bilan bir vaqtda psixik xususiyatlarida ham anchagina o'zgarishlar yuzaga keladi.

Bu paytda o'quvchi o'zining menini boshqalarnikidan farq qilishini biladi va kattalar va tengdoshlar orasida o'zini namoyon qilishga intiladi. Fikrlashning rivojlanishi tufayli kichik maktab yoshidagi bolalarda o'zining faoliyati hamda va ularning natijalarini va o'z-o'zini tahlil qilish qobiliyati shakllanadi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar o'zini-o'zi hurmat qilishni o'rgana boshlashlari bilan birga atrofidagi odamlarni ham ob'ektiv baholashga qodir [6].

Kichik maktab o'quvchilarining tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish jarayoni muayyan harakatlar tizimini tashkil etuvchi maxsus tashkil etilgan faoliyatda sodir bo'ladi. Kichik maktab yoshidagi o''quvchilarning tashkilotchilik qobiliyatlari ikki guruhga bo'linadi:

Umumiy tashkiliy qobiliyatlar - muloyimlik, kuzatuvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mustaqillik, o'z-o'zini nazorat qilish, faollik, tezkorlik.

2. Emosional-irodaviy samaradorlik

■ ijtimoiy energiya, boshqalarning faoliyatini boshqarish qobiliyati;

■ boshqa odamlarga nisbatan talabchanlik;

■ o'z faoliyatini baholash, boshqalarning faoliyatini aniqlash baholash uchun tanqidiylik.

3. Faoliyatni tashkil etishga moyillik

■ tashkiliy faoliyat bilan shug'ullanish zarurati;

■ jamoada va jamoada ishlash qobiliyati;

■ faoliyat va qabul qilingan qarorlar uchun javobgarlik [31].

Kichik maktab yoshidagi bola bir necha yil davomida to'g'ri tashkil qilingan

tarbiya tufayli o'zining jamoadagi bundan keyingi taraqqiyotida muhim bo'lgan va jamoa uchun zarur bo'lgan faoliyat tajribasini to'playdi. Jamoaviy sifatlarning tarkib topishi - sekin-asta amalga oshiriladigan jarayondir.

Bolalar o'z mehnatlari bilan tevarak-atrofdagi boshqa odamlarga foyda keltirishlarini sekin-asta anglay boshlaydilar. Bu esa bolalarda g'ururlik, shodlik va o'z ishidan mamnun bo'lish tuyg'ularini paydo qiladi. Xuddi mana shunday tuyg'ularni mustahkamlash kerak ham.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 542 [MJ^^^H

malakalilik, qat'iyatlilik,

va adekvat

Shunday qilib, kichik maktab yoshida ta'limning ta'siri bilan bolalarning psixik rivojlanishlarida jiddiy siljishlar yuzaga keladi. Bu ularni hayotlarining mas'uliyatli davri bo'lmish burilishga, ya'ni o'smirlik davriga o'tish uchun tayyorlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Бекузарова Н.В. Воспитание организованности младших школьников : дис. . канд. пед. наук: 13.00.01 / Н.В. Бекузарова. Красноярск, 2008. - 226 с. -Библиогр.: с. 136-150 с.3, с. 149

2. Выготский Л. С. Психология развития человека. -- М.: Смысл: Эксмо, 2007. - 1136 с.

3. Матюхина, М.В. Возрастная и педагогическая психология М. В. Матюхина, Т. С. Михальчик, Н. Ф. Прокина. - М.: Просвещение, 256 с.

4. Мухина В. С. Детская психология. СПб., 2009.

5. Рожков М.И. Развитие самоуправления в детских коллективах: Учеб. -метод. пособ. - М.: Гуманит. изд. центр Владос, 2009. - 160 с.]

6. Эльконин, Д.Б. Психология обучения младшего школьника Текст: избр. психол. тр. М., 2008

7. Oribboyeva, D. D., & Ikromova, D. (2024). Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar psixologiyasining o'ziga xosligi, aqli zaiflik turlari. Sciyencye and Education, 5(1), 287-291.

8. Ibragimova, D. R. (2024). O'qishga bo'lgan qiziqishni oshirish, o'zlashtirmaslikni oldini oluvchi omil sifatida. Results of National Sciyentific Research International Journal, 3(1), 194-200.

9. Oribboyeva, D. D., & G'Aniyeva, S. B. Q. (2024). Assertiv xulq shakllanishining o'ziga xosligi. Science and Education, 5(2), 590-594.

10. Oribboyeva, D. D. (2020). Social competencye as an integral part of the teachyer's professional maturity. Sciyentific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineyering and Technology, 2(11), 347-353.

11. Ориббоева, Д. Д., & Мирзаахмедова, Д. М. (2024). Болаларда ижтимоий куникмаларни ривожлантиришнинг ахдмияти. Science and Education, 5(2), 595599.

12. Орифбоева, Д. Д. (2017). ОПТИМИЗАЦИЯ УЧЕБНО-ПОЗНАВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА В СРЕДНЕЙ ШКОЛЕ. Форум молодых ученых, (6 (10)), 1320-1323.

13. Karimov, J. J. O. G. L., & Kamalova, A. (2024). Yoshlar o'rtasida deviant xulq-atvor profilaktikasi. Science and Education, 5(2), 513-519.

14. Камалова, А. (2021). THE IMPORTANCE OF USING GAME TECHNOLOGY IN THE PROCESS OF EDUCATION. Экономика и социум, (32), 12-14.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 543 [М^^^И

15. Ubaydullayeva, M. B. Q. (2023). Iroda va uning shaxs hayotidagi ahamiyati. Science and Education, 4(2), 958-961.

16. Voxidova, O. G. (2022). KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA BADIIY-ESTETIK TARBIYANING AYRIM XUSUSIYATLARI. Ta'lim fidoyilari, 13, 104-107.

ISSN 2181-0842 / Impact Factor 4.182

544

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.