Научная статья на тему 'KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYG’USINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI'

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYG’USINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
258
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
vatanparvarlik / axloq / vatan tuyg’usi / sodiqlik / insonparvarlik / el-yurt / milliy ana’ana / ota-bobolarimiz / xalq / millatlar / vatan. / patriotism / moral / feeling native land / sincerity / humanitarian / national tradition / ancestor / folk / nations / homeland.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — N. Abdukarimov

Maqolada hozirgi kunda, boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari oldida muhim vazifalardan biri vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish uchun qulay muhit yaratish, o’zini-o’zi tarbiyalash, iroda va ishonch tuyg’ularini ular ongida shakllantirish haqida soz boradi. Shuningdek, bugungi ta’lim tizimi oldida turgan kichik maktab yshidagi o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi muhim masalalar talqin qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL PRINCIPLES OF FORMING A SENSE OF PATRIOTISM IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

One of the main tasks facing primary education teachers today is how to create comfortable conditions for patriotic feelings, self-education, the formation of willpower and self-confidence. They also discussed the importance of patriotic education for younger students facing the modern education system.

Текст научной работы на тему «KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYG’USINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYG'USINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

N.A.Abdukarimov

dotsent v.b, Jizzax davlat pedagogika universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7238366 Annotatsiya. Maqolada hozirgi kunda, boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari oldida muhim vazifalardan biri vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish uchun qulay muhit yaratish, o'zini-o'zi tarbiyalash, iroda va ishonch tuyg'ularini ular ongida shakllantirish haqida soz boradi. Shuningdek, bugungi ta'lim tizimi oldida turgan kichik maktab yshidagi o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi muhim masalalar talqin qilingan.

Tayanch so^zlar: vatanparvarlik, axloq, vatan tuyg'usi, sodiqlik, insonparvarlik, el-yurt, milliy ana'ana, ota-bobolarimiz, xalq, millatlar, vatan.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ ФОРМИРОВАНИЯ ЧУВСТВА ПАТРИОТИЗМА У МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ Аннотация. В статье одна из главных задач, стоящих сегодня перед учителями начального образования, заключается в том, как создать комфортные условия для патриотических чувств, самообразования, формирования силы воли и уверенности в себе. Они также обсудили важность патриотического воспитания младших школьников, стоящих перед современной системой образования.

Ключевые слова: патриотизм, нравственный, чувство родина, искренность, гуманитарный, страна, национальная традиция, предки, народ, нации, родина.

PEDAGOGICAL PRINCIPLES OF FORMING A SENSE OF PATRIOTISM IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS Abstract. One of the main tasks facing primary education teachers today is how to create comfortable conditions for patriotic feelings, self-education, the formation of willpower and self-confidence. They also discussed the importance of patriotic education for younger students facing the modern education system.

Key words: patriotism, moral, feeling native land, sincerity, humanitarian, national tradition, ancestor, folk, nations, homeland.

KIRISH

Ma'lumki, xalqning vatanparvarlik tarbiyasi uzoq asrlar davomida shakllangan ajdod-avlodlarning axloqiy, ma'rifiy shakllanishi va kamolotida muhim o'rin egallab kelgan.Vatanparvarlik tuyg'usining inson taqdiridagi ahamiyati shundaki, u doimo o'zining hayotiyligi, ta'sirchanligi, mehr-muruvvatligi bilan Vatanni mustahkamlashga, xalqni birlashtirishga xizmat qiladi.Vatanparvarlik tuyg'usi doimo hayot va inson muammolarini moddiy va ma'naviy jihatdan hal etishda o'z ta'sirchanligini namoyish etadi. Tarbiyaning dolzarb masalalarini yechishda asos bo'lib xizmat qiladi.

Vatanparvarlik tuyg'usi millatning barqarorligini ko'rsatuvchi va o'zbek xalqining qalbidan chiquvchi, mehr va muruvvat madaniyatini ifodalovchi fikrdir.

"Vatan tuyg'usi" kitobida yozilishicha, "vatanparvarlik, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, ularni asrab-avaylash bilan birga yangi zamon talablariga mos ravishda takomillashtirib boorish-taraqqiyot mezoni, milliy ravnaq asosi. Bunday ruhiyatdagi odam hech qachon birovga tazyiq qilmaydi, shafqatsizlik va zo'ravonlik kab g'ayriinsoniy illatlarga hamisha nafrat bilan qaraydi. O'z tabiatiga mos ravishda bag'ri keng va muruvvatli bo'ladi".

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Darhaqiqat, vatanparvarlik tuyg'usi - insonlarning insonlarga nisbatan mehr-oqibatliligi, saxovatliligi, muruvvatliligi, boshiga og'ir kun tushganda hamdardlik demakdir. Oynisa Musurmonovaning ta'kidlashicha "vatanparvarlik insonning ezgu fikri, ezgu amaliy birligidir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Insonparvarlik - ona zaminda yashayotgan millatidan, dinidan, ijtimoiy ahvolidan qat'i nazar barcha insonlarga nisbatan g'amxo'rlikdir".

Pedagogik olimlarimiz to'g'ri ta'kidlashganidek, vatanparvarlik kasbi "Vatanni sevish, u bilan g'ururlanish, ona yurt erishgan muvaffaqiyatlardan quvonish, uning istiqboli uchun qayg'urish kabi his-tuyg'ularda yorqin namoyon bo'ladi" (36;71-b).

"Vatanparvarlik vatanga nisbatan sadoqat bilan xizmat qilish, uni dushmanlardan himoya etish, yurt tinchligini asrash, uning ozozdligi, mustaqilligi, ravnaqi va farovonligi uchun kurash, milliy manfaatlarni himoya qilishda ko'rinadi (35).

Vatanparvarlik - ona zaminga muhabbat, uni sevish, e'zozlash, vatan ravnaqiga har bir fuqaroning o'z hissasini qo'shishga erishishi. Vatanparvarllik-o'zbek xalqining madaniy meroslari, san'at, me'morchilik yodgorliklariini asrab-avaylash, uning tarixi va bugungi kundagi ahamiyatini bilish (30).

Vatanparvarlik - kishining tug'ilib o'shan, kamol topgan joy, zamin, o'lkaga bo'lgan muhabbbatini, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma'naviy-axloqiy xislatlari, fazilatlaridir.

Vatanparvarlik insonning o'z Vataniga muhabbatini va uni asrashga bo'lgan intilishini anglatadi. Ota-bobolarimiz, ulug' ajdodlarimiz va allomalarimiz Vatanga muhabbat va sadoqatini ifoda etish borasida ajoyib namunalar ko'rsatganlar. Jumladan, yurtimiz dovrug'ini dunyoga taratgan buyuk ajdodimiz Najmiddin Kubroning jasorati Vatanga fidoyilikning yorqin misoli bo'la oladi. Bu yurtdoshimiz Vataniga mo'g'ullar bosqinidan xabar topib, birinchilardan uning himoyasiga otlanadi.

TADQIQOT NATIJASI

Najmiddin Kubroning xalq orasidagi obro'-e'tiborini nazarda tutib, mo'g'ullar hukmdori unga shaharni tashlab, o'zi ihtiyor qilgan tarafga ketishini taklif etadi. O'z jonini saqlab qolish yo'lida Vatanini dushmanga topshirishni or deb bilgan alloma bsqinchilarga qarshi jangga kiradi va mardlarcha tug' ko'tarib, lashkarni olg'a chorlab borayyotgan holatda halok bo'ladi. U tug'ni shunchalar jon-jahdi bilan ushlagan ediki, bayroqni allomaning qo'lini kesib ajratib olganlar.

"Vatanni sevmoq iymondandir", degan hikmat bejiz aytilmagan. Demak, insonning o'zi tug'ilib o'sgan joyi, yurti, yor-do'stlari va yaqinlarini bog'lovchi Vatanini sevishi, ardoqlashi iymon ifodasidir. Shunday ekan, Vatanga muhabbat qo'yish, uni ardoqlash, asrash, uning ravnaqi yo'lida kuch-g'ayrat sarflash barchaning farzandlik burchidir.

Shunday ekan, boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish ta'lim mazmunini takomillashtirishda muhim o'rin tutadi. Bu jarayonda kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning vatanparvarlik, insonparvarlik va axloqiy ko'nikmalari malakalari ma'lum darajada shakllangan bo'ladi.

Sanab o'tilgan bu sifatlarni kichik maktab yoshidagi o'quvchilar ongiga singdirish uchun quyidagi shart-sharoitlarga amal qilish zarur:

-o'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishni ijtimoiy hayot sharoitlari blan bog'lab olib borishh;

-o'quvchilarni ijtimoiy yo'naltirish, ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan amaliy faoliyatini tashkil etish;

-ijtimoiy onglilik ijtimoiy hayot vaziyatlaridan to'g'ri yo'l topib chiqa olish ma'naviyatlilik, komillik belgisi ekanligini tushuntirish;

-o'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish, ijtimoiy faol etib tarbiyalashda boshlang'ich ta'limdagi fanlarning imkoniyatlaridan foydalanish;

-dars va darsdan tashqari jarayonidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, tarbiyaviy ishlar uzviyligini ta'minlash;

-aniq faktlar va dalillarga ega bo'lgan misollar asosida vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish va h.k.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MUHOKAMA

Ushbu fikrlarning xulosasi o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, demokratik jamiyat qurayotgan bir sharoitda boshlang'ich ta'limda kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda ularda ijtimoiy munosabatlarga faol kirishish, o'z-o'zini anglash, milliy qadriyatlarni bilish kabi ko'nikma va malakalarini rivojlantirish muhim sanaladi.

Chunki, rivojlannish boshlang'ich ta'limda o'qitiladigan barcha fanlarning integratsiyalashayotgan, huquqiy demokratik davlat qurishga intilayotgan O'zbekiston Respublikasida ushbujarayonda faol ishtrok eta oladigan, o'z mustaqil fikriga ega, g'oyaviy jihatdan yetuk o'quvchilarni tarbiyalash ta'lim tizimidagi dolzarb muammolardan sanaladi. Bugungi kunda boshlang'ich ta'limda o'quvchilarni "ommaviy madaniyat", diniy ekstrimizm,giyohvand singari salbiy illatlarga nisbatan immunitetni tarkib toptirish, ta'lim sohasida muhim ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, shu asosda kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni vatanparvarlik, vatanparvarlik tuyg'ulariga ega bo'lgan,salbiy illatlarga qarshi faol kurasha oladigan etib tarbiyalash davr talabidir.

Demak, vatanparvarlik tuyg'usi kishilardagi ijobiy xislat bo'lib, Ozod va Obod Vatan, Erkin va farovon hayot qurishdek jarayonning faol ishtirokchisi bo'lishni talab etadi. Shuning bilan birga vatanparvarlik tuyg'usi nafaqat vatanni asrash,uni sevish,balki ijobiy ta'sir etuvchi faoliyati va qahramonlikmnamunasi hamdir.

Shuni aytish kerakki, boshlang'ich ta'lim o'quvchilarda hayotidagi dastlabki tizimli ravishda ta'lim va tarbiya berish bosqichidir. Chunki, boshlang'ich ta'limda o'quvchilarga ta'lim berish bilan birga ularning ongi, vatanparvarlik tuyg'ularining shakllanishida ham muhim davr hisoblanadi.

Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning vatanparvar, sofdil va adolatli, rahmdil, o'z vatanning jonkuyari, axloqiy fazilatlarishakllanishi boshlang'ich ta'limdagi egallagan bilimi va tarbiyalanishiga bog'liq. Shunga ko'ra boshlang'ich ta'lim oldida turgan vazifa o'quvchilarga bilim berish bilan birag murakkab tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishlari lozim. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni vavtanparvar shaxs bo'lib shakllanishidaboshlang'; ich ta'llimmuhim rol o'ynashi ajralib turadi.

Vatanparvarlikni shakllantirishda o'quvchining faoliyati muhim o'rin tutadi. Ya'ni, o'quvchi o'z faoliyatida tahlil va tafakkur qilishi bilan katta ahamiyatga ega. Demak, vatanparvarlikni shakllantirishda unga mos sharoit yaratuvchi muhit va tarbiyaning roli nihoyatda yuksak.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda, boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari oldida muhim vazifalardan biri vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish uchun qulay muhit yaratish, o'zini-o'zi tarbiyalash, iroda va ishonch tuyg'ularini ular ongida shakllantirish bo'lib hisoblanadi. Shundagina bugungi ta'lim tizimi oldida turgan kichik maktab yshidagi o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi muhim masalalar o'z yechimini topadi. Bunday faoliyatga tayyorlash avvalo boshlang'ich ta'lim o'qituuvchilarining zimmasiga katta mas'uliyatlar yuklaydi.

REFERENCES

1. Ochilova B. Milliy-manaviy yuksalishda meros, qadriyatlar va vorislik. - Toshkent: «Istiqlol», 2009.

2. Mahkamov U.I. O'quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish muammolari. -T.: "Fan" 1995.

3. Mahkamov U.I. Axloq odob saboqlari. -T.: "Fan" 1994.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

4. Mavlonova R.A. O'quvchilaming milliy ma'naviyatini shakllantirishda boshlang'ich ta'limning o'rni.

5. O'rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar. -T.: "Fan" 1996.

6. Boshlang'ich ta'limda o'quvchilarni kasb tanlashga yo'naltirishning nazariyasi va

amaliyoti. G.Kuttibekova, D.Kulboeva T-: Ozbekiston 2020-y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.