Научная статья на тему 'KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLANING MAKTABGA MOSLASHISHI MUAMMOSI'

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLANING MAKTABGA MOSLASHISHI MUAMMOSI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
14802
589
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aqliy faollik / psixik faollik / jismoniy faollik / kichik bog’cha yoshi / katta maktab yoshi / ehtiyojlar

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Feruza Husniddin Qizi Eshonqulova

Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolaning psixikasida kechayotgan o’zgarishlar, uni maktab yoshiga tayyorlash va o’quv jarayonlariga bo’lgan qiziqishini orttirish borasida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLANING MAKTABGA MOSLASHISHI MUAMMOSI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 _ISSN: 2181-1601

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLANING MAKTABGA MOSLASHISHI

MUAMMOSI

Feruza Husniddin qizi Eshonqulova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolaning psixikasida kechayotgan o'zgarishlar, uni maktab yoshiga tayyorlash va o'quv jarayonlariga bo'lgan qiziqishini orttirish borasida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: aqliy faollik, psixik faollik, jismoniy faollik, kichik bog'cha yoshi, katta maktab yoshi, ehtiyojlar

Kichik maktab yoshi 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha bo'lgan vaqtni o'z ichiga oladi. Bu davr mubaynida bola kichik maktab davri ya'ni ochiqroq qilib aytadigan bo'lsak, boshlang'ich sinf davrini boshidan o'tkazayotgan bo'ladi. Bu davrda bolaning o'qishga, maktabga bo'lgan qiziqishini oshirish, unga muhabbat uyg'ota bilish lozim. Kichik maktab yoshidagi bolalarning eng muhim xususiyatlaridan biri bu uning o'z ehtiyojlariga ega ekanligidadir. Bu ehtiyojlarga esa, bolaning o'z portfeli, o'quv qurollari, kitob javoni , dars stoli va shu kabi buyumlarining mavjudligi uning kattalar singari maktabga borishga qiziqishini, istagini oshiradi. Inson borki, u hayoti davomiga o'zini turli ehtiyojlarga moyilligini his etadi. Ushbu ehtiyojlarning mavjudligi ham bola shaxsining rivojlanayotganidan dalolat.

Bizga ma'lumki, maktabga o'qish jarayoni 7 yoshdan etib belgilangan . Chunki, bu paytda bola miyasi yaxshigina rivojlangan, u atrofdagi signallarni, yangiliklarni , o'zgarishlarni yaxshi qabul qiladigan yoshda bo'ladi. Shu o'rinda bolani maktabga qabul qilish jarayoni haqida qisqa fikr bildiradigan bo'lsak, bu paytda bolaning aqliy, jismoniy va psixik jarayonlari tekshiriladi. Ulardan ijobiy natija olingandagina, bola maktabga qabul qilinadi. Lekin, ko'pchilik ota- onalarning xohish-istaklari tufayli bola maktabga muddatidan oldin boradi. Buning ham o'ziga yarasha yaxshi va yomon tomonlari mavjud. To'g'ri, ilmga intilishni qanchalik oldin boshlasa, shunchalik yaxshi , albatta. Ammo, ba'zida bu yoshdagi bolalarning psixikasida ruhiy zo'riqish ham kuzatiladi. Buning natijasida bolada horg'inlikni, darslarga yaxshi qatnasha olmasligini va uyga vazifalariga ulgura olmasligini ko'rishimiz mumkin.

Darhaqiqat, har bir bolaning o'sib- ulg'ayish davri turlicha kechadi. Shuning uchun, bolani maktabga psixologik tomonlama ham tayyorlash zarur. Chunki, bog'chada do'stlari, o'yinchoqlar orasida erkin o'sgan bolani turli qonun- qoidalarga , majburiyatlarga o'rganishi oson kechmaydi, albatta. Bolaning maktabga borish vaqti yaqinlashgani sari, uni jismonan, aqlan va mativatsion tomonlama yetilganligiga ishonch hosil qilish zarur. 6-7 yoshli bolaning og'irligi oyiga 150-200 grammgacha

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 ISSN: 2181-1601

bo'yi esa 0.5 santimetrgacha o'sa boshlaydi. Bu davrda bolaning ko'rish, eshitish va umurtqa pag'onasini to'g'ri tuta olishiga e'tibor berish lozim.

Katta bog'cha yoshidagi bolalar ko'pincha , maktabga o'qish uchun o'zlarida ehtiyoj sezishadi, ammo bu ehtiyoj turlicha namoyon bo'ladi. "Menga chiroyli forma, daftar, ruchkalar sotib olib berishadi", "Maktabda do'stlarim ko'p bo'ladi, ular bilan o'ynayman, maktabda uxlatishmaydi". Bunday motivlarni ota-onalar ko'pincha bolalarda maktabga nisbatan qiziqishni orttirish uchun ishlatishadi, bu kabi maktabning tashqi ramzlari shubhasiz bolani qiziqishini orttiradi, biroq, bu uning maktabda yaxshi o'qishi uchun asos bo'la olmaydi. Motivatsion tayyorlashga esa "Men otamga o'xshashim uchun yaxshi o'qishim kerak", "Maktabda eng a'lochi o'quvchi bo'lishim kerak" kabilar misol bo'ladi.

Biz ko'p hollarda bolaning o'z fikrini erkin bayon eta olmasligi, o'z fikri to'g'ri yoki noto'g'riligi borasida uzoq muddat o'ylashi , kattaroq bo'lgan jamoa oldida o'zining fikrini tushuntira olmasligini kuzatamiz.

Buning asl sababi shundaki, bola kichkinaligidayoq tazyiqlar orasida o'sgan Unga o'z fikrini ifoda etish uchun shart -sharoit yoki vaqt ajratilmagan bo'ladi. Biz ko'picha bolani tarbiyalash deb uni kam gapishishga , o'z fikrini bayon eta olmaslikka o'rgatib qo'yamiz. Shu hollarning oldini olish uchun kichik yoshdagi bolani " bu nima?", "bu qanday ishlaydi?" , "bu nega bunchalik katta?" kabi oddiy savollariga to'liq javob berishimiz va uni eshitish uchun yetarli vaqt ajrata olishimiz lozim.

O'smirlik davri 10-11, 14-15 yoshlarni o'z ichiga oladi. Bu davr bolalikdan kattalikka o'tish davri hisoblanib , uning ham o'ziga xos psixologik va fiziologik xususiyatlari mavjud. Hozirgi kunda o'smirlar o'zlarining o'tmishdoshlariga nisbatan har tomonlama ustunlikka ega. Ular psixik o'sish , ijtimoiylashuv va jinsiy yetilish jihatidan ulardan birmuncha oldinda. O'smirlik yoshiga o'tish 5-sinfdan boshlanadi. Bu davrda bolaning psixik va jismoniy taraqqiyoti tezlashadi, o'zini kattalardek tuta boshlaydi. Kichik yoki katta yoshdagi bolalarni tarbiyalashdan ko'ra, o'smir yoshdagi bolalarni tarbiyalashda bir muncha qiyinchiliklarga duch kelinadi. O'smir yoshda bolalar kichik yoshdagi paytidan ancha farq qiladi. Ular vaqti kelganda juda quvnoq , ayrim vaqtlarda esa o'ta jizzaki yoki asabiy bo'lib qolishadi. Bu vaqtda ularni to'g'ri tushuna olish va ularga to'g'ri yondashuv bera olish lozim. Ko'pchilik ota- onalar o'z farzandlarining asabiy va jizzaki bo'lib qolganliklaridan shikoyat qilishadi. O'smirlik davrida bola organizmida garmonal o'zgarishlar sodir bo'ladi va bu o'zgarishlar o'z ta'sirini bolaning xatti-harakatlarida aks ettiradi. Bu paytda ular juda ta'sirchan, halovatsiz yoki o'ta asabiy tarzda ko'rinishadi. Ular ko'pincha javobsiz qolgan muhabbat, yolg'izlik yoki ota-ona va do'stlari bilan o'zaro kelishmovchiliklar kabi muammolardan aziyat chekishadi. Darhaqiqat , bunday hollar hamma bolalarda ham kuzatilavermaydi , ammo inson organizmidagi o'zgarishlar vaqti kelganda bunday o'zgarishlarni namoyon eta boshlaydi. Bu paytda ota-onalarning vazifasi shundaki, o'smirlar bilan til topisha olish,

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 _ISSN: 2181-1601

ular bilan do'stona munosabat o'matib, ko'proq oilaviy shirin suhbatlar uyushtirish, oila davrasida nonushta , tushlik qila turib ularning hayoti bilan qiziqishlarini bildirish zarur.

O'smirlik davri haqida tushunchaga ega bo'lgan ota-onalar uchun farzandining bu davrni boshdan o'tkazayotgan paytida ularni to'g'ri yo'naltira olish hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi.

REFERENCES

1.Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

2.Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

3. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

4.Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).

5.Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI.

Scientific progress, 1(5).

6.Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).

7.Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).

8.Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).

9.AMHpKynoBHH, X. C. (2021). Y3EEKHCTOH TAPHXH OAHHHH Y^HTHm^A TACBHPHH CAHLAT ACAP^APH^AH OOH^A^AHHmHHHr Y3HrA XOCTHrH. Scientific progress, 1(3).

10.AMHpKynoBHH, X. y. (2021). TAPHX ^APC^APHHH CAMAPA^OP^HrHHH OmHPHm^A MHHHATroPA^AP^AH OOH^A^AHHmHHHr HYH-ftAPH. Scientific progress, 1(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.