Научная статья на тему 'KICHIK BIZNЕS VА XUSUSIУ TАDBIRKОRLIK FАОLIУАTINI RIVОJLАNTIRISH УО‘NАLISHLАRI'

KICHIK BIZNЕS VА XUSUSIУ TАDBIRKОRLIK FАОLIУАTINI RIVОJLАNTIRISH УО‘NАLISHLАRI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tаdbirkоrlik / tаdbirkоrlik fаоliуаti / tаdbirkоrlik аsоslаri / xususiу tаdbirkоrlik / kichik biznеs.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Xurrаmоv Kеldiуоr Murаdullаеvich

Kichik biznеs vа xususiу tаdbirkоrlik fаоliуаtini rivоjlаntirish уо‘nаlishlаri bо‘уichа tаklif vа tаvsiуаlаr bеrilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK BIZNЕS VА XUSUSIУ TАDBIRKОRLIK FАОLIУАTINI RIVОJLАNTIRISH УО‘NАLISHLАRI»

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH YO'NALISHLARI

Xurramov Keldiyor Muradullaevich

Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Maktab menejmenti" kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11208713

Annotatsiya. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo'nalishlari bo'yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

Tayanch so'z va iboralar: tadbirkorlik, tadbirkorlik faoliyati, tadbirkorlik asoslari, xususiy tadbirkorlik, kichik biznes.

Aннoтaция.Дaны прeдлoжeния и рeкoмeндaции no рaзвитию Manozo 6mneca и nacmHozo npednpunuMamencmea.

Ключевые CMosa: npednpuHUMamencmeo, nрeдnринимameлcкaя denmenHocm, omoebi npednpunuMamencmea, чacmнoe nрeдnринимameлcmвo, Manbiu бизжс.

Abstract. Suggestions and recommendations for the development of small businesses and private entrepreneurship are given.

Key words: entrepreneurship, entrepreneurial activity, basics of entrepreneurship, private entrepreneurship, small business.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda rivojlangan mamlakatlarda qo'llaniladigan kichik biznesni rivojlantirishni tartibga solish shakllaridan nusxa olishga katta qiziqishlar uchrab turadi. Biroq, tahlillarning ko'rsatishicha, mamlakatimiz hududlarida qo'llaniladigan, bunday mexanik ravishda amalga oshiriladigan xorijiy tajribalar, ko'pincha bu sohani rivojlantirishga yordam bermasdan, balki uning haqiqiy xususiyatlarining deformatsiyalanishiga va tadbirkorlikning ilg'or shakllarining zaiflashuviga olib kelmoqda. O'zbekistonda mavjud bo'lgan shart - sharoitlarning o'ziga xosligi, ishlab chiqarish tuzilmasinig joriy ahvoli, ularni o'zgartirishga etarli darajada katta xarajatlarni talab qiladi.

Ishlab chiqarishda monopollashtirish darajasining yuqoriligi kichik biznesni rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi omillardan hisoblanib - u narxlarning o'sib borishi, shartnoma munosabatlarini bajarishda loqaydlik qilish, ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun rag'batlarning yo'qligi, mahsulot sifatini oshirish va xarajatlarni kamaytirish ko'rinishida namoyon bo'ladi. Ishlab chiqarishdagi raqobatbardoshlikning pastligi aksariyat sohalarda texnologik bazaning ortda qolganligi, quvvat va resurslar sig'imining yuqoriligi, mahsulot sifatining pastligi va xarajatlarning ko'pligi sababli sodir bo'lmoqda. Ayni paytda mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarishning o'sishi ta'minlanayotgan bo'lishiga qaramasdan buni talab darajasida deyish qiyin. Yangi iqtisodiy munosabatlar uchun huquqiy asosni shakllantirish va ular ijrosini ta'minlash masalasi to'liq amalga oshirilgan emas. Normal bozor muhitining shakllanishi uchun iqtisodiy islohotlar jarayonida etarlicha nazorat tizimi shakllantirilmagan. Salbiy hodislar va vaziyatlarni bartaraf etish mexanizmi hali yaratilmagan.

Kichik biznes passiv sharoitlarda, etarlicha davlat ko'magisiz ishlab chiqarishning kuchli rag'batlantiruvchi omiliga aylana olmaydi, boshqa rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida egallagan o'rniga chiqa olmaydi. G'arbning yuqori rivojlangan mamlakatlarida kichik biznes uchun issiqxona sharoitlarini yaratish tajribasi doim ham sodir bo'lavermasligi kutilmagan imkoniyatlarni ko'rsatib berdi. Mamlakatimizdagi yirik va kichik samarasiz davlat

korxonalarining uzoq vaqtdan beri davom etayotgan qo'llab - quvvatlashning natijalari bo'lsa mutlaqo aksi bo'ldi. Ushbu holatda korxonaning hajmi mohiyatni o'zgartirmaydi. Bunday sharoitda davlat tomonidan qo'llab - quvvatlashning asosiy tamoyili kichik biznesni ma'muriy va boshqaruv jihatidan nazorat qilishni bosqichma -bosqich qisqartirish va bozor iqtisodiyotini yaxshi shakllantirish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish kerak bo'ladi.

Davlatning kichik biznesni qo'llab - quvvatlashi soha, geografik, milliy, tarixiy ustunliklari va odatlarini, shuningdek xalqaro tajribani hisobga olgan holda kichik biznesning rivojlanish va raqobatbardoshligi uchun zarur iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarni shakllantirish orqali namoyon bo'lishi kerak.

Kichik biznesni davlat tomonidan qo'llab - quvvatlashning asosiy vazifasi shundan iboratki, kichik va yirik korxonalar o'rtasidagi iqtisodiy imkoniyatlar yuzasidan bo'shliqni kamaytirish, kichik korxonalarning haqqoniy huquqlarini ta'minlash, O'zbekistonda bozor tizimini boshqarishni shakllantirish jarayoni tarkibida kichik va yirik biznesning optimal nisbatini ta'minlashdan iborat. Bu, birinchi navbatda, bozorning raqobat kurashida huquqiy jihatdan teng sharoitni yaratish, uning turi va shakli tanlovini mustaqil amalga oshirish va tadbirkorlikni namoyon qilish usullarida erkin harakatlanish, biznesni amalga oshirish uchun teng imkoniyatlarni yaratish, huquq va javobgarliklarni belgilab qo'yish masalasida namoyon bo'ladi. Bu esa o'z navbatida, kichik biznesning muvaffaqiyatli rivojlanishi faqatgina qulay ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy va boshqa sharoitlar mavjud bo'lgandagina ta'minlanishi mumkinligini anglatadi.

Ushbu jarayonda hamma narsa muhim ahamiyat kasb etadi, siyosiy barqarorlikdan tortib hokimiyatning vakillik va ijro etuvchi organlarigacha, tadbirkorlarning xususiy faoliyatini jinoiy elementlar himoyasidan keng ma'noda fuqarolik huquqlarini ta'minlashgacha. Bunday sharoitlarning yo'qligi kichik biznesni qo'llab- quvvatlash tizimi faoliyatini samaradorligiga putur etkazadi.

Bugungi kunda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri - bu iqtisodiy o'sishga erishish, aholi uchun yuqori darajadagi turmush tarzini ta'minlaydigan samarali iqtisodiyotni yaratish va global iqtisodiy hamjamiyatda faol ishtirok etishini ta'minlashdir.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash va yangilash, tarkibiy o'zgarishlar va diversifikatsiya jarayonlarini samarali amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining ishtirokini yanada faollashtirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim hisoblanadi:

- kichik biznesning texnologik, tashkiliy, funksional va tarmoq jihatidan tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish. Xususan, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanib, zamonaviy talabga javob beruvchi tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi, innovatsion loyiha va ishlanmalarni amalga oshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalarni ustuvor darajada rivojlantirish zarur;

- kichik korxonalarning «hayotiy sikli»da ko'lam jihatidan rivojlanish yo'nalishini kuchaytirish. Ya'ni, ularning sekin-asta yirik korxonalarga o'sib o'tishini rag'batlantiruvchi iqtisodiy mexanizmni ishlab chiqish va yo'lga qo'yish muhim hisoblanadi;

- yirik korxonalarning kichik biznes bilan kooperatsiya aloqalarini yanada mustahkamlash va boshqalar.

Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda ta'kidlash mumkinki, mamlakatimizda iqtisodiyotni tubdan isloh etish, bozor munosabatlari asoslarini shakllantirish va

kengaytirish, tarkibiy o'zgartirishlar orqali zamonaviy tarmoq va sohalarni yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash orqali barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash, yangi ish o'rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning imkoniyatlaridan keng foydalanib kelinmoqda. Ushbu jarayonlarning muvaffaqiyati va yuqori samarali bo'lishida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan islohotlar strategiyasining aniq va izchil amalga oshirilganligi mustahkam asos bo'lib xizmat qilmoqda.

Qisqa va o'rta muddatli istiqbolda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning asosiy yo'nalishlari qo'yidagilar bo'lishi maqsadga muvofiqdir:

1. Kichik biznes sub'ektlarini tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga talabni qo'llab-quvvatlash va yangi bozorlarni o'zlashtirish. Kichik biznes sub'ektlari ishlab chiqargan mahsulotlarini sotish imkoniyatlarni izlab topishda ko'p hollarda muammoga duch kelishadi.

Ularning mahsulotlariga talabni rag'batlantirish uchun quyidagi vazifalar hal etilishi zarur:

- kichik korxonalarni ta'minotchilar zanjiriga kirishini rag'batlantirish;

- kichik korxonalarning davlat xaridlari tizimidan foydalanish samaradorligini oshirish;

- mahsulotlarni o'tkazish va logistika infratuzilmasini yaratish;

- kichik korxonalarning eksport faoliyatini qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.

2. Kichik biznesni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash samaradorligini oshirish. Raqobatni rivojlantirish uchun davlat mulki ob'ektlarini xususiylashtirish tartibini takomillashtirish, ularni sotish mexanizmlari va tartibotlari samaradorligini oshirish, shuningdek tabiiy monopoliya sub'ektlari faoliyati shaffofligini oshirishga yo'naltirilgan amaliy chora tadbirlar:

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida davlat institutini tashkil qilish.

- kichik biznesni qo'llab-quvvatlash bo'yicha dasturi samaradorligini oshirish.

- kichik biznes sub'ektlariga nisbatan nazorat-kuzatuv faoliyati sifatini oshirish.

- kichik biznes sub'ektlariga nisbatan monopoliyaga qarshi me'yorlarni asossiz qo'llash amaliyotini tugatish.

- tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun mulkiy asoslarni yanada mustahkamlash.

- kichik biznes sub'ektlarining axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish.

- muhandislik-texnik ta'minot tarmoqlariga ulanish sohasida ma'muriy to'siqlarni bartaraf

etish.

3. Kichik biznes sub'ektlariga nisbatan soliq siyosatini takomillashtirishning qo'shimcha yo'nalishlarini aniqlash.

4. Kichik biznes sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmi samaradorligini oshirish.

5. Kadrlar bilan ta'minlash va mehnat munosabatlarini tartibga solish tizimini takomillashtirish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlar faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonuni //O'zbekiston Respublikasi banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qullab-kuvvatlash bo'yicha konunchilik hujjatlari to'plami. - T.:«0'zbekiston», 2002. 46-72-betlar.

2. O'zbekiston Respublikasi «Xususiy korxonalar to'g'risida»gi qonuni - T.: «Adolat», 2005. 107-114-b.

3. Xurramov K. M. 10-11-sinf o'quvchilariga tadbirkorlik asoslarini o'qitish modelini yaratishning nazariy asoslanishi. "Inson farovonligini o'rganishda fanlararo yondashuv" xalqaro ilmiy konferensiya materiallari 9-11 oktyabr 2023 yil. Chirchiq sh. 370-374 betlar.

4. Xurramov K. M. Tadbirkorlikni milliy iqtisodiyotdagi o'rni, mohiyati va mezonlari. «Mug'allim ham Yzliksiz bilimlendirio'» Ilmiy-metodikalbiq jurnal. 2023 yil № 2 145-150 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.