Научная статья на тему 'KIBERMAKONDA YOSHLAR HUQUQINI TA’MINLASHDA YUZAGA KELUVCHI KIBER TA’QIB: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR'

KIBERMAKONDA YOSHLAR HUQUQINI TA’MINLASHDA YUZAGA KELUVCHI KIBER TA’QIB: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Internet / kiberbulling / IP manzil / kiberzo‘ravonlik / kiberstalking / kibertrolling / kiberstalker.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Bibioliya Axmadjonovna Saidboboyeva

Ushbu maqolada genderga asoslagan kiber ta’qibning muammolari, jumladan kiberstalking mazmuni, uning ko‘rinishlari va oqibatlari milliy va xorijiy tajriba asosida o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KIBERMAKONDA YOSHLAR HUQUQINI TA’MINLASHDA YUZAGA KELUVCHI KIBER TA’QIB: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR»

KIBERMAKONDA YOSHLAR HUQUQINI TA'MINLASHDA YUZAGA KELUVCHI KIBER TA'QIB: MUAMMOLAR VA

YECHIMLAR

Bibioliya Axmadjonovna Saidboboyeva

Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro huquq va inson huquqlari yo'nalishi magistranti bsaidbabaeva@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11560465

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 01-June 2024 yil Ma'qullandi: 05- June 2024 yil Nashr qilindi: 11- June 2024 yil

KEYWORDS

Internet, kiberbulling, IP manzil, kiberzo'ravonlik,

kiberstalking, kibertrolling, kiberstalker.

ABSTRACT

Ushbu maqolada genderga asoslagan kiber ta'qibning muammolari, jumladan kiberstalking mazmuni, uning ko'rinishlari va oqibatlari milliy va xorijiy tajriba asosida o'rganilgan.

Texnologik va sun'iy intellekt jihatdan dunyoning rivojlanib ketayotganligi, kiberxavfsizlikni tahlil qilish va takomillashtirishda nafaqat insonlar tomonidan, balki sun'iy intellektga asoslangan kiberxavfsizlik vositalari va axborot xavfsizligi guruhlari yordamidan foydalanish amaliyotga yildan-yilga samarali tatbiq etib kelinmoqda.

Shunday holatda, sun'iy intellektni mazmun-mohiyatini tushunish, axborot xavfsizligi vositalaridan inson huquqlari va erkinliklarining tub mohiyatlariga zarar yetkazmagan holatda, ularning insoniyat taqdirini hal etuvchi emas, balki yordamchi vosita sifatida yuzaga chiqarish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Jumladan, oliy ta'lim muassasalarida, davlat xizmatchilarining faoliyatida onlayn ta'lim va malaka oshirish holatlari ko'plab uchrab borayotgan bir paytda, insonlarning kiberpedagogikaga bo'lgan munosabatini takomillashtirish, jamiyatda raqamli rivojlanish muhitini saqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Umuman olganda, raqamlashtirish asrida barcha rivojlangan davlatlar qatori, O'zbekistonda ham qator islohotlar olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-noyabrdagi "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-sonli farmoniga asosan strategiya ishlab chiqilgan.

Strategiyaning asosiy maqsadi jamiyatning barcha sohalarida raqamlashtirishni jadal rivojlanishini nazarda tutgan holda, fuqarolarning kiber huquq va kiber etika madaniyatini shakllantirish, shu bilan birga kadrlarni tayyorlashda axborot texnologiyalariga asoslangan faoliyatga moslashtirish hisoblanadi.

Ma'lumki, bugungi kunda rivojlanib borayotgan har bir soha bevosita virtual makon bilan dahldor bo'lib, virtual makon doirasida kiberxavfsizlikni ta'minlash, jumladan bugungi kunda dolzarb bo'lgan gender ta'qibni oldini olish, kadrlarni yetishtirishda, shu bilan birga, gender paradigmasini kiber etika rivojlanishining erta bosqichlarida shakllantirishda,

umumiy qilib aytganda, kibermakonda "Gender tengligi" konseptoferasini ta'minlashni taqozo etadi.

Kiberstalking - kiberzo'ravonlikning bir turi hisoblanadi, alohida shaxs yoki shaxslardan iborat guruhni yoki tashkilotni bezovta qilish, ta'qib etish maqsadida Internet yoki boshqa raqamli vositalardan foydalanish orqali, ularnga ta'sir o'tkazish sanaladi.

Kiberstalking umumiy stalking (inglizcha - bu biror shaxs yoki guruh tomonidan boshqa shaxsga nisbatan istalmagan va/yoki takroriy kuzatish asosida amalga oshirilgan ta'qib) huquqbuzarligining shakli bo'lib, kibermakonda sodir etilishi, Internet, ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa elektron, raqamli vositalar orqali sodir bo'lishi bilan tavsiflanadi.

Kiberstalking tor ma'noda kiber ta'qibni izohlab, keng ma'noda uning tarkibiga yolg'on ayblovlar yoki soxta ma'lumotlarni keltirish, tuhmat, shaxsiy ma'lumotlarni o'g'irlash yoki shunga urinish, tahdid, jinsiy aloqaga chaqiruv ko'rinishida yoki qo'rqitish yoki bezovta qilishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni to'plagan holda doimiy ta'qib qilish kabi xatti-harakatlarda ko'rish mumkin.

Kiberstalkingni amalga oshiruvchi shaxs bu kiberstalker deb nomlanib, u kiberstalkingga uchragan shaxs uchun tanish yoki notanish bo'lishi, xatti-harakatlarini anonim tarzda amalga oshirilishi mumkin.

Kiberstalking atamasi to'liq va aniq ta'rifi mavjud emasligi sababli, kibermakonda yuz beradigan shu turdagi zo'ravonlikar ko'pincha kiberbulling, doksing, kiberxarrasment kabi terminlar orqali ham ifodalanadi.

GENDERGA ASOSLANGAN KIBERSTALKING. Kiberstalking klassifikatsiyasi

Quyidagi harakatlarni kiberstalking sifatida turlash mumkin:

- Soxta ayblov:

Kiberstalkerlar o'z jabrlanuvchilarining obro'siga putur yetkazishda boshqa odamlarni ularga qarshi qo'yadilar, bu asosan turli veb-saytlarda mazkur o'ljalar haqida noto'g'ri ma'lumotlarni tarqatishi, ba'zida bu uchun maxsus saytlar, bloglar, akkauntlar yaratishi;

-Jabrlanuvchi haqidagi ma'lumotlarni to'plashga urinish. Kiberstalkerlar shaxsiy ma'lumotlarni olish uchun jabrlanuvchining do'stlari, oilasi va hamkasblariga murojaat qilishlari, Internetda ma'lumot olish uchun reklama qilishlari yoki xususiy detektiv yollashlari;

- Jabrlanuvchining onlayn faoliyatini doimiy kuzatish ma'lumot to'plash maqsadida ularning IP manzilini ochishga harakat qilishlari;

-Boshqalarni jabrlanuvchini ta'qib qilishga undashi, kiberta'qibchilar ta'qibga uchinchi shaxslarni jalb qilishga harakat qilishi;

Ular jabrlanuvchi ta'qibchiga yoki uning oilasiga qandaydir zarar yetkazganini da'vo qilishi yoki boshqalarni ta'qibga qo'shilishga undash maqsadida jabrlanuvchining ismi va telefon raqami yoki boshqa ma'lumotlarini ochiq resurslarga (saytlar, guruhlar, bloglar, chatlar) joylashtirishi;

- Soxta qurbonlik:

Kiberstalker u jabrlanuvchini emas, balki jabrlanuvchi uni ta'qib qilayotganligini da'vo qilib chiqishi;

Umuman olganda, jabrlanuvchiga internet tarmog'i orqali uning psixologik, somatik, jismoniy va oilaviy hayotidagi, ijtimoiy mehnat faoliyatida, ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik tendensiyalarda aks etgan holda ularga ta'sir o'tkazishga urunish- bu kiberta'qib hisoblanadi.

Kiberstalking turlari:

1. Notanish odamlar tomonidan sodir etilgan kiberstalking.

Kiberstalkerlar ta'qib ostidagi o'ljalarni mutlaqo tanish bo'lmagan holda tanlashlari, ijtimoiy tarmoqlardan saralab olishi;

2. Genderga asoslangan kiberstalking. Onlayn shakldagi jinsiy zo'ravonlik bo'lib, jabrlanuvchining gender jihatdan kamsitish va ta'qib qilish hisoblanadi.

Jinsiy zo'ravonlik tahdidi har xil shaklda bo'lishi (matn, rasm, video, audio) va ushbu ma'lumotlarning ommaga kibermakon orqali Internetga joylashtirish bilan sodir etiladi.

3. Oila a'zosi yoki intim sheriklik kiberta'qibi

Mazkur holatda hozirgi yoki sobiq turmush o'rtoq (intim sherik)ning onlayn shakldagi ta'qibini ko'rish mumkin. Bu oiladagi zo'ravonlikning bir ko'rinishi, uning asosiy maqsadi o'ljaning ijtimoiy qaramligini yaratish va uni doimiy ta'qib qilgan holda nazorat etishdir.

Bu o'z navbatida elektron pochtalar va shunga o'xshagan xabarli yozishmalar orqali amalga oshirilishi mumkin.

4. Taniqli shaxslarga nisbatan kiberta'qib.

Mashhur xonandalar, san'at vakillarining doimiy ravishda kiberta'qibda bo'lishi bu odatiy

hol.

Ommaga yolg'on xabar va tarqatmalar tarqatilishi, yoki o'zining taniqli insonning eng yaqin muxlisi sifatida ko'rsatib ulardan foydalanishga urinish hisoblanadi.

5. Internet jinoyatchilar uyushmasi tomonidan, anonim guruhlar tomonidan sodir etilgan kiberstalking.

Zamonaviy texnologiyalari anonim odamlar guruhlariga tuhmat va zo'ravonlik tahdidlari va raqamli hujumlar qurbonlarini qidirish imkoniyatini beradi.

6. Korporativ kiberstalking - bu bir turdagi ijtimoiy guruh tomonidan jismoniy shaxsga yoki jismoniy shaxslar guruhiga nisbatan kiberta'qib hisoblanadi.

Korporativ kiberstalking motivlari odatda moliyaviy daromad yoki qasos olish istagini o'z ichiga oladi.

Kiberstalkerlar ham o'z navbatida turlanadi:

Hozirgi kunda kiberta'qibchilarni 4 turga ajratiladi:

1. Qasoskor-kiberta'qibchilar. Ularning kiber hujumlarining shafqatsizligi bilan ajralib turadi;

2. Ermak uchun faqatgina jabrlanuvchini bezovta qiluvchi sovuqqon kiberta'qibchilar;

3. Intim kiberta'qibchilar: ular odatda jabrlanuvchi bilan yaqin munosabatda bo'lishni istashadi, lekin rad etilgan taqdirda onlayn ta'qib orqali o'z maqsadlariga yetishishni ko'zlashadi.

4. Ma'lum maqsad atrofida birlashgan kiberta'qibchilar guruhi

Kiberta'qib va qonunchilik

Ko'plab davlatlarda mamlakatlarida kiberstalking huquqbuzarlik sifatida talqin etiladi, uni sodir etgan shaxslarga nisbatan tegishli tartibda jazo belgilanadi. Quyidagi jadvalda ba'zi

mamlakatlarning qonunchiligida kiberstalkingga nisbatan turlicha yondashuvlarni ko'rish mumkin.

Jumladan, Avstraliyada kiberstalking bo'yicha alohida qonun qabul qilinmagan bo'lsada, mavjud qonunlar bilan tartibga solish imkoniyati mavjud. Xususan, 1975-yil qabul qilingan Oila huquqi qonuni (Family Law Act 1975 (Cth)) oilaviy zo'ravonlik qurbonlarini ta'qibning har qanday turidan, xususan, elektron ta'qibdan himoya qilishi qayd etilgan.

AQShda amaliyot quyidagicha:

Onlayn ta'qib yoshi kattalarga nisbatan sodir bo'lsa, kiberstalking yoki yosh bolalarga nisbatan sodir bo'lsa - kiberbulling deyiladi.

AQShda kiberstalking va kiberbulling bo'yicha yaxlit federal qonun qabul qilinmagan, har bir shtat o'z yurisdiksiyasidan kelib chiqib, qonunlar qabul qiladi, jazo belgilaydi.

Missuri shtatida "Megan qonuni" qabul qilingan bo'lib, unga ko'ra, 21 yoshdan katta kishilar 18 yoshga to'lmaganlarga nisbatan kiber-ta'qibni amalga oshirishlari jinoyat deb topiladi.

Mazkur amaliyot Kaliforniya shtatida umuman boshqacha talqin etilgan. Mazkur shtatning Jinoyat kodeksida kiberstalking 1999-yildan jinoyat sifatida tasnif qilingan.

Shuningdek, 2009-yil 1-yanvarda kuchga kirgan qonunga ko'ra, maktablardagi o'quvchilarga nisbatan kiberstalking tartibga solingan. Kaliforniya Fuqarolik kodeksining 1708.7-bandida kiberstalking tufayli yetkazilgan zararni undirish maqsadida sudga da'vo kiritish belgilangan.

Florida shtati qonunchiligiga asosan, kiberstalking jinoyat darajasi bo'yicha birinchi darajali jinoyat sifatida tasniflanadi. Eng qizig'i, mazkur shtatda kiberstalking sodir etgan bolaning ota-onasi ham jinoyatchi sifatida topilib, holat bo'yicha xabar bermagan maktablar, ularning rahbarlari jarimaga tortiladi.

Flippinda 2014-yilda senator Menni Villar tomonidan kiber ta'qib qilish to'g'risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etilib kelinmoqda hozirgi kunga qadar.

2013-yilda Hindistonda ham kiberta'qib bo'yicha Jinoyat kodeksiga o'zgartirishlar kiritilgan.

O'zbekiston Respublikasi misolida olib qaralganda, aholining, kibermakondagi kiber etika va kiber madaniyatini oshirish, bugungi kundagi eng oliy maqsadlardan biri hisoblanadi.

Albatta, tan olib aytish kerakki, mazkur sohada gender tengligini ta'minlashga qaratilgan ishlarga ko'proq e'tibor qaratish, xususan, ularning gender ta'qibiga uchrash imkoniyatlarini kamaytirish, ularning ongini rivojlantirishga qaratilgan huquqiy saytlarning safini kengaytirish, xotin-qizlarga nisbatan davlat xizmatchisi sifatida yuzaga keladigan kiberta'qibni oldini olish, ularning shaxsiy hayotiga doir ma'lumotlarini kasbiy faoliyatiga aralashtirmaslik muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu o'rinda o'z navbatida milliy qonunchilikni takomillashtirish, qonunchilikda kiberstalkingga asoslangan ta'qibning umumiy jihatlarini qamrab olish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu o'rinda milliy qonunchilikni ishlab chiquvchi davlat idoralarining , tegishli mansabdor shaxslarning mazkur sohada bilimini oshirish, malakasini oshirish, xorij tajribasini tahlil qilish va huquqni qo'llashda fundamental bo'lgan inson huquqlarini ta'minlash soha rivojida muhim ahamiyatga egadir.

Xulosa qilib aytganda, har bir soha rivojida mazkur davlatning fuqarolari manfaatlari, fuqarolik munosabatlarining xalqchil va ijtimoiy barqarorlik tamoyillari asosida qurilishi, fuqarolarning erkin va xotirjam turmush tarzini olib borishlari uchun qaratilgan shart-sharoitlarni ta'minlash masalasi asosiy maqsad qilib olingan taqdirda, har qanday soha jadal sur'atlarda rivojlanishi mumkin.

References:

1. "Cyberstalking". Oxford University Press. - Oksford universiteti lug„ati ta"rifi -https://web.archive.org/web/20160614113108/http://www.oxforddictionaries.com/ definition/english/cyberstalking

2. https://en.wikipedia.org/wiki/Cyberstalking

3. https://www.verywellmind.com/what-is-cyberstalking-5181466

4. Alimov, S. K. (2021). The impact of human migration on

The atmosphere of emigrant country: Philosophical and ethical Academic Research in Educational Sciences Volume 4 | Issue 7 | 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1113 July, 2023 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal analysis. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 74-79.

5. (Australian Law Reform Commission. "Harassment and stalking offences". www.alrc.gov.au)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.