KIBERJINOYATCHILIKNING JAMIYAT UCHUN XAVFI
Shaxnoza Erkinovna Xamrokulova
O'zMU katta o'qituvchisi
Husnida Quvvat qizi Bo'riyeva
O'zMU talabasi
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada bugungi globallashib borayotgan davrda allaqachon jamiyatimizning dolzarb masalasiga aylanib qolayotgan kiberjinoyatchilikning paydo bo'lish omillari va salbiy oqibatlari shuningdek,mamlakatimizda kiberjinoyatchilikka qarshi amalga oshirilgan chora -tadbirlar va bugungi kunda kiberjinoyatchikikning jamiyat uchun o'tkazayotgan turli ta'sirlari xususida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar: Internet, axborot, raqamlashtirish, global kiberjinoyatlar, firibgarlik, kiberhujum
АННОТАЦИЯ:
В данной статье рассматриваются факторы и негативные последствия киберпреступности, которая уже становится актуальной проблемой нашего общества в современный период глобализации, а также меры, принимаемые против киберпреступности в нашей стране, и различные последствия киберпреступности для общества сегодня.
Ключевые слова: Интернет, информация, цифровизация, глобальная киберпреступность, мошенничество, кибератака.
ABSTRACT:
This article discusses the factors and negative consequences of cybercrime, which is already becoming an urgent issue of our society in today's globalization period, as well as the measures taken against cybercrime in our country and the various effects of cybercrime on society today.
Keywords: Internet, information, digitization, global cybercrime, fraud, cyberattack
Bugungi kunda hayotimizni internetsiz zamonaviy texnika va texnologiyalarsiz tasavvur etish mushkul bo'lib qolmoqda. Jamiyatimizning har bir sohasida raqamli texnologiyalarni ko'rishimiz mumkin. Albatta bularning barchasi insonlar hayot tarzini yengillatish uchun xizmat qilmoqda. Hozirgi paytda eng kichik sohadan tortib
May 2024
503
toki eng yirik sohagacha raqamlashib bormoqda. Bularga kichik xizmat ko'rsatishdan tortib bank moliya tizimigacha raqamlashgan tizimda faoliyat olib bormoqda.Bularning barchasi o'zining ijobiy natijasini berib, ancha qulayliklar tug'dirmoqda. Biz bularni raqamlashishning eng samarali yutuqlaridan deb erkin ayta olamiz.
Kiberjinoyat — kompyuter va tarmoqning birgalikdagi aloqasi ostida sodir etiluvchi jinoyat turi. Kompyuter jinoyat paytida maqsadli yo'naltirilgan qurol vazifasini bajarib beradi. Kiberjinoyat kimningdir xavfsizligi va moliyaviy saviyasiga zarar yetkazish maqsadida sodir etiladi.
Maxfiy ma'lumotlar qonuniy tarzda himoyalangan holatda yuz beruvchi kiberjinoyatlar bilan bog'liq ko'pgina jinoyatlar mavjud. Xalqaro miqyosda hukumat ham, nodavlat subyektlar ham kiberjinoyatlar, jumladan, josuslik, moliyaviy o'g'irlik va boshqa transchegaraviy jinoyatlar bilan shug'ullanadi. Xalqaro chegaralarni kesib o'tuvchi va kamida bitta milliy davlatning xatti-harakatlarini o'z ichiga olgan kiberjinoyatlar ba'zan kiberurush deb ataladi. Uorren Baffet kiberjinoyatni "insoniyatning birinchi raqamli muammosi" deb ta'riflaydi va „insoniyat uchun real xavf tug'diradi", deya qo'shimcha qilib o'tadi.
Kiberjinoyatlarning turi ko'p, ular orasida birinchi turi, "fishing - internetdagi firibgarlik turlaridan biri bo'lib, uning maqsadi foydalanuvchining maxfiy ma'lumotlariga: parollar va Internetdagi akkauntga kirishdir". Jinoyatning bu turi qo'ng'iroqlar, SMS jo'natmalar, firibgarlar o'zini bank nomidan ko'rsatib, o'zlariga kerakli ma'lumotlarni noqonuniy ravishda tortib oladigan soxta saytlarda ifodalanadi. Uning yordami bilan ular bank hisobvarag'idan pul mablag'larini osongina o'tkazadilar, keyinchalik ularni egalariga qaytarish deyarli mumkin emas. Afsuski, bu kabi holatlar bugungi kunda tez -tez uchrab turibdi. Har bir inson hayoti davomida hech bo'lmasa bir marotaba kiberhujum qurboniga aylanishi ajab emas. Ular o'z ishlarini shu darajada ustamonlik bilan bajaradilarki sizga o'zlarini bankdan yoki biror bir davlat tashkilotidan ekanliklarini aytib, shaxsiy hisob raqamingiz haqida axborot so'rashadi va shaxsiy ma'lumotlaringizni o'zlashtirish orqali egalik qilishadi.
Fuqarolarning bank kartalaridagi pullarini aldov yo'llari bilan o'zlashtirish holatlari so'nggi paytlarda oshib bormoqda. 2022-yilda bunday kiberjinoyatlar oqibatida birgina Toshkent shahrida yashovchilar kamida 45,2 mlrd so'm zarar ko'rgan. Bu pullarning bor yo'g'i 9,2 mlrd so'mga yaqini undirib berilgan.Bu birgina poytaxtimizdagi holatdan misol. Bu ko'rsatkich dunyo miqyosida ham yildan-yilga o'sib borayotgani e'tiborga molikdir.
Bugungi kunda kiberjinoyatlar katta muammo bo'lib, zararli dasturlar noqonuniy ravishda pul olish uchun yozilgan. Internetning rivojlanishi ushbu o'zgarishlarning asosiy omillaridan biri bo'ldi. Kompaniyalar va
May 2024
individual foydalanuvchilar endi o'z hayotlarini ularsiz tasavvur qila olmaydilar va ko'proq moliyaviy operatsiyalar Internet orqali amalga oshiriladi. Kiberjinoyatchilar so'nggi paytlarda zararli kodlar yordamida pul "ishlab olish" uchun katta imkoniyatlar mavjudligini va bugungi kunda ko'plab zararli dasturlar buyurtma asosida yoki boshqa jinoyatchilarga sotish niyatida yozilganligini tushunishdi.1 Kiberjinoyatchilikka qarshi bizning mamlakatimizda ham ko'plab keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O'RQ-764-son 15.04.2022 "Kiberxavfsizlik to'g'risida"qonun qabul qilindi. Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida ham kiberjinoyat sodir etganligi uchun javobgarlik belgilandi.
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish uchun bir qator ehtiyot choralari va profilaktika choralarini ko'rish mumkin. Bularga kompyuterda virusga qarshi dasturlardan foydalanish, onlayn va kredit karta savdosida ishlatiladigan ma'lumotlarni shifrlash, firibgarlik va kompyuter va tarmoqlarga qilingan boshqa hujumlar haqida aholining xabardorligini oshirish kiradi.
2014-yilda chop etilgan hisobotda jahon iqtisodiyotiga yetkazilgan yillik zarar 445 milliard dollarni tashkil qilgan. Cybersecurity Ventures tomonidan 2016-yilgi hisobotda kiberjinoyatlar natijasida yetkazilgan global zararlar 2021-yilga kelib yiliga 6 trillion dollargacha, 2025-yilga kelib esa 10,5 trillion dollargacha ko'tarilishi bashorat qilingan edi. 2012-yilda AQShda onlayn kredit va debet kartalaridagi firibgarlik oqibatida taxminan 1,5 milliard dollar yo'qotilgan. 2018 -yilda Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) tomonidan McAfee bilan hamkorlikda o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatadiki, har yili global YaIMning qariyb bir foizi, ya'ni 600 milliard dollarga yaqini kiberjinoyatlar tufayli yo'qoladi. Shu kabi dunyo statistikasiga nazar tashlaydigan bo'lsak har yili katta miqdordagi mablag'lar kiberhujum natijasida o'zlashtiriladi.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, tobora kuchayib borayotgan bugungi globallashuv jarayonida hushyor va ogoh bo'lish, axborot xurujlari va kibertahdidlardan himoyalanish uchun har bir axborotni tahlil qila bilishini davrning o'zi talab qilmoqda. Shunday ekan, ogohlik kundalik shiorimizga aylansin. Agarda jamiyatimizdagi shaxslarning o'zi ehtiyotkor bo'lmasalar bu kabi kiberhujumlarni to'ztatib bo'lmaydi. Chunki bularni qachon qayerda va kim tomonidan sodir etilishi aniq emas. Faqatgina bu kiberhujumlarni oldini olish maqsadida axborotlardan to'g'ri foydalanish talab etiladi. Zero, ogohlik davr -talabi.
REFERENCES:
View of KIBERJINOYATLARNING KELIB CHIQISH VA RIVOJLANISH TARIXI (researchedu.org)
May 2024
505
1. B. Arief va M.A. Bin Adzmi, "Kiberjinoyatni uning manfaatdor tomonlari nuqtai nazaridan tushunish: 2-qism -Himoyachilar va qurbonlar",IEEE Xavfsizlik va Maxfiylik, jild. 13, yo'q. 2, 84-88-betlar.
2. Ф. А. Бабашев (2021). УЗБЕКИСТОНДА МЕДИАТАЪЛИМНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2 (NUU Conference 1), 199-203.
3. Фархад Айтмуратович Бабашев (2024). ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ИМИЖИ ШАКЛЛАНИШИ ОМИЛЛАРИ ВА PR-ФАОЛИЯТ ЙУНАЛИШЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5 (NUU Conference 1), 6-10.
4. Бабашев, Ф. А. (2018). Технология интеллект-карты в профессиональной компетентности будущих учителей. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (7), 99-101.
5. Saidova, N. (2022). Abdulla Avloniy asarlarida ta'lim va tarbiyaga oid qarashlar. Science and Education, 3(2), 562-567.
506
May 2024