Научная статья на тему 'KEYS-STADI INNOVATSION O‘QITISH TEXNOLOGIYASI SIFATIDA'

KEYS-STADI INNOVATSION O‘QITISH TEXNOLOGIYASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5371
346
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogik-texnologiya / ta’lim-tarbiya / model / texnologiya / izlanuvchanlik / bilim / ko’nikma / malaka / kompitensiya / keys-stadi / ilmiy-ijodiy / muammo / DTS va namunaviy о’quv dastur / elektron ta’lim resurslari. / Pedagogical technology / education-education / model / technology / search power / knowledge / skill / ability / competence / case study / scientific and creative / problematic / DTS and standard curriculum / electronic educational resources.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tolibov, Saidjon G‘olibovich

Ushbu maqolada pedagogika faoliyat davomida keys-stadi metodlarini qo’llash xususiyatlari ishlab chiqilgan. Keys-stadi texnologiyasining asosiy maqsadi o’quv didaktik vazifalari, mavjud muammoli vaziyatlarni hal qilish orqali ularning ilmiy–ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Biologiya sohasidagi bilimlarni kundalik turmush tarzi bilan bog’lashni, o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini o’stirish, o’qitish samaradorligini oshirish uchun ta’lim metodlaridan biri “Keys stadi” metodi haqida so’z yuritilgan, unga doir misollar keltirilgan va odam anatomiyasi faniga oid keys turlari haqida so’z yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CASE STUDY AS AN INNOVATIVE LEARNING TECHNOLOGY

In this article, the features of using the case method in pedagogical activity are developed. The main purpose of case technology is the development of their scientific and creative abilities by solving educational didactic tasks and existing problem situations. As one of the teaching methods to connect knowledge in the field of biology with everyday life, increase the thinking ability of students, and also increase the effectiveness of learning, the case study method is mentioned, its examples are given, and the science of human anatomy is discussed. Types of cases are mentioned.

Текст научной работы на тему «KEYS-STADI INNOVATSION O‘QITISH TEXNOLOGIYASI SIFATIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

KEYS-STADI INNOVATSION O'QITISH TEXNOLOGIYASI SIFATIDA

Tolibov Saidjon G'olibovich

Navoiy davlat pedagogika institutining Tabiiy va aniq fanlarni o'qitish metodikasi

(Biologiya) yo'nalishi 2-kurs magistranti saidtolibov96@gmail

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada pedagogika faoliyat davomida keys-stadi metodlarini qo 'llash xususiyatlari ishlab chiqilgan. Keys-stadi texnologiyasining asosiy maqsadi o 'quv didaktik vazifalari, mavjud muammoli vaziyatlarni hal qilish orqali ularning ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Biologiya sohasidagi bilimlarni kundalik turmush tarzi bilan bog'lashni, o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini o'stirish, o'qitish samaradorligini oshirish uchun ta'lim metodlaridan biri "Keys stadi" metodi haqida so'z yuritilgan, unga doir misollar keltirilgan va odam anatomiyasi faniga oid keys turlari haqida so 'z yuritilgan

Kalit so'zi: Pedagogik-texnologiya, ta'lim-tarbiya, model, texnologiya, izlanuvchanlik, bilim, ko'nikma, malaka, kompitensiya, keys-stadi, ilmiy-ijodiy, muammo, DTS va namunaviy о 'quv dastur, elektron ta 'lim resurslari.

АННОТАЦИЯ

В данной статье разработаны особенности использования кейс-метода в педагогической деятельности. Основное назначение кейс-технологии -развитие их научных и творческих способностей путем решения учебных дидактических задач и существующих проблемных ситуаций. В качестве одного из методов обучения, позволяющего связать знания в области биологии с повседневной жизнью, повысить мыслительную способность учащихся, а также повысить эффективность обучения, упоминается метод «Кейс-стади», приводятся его примеры, и обсуждается наука анатомия человека.Упоминается о типах случаев

Ключевые слова: Педагогико-технология, образование-образование, модель, технология, поисковость, знание, навык, умение, компетенция, кейс-стади, научно-творческая, проблемная, ДТС и типовой учебный план, электронные образовательные ресурсы.

ABSTRACT

In this article, the features of using the case method in pedagogical activity are developed. The main purpose of case technology is the development of their scientific and creative abilities by solving educational didactic tasks and existing problem

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

situations. As one of the teaching methods to connect knowledge in the field of biology with everyday life, increase the thinking ability of students, and also increase the effectiveness of learning, the case study method is mentioned, its examples are given, and the science of human anatomy is discussed. Types of cases are mentioned.

Keywords: Pedagogical technology, education-education, model, technology, search power, knowledge, skill, ability, competence, case study, scientific and creative, problematic, DTS and standard curriculum, electronic educational resources.

KIRISH

Bugungi kunda yurtimizda biologiya fanini o'qitish sohadagi zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ta'lim tizimiga joriy qilish, o'quv faoliyatida o'qituvchi va o'quvchi hamkorligini ta'minlash, ta'lim oluvchilarning mustaqil bilim olish ko'nikmalarini rivojlantirish ta'lim oldida turgan muhim vazifalardan biridir.

Biologiyani o'qitish davomida ta'lim mazmunini takomilashtirishga oid qabul qilingan hukumat qarorlari, biologiya fani bu hayot haqidagi fan ekanligi, o'qitish samaradorligini oshirishni, tez taraqqiy etib borayotgan jamiyat uchun har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishni talab qiladi. Shu o'rinda biologiya ta'limi jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarning kirib kelishi va qo'llanishi davr talabi bilan bevosita bog'liqdir.

Yangi pedagogik texnologiya ta'limning, xususan, Biologiya sohasi ham ta'limining ma'lum maqsadga yo'naltirilgan shakli, usuli va vositalarining mahsulidir. Kuzatuvlar shuni ko'rsatadiki, aksariyat hollarda o'qituvchi dars jarayonida faqat o'zi ishlaydi, oquvchilar esa kuzatuvchi bo'lib qolaveradilar. Ta'limning bunday ko'rinishi o'quvchilarning aqliy tafakkurini o'stirmaydi, faolligini oshirmaydi, ta'lim jarayonidagi ijodiy faoliyatini so'ndiradi. Shuningdek, ilg'or pedagogik texnologiya asosida tashkil etilgan darslar o'quvchilarni bilimlarining yaxlit o'zlashtirilishiga yordam beradi, o'quvchi tafakkurini o'stiradi, mustaqil, ijodiy fikrlashga o'rgatadi. Zero, barkamol avlod tarbiyasi jamiyat madaniy-ma'rifiy taraqqiyotining, millat ma'naviy kamolotining muhim belgisidir. Aynan amaliy vaziyatlarni hal qilishda qo'llaniluvchi keys-stadi texnologiyasi kelgusi faoliyat jarayonida yuzaga keluvchi vaziyatlarning yechimini oldindan topishga o'rgatuvchi, yangi yechimlarni ishlab chiqishga yo'naltiruvchi pedagogik texnologiyalardan biridir.

Amaliy vaziyatlarni hal etish uslublari va vositalari, ya'ni keys-stadi (ingilizcha "case"-yig'ma, aniq amaliy, holat, stadi-o'quv) texnologiyasi bo'lib, u tashkilot, shaxslar guruhi yoki alohida shaxslar hayotidan olingan real vaziyat deganidir. Gary Thomasquyidagi keys-stadiga oid tarifni keltirib o'tadi: Keys

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

stadilar bu shaxslarni, voqealarni, qarorlarni, davrlarni, loyihalarni, qonunlarni, tashkilotlarni va boshqa tizimlarni bir yoki undan ortiq usullar orqali avvaldan o'rganib kelinayotgan tahlili hisoblanadi. Keysning subyekti tahliliy vaziyatlardir, ob'ekti esa uni tahlil qilish jarayonidir.

Keys-stadi bo'yicha yana bir ta'rif bu uni tadqiqot strategiyasi deb belgilanishidan iborat. Keys-stadi bu bir yoki bir nechta keyslarni, ko'p miqdordagi dalillarni o'z ichiga olishi mumkin, turli-xil dalil manbalariga bog'liq va nazariy vaziyatlarning oldingi rivojlanishidan manfaat olishini anglatadi. Keys- stadilar statistik izlanishlar va ko'p ma'lumot to'plagan holda tadqiqot qilish bilan farqlay olish lozim. Bir mavzudagi tadqiqot keys- stadi ma'lumotlaridan foydalanib, xulosalar qabul qilish uchun asos keltirib beriladi. Bu yana Lamnek fikrlarida o'z tasdiqini topadi va shakllanadi. Keys-stadi - bu tadqiqotli yondashish, aniq ma'lumotlar olish texnikalari va metodologik paradigmalar orasida joylashgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda ommalashib borayotgan "Keys-stadi" metodining keys topshiriqlarini tuzishning biologiya fanidagi turlariga to'xtalamiz. Ular quyidagilarga bo'linadi:

1) Amaliy keyslar;

2) O'rgatuvchi keyslar;

3) Ilmiy tadqiqot keyslari.

Biologiya sohasida qo'llaniladigan keyslarning tuzilish tarkibi:

Keys turlari Biologik keyslarning tuzilishi

Keysning mazmuni Keys topshiriqlarining qisqacha bayoni

Amaliy Biologik bilimlarni tadbiq qiladigan hayotiy vaziyatlar Keys modelining to'liq mazmuni va modeli shakllantiriladi. Bu holatda optimal variantni topish uchun alternativ holatlarni qo'shish mumkin

Ta'limiy (o'rgatuvchi) Biologiya fani sohasidagi o'quv jarayon vaziyatlari Keys topshirig'i mazmuni bayon qilinadi. Bunda muammo ichidagi yani qism muammolar keltiriladi. Bunday masalalarni yechish matematika fanining biror bo'limi doirasida keys topshiriqlari tuzib bajariladi.

Ilmiy tadqiqot Biologik modellar tuzish va ularni tadqiq qilish, interpretatsiya qilish, ishlatish mumkin bo'lgan ilmiy Keys topshiriqlari ayrim ma'lumotlarning to'la bo'lmagan, ma'lumotlari asosida beriladi. Matematik modellar bir qancha holatlar uchun matematik belgilar va tushunchalar orqali tuzilib, bular yordamida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

izlanish jarayonlari matematikaning bir qancha bo'limlaridagi

masalalarni keys - stadi metodi bilan yechish mumkin bo'ladi.

Mavzu: Ichki sekretsiya bezlari

Keysning asosiy maqsadi: "Anatomiya" fanini o'qitishning nazariy va amaliy masalalarini "Ichki sekretsiya bezlari" mavzusi misolida elektron o'quv moduli ishlanmasini shakllantirish hamda o'qitishni takomillashtirish bo'yicha xulosalar va tasiyalar ishlab chiqishdan iborat.

O 'quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:

S O'quvchilarda garmonlar haqida bilimlar hosil qilish.

S O'quvchilarda ichki sekretsiya bezlari ular ishlab chiqaradigan garmonlar haqida ko'nikma hosil qilish.

S Axborot kommunikatsion texnologiyalari yordamida o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish.

Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko 'nikmalarga ega bo 'lishlari zarur:

O'quvchi bilishi kerak: Sekretsiya bezlari va ularning faoliyati haqida, garmonlar ularning xususiyatlari, organizmga ta'siri.

O 'quvchi amalga oshirishi kerak:

Mavzuni mustaqil o'rganadi; muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; g'oyalarni ilgari suradi; ma'lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan ko'rib chiqib, mustaqil qaror qabul qilishni o'rganadi; o'z nuqtai nazariga ega bo'lib, mantiqiy xulosa chiqaradi; o'quv ma'lumotlar bilan mustaqil ishlaydi; ma'lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;

Talaba ega bo 'lishi kerak:

kommunikativ ko'nikmalarga; taqdimot ko'nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar ko'nikmalariga; muammoli holatlarni tahlil qilish ko'nikmalariga.

Keys obyekti - maktabning 8-sinf o'quvchilari.

Axborot manbalari:

DTS va namunaviy o'quv dasturi;

Anatomiya bo'yicha ishlab chiqarilgan fan moduli;

Maxsus adabiyotlar, elektron ta'lim resurslari, ishchi o'quv dasturlar va boshqalar;

Keys - stadiy

Bizga ma'lumki buyrak usti bezida ishlab chiqariladigan garmon yurak ishini nerv - gumoral boshqarilishida muhim ahamiyatga ega. Bu garmon ayniqsa kuchli emotsional holatlarda ya'ni, qo'rquy, kuchli stress va xursandchilik holatlarida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ko'plab ishlab chiqarilib simpatik nerv sistemasi ishini kuchaytiradi. Bu jarayon soniyaning o'ndan bir ulishi oralig'ida sodir bo'ladi. Garmon qonga quyiladi va u orqali ta'sir zonasiga yetkaziladi. Vaholangki, buyrak usti bezi va simpatik nerv markazlari orasida ancha masofa, qonning aylanish tezligi aortada eng yuqori 40 sm/sek, ni tashki etadi.

Keys savollari:

1 - qonning aylanish tezligi aortada eng yuqori 40 sm/sek, ni tashki etsa gormonning manbaaga bu qadar tez ta'siri nima bilan boqli? Buni izohlang.

2 - Gormonlar manbaaga to'g'ridan to'g'ri ta'sir eta oladimi?

XULOSA

Maqolada keltirilgan texnologiya yordamida darslarni samarali tashkil qilish mumkin. O'quv mashg'uloti davomida o'quvchilarning qiziqishlarini orttirish maqsadida turli zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi. Zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarning nafaqat fanga bo'lgan qiziqishlarini oshiradib balki ularning chuqur bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlariga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. J.O.Tolipova, A.T.G'ofurov Biologiya ta'limi texnologiyalari. Metodik qo'llanma «O'qituvchi», Toshkent. 2002y

2. M. N. Ibodova. Академик лицей ва касб -хунар коллежларида умумий биологияни укитишда инновацион технологиялардан фойдаланиш Гармонично развитое поколение-условие стабильного развития, благополу чия и процветания общества . Тошкент -2013 й.

3. M. N. Ibodova. Биология дарслари ни ташкил этиш технологияси. Услубий кулланма. (Академик лицей 3920001 табиий фанлар тайёрлов йуналиши укувчилари учун мулжалланган). 11. 08. 2022 й

4. J.O.Tolipova "Biologiyani o'qitishda innovatsion texnologiyalar" Pedagogika oliy o'quv yurti talabalari uchun darslik. Toshkent - "Cho'lpon" - 2011 y.

5. Namozovna, I. M. (2023). IMPROVING THE METHODOLOGY OF USING ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCES IN IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF TEACHING THE SUBJECT "ZOOLOGY" IN PEDAGOGICAL HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Open Access Repository, 4(3), 21-25.

6. Namozovna, I. M. (2021). Effectiveness of independent work in the educational process. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 322-326.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

7. Ibodova, M. N. (2023). AKADEMIK LITSEYLARDA BIOLOGIYA FANINI OQITISHNING INTERFAOL VA MUAMMOLI IZLANISH METODLARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4-2), 125-131.

8. Namozovna, I. M. (2022). BIOLOGIYANI OQITISHNING INTERFAOL VA MUAMMOLI IZLANISH METODLARI. PEDAGOGS jurnali, 11(2), 12-21.

9. Malikova, A. R. (2023). UMUMTALIM MAKTABLARIDA BOTANIKANI O'QITISHDA DIDAKTIK O'YINLI DARSLARDAN FOYDALANISH YO 'LLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4-2), 83-89.

10. Sayfullayev, A. (2021). UZLUKSIZ TALIM VOSITASIDA EKOLOGIK MUAMMOLARNI HAL ETISH TEXNOLOGIYASI. Uzluksiz talim.

11. Kushakov, A. (2022). NUROTA TOGVA TOGOLDI TEKSILIKLARI TUPROQLARINING QIYOSIY TAVSIFI. Ozbekiston zamini.

12. Sayfullayev, A. F. O. (2023). SHAHARLARNI KO'KALAMZORLASHTI-RISHDA KATALPA DARAXTINING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4-2), 77-82.

13. Сохибназаров, Р. А., & Сайфуллаев, А. Ф. У. (2023). МЕТОДЫ УЧЕТОВ ЧИСЛЕННОСТИ ПТИЦ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4-2), 132-138.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.