Научная статья на тему 'KATTALARNI O’QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI'

KATTALARNI O’QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
312
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Androgogika / Oksford / kattalar ta’limi / o’qitish / tadqiqotlar / nazariya / ummlashtirish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Afro’Za Norboyeva

Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyot soxasida androgogikani o’zlashtirish, kattalarga ta’lim berishning mohiyatidan kelib chiqqan xolda kasbga oid yo’nalish, bilim, ko’nikma, malaka va qadriyatli munosabatlarni ko’zda tutadi. Androgogikani o’quv fani sifatida tushunish uchun, uning mutaxassis tayyorlash tizimidagi o’rni va imkoniyatlarini belgilay olish muxim sanaladi.Ushbu maqolada kattalarni o’qitish metodologiyasi, ya’ni androgogika ta’limi haqida olimlarning qarashlariga to`xtalib o`tilgan. Shuningdek, ushbu ta’lim shaklining asosiy tamoyillari va o’qitish texnikasiga haqida so`z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KATTALARNI O’QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI»

KATTALARNI O'QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI

Afro'za Norboyeva

Oriental universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti 2 bosqich talabasi

Annotatsiya: Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyot soxasida androgogikani o'zlashtirish, kattalarga ta'lim berishning mohiyatidan kelib chiqqan xolda kasbga oid yo'nalish, bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatli munosabatlarni ko'zda tutadi. Androgogikani o'quv fani sifatida tushunish uchun, uning mutaxassis tayyorlash tizimidagi o'rni va imkoniyatlarini belgilay olish muxim sanaladi.Ushbu maqolada kattalarni o'qitish metodologiyasi, ya'ni androgogika ta'limi haqida olimlarning qarashlariga to^xtalib o^tilgan. Shuningdek, ushbu ta'lim shaklining asosiy tamoyillari va o'qitish texnikasiga haqida so^z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Androgogika, Oksford, kattalar ta'limi, o'qitish, tadqiqotlar, nazariya, ummlashtirish.

Аннотация: В настоящее время освоение андрагогики в сфере социальной практики предполагает профессиональную ориентацию, знания, умения, навыки и ценностные отношения, вытекающие из сущности воспитания взрослых. Чтобы понять андрагогику как учебную дисциплину, важно уметь определять ее место и возможности в системе подготовки специалистов.В данной статье рассматриваются взгляды ученых на методику обучения взрослых, то есть преподавание андрагогики. Также рассматриваются основные принципы этой формы обучения и методы обучения.

Ключевые слова: андрагогика, образование взрослых, обучение, исследование, теория, обобщение

Annotation: Currently, the mattery of andragogy in the field of social practice, based on the essence of teaching adults, providesfor professional orientation, knowledge, skills, qualifications and value relationships. In order to underttand andragogy as a learning science, it is important to be able to determine its place and capabilities in the specialitt training syttem.This article discusses the views of scholars on the methodology of teaching adults, that is, the teaching ofandragogy. It also discusses the basic principles of this form of education and teaching techniques.

Keywords: Andragogy, Oxford, adult education, teaching, research, theory, generalization.

Androgogika - kattalarni o'qitish metodikasini to'liq o'rganadigan fan, pedagogika - bu bolalarning qanday o'rganishini tasvirlashning an'anaviy usuli. Voyaga yetganlar va bolalarning o'qishida ba'zi o'xshashliklar mavjud bo'lsa-da, bunday tadqiqotlar bilan shug'ullanadiganlar uchun ham ko'p farqlarni ajratib ko'rsatish kerak. Androgogika, kattalar ta'limi va androgogikani nazariy amaliyotini rivojlanish tarixidan, uzliksiz ta'lim tizimida kattalar ta'limi, shaxsni kasbiy rivojlanishning androgogik

asoslari, ijtimoiy himoyaga muxtoj yoshi katta aholi guruxi ta'limini o'ziga xosligi, yoshi katta nogironlar ta'limini, kattalarni o'qitishda masofali ta'lim texnologiyalari, halq universitetlari, ayollar ta'limi, kattalar ta'limini texnologik shakllari, yoshi katta kitobxonlar ta'limi, ta'limiy turizm kabi masalalar asosiy mazmunini tashkil qiladi. Fanning maqsadi androgogika nazariyasi hamda amaliyoti boracida bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi. "Androgogika" o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida:

• androgogikaning ilmiy asoslari;

• pedagogik androgogika va kattalar ta'limini bilishi zarur;

• androgogikani muayyan tizimga solish va uni o'zida shakllantirish;.

• pedagogik androgogika, kattalar ta'limiga doir ko'nikmalami egallashi zarur;

• androgogika tamoyillari, uzliksiz ta'lim tizimida kattalar ta'limi qonuniyatlaridan foydalana olish malakalarini egallashi kerak

Androgogika nima? O'qituvchilar biladiki, ba'zi tushunchalarni kattalarga o'rgatish uchun ishlatiladigan usullar bolalarni o'qitish usullaridan tubdan farq qiladi. Bu tushuncha o'rnini androgogika va pedagogika deb nomlangan metodologiyalar egalladi. Katta yoshlilarga qaratilgan mavzuni yanada samarali o'rganishga qaratilgan &rategiyalar. Garchi konsepsiya 1833-yilda nemis o'qituvchisi Aleksandr Kapp tomonidan ilgari surilgan bo'lsa-da, u rasmiy ravishda AQShlik Malcolm Knowles tomonidan kattalar ta'limi mavzusiga aylandi.

Bu nazariyada kattalar ta'limining tayanchini tashkil etuvchi ba'zi asosiy tahminlar mavjud. Masalan, kattalar o'z ishi va shaxsiy hayotiga mos keladigan tushunchalarni o'rganishga ko'proq qiziqadi degan tahmin bor. Kattalar uchun tashqi motivatorlar emas, balki ichki motivatorlar kerak. Yangi tushunchalarni o'rganish tajribani talab qiladi, bu xatolarni ham o'z ichiga oladi. Kattalar o'z bahosini kuzatishda bolalarga qaraganda ko'proq mas'uliyatli bo'lishi mumkin.

Hamma narsani umumlashtirish uchun, Oksford lug'atida aytilganidek, androgogika - "Katta yoshdagi o'quvchilarni o'qitish usuli va amaliyoti; kattalar ta'limi".

Zamonaviy fan androgogikaning quyidagi asosiy tamoyillarini belgilangan:

1. Mu&aqil ta'limning u&uvorligi tamoyili. Ushbu tamoyilni amalda qo'llash uchun jiddiy da&labki tayyorgarlik - da&urlarni tayyorlash, o'quv materialini tanlash va takrorlash, o'quv da&urlarini o'zlashtirish va yaratish kerak. Bu yerda bibliografiya qilishning o'zi yetarli emas. Ushbu tamoyil kattalar uchun a&a-sekin o'quv materiallari bilan tanishish, atamalar, tushunchalar, tasniflarni yodlash, ularni amalga oshirish jarayonlari va texnologiyalarini tushunish imkoniyatini beradi. Bunda zamonaviy masofaviy ta'lim muhim yordam beradi.

2. Tayyorgarlik va o'quv jarayonida o'quvchining sinfdoshlari va o'qituvchi bilan birgalikdagi faoliyati printsipi. O'quv jarayonining boshlang'ich nuqtasi o'quvchilarning ehtiyojlari va ishlab chiqarish ehtiyojlarini aniqlashdir. Trenerlar bilan suhbatlar va guruh muhokamalari bu ehtiyojlarni aniqlashga imkon beradi. Bundan tashqari, ta'lim mavzusi bo'yicha to'rtta nuqtai nazarni aniqlab olish kerak: talabaning o'zi (yoki guruhda o'qiyotgan bir nechta talabalar), uning rahbari, bo'ysunuvchisi va sherigi (talaba bilan korxona ichidagi ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog'liq bo'lgan kishi).

Talabaning mavjud ijobiy hayotiy tajribasidan (birinchi navbatda, ijtimoiy va kasbiy), amaliy bilim, qobiliyat va ko'nikmalardan o'quv bazasi va yangi bilimlarni rasmiylashtirish manbai sifatida foydalanish tamoyili. Bu tamoyil talabalarning ijodiy mehnatini rag'batlantiradigan faol o'qitish usullariga asoslanadi. Boshqa tomondan, individual ishlarga ham e'tibor qaratish lozim - tezislar, amaliy tadqiqotlar kabi qog'ozlarni yozish, keyinchalik korxona ^andartiga muvofiq ishlab chiqilishi mumkin bo'lgan uslubiy sxemalar va tavsiflarni yaratish. Individual ish ham talaba va o'qituvchi o'rtasidagi axborot va bilimlarni o'zaro almashishga qaratilgan muloqotdan iborat. Shu bilan birga empirik bilimlar rasmiylashtiriladi. Kattalarni o'qitishda ta'limini tashkil etish mobaynida ayrim tashqi va ichki qiyinchiliklarni mavjudligini ham nazarda tutish lozim. Masalan, bugungi kunda zamonaviy texnikalarning rivojlanishi yosh talabalar buni bilishi va o'rganib ketishi mumkun ammo katttalarda esa bu muammo bo'lishi mumkun.

Yangi asrda axborot bilan ishlashning yangi usul hamda vositalaridan foydalanilmoqda. 40 yoshdan o'tgan kishilarni tashqi dunyodan kelayotgan axborotlarning ko'pligi, turli - tumanligi, noan'anaviyligi tashvishga soladi. U xatto o'zi ishlab turgan sohadagi axborotlarni qamrab olish imkoniyatiga ham ega emas. Katta odam oldida yangi "maktab"da nafaqat o'qish, balki "uqish" vazifasi paydo bo'ldi. Eng avvalo kompyuter texnikasini egallash, axborot tizimida ishlay olish. Bu esa muloqotning yangi, masofaviy shaklini o'zlashtirishni talab etadi. Kishining yoshi ulg'ayib borgan sari, uning yangi zamonaviy ta'lim jarayoniga kirishiga yillar davomida shakllangan ichki to'siqlar halal beradi.

Kishining butun hayoti davomida ta'lim olish zarurligi to'g'risidagi vazifaning shakllanmaganligi zamonaviy mutaxassisning o'z kasbiy mahoratini doimo oshirib borishi shart ekanligi e'tiborga olinmaydi. Ayrim hollarda kishilar kattalar ta'lim olishi mumkinligi haqida tasavvurga ega bo'lmaydilar. O'qitish jarayoniga qo'shilar ekan, katta odam faol o'rinni egallaydi. Hayotiy tajriba va sub'ektiv munosabat, zamonaviy odamga ta'lim jarayonini baholash hamda o'qitish usullarini tanlash imkonini beradi. Uning uchun dars berayotgan o'qituvchi va tinglovchilaming ham shaxsiy, kasbiy sifatlari muhim sanaladi. Shuning uchun kattalarni o'qitish o 'zaro hamkorlik, o'zaro yordam va o 'zaro birdamlik muxitida amalga oshiriladi. Katta odamni o 'qitish jarayonida u o 'z tajribalari bilan o'rtoqlashishni ko'proq maqul ko'radi.

Insoniyatga xos bo'lgan, ijtimoiy qadr-qimmatga ega maqsadlami shakllantirishda uzluksiz ta'limning tutgan o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Uzluksiz ta'limning eng birinchi asoschisi bo'lgan chex pedagogi Ya.A.Komenskiydir. Bundan awwal bu g'oyani antik davr faylasuflari Platon va Ari^otel ilgari surganlar. Komenskiyning g'oyasi bu "Ona maktabi"dan boshlanib, akademiyada tugaydigan uzluksiz ta'lim tizimidir", deb takidlaganlar.

Uzluksiz ta'lim funksiyalari quyidagilardan iborat:

- yuksalib borayotgan ehtiyojlar (ijodiy va ruhiy ehtiyojlami qondirish);

- kompententsiyaviy (qoldirilgan bo'shliqlami to'ldirish);

- adapta^iya (ishlab chiqarish va ijtimoiy sharoitiga moslashuv, tayyorlov va qayta tayyorlov).

Uzluksiz ta'lim mazmuni uch asosiy turga bo'linadi, Bular: komp'yuter orqali, funksional va ijtimoiy kasbiy o'qishlardir. Bu jarayonga tayyorlov, qayta tayyorlov, malaka oshirish, qo'shimcha ta'lim kabilar kiritilgan bo'lib, ular mehnat faoliyati bilan bog'langan.

Androgogikaning asosiy vazifasi shundan iboratki, u katta yoshdagi insonga o 'ziga kerak bo'lgan axborotni qabul qilish, ma'lumot olish va o'z sohasini qayta Ko'rib chiqish imkoniyatini yaratib beradi. Andragog uchun eng zarur tushuncha bu, katta yoshli insonni ta'limning turli tashkiliy shakllariga jalb etish yoki mavjud ishlab chiqarishni, uzluksiz ta'lim tizimi orqali yuksaltirish ishidagi ishtirokini ta'minlashdir. Inson hayotining o'zi uzluksiz ta'lim hisoblanadi va aniq o'quv muddatlari bilan chegaralanmaydi. O'qishning uzluksizligi, aynan uning butun hayoti davomida insoniylik sifatlarini oshiradi.

Xulosa: Kattalarni o'qitishni tashkil etishda quyidagilarni xulosa o'mida ma'lum qilish mumkin. Birinchidan, sifatli mazmun va uslub qiziqtiradi, aholining himoyalanmagan toifalari uchun esa guruhdagi muhit ham muhim ahamiyatga ega kattalarni o'qitish va uqitish biroz mushkul bo'lsa-da ammo ularning o'z tajribalaridan foydalanib ularga ta'lim berish eng samarali ish hisoblanadi.Xulosa o'rnida shuni takidlashim joizki xalqimizda bir maqol bor "Beshikdan to qabrgacha ilm izla".

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Kukunin V.S. Pedagogik texnologiyalar: pedagogika mutaxassisliklari talabalari uchun darslik. -M.: "Mart" ICC: - Roftov, 2006 yil.

2. Shchurkova N.E .. Sinf rahbariyati: o'yin texnikasi. - M.: Rossiya pedagogika jamiyati, 2002, - 224 p.

3.Xutorskoy A.V. Maqola "Asosiy kompetentsiyalar va sub'ekt vakolatlarini loyihalash texnologiyasi". // "Eidos" Internet -jurnali.

4.Ivanov D.A., Mitrofanov K.G., Sokolova O.V. Ta'limda kompetentsiya yondashuvi. Muammolar, tushunchalar, vositalar. O'quv qo'llanma. - M.: APK va PRO, 2003.- 101 b.

5. Asqarova O'.M., Abdullaeva M.A., Boltaeva M. Androgogika. -Namangan. 2014y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.