Научная статья на тему 'KASBIY TERMINOLOGIK LUG’AT BOYLIGINI O’RGATISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI'

KASBIY TERMINOLOGIK LUG’AT BOYLIGINI O’RGATISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
898
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasbhunar leksikasi / terminologik leksika / amaliyot / asar / asos / izoh / zabtkor / navosoz / navoxon / shogird / peshqadam / sovrin / matematika / nekrolog / plenum / realism / aktualizatsiya / aksentologiya / alliteratsiya / professional vocabulary / terminological vocabulary / practice / work / basis / commentary / conquest / navosoz / navokhon / student / leader / prize / mathematics / obituary / plenum / realism / actualization / accentology / alliteration

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Madina Xasanova

Ushbu maqolada zamonaviy pedagagik texnologiyalar va ularning ta’limdagi o’rni haqida so’z boradi, shuningdek kasb hunar leksikasi va terminologik lekisikaning xususiyatlari va ularning bir biridan farqlari o’rganilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING VOCABULARY OF VOCATIONAL TERMINOLOGICAL DICTIONARY

This article discusses modern pedagogical technologies and their role in education, as well as the features of professional vocabulary and terminological vocabulary and their differences from each other.

Текст научной работы на тему «KASBIY TERMINOLOGIK LUG’AT BOYLIGINI O’RGATISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI»

Scientific Journal Impact Factor

О

KASBIY TERMINOLOGIK LUG'AT BOYLIGINI O'RGATISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O'RNI

Madina Xasanova Qo'qon Davlatpedagogika instituti fakultetlar aro chet tili kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy pedagagik texnologiyalar va ularning ta 'limdagi o 'rni haqida so 'z boradi, shuningdek kasb hunar leksikasi va terminologik lekisikaning xususiyatlari va ularning bir biridan farqlari o 'rganilgan.

Kalit so'zlar: kasb- hunar leksikasi, terminologik leksika, amaliyot, asar, asos, izoh, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, matematika, nekrolog, plenum, realism, aktualizatsiya, aksentologiya, alliteratsiya.

Аннотация: В статье рассматриваются современные педагогические технологии и их роль в образовании, а также особенности профессиональной лексики и терминологической лексики и их отличия друг от друга.

Ключевые слова: профессиональная лексика, терминологическая лексика, практика, работа, основы, комментарий, завоевание, навосоз, навохон, ученик, лидер, премия, математика, некролог, пленум, реализм, актуализация, акцентология, аллитерация.

Abstract: This article discusses modern pedagogical technologies and their role in education, as well as the features of professional vocabulary and terminological vocabulary and their differences from each other.

Keywords: professional vocabulary, terminological vocabulary, practice, work, basis, commentary, conquest, navosoz, navokhon, student, leader, prize, mathematics, obituary, plenum, realism, actualization, accentology, alliteration.

O'zbek tilining barcha leksik resurslarida bo'lgani kabi atamalaming ham o'z boyish yo'llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi. Dunyoda chetdan so'z o'zlashtirmagan birorta ham til yo'q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to'g'ri keladi. "Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o'zida mavjud bo'lgan so'z yoki termindan foydalaniladi, yo bo'lmasa yangi termin yasaladi" deb yozadi S.Akobirov. E'tirof etish kerakki, o'zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy-texnikaviy atamalarning salmog'i katta. An'anaga ko'ra ularni quyidagi yo'nalishlarda o'rganamiz:

Arabcha: amaliyot, asar, asos, izoh, ilm, in'ikos, ilova, isloh, istiloh, islohot, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma'naviy, ma'rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa va hokazo.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Forscha-tojikcha: bastakor, duradgor, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi.

Ruscha-baynalmilal: abzats, agronomiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta, kodeks, lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realism, romantiam, sessiya, syezd, fizika, fonetika, fonologiya va hokazolar. Ularning ma'lum qismlari:

Lotincha: abbreviatsiya, abstrakt ot, agglyutinatsiya, adverbializatsiya, adyektivatsiya, aktualizatsiya, aksentologiya, alliteratsiya, areal, artikulyatsiya, assimilyatsiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi.

Yunoncha: allegoriya, allomorph, allofon, alfavit, amorf tillar, analitik tillar, analogiya, anomaliya, antiteza, antonym, antroponim, apokopa, arxaizm, aforizm singari.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Kasbiy terminologik lug'at boyligini o'rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning roli obyektiv ochib berildi. pedagogik texnologiyalarning rivojlanish davri tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. G.K. Selevkoning "Современные образовательные технологии" nomli kitobi mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Psixologiya fanning strukturasini tekshirish, bilimlarning tartibini aniqlash, ular tasnifini amalga oshirish alohida o'rin egallaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan respublikamiz miqyosida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar tilimiz taraqqiyotiga, xususan uning terminologik rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi. "Davlat tili haqida"gi Qonunning yuzaga kelishi munosabati bilan fanlarning turli yo'nalishlari bo'yicha atamashunoslik sohasida islohotlar o'tkazish, ularni "o'zbekchalashtirish"ga imkoniyat yaratildi. Ulug' ma'rifatparvar Fitrat 1921 yildagi til, imlo qurultoyida kontrrevolyutsion "Chig'atoy gurungi" tashkilotining dasturini bayon etib, o'zbek tilidan yot so'zlar (arabcha, forscha, ruscha)ni chiqarib tashlasak, buyuk idealimiz bo'lgan turkchilikka birlashamiz, deb ochiq-oydin aytdi. Ular(tilning sofligi uchun kurashuvchilar -mualliflar)... ko'plab qadimiy so'zlarni tiriltirishni, o'zbek adabiy tiliga qabul qilishni tavsiya qildilar. Masalan, arabcha zahmat, xalq, duo, nasihat, rais, olam, kitob,maktub so'zlari o'rniga emgak, el, oqish, o'g'ut, boshliq, ochun, bitik, yozoq so'zlarini, forscha shahar, guvoh, tajriba so'zlari o'rniga baliq, taniq, sipok so'zlarini, ruscha parovoz, poyezd, revolyutsiya, proletar, samovar, pochta, agronom, elektr, geografiya, botanika, astronomiya, morfologiya, sintaksis kabi so'zlar o'rniga o'txona, otash arava, o'zgarish, yo'qsil, o'zi qaynar, choparxona, ekin bilg'ich, simchiroq, yer biligi, o'simlik biligi, yulduz biligi, sarf, nahv kabi so'z va

Scientific Journal Impact Factor

iboralarni ishlatishni ko'tarib chiqdilar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, yangi tavsya etilayotgan so'zlarning ma'qul kelishi va me'yorlashishi ularni tilda avval qo'llanilib kelinayotgan yoki kelinmayotganiga ham bog'liq. Boshqacha aytganda, ularni ko'rish va eshitishga odatlanish me'yorlashishga ko'maklashadi. Kasb-hunar leksikasi bir qancha xususiyatlari bilan terminologik leksikadan farqlanadi. Asrlar davomida yaratiladigan kasb-xunarga oid so'zlar ma'lum kasb-hunar kishilari orasidagina qo'llaniladi va ular og'zaki nutq jarayonida shakllangan bo'ladi. Bu guruh so'zlarning imkoniyati bir kasb-hunar va u bilan shug'ullanadigan kishilar doirasida chegaralangan. Shu tufayli ularning dialectal variantlari mavjud bo'lishi ham mumkin. Bunday xususiyatlari bilan ular atamalarga qarama-qarshi turadi. Chunki atamalar fan va texnika, sanoat va qishloq xo'jaligi, ma'naviyat va madaniyat sohasiga doir rasmiy tushunchalarni ifodalaydi va ular tegishli mutasaddilar tomonidan nazorat qilib boriladi. Ilmiy tushuncha ifodasi sifatida asosan yozma shaklda vujudga keladi va umumjahon yoki umummilliy ahamiyatga ega bo'ladi.

Tilda ma'lum paytda paydo bo'lib, asosan so'zlashuv nutqida qo'llanilib va me'yorlashib, lug'atlarga kirib ulgurmasdanoq iste'moldan chiqib ketadigan birliklar ham uchraydi. Ayollar ko'ylak qilib tikadigan turli xil materiallar va ayrim kiyim nomlari haqida shunday deyishimiz mumkin: kelin kiysin, qaynonasi kuysin; marg'ilon nusxa, bargi karam, namozshomgul, tohir-zuhra, suv parisi, skarlet kabilar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, tildagi me'yoriy holatlarni tayinlashda har bir tilning o'z ichki qonun-qoidalariga tayanib, ko'pchilikka ma'qul bo'lish-bo'lmaslik jihatlari e'tiborga olinishi kerak. "O'qitishning ilg'or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta'limning texnik va axborot vositalarini o'quv jarayoniga joriy etish" "Ta'lim to'g'risida"gi davlat Qonunida hamda Kadrllar tayyorlash milliy dasturida qat'iy belgilab qo'yilgan. Zamonaviy pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an'anaviy o'quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta'sir ko'rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. O'quv-tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir.

Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy burilish va uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda, ta'lim tizimida axborot texnologiyasi - bu "o'quvchi yoki talaba-kompyuter" o'rtasidagi muloqotdir. Shunday ekan ayni damda ta'lim sohasidagi dolzarb mavzulardan biri bu zamonaviy pedagagik texnalogiya va uni ta'limdagi o'rni hisoblanadi. Tilimizning hozirgi mavqei nuqtai nazaridan nutqimizda unumli-unumsizligidan, me'yorlashgan-me'yorlashmaganligidan qat'i nazar, bu birliklar lug'atlarda qayd etilishi va kelgusi avlodlar uchun saqlab qolinishi lozim.

Scientific Journal Impact Factor

О

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Селевко Г.К. Современные образовательные технологии. - M.: Народное образование, 1998.

2. Tolipova J., Numonova N. Ta'lim-tarbiya jarayonida ZPT. / - T.: "Xalq ta'limi" jurnali, 2002, № 3. 20-24-b.

3. Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S.A. PT asoslari./ T.: O'qituvchi, 2004.

4. Xo'jayev N.X., Xodiyev B.Y., Baubekova G.D., Tilabova N.T.

5. Yangi PT. O'quv qo'llanma. - T.: Fan, 2002.

6. Qudratov R. O'quv faoliyati - ijtimoiy hodisa. / "Xalq ta'limi" jurnali, 2002, № 4. 58-61-b.

7. Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school. //PUSTAK BHARATI RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto, Canada. No: 12, 2020.

8. Pulatov Sh.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468-474 P.

9. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

10. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

11. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

12. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

13. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili//Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

14. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

15. Hasanboyev J., Sariboyev H., Niyozov G., Hasanboyeva O., Usmonboyeva M. Pedagogika. O'quv qo'llanma. - T.: Fan, 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.