Научная статья на тему 'KАSBIY SHАKLLАNISHNING ZАMONАVIY BOSHQАRUV USLUBLАR'

KАSBIY SHАKLLАNISHNING ZАMONАVIY BOSHQАRUV USLUBLАR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KАSBIY SHАKLLАNISHNING ZАMONАVIY BOSHQАRUV USLUBLАR»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

KASBIY SHAKLLANISHNING ZAMONAVIY BOSHQARUV USLUBLARI

L. B. Raximova

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o'qituvchisi, O'zbekiston

Kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy aspektlarining muvofiqligi g'oyasi "psixoijtimoiy sifatlar" tushunchasida to'laligicha aks ettirilgan bo'lib, u kasbiy taraqqiyotning ijtimoiy kontekstlari bilan bog' liq kasbiy sifatlarni anglatadi. Bu bilan shaxs taraqqiyoti va faoliyatni amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli alohida ko'rsatib o'tiladi. Muammoga bu jihatdan yondoshish G.Teshfelning ijtimoiy sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan so'ng ommalashib ketdi. Faoliyat va o'zaro hamkorlikni o'zlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar guruhining o'zaro munosabatlariga hamda individning kasbiy taraqqiyotiga ta'sir o'tkazadi.[4]. Boshqaruv uslubiga an'anaviy yondoshuvdan tashqari qator zamonaviy g'oyalar ham kirib keldiki, ularni bilish rahbarlik uslubini yanada ixtiyoriy idora yetish imkoniyatini beradi. Shu munosabat bilan situativ, ya'ni vaziyatga oid rahbarlik uslubi haqida ma'lumot berib o'tishni lozim deb topamiz. Bu g'oya boshqaruv sohasidagi olimlar P. Xersi va K. Blanshar tomonidan ilgari surilgan bo'lib, boshqaruvning u yoki bu uslubini qo'llash xodimlar va jamoaning psixologik rivojlanganligiga, kasbiy barkamolligiga bog'liqdir. Mualliflarning fikricha, mutaxassisning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo'lsa rahbar uni shunchalik kamroq boshqarishi va hissiy jihatdan qo'llab quvvatlashi talab yetiladi va aksincha.

Xodim qanchalik yuqori malakaga va ruhiy yetuklikka erishgan bo'lsa, rahbarning nazorati va aralashuviga shunchalik kamroq zarurat tug'iladi. Bunday yondoshuv asosida to'rt darajali boshqaruv vaziyatlari farqlanadi va bu vaziyatlarning har biri o'ziga xos rahbarlik uslubi talab etadi. Xorij adabiyotlarida kasbiy sifatlarning barqarorligi va dinamikasiga nisbatan qarama-qarshi nuqtai nazarlar yetarli darajada mavjuddir. Masalan, kasbiy sifatlar o'zgaruvchan va xarakteristika vaziyatining kontekstiga bog'liq deb tan olinadi. Insonda umuman chegaralangan, doimiy kasbiy sifatlar mavjud emas: u o'zgaruvchan va uning o'zgarishi insonni o'rab turgan jamoaga bog'liqdir. Kasbiy sifatlar boshqa insonlar bilan suhbat jarayonida namoyon bo'ladi va sub'ektlarning muloqotchanlik harakteriga bog'liq bo'ladi. Misol uchun, bu yondashuv biznes loyihalarini amalga joriy qilishda kuzatiladi. Bunda shu loyiha yo'naltirilgan kompaniya bilan o'zaro hamkorlikni boshqarishda yaqqol namoyon bo'ladi. Bu yo'nalishda kasbiy sifatlarni tadqiq qilish ishtirokchilarning o'zaro hamkorlikdagi tajribasini namoyon bo'lishi, munosbatlardagi ishonch darajasi bir-birini idrok qilishdagi steriotiplarni o'rganadi.Boshqa nuqtai nazarga ko'ra kasbiy sifatlar - bu dinamik, shu bilan bir qatorda muvozanatlilik jarayonidir. Har bir davrda ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlar ta'sirida inson o'ziga nisbatan turlicha munosabatda bo'ladi. Shu bilan bir qatorda inson ba'zida tarixdagi voqeliklarni inkor eta olmaydi. Amerikalik sotsiologlar P.Berger va T.Lukmanlarning ta'kidlashicha, kelajakda barcha ijtimoiylashgan insonlar "o'zlariga hiyonat" qiladilar. Shaxsiy xoinlik aynan Menni u yoki

357

https://tipi.uz/

^_May 3, 2024

International Scientific and Practical Conference

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

Toshkentjqisodzis^^

bu vaziyatda qanday bo'lganligiga bog'liq [1]. Y.P.Povarenkovaning tadqiqotlari doirasida kasbiy sifatlar tizimli, dinamik va muvozanatli, inson kasbiy taraqqiyotining boshqa elementlari: kasbiy o'z-o'zini anglash, kasbiy o'z-o'ziga baho, kasbiy deformatsiya bilan uzviy bog'liq bo'lgan voqelik sifatida ko'rib chiqiladi [3]. Muallif kasbiy sifatlarni quyidagicha tahlil qiladi:

a) subyektning kasbiy faoliyatidagi tendensiya va uning kasbiy taraqqiyotidagi yetakchi ko'rsatkich,

b) kasbiy faoliyat, kasbiy shakllanish davomida va o'ziga mutaxassis sifatidagi munosabati negizida yuzaga keluvchiemotsional holat,

v) subyekt kasbiy faoliyatida funksional tizim shaklida amalga oshuvchi strukturadir. Kasbiy sifatlarning elementlari tarzida ehtiyojlar, qiziqishlar, ustanovkalar, ishonch va kasb orqali qondiriluvchi va amalga oshuvchi shaxs motivatsion sohasining boshqa komponentlari ko'rib chiqiladi. Kasbiy sifatlarni erishish uchun faollikni amalga oshirishni ta'minlovchi zaruriy bilim va qobiliyatlarga ega bo'lish lozim. T.V.Mishenko ishlarida kasbiy sifatlar kasbiy faoliyat kontekstiga nisbatan ko'rib chiqilib, bunda sub'ekt ijtimoiy muhit bilan kasbiy o'zaro ta'sirga kirishadi va o'z-o'ziga nisbatan hurmati oshadi. Muallif kasblar olamiga yo'naltirishni ta'minlovchi shaxs xarakterlariga, faoliyatda shaxs potentsialining to'la namoyon bo'lish shartiga, qolaversa, kasb tanlashning mumkin bo'lgan oqibatlarini oldindan ko'ra bilishga alohida e'tibor qaratadi. Kasbiy sifatlar insonni kasbni tushunishi, o'zini mutaxassis sifatida qabul qilishi, o'zining kasbiy vazifalarini a'lo darajada va boshqalar uchun foydali tarzda amalga oshirish bilan belgilanadi [2]. Shaxsning liderlik imkoniyatini namoyon ettiruvchi yana bir asosiy tomon - jamoaning talab va istagiga mos kela olishidir. Albatta, jamoa rahbari va lider bir shaxsda ifodalanishi ayni muddao hisoblanadi hamda rasmiy rahbar iloji boricha tashkilot maqsadlarini xodimlar manfaati bilan uyg'unlashtirgan holda boshqaruv jarayonini tashkil etishi lozim. Aynan shu omil, ayniqsa, 436 kasb sohasidagi yuqori malaka rahbarni liderlik darajasiga ko'tarilishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

References / Аdabiyotlar

1. Berger P., Lukman T. Sotsialnie konstruirovanie realnosti. Traktat po sotsiologi znaniya/ Per.E.D.Rudkevich.- M.: Medium 1995.-323s.

2. Mishenko T.V. Osobennosti stanovleniya profekssionalnoy identichnosti na nachalnom etape professionalizatsi // Sub'ektnost v lichnostnom i professionalnom razviti cheloveka : Material Vserossiyskoy nauchno-prakticheskoy konferentsi /Pod.red. G.V.Muxamedzyanovoy.- Kazan: Izd-vo KSYuI,2004. Str.67. P.

3. Povarenkov Yu.P. "Psixologicheskie analiz professionalizatsi"// V kn.: Psixologicheskie problem professionalnogo stanovleniya lichnosti. Moskva. Institut psixologi RAN, 1992., Str. 78.

4. Tajfel H. Social identity & intergroup relations. Cambridge,Paris 1982. Page 49.

358

https://tipi.uz/

^_May 3, 2024

International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.