Научная статья на тему 'KASBIY MUTAXASSISLIK FANLARINI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING USLUBIY IMKONIYATLARI'

KASBIY MUTAXASSISLIK FANLARINI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING USLUBIY IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
600
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metod / texnologiya / uslubiy metod / pedagogik texnologiya. / method / technology / methodological method / pedagogical technology.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Akbarov, Anvar Tojimatovich, Ubaydullayev, Saidakbar Saydaliyevich

Mazkur tadqiqot jarayonida mutaxassislik fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogic texnologiyalarning xususiyati va ularni qo’llash metodlari borasida fikrlar ilgari surildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGICAL POSSIBILITIES OF USING MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING PROFESSIONAL SCIENCES

In the course of this research, opinions were put forward about the nature of modern pedagogical technologies and methods of their application in the teaching of specialized subjects.

Текст научной работы на тему «KASBIY MUTAXASSISLIK FANLARINI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING USLUBIY IMKONIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KASBIY MUTAXASSISLIK FANLARINI O'QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING USLUBIY

IMKONIYATLARI

Akbarov Anvar Tojimatovich

Farg'ona davlat universiteti harbiy ta'lim fakulteti Pedagogika fanlar nomzodi Ubaydullayev Saidakbar Saydaliyevich Farg'ona davlat universiteti harbiy ta'lim fakulteti 2- bosqich kursanti

Mazkur tadqiqot jarayonida mutaxassislik fanlarini o'qitishda zamonaviy pedagogic texnologiyalarning xususiyati va ularni qo'llash metodlari borasida fikrlar ilgari surildi.

Kalit so'zlar: metod, texnologiya, uslubiy metod, pedagogik texnologiya.

В ходе данного исследования были высказаны мнения о сущности современных педагогических технологий и методов их применения в преподавании профильных предметов.

Ключевые слова: метод, технология, методический прием, педагогическая технология.

In the course of this research, opinions were put forward about the nature of modern pedagogical technologies and methods of their application in the teaching of specialized subjects.

Keywords: method, technology, methodological method, pedagogical technology.

Harbiy ta'lim tizimida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning dolzarbligi quyidagi zaruriyatdan kelib chiqadi:

- jahon talablari darajasida harbiy mutaxassis kadrlar tayyorlash;

- zamonaviy harbiy harakatlar talablariga moslashish;

- ta'lim tizimiga yondashuvlar va dars o'tish metodlarini tanlash, ishlab chiqish;

- o'qituvchining o'quv jarayonida tutgan o'rni, ta'lim-tarbiyaviy jarayonga qo'yilgan talab, erishilgan natija va h.k.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Albatta, kasbiy mutaxassislik fanlarini o'qitishda interfaol metodlardan foydalanishning imkoniyatlari katta bo'lib, bunda dars o'tish metodlari ta'lim qonuniyatlari va didaktik prinsiplaridan kelib chiqqan holda tanlanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dars talabalarga bilim berishning asosiy tashkiliy shaklidir. Hozirgi zamon darslari qanday bo'lmog'i kerak? Bugungi o'qituvchi darsda qanday natijalarga erishishi kerak? Talaba darsdan qanday bilimlar olib ketishi kerak?

Bugungi dars talabada ijodiy qobiliyatni o'stirishi, aqliy salohiyatni kengaytirishi, ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirishi va har bir yangilikni to'g'ri qabul qila olishni o'rgatishi kerak. Shunday ekan, darsda o'qituvchi va talaba munosabatlari qanday tashkil etilishi, o'qituvchi darsda o'quv maqsadlarini amalga oshirish uchun metod va vositalarni to'g'ri tanlay olishi g'oyat muhim ahamiyatga ega. Bugun darsda o'qituvchining asosiy vazifasi darsni boshqarish hisoblanadi. Darsni boshqarish uchun darsda o'quv-metodik ta'minot to'liq bo'lishi kerak. O'qituvchi dars maqsadlarini to'g'ri belgilashi kerak. Darsda o'qitish vazifalari bilan tarbiya vazifalari o'zaro bog'liq bo'lib, muayyan tushunchalar, g'oyalar tarkib topishi natijasida ilmiy dunyoqarash va e'tiqodlar hosil qilishi muhim ahamiyatga ega. Darsda talabalarning erkin, ijodiy ishlashlari uchun sharoit yaratish kerak. Buning uchun darslarning har bir qismi uchun o'quv materialini to'g'ri va aniq tanlash kerak. An'anaviy ta'lim metodlari bilan birga noan'anaviy ta'lim metodlaridan - interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishning muhim shartlaridan biridir. Interfaol metodlardan foydalanganda talabalarning ijodiy ishlashlariga imkon berilishi g'oyat muhim. Interfaol metodlar o'quvchida erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatni shakllantirishga xizmat qiladi. O'quvchi (talaba)lar bu metodlardan foydalanganda yangi bilim va tushunchalarni tez va mustaqil o'zlashtirib oladilar. Ular o'z fikrlarining to'g'ri yoki xato ekanligini isbot qila oladilar. Interfaol metodlardan foydalanganda quyidagi talablarga amal qilish lozim:

- dars o'quv dasturi asosidagi ta'limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo'lmog'i lozim;

- dars maqsadlari amaliyotdagi tajribalarga asoslanib, metodlar qo'llanilganda to'liq hal qilinishi muhim;

- metod barkamol shaxsni tarbiyalash mezonlariga asosan axloq-odob me'yorlariga mos kelishi zarur;

- metod tashkil qilinishi mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'lishi kerak;

- interfaol metodlardan foydalanganda didaktik prinsiplarga amal qilingan holda eng kam vaqt sarflashga erishish kerak.

787

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Interfaol metodlardan foydalanib dars o'tganda, talabalarning alohida va o'ziga xos xususiyatlari to'liq namoyon bo'ladi. Ular ijodiy ishlaydilar, berilgan muammo ustida qo'shimcha manbalar hamda o'z kuzatishlari asosida xulosalar chiqaradilar. Yangi g'oya va fikrlar asosida o'zlariga ishonch, o'rtoqlari fikriga hurmat bilan qarash sifatlari tarkib topadi. Bunday darslarda belgilangan maqsad va vazifalar to'liq amalga oshiriladi va yakuniy natija kafolatlanadi.

Quyida "Chaqiriqqa qadar boshlang'ich tayyorgarlik va uni o'qtitish metodikasi" fanidan "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Davlat mudofaasining asosi" mavzusida-gi 3X3 texnologiyasi asosida o'tkazilgan darsdan misol keltiramiz:

Intizomlilik bu :

- shaxs faoliyati, tartib, inson ziynati;

- qonun-qoidalar me'yori; xatti-harakatlar yig'indisi; vatanparvarlik tuyg'usi;

- axloqiy burch; ongli munosabat; burchga sadoqat

Ta'rif: Intizomlilik shaxs faoliyati bo'lib, ma'lum tartib-qoidalarga ongli ravishda bo'ysunish va yuksak mas'uliyatli kasb egasi bo'lishdir.

Vatanparvarlik bu:

- Vatan oldidagi mas'uliyat; Vatan taraqqiyoti uchun hissa qo'shish; fidoyilik;

- halollik; xalq manfaati uchun yashash; xalqqa foyda keltirish; millatga sodiqlik;

- insonparvar bo'lish; jonkuyarlik.

Ta'rif: Vatanparvarlik Vatan oldidagi burch va mas'uliyatni his qilish, unga sadoqat va foyda keltiradigan shaxs sifatidir.

Jamoatchilik bu:

- ko'pchilik bilan birga kelishilgan holda fikrlashib, barcha yo'llar ichidan eng to'g'risini tanlab, uni amalga oshirish, ko'pchilikni bir maqsadga chorlash;

- jamoadagi har bir shaxsning fikrini inobatga olish;

- tarbiya prinsipi; talabalarni jipslashtirish; bir maqsadda harakat qiluvchi insonlar guruhidir;

- jamoada tarbiyalangan shaxslar yig'indisidir; birgalikdagi harakat;

- ma'lum an'analarga ega kishilar guruhi.

Ta'rif: Harbiy jamoa bu - faollik, tashkilotchilik, intiluvchilik hislatlariga ega bo'lishdir.

Bu darsda talabalar jamoatchilik, vatanparvarlik, intizomlilik kabi tushunchalarni o'zlari yakka tartibda va kichik guruhlar bilan ishlab, ta'riflar chiqaradilar. Pedagogikadan "Chaqiriqqa qadar boshlang'ich ta'lim faninini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'qitishning shakllari" mavzusi-dagi "Yelpig'ich" texnologiyasi asosida o'tkazilgan darsdan bir lavha keltiramiz. 5-shakl.

TA'LIM ShAKLLARI

INDIVIDUAL DARS NOAN'ANAVIY

Afzalligi Kamchilig i Afzalligi Kamchiligi Afzalligi Kamchiligi

O'quvchi- tala-ba topshi-riqni ongli ravishda ba-jarishga o'r-ganadi. O'qituvchi o'quvchi-ta-laba bilan har kuni ishlay ol-maydi Talaba-larni jamoa bo'lib ishlashga o'rgatadi Talaba-larning barchasi mavzuni chuqur o'zlashtira ol-maydi O'qituvchi iz-lanadi, yangi-lik yaratadi Bitta shaklni ikkinchi marta takrorlab bo'l-maydi

Mustaqil o'z ustida ish-lashga o'rga-nadi O'z fikrni o'zgalarda n ustun qo'yadi. Dars aniq maqsad-larni amalga oshiradi. Talaba-larning bilimini bir qolipga solib qo'yadi O'quvchi--tala- balarning in-tiluvchanligi bilimdonligi ortadi Talaba-larning diqqati chalg'iydi.

O'zi qiziq-qan mavzu bo'yicha ko'proq bilimga ega bo'ladi O'quvchi- ta-laba zerika-di va char- chaydi. Ja- moatchilik yo'qoladi. Talaba-larning ma'naviy-madaniy dunyo-qarashini shakl-lantiradi Har bir o'quvchi bilan alohida ishlash imkoniyati yo'q O'qituvchi va o'quvchi -tala-ba ijodkorligi shakllanadi Dars rejasi buzilsa, aniq natijaga erishib bo'lmaydi

Mehnatse- varlikka o'rganadi Darsda tartibintizomga o'rganadi. Vaqt qat'iy chegaralangan. Berilgan bilimlarni mustahkaml igi ta'minlanad i Metod noto'g'ri tanlansa, o'quv-chi-talaba psi-xologiyasiga salbiy ta' sir ko'rsatadi

Aqlli fikrlash qobiliyati, nutqi, Jamoa bo'lib mehnat qilishga o'rganadi Dars to'liq o'z maqsadlarin i amalga

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

dunyoqaras hi shakllanadi oshiradi

Dars qat'iy jadval asosida, belgilangan vaqtda o'tkaziladi O'qituvchi va talabalarnin g mehnatseva r-ligi va qiziquvchan ligi ortadi

XULOSA

Ta'limning har bir shakli o'z vaqtida to'g'ri tanlansa, talabalarga tugallangan va to'liq bilim beradi, ularning dunyoqarashini shakllantirib, aqliy qobiliyatlarini o'stiradi. Noan'anaviy ta'lim shakli talabalarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda muhim o'rin tutadi.

Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos bo'lib, ularga qu-yidagilar kiradi:

- talabaning dars davomida befarq bo'lmasligi, mustaqil fikrlashni, ijod etishi va izlanishga majbur etishi:

- talabaning o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini ta'minlashi:

- talabaning bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi:

- pedagog va talabaning muntazam hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etishi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning eng asosiy negizi bu o'qi-tuvchi va

talabaning hamkorlikda belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog'liq, ya'ni o'qitish jarayonida, maqsad bo'yicha kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog'liq, ya'-ni o'qitish jarayonida, maqsad bo'yicha kafolatlangan natijaga erishish-da qo'llaniladigan har bir ta'lim texnologiyasi o'qituvchi va talaba o'rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, o'quv jarayonida talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o'zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o'qituvchi ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit ya-rata olsa, ana shu o'qitish jarayonning asosi hisoblanadi. Har

790

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bir dars mavzusi, o'quv predmetining o'ziga xos texnologiyasi bor, ya'ni o'quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu yakka tartibdagi jarayon bo'lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Ya'ni zamonaviy pedagogik texnologiyalarning xislati shundaki, unga qo'yilgan maqsadga erishish kafolatini beruvchi o'quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg'ulotning muvaffaqiyatli o'tishining 80 foizi o'quv jarayonini to'g'ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog'liq.

O'quv jarayonini loyihalashtirish quyidagi uch bosqichdan iborat:

- o'quv maqsadlari va natijalarini belgilash;

- natijalar asosida nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish;

- o'quv jarayonining texnologik xaritasi (dars ishlanmasi xaritasi)-ni ishlab chiqish.

O'quv jarayonini loyihalashtirishda ta'lim mazmunini, maqsadini, o'tilayotgan natijani to'g'ri belgilash, ta'lim metodlari, shakllari va vosita-larini to'g'ri tanlash, talabalarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholashning aniq mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashg'ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni to'g'ri amalga oshirish va bir-biri bilan uyg'unlashuviga e'tiborni qaratish maqsadga muvofiq.

Maqsadni amalga oshirish va kafolatlangan natijaga erishish, ham o'qi-tuvchi, ham talabaning hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo'ygan maqsad, mazmun, metod, shakl, vosita, ya'ni texnologiyaga bog'liq.

Zamonaviy ta'lim texnologiyasi quyidagi elementlardan tashkil topgan:

1. Ta'lim beruvchi.

2. Ta'lim oluvchi.

3. Ta'lim shakllari.

4. Ta'lim maqsadi.

5. Kutilayotgan natija.

6. Ta'lim metodlari.

7. Ta'lim vositalari.

8. Nazorat va baholash.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Elementlardan eng asosiysi maqsad va kutilayotgan natijalardir.

O'quv maqsadi - bu muayyan ta'lim jarayonini yakunida ta'lim oluvchi tomonidan o'zlashtirilishi, ya'ni hosil qilinishi lozim bo'lgan bilim, xatti-harakat bilan bog'liq bo'lgan amaliy topshiriqni uddalay olish mahorati, shaxsiy fazilatlari va xulqini belgilaydi. O'quv maqsadi va natijalarni belgilashda aniq o'lchanadigan, real amalga oshiriladigan, erishish mumkin bo'lgan imkoniyat inobatga olinadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'qituvchi va o'quvchi talabaning maqsaddan natijaga erishishda qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomon-ning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda o'quv-chi-talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlati-ladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlashi lozimdir, balki film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo'lar, bular o'qituvchi va talabaga bog'liq.

REFERENCES

1. Tojimatovich, A. A., Musajanovich, K. M., & Khoshimovich, A. B. (2022). On Approval of the Concept of Education of Youth in the Spirit of Military and Patriotism. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 13, 6-8.

2. Jumakulovna, A. X. (2022). DAVLAT TILINI O'QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 1(8), 306-308.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.